Pepsan-R
Pepsan-R chiqarilish shakllari

Pepsan-R haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparatdir. Yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, ichakda gazlarni paydo bo'lishini kamaytiradi.
Gvayazulen – yallig'lanishga qarshi samara ko'rsatadi.
Dimetikon –past yuzali tarangligi bilan bo'lgan gidrofob polimer modda, ichakda gaz xosil bo'lishini kamaytiradi va ovqat xazm qilish kanali devorini ximoya plyonka bilan qoplaydi, ko'piklanishga qarshi ta'sirga ega.
Dozani oshirib yuborilishi
Kam hollarda toshma, terini qichishishi kabi allergik reaktsiyalar, qorinda dam va og'riq bo'lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat qandlar saqlamaydi va shuning uchun qandli diabeti bo'lgan shaxslarga qo'llash mumkin. PEPSAN-R rentgenkontrast xususiyatga ega emas.
Preparat tarkibiga sorbitol kiradi, shuning uchun kam nasliy fruktozani o'zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga ushbu preparatni qo'llash mumkin emas.
Ushbu dori vositasi metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Agar kasallik simptomlari saqlansa yoki yomonlashsa shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga. Ovqatdan oldin sutkada 2-3 marta 1 dan 2 gacha paket ichidagisi qabul qilinadi (davolash kursi individual ravishda belgilanadi), xamda og'riq paydo bo'lganda qo'llanadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












