Apteka.uz
SavatKirish

Pustirnika trava

- Pustirnika trava qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pustirnika travaning tarkibi
- Pustirnika trava ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pustirnika trava narxi Toshkent dorixonalarida

Pustirnika trava qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma

PUSTЫRNIKA TRAVA

HERBA LEONURI

Savdo nomi: Pustыrnika trava.

Lamiaceae oilasiga mansub, arslonquyruqni (Leonurus sardiaca L. va Leonurus quinquelobatus Gilib) yovvoyi va xonaki o‘stiriladigan, ko‘p yillik o‘tsimon o‘simligining gullash vaqtida yig‘ilgan, quritilgan va maydalangan o‘ti.

Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Tarkibida: glikozidlar, alkaloidlar, flavonoidlar, saponinlar, efir moylari mavjud.

Farmakoterapevtik guruhi: Sedativ vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Tinchlantiruvchi, qon bosimini tushiruvchi, manfiy xronotrop va kardiotonik ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Uyquni buzilishi bilan birga kechuvchi nevrotik va astenonevrotik holatlarda, nevrasteniyada, nevrozda, vegetativ tomir distoniyasida, arterial bosimning ko‘tarilishida, taxikardiya va kardialgik og‘riqlar bilan birga o‘tuvchi klimakcdan oldingi davrdagi vegetonevrozlarda, arterial gipertoniyaning boshlang‘ich davrida majmuaviy davolash tarkibida, hamda gipertireozdagi uyqusizlikda va gipertoniyada qo‘llash tavsiya etiladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Damlama ko‘rinishida qo‘llanadi. Uni tayyorlash uchun 15 g o‘t emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan qaynoq suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, suv hammomida (qaynab turgan suvda) 15 min davomida isitiladi, keyin sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (o‘simlik xom-ashyosini siqib). Olingan damlamaning hajmi kaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

30 g, 50 g dan polietilen paketlarda, karton o‘ramda; 10 kg, 15 kg dan qoplarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Pustirnika trava preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Pustirnika trava barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Pustirnika trava haqida savollar

Pustirnika trava haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil