Apteka.uz
SavatKirish

Pantokalsin

Pantokalsin chiqarilish shakllari

PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
Retseptli
PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Valenta farm AO
•131 ta dorixonada bor
Narxi
84 000 so'm dan
- Pantokalsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pantokalsinning tarkibi
- Pantokalsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pantokalsin narxi Toshkent dorixonalarida

Pantokalsin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; — homiladorlikning I trimestri; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • kaltsiy gopantenati (pantogam yoki gopanten kislotasi kaltsiy tuzi) 250 mg Yordamchi moddalar: magniy gidroksikarbonat, kaltsiy stearati, talk, kartoshka kraxmali. kaltsiy gopantenati (pantogam yoki gopanten kislotasi kaltsiy tuzi) 500 mg Yordamchi moddalar: magniy gidroksikarbonat, kaltsiy stearati, talk, kartoshka kraxmali.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: MIYdan tez so‘riladi. Qon plazmasida Tmax 1 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanishi va metabolizmi: Eng yuqori konsentratsiyalar jigar, buyraklar, oshqozon devori, terida hosil bo‘ladi. GEB orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. Chiqarilishi: 48 soat ichida o‘zgarmagan holda (67,5% - siydik bilan, 28,5% - axlat bilan) chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Nootrop preparat. Ta'sir spektri tuzilishida GABA mavjudligi bilan bog'liq. Ta'sir mexanizmi pantokaltsinning GABAB-retseptor-kanal majmuasiga bevosita ta'siri bilan bog'liq. Neyrometabolik, neyroprotektiv va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miyaning gipoksiya va toksik moddalar ta'siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag'batlantiradi. Tirishishga qarshi ta'sirga ega, bir vaqtning o'zida xulq-atvorni tartibga solgan holda motor qo'zg'aluvchanlikni kamaytiradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogol intoksikatsiyasida va keyinchalik etanol bekor qilinganda GABA miqdorini normallashtirishga yordam beradi. Analgetik ta'sir namoyon qiladi. Preparat prokain (novokain) va sulfanilamidlarning faolsizlanish mexanizmlarida ishtirok etuvchi atsetillanish reaktsiyalarini ingibitsiya qilish qobiliyatiga ega, buning natijasida oxirgilarning ta'siri uzayishiga erishiladi. Patologik kuchaygan pufak refleksi va detruzor tonusining tormozlanishini keltirib chiqaradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar: rinit, kon'yunktivit, teri toshmalari bo'lishi mumkin.

Dozirovkasi

  • 250mg 500mg

Dori shaklining ta'rifi

  • Tabletkalar Tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pantokalsin® barbituratlar ta’sirini uzaytiradi, MNTni stimulyatsiya qiluvchi preparatlar, tirishishga qarshi vositalar samaralarini, mahalliy anestetiklar (prokain) ta’sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta’sirini oldini oladi. Gopanten kislotasi ta’siri glitsin, ksidifon bilan kombinatsiyada kuchayadi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANTOKALSIN®

PANTOCALCIN®

Preparatning savdo nomi: Pantokalsin®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gopanten kislotasi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka saqlaydi:

faol modda: kalsiy gopantenati (gopanten kislotasi yoki gopanten kislotasining kalsiyli tuzi) – 0,25 g (250 mg) yoki 0,5 g (500 mg);

yordamchi moddalar: 250 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 46,77 mg, kalsiy stearati – 3,1 mg, talk – 6,2 mg, kartoshka kraxmali – 3,93 mg.

500 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 93,54 mg, kalsiy stearati – 6,2 mg, talk – 12,4 mg, kartoshka kraxmali – 7,86 mg.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik shaklli, 500 mg li doza uchun faska va riskali,
250 mg li doza uchun faska va xochsimon riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

ATS kodi: N06VX

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir doirasi strukturasida gamma-aminomoy kislotasining borligi bilan bog‘liq. Ta‘sir mexanizmi pantokalsinni GAMKB-reseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq. Neyrometabolik, neyroprotektor va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miyaning gipoksiyaga va zaharli moddalarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Tirishishga qarshi ta‘sirga ega, xulqni tartibga solish bilan bir vaqtda motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogolli zaharlanishda va keyingi etanolni bekor qilishda gamma-aminomoy kislotasining miqdorini me‘yorlashishiga yordam beradi. Analgeziyalovchi ta‘sir namoyon qiladi. Novokain va sulfanilamidlarni faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi asetillanish reaksiyalarni ingibirlashga qodir, shu tufayli oxirgilarning ta‘sirini uzaytirishga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksi va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.

 

Farmakokinetikasi

Me‘da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga yetish vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Eng yuqori konsentrasiyalari jigar, buyraklar, me‘da devori, terida yaratiladi. Gematoensefalitik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. O‘zgarmagan holda 48 soat davomida (qabul qilingan dozaning 67,5% siydik bilan, 28,5% – ahlat bilan) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar;
  • bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari chaqirgan serebrovaskulyar yetishmovchilikni majmuaviy davolash tarkibida; senil demensiyada (boshlang‘ich shaklida), yetuk yoshli va keksa shaxslardagi miyani rezidual organik shikastlanishlarida;
  • shizofreniya bo‘lgan bemorlardagi serebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan majmuada);
  • nerv tizimining nasliy kasalliklari bo‘lgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda (Gentington xoreyasi, gepatoserebral distrofiya, Parkinson kasalligi va boshqalar);
  • o‘tkazilgan neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari (majmuaviy davolash tarkibida);
  • neyroleptiklarning nojo‘ya ta‘sirini to‘g‘rilash uchun va oldini olish maqsadida bir vaqtda «to‘sish terapiyasi» sifatida; ekstrapiramid neyroleptik sindromi (giperkinetik va akinetik);
  • ruxiy jarayonlarni sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuada);
  • psixoemosional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi; diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;
  • siyishni buzilishlari: enurez, siydikni kunduzgi tutib turaolmaslik, pollakiuriya, imperativ qistashlar;
  • bolalarga aqliy qoloqlikda (ruxiy, nutq, motor rivojlanishni yoki ularning yig‘indisini kechikishi); bolalar serebral falajida; duduqlanishda (asosan klonik shaklida); tutqanoqda (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash tarkibida, ayniqsa ko‘p shaklli xurujlarda va kichik tutqanoq xurujlarida).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatlangandan keyin  15-30 minut o‘tgach buyuriladi.

Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun – 0,75-3 g. Davolash kursining davomiyligi 1 oydan 4 oygacha, ba‘zi hollarda – 6 oygacha. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin.

Bolalarga aqliy qoloqlikda: 0,5 g dan kuniga 4-6 marta, har kuni 3 oy davomida; nutqning rivojlanishini kechikishida – 0,5 g dan kuniga 3-4 marta, 2-3 oy davomida.

Neyroleptik sindromida (neyroleptik vositalarning nojo‘ya ta‘sirlarini korrektori sifatida): kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga – 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta. Davolash kursining davomiyligi – 1-3 oy.

Tutqanoqda: bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, kattalarga 0,5 -1 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, uzoq vaqt davomida (6 oygacha).

Giperkinezlarda (pir-pir uchishlarda): bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta har kuni 1-4 oy davomida, kattalarga – 1,5-3 g dan har kuni 1-5 oy davomida.

Siyishni buzilishlarida: kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta (sutkalik doza 2-3 g), bolalarga – 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi – 2 haftadan to 3 oygacha (buzilishlarning yaqqolligi va terapevtik samaraga bog‘liq).

Neyroinfeksiyalar va bosh suyagi – miya jarohatlarining asoratlarida: 0,25 g dan kuniga 3-4 marta.

Kuchli zo‘riqishlar va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun: 0,25 g dan kuniga 3 marta.

Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: rinit, kon‘yunktivit, teri toshmalari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1 uch oyligi).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Barbituratlarning ta‘sirini uzaytiradi; markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi, tirishishga qarshi dori vositalarining samarasini, mahalliy anestetiklarning (prokainning) ta‘sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta‘sirlarini oldini oladi.

Glisin, ksidifon bilan birga qo‘llanganda gopanten kislotasining ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg yoki 500 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

5 kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Pantokalsin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Pantokalsin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
92 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
92 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
92 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
92 000 so'm
Bron qilish

Pantokalsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Pantokalsin haqida savollar

Pantokalsin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil