Raneksa
Raneksa chiqarilish shakllari


Raneksa haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot
Raneksa® 500, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar
Raneksa® 1000, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar
Ranolazin
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumotlar saqlanadi.
Ushbu ilovaga qo‘shimcha ravishda, Siz o‘ramda Raneksa® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, shuningdek ushbu preparat bilan davolanish vaqtida Siz bilishingiz kerak bo‘lgan va xavfsizlikka taalluqli muhim ma‘lumotlar saqlanadigan pasient uchun eslatmani topasiz.
- Ushbu ilova-varaqani va pasient uchun eslatmani saqlab qo‘ying. Ehtimol Sizga ular yana o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lib qolishi mumkin.
- Doimo pasient uchun eslatmani o‘zingizni har bir shifokoringizga, shu jumladan stenokardiyaga tegishli bo‘lmagan buzilishlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ham ko‘rsating.
- Shifokorga har tashrif buyurilganda Siz uchun yozib berilgan barcha preparatlarning to‘liq ro‘yxati doimo o‘zingizda bo‘lishi kerak.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
- Ushbu tibbiy preparat Siz uchun yozib berilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hattoki ularning kasallik belgilari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Nojo‘ya ta‘sirlar kuchaysa, shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, bu haqida o‘zingizni davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar qiling.
Ilova-varaqaning mazmuni
- Raneksa® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
- Raneksa® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
- Raneksa® preparati qanday qo‘llanadi
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
- Raneksa® preparatini qanday saqlash kerak
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- RANEKSA® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
Raneksa® – bu tananing yuqori qismida bo‘yin va qorinning yuqori qismi oralig‘ida ko‘pincha jismoniy zo‘riqish yoki juda faol xarakatdan keyin Siz his qiladigan ko‘krakda og‘riq yoki diskomfort ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan stenokardiyani davolash uchun ishlatiladigan dori preparatidir.
Agar Siz o‘zingizni yaxshi his etmasangiz yoki ahvolni yomonlashishini his etsangiz davolovchi shifokorga xabar bering.
- RANEKSA® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
Raneksa® preparatini quyidagilarda qabul qilish ta‘qiqlanadi:
- ranolazinga yoki ushbu ilova-varaqaning 6-bo‘limida sanab o‘tilgan Raneksa® preparatining boshqa komponentlariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lganida;
- buyrakning jiddiy kasalliklari bo‘lganida;
- jigarning o‘rtacha yoki og‘ir darajali kasalliklari bo‘lganida;
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (klaritromisin, telitromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol), OIV-infeksiyalarini davolash uchun dori vositalari (proteaza ingibitorlari), depressiyalarni davolash uchun dori vositalari (nefazodon) yoki yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan ayrim dori vositalari (masalan, kvinidin, dofetilid yoki sotalol) ishlatilganida.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari:
Quyidagi holatlarda Raneksa® preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim:
- engil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak kasalliklarida;
- jigarning yengil darajali kasalliklari bo‘lganida;
- agar Sizda qachonlardir elektrokardiogramma (EKG) da o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa;
- keksa yoshlilarda;
- tana vazni kam (60 kg va undan kam) hollarda;
- agar Sizda yurak yetishmovchiligi o‘rin tutsa.
Agar yuqorida keltirilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa, shifokor dozani kamaytirishi yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Boshqa dori preparatlarini va Raneksa® preparatini qabul qilish
Raneksa® preparati bilan davolash vaqtida quyidagi dori vositalarini qo‘llamang:
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (klaritromisin, telitromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol), OIV-infeksiyalarini davolash uchun dori vositalari (proteaza ingibitorlari), depressiyalarni davolash uchun dori vositalari (nefazodon) yoki yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan ayrim dori vositalari (masalan, kvinidin, dofetilid yoki sotalol).
Agar Siz quyidagilarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, Raneksa® preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki farmasevtga xabar qiling:
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun (eritromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun ma‘lum dori vositalari (flyukonazol), ko‘chirib o‘tkazilgan a‘zolarni ko‘chib ketishini oldini olish uchun mo‘ljallangan preparatlar (siklosporin) yoki agar Siz diltiazem yoki verapamil kabi yurak vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Ushbu dori vositalari Raneksa® preparatini nojo‘ya reaksiyalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish kabi nojo‘ya samaralar (4 bo‘limga qarang) sonini oshishiga olib kelishi mumkin. Shifokor dozani kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
- tutqanoq yoki boshqa nevrologik buzilishlarni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar (masalan, fenitoin, karbamazepin yoki fenobarbital); infeksiyalarni (masalan, tuberkulyozni) davolash uchun rifampisin; teshik dalachoy o‘simlik preparati, chunki ushbu vositalar preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
- digoksin yoki metoprolol saqlovchi yurak dori vositalari, chunki shifokor Raneksa® preparatini qabul qilish vaqtida bu preparatlarning dozasini o‘zgartirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
- allergiyani davolash uchun (masalan, terfenadin, astemizol, mizolastin), yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun (masalan, dizopiramid, prokainamid) va depressiyalarni davolash uchun ma‘lum dori vositalari (masalan, imipramid, doksepin, amitriptilin), chunki bu preparatlar EKG da o‘zgarishlar chaqirishi mumkin.
- depressiyalarni davolash uchun (bupropion), psixozlar, OITV-infeksiyalarini davolash uchun (efavirens) yoki o‘smalarni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar (siklofosfamid).
- qonda xolesterinning yuqori darajasini pasaytirish uchun qo‘llaniladigan ma‘lum preparatlar (masalan, simvastatin, lovastatin, atorvastatin). Ushbu preparatlar mushaklarda og‘riqqa va mushaklarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Sizning shifokoringiz Raneksa® preparatini Sizga buyurganida ushbu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
- transplantasiya qilingan a‘zolarni ko‘chishini oldini olish uchun qo‘llaniladigan ma‘lum preparatlar (masalan, takrolimus, siklosporin, sirolimus, everolimus), chunki Sizning shifokoringiz ushbu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarni hozirgi vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Raneksa® preparatini oziq-ovqatlar va ichimliklar bilan birga qabul qilish
Raneksa® preparatini ovqat bilan yoki ovqat qabul qilmagan vaqtida ham qo‘llash mumkin. Raneksa® preparati bilan davolash vaqtida greypfrut sharbatini iste‘mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik
Agar shifokor Raneksa® preparatini Sizga buyurmagan bo‘lsa, homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Emizish
Emizish vaqtida Raneksa® preparatini qo‘llash mumkin emas. Agarda Siz emizayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik yoki emizish davrida, shuningdek homiladorlik yuz bergan yoki rejalashtirilayotgan paytda, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Raneksa® preparatini avtomobilni boshqarish va texnikani ishlatish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Raneksa® preparatida bosh aylanishi (tez-tez), ko‘rishni noaniqligi (ba‘zan), ongni chalkashishi (ba‘zan) va gallyusinasiyalar (ba‘zan) kabi nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lishi mumkin, bu transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida avtomobil yoki mexanizmlarni bu ko‘rinishlar to‘liq yo‘qolmagunicha boshqarmang.
Raneksa® 1000 mg ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar preparatida laktoza monogidrati saqlanadi. Agar Sizda qandning biron bir turlarini o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
- RANEKSA® preparati qanday qo‘llanadi
Ushbu preparatni doimo davolovchi shifokorning ko‘rsatmalariga aniq muvofiq ravishda qabul qiling. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa, unda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Tabletkalarni suv bilan butunligicha yutish kerak. Tabletkalarni maydalamang, chaynamang va ikkiga bo‘lmang, chunki bu organizmda tabletkadan dori vositasini ajralib chiqishiga ta‘sir qilishi mumkin.
Kattalar uchun boshlang‘ich doza – 500 mg li bir tabletka sutkada 2 martani tashkil qiladi. 2-4 haftadan keyin shifokor dozani tegishli samaraga erishish uchun oshirishi mumkin. Raneksa® preparatining tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozasi sutkada ikki marta 1000 mg ni tashkil qiladi.
Bosh aylanishi yoki lohaslik hissi kabi yuz beruvchi nojo‘ya ta‘sirlar haqida shifokorga xabar berish muhimdir. Shifokor dozani pasaytirishi, yoki agar bu yetarli bo‘lmasa, Raneksa® preparati bilan davolashni to‘xtatishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Raneksa® preparatini bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Raneksa® preparatining dozasini oshirib yuborilgan hollarda
Raneksa® tabletkalarini ortiqcha miqdorda tasodifan qabul qilinganida yoki shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza oshirilganda, darhol bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Agar Siz o‘zingizni davolovchi shifokoringiz bilan bog‘lana olmasangiz, yaqindagi tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qiling. Tibbiy xodimga Siz aynan nimani qabul qilganingizni aniqlashi oson bo‘lishi uchun qolgan barcha tabletkalarni, shu jumladan blister va karton qutini o‘zingiz bilan olib boring.
Agar Siz Raneksa® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda dorini keyingi qo‘llash vaqti yaqinlashayotgan hollaridan tashqari (qabul qilingunicha 6 soatdan kam vaqt qolgan) hollarda, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. O‘tkazib yuborilganini kompensasiya qilish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Har qanday dori preparatlari kabi, Raneksa® ham, garchi ular barcha pasientlarda bo‘lmasada, nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin.
Kamdan-kam uchraydigan lekin xavfli holat hisoblangan angionevrotik shishning quyidagi belgilari paydo bo‘lgan hollarda Raneksa® preparatini qabul qilishni to‘xtatish va darhol o‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak:
- yuzni, tilni yoki halqumni shishi;
- yutishda qiyinchilik bo‘lishi;
- toshma va hansirash.
Bosh aylanishi, lohaslik hissi yoki qusish kabi odatdagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida shifokorga xabar bering. Shifokor dozani kamaytirishi yoki Raneksa® preparati bilan davolashni to‘xtatishi mumkin.
Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga quyidagilar kiradi:
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari (100 tadan 1-10 pasientlarda uchraydi):
Qabziyat
Bosh aylanishi
Bosh og‘rig‘i
Loxaslikni his qilish, qusish
Holsizlik
Kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari (1000 tadan 1-10 pasientlarda):
Ko‘rishni o‘zgarishi
Xavotirlik, uyquga ketishda muammolar
ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar.
Ko‘rishni xiralashishi, ko‘rishni buzilishlari,
Qabul qilishni o‘zgarishi (tegish yoki ta‘m), tremor, toliqish hissi yoki lanjlik, uyquchanlik, hushdan ketish holatlari, tanani vertikal holatga o‘tuanida bosh aylanishi.
Siydik rangini to‘qlashishi, siydikda qon paydo bo‘lishi, siyishni qiyinlashishi.
Suvsizlanish
Ikkita ko‘rish
Hansirash, yo‘tal, burundan qon ketishi.
Kuchli terlash, qichishish.
Shishni his qilish yoki shish.
Qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi.
Qonda kreatinin darajasini yoki mochevina konsentrasiyasini oshishi, qonda trombositlar yoki oq qon xujayralari sonini oshishi, EKG manzarasini o‘zgarishi.
Bo‘g‘imlarni shishi, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar.
Ishtahani yo‘qolishi va/yoki tana vaznini kamayishi.
Mushak tirishishlari.
Quloqlarni shang‘illashi va/yoki aylanish hissi.
Me‘dada og‘riq yoki diskomfort, ovqat hazm bo‘lishini buzilishlari, og‘izni qurishi, meteorizm.
Kamdan-kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 000 tadan 1-10 pasientlarda).
Siyishni buzilishlari
Jigar parametrlarining laborator ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi
Hid bilishni o‘zgarishlari, og‘izda yoki lablarda uvushib qolish hissi, eshitishni buzilishi
Koordinasiyani buzilishi
Sovuq ter, toshma.
Vertikal holatga o‘tishda arterial bosimni pasayishi.
Ongni xiralashishi yoki yo‘qolishi.
Dezorientasiya.
Qo‘l va oyoqlarda sovuqni his qilish.
Eshakemi, teri allergik reaksiyalari.
Impotensiya.
Me‘da osti bezini yoki ichakni yallig‘lanishi.
Xotirani yo‘qolishi.
Tomoqda siqilish hissi
Shuningdek quyidagilar xabar qilingan:
Mushakni kuchsizligi
Qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizga xabar bering. Bu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqlidir.
- RANEKSA® preparatini qanday saqlash kerak
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni har bir blister plastinkasida va karton quti sirtida «goden do» so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Ushbu dori vositasining yaroqlilik muddati 4 yilni tashkil qiladi.
Bu dori preparati maxsus saqlash sharoitini talab etmaydi.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang.
Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Raneksa® preparatining tarkibi
Raneksa® preparatining ta‘sir etuvchi moddasi ranolazindir. Har bir tabletkada 500 mg yoki 1000 mg ranolazin saqlanadi.
Boshqa komponentlari: mikrokristall selyuloza, metakril kislotasining etilaktrilatning sopolimeri (1:1), gipromelloza (2910), magniy stearati (buqalarniki emas), natriy gidroksidi, polietilenglikol 3350, titan dioksidi, temir II oksidi (Ye172) va karnaub mumi.
Dozasiga qarab, tabletka qobig‘ida shuningdek quyidagilar saqlanadi:
500 mg li tabletka: talk, qisman gidrolizlangan polivinil spirti, temir III oksidi (Ye172).
1000 mg tabletka: gliserin triasitati, gipromelloza 6 sPz, laktoza monogidrati.
Raneksa® preparati va o‘rami ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Ta‘siri uzaytirilgan Raneksa® preparati oval shaklli qavariq tabletkalardir.
500 mg li tabletkalar: och-zarg‘aldoq rangli, bir tomoniga “500” tushirilgan, boshqa tomoni silliq bo‘lgan tabletkalar.
1000 mg li tabletkalar: och-sariq rangli, bir tomoniga “1000” tushirilgan, boshqa tomoni silliq bo‘lgan tabletkalar
Raneksa® preparati PVX/PVDX/alyumin blisterlarda chiqariladi. 30, 60 yoki 100 tabletkadan blisterlar karton qutiga joylangan. O‘ramlarning barcha o‘lchamlari sotuvda bo‘lmasligi ham mumkin.
Yaroqlilik muddati
4 yil
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• Taʼsir etuvchi moddalar yoki biror bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik (“Tarkibi” boʼlimiga qarang).
• Ogʼir darajadagi buyrak faoliyatining buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/min) (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
• Oʼrtacha yoki ogʼir darajadagi jigar funktsiyasining buzilishi (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
• CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarining bir vaqtda qoʼllanilishi (masalan, itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol, OIV-proteazalari ingibitorlari, klaritromitsin, telitromitsin, nefazodon (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang).
• Ia-sinfdagi (masalan, xinidin) yoki III-sinf antiaritmik vositalarni bir vaqtda buyurish (masalan, dofetilid, sotalol), amiodarondan tashqari, mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Taʼsir mexanizmi
Ranolazinning taʼsir mexanizmi asosan noaniq. Ehtimol, ranolazinning bir qator antianginal samaralari uning yurak hujayrasida natriyni kechikkan oqimini ingibitsiya qilish yoʼli bilan tushuntiriladi. Bu natriyni hujayralar ichida toʼplanishini pasaytiradi, va, natijada, kalьtsiy ionlarini hujayralar ichidagi ortiqchasini pasaytiradi. Ranolazin natriyni kechikkan oqimini pasayishi hisobiga, ishemiyada hujayralar ichida ionlar muvozanatini buzilishini kamaytiradi deb hisoblanadi. Hujayra ichidagi ortiqcha kalьtsiyni bunday pasayishidan miokardni boʼshashishini yaxshilashi va, shunday tarzda, chap qorinchani diastoladagi regidligini kamaytirishini kutish mumkin. Ranolazin taʼsiri ostida kechikkan natriy oqimini ingibitsiya qilishining klinik tasdigʼi boʼlib QTc oraligʼini sezilarli qisqarishi va QT oraligʼini uzayishi sindromi boʼlgan, 5 nafar patsientlar (SCN5A ΔKPQ mutatsiya geniga ega boʼlgan LQT3 sindromli patsientlar) ishtirokidagi ochiq tadqiqotda aniqlangan diastolik boʼshashishga ijobiy taʼsiri xizmat qiladi.
Preparatning bu samaralari yurak qisqarishlari sonini pasayishi, arterial bosim yoki tomirlarni kengayishi bilan bogʼliq emas.
Farmakodinamik taʼsirlari
Gemodinamikaga taʼsiri
Nazorat qilinadigan tadqiqotlar doirasida ranolazin bilan alohida yoki stenokardiyani davolash uchun moʼljallangan boshqa dori vositalari bilan birgalikda davolangan patsientlarda oʼrtacha yurak qisqarishlari sonini (minutiga <2 zarb) va oʼrtacha sistolik arterial bosim (<3 mm sim.ust.) minimal pasayishi qayd qilingan.
Elektrokardiografiyada aniqlanadigan samaralar
Raneksa® preparati bilan davolangan patsientlarda, QTc intervalini preparatning plazmadagi dozasiga va kontsentratsiyasiga bogʼliq uzayishi (sutkada ikki marta 1000 mg qabul qilinganda taxminan 6 ms), T tishchasining amplitudasini pasayishi va, baʼzi holatlarda, T ikki choʼqqili tishchalar amplitudasini pasayishi kuzatilgan. Ranolazinning, tana yuzasidan olingan elektrokardiogrammaning xarakteristikasiga taʼsiri qorinchalardagi taʼsir potentsialini, uzaytiradigan tez toʼgʼrilaydigan kaliy oqimini tormozlanishi hamda qorinchalardagi taʼsir potentsiali taʼsirini qisqartiradigan kechikkan natriy oqimini ingibitsiyasini natijasi hisoblanadi. 1308 ta patsient va sogʼlom koʼngillilar ishtirokida oʼtkazilgan klinik tadqiqotlar boʼyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar populyatsion tahlili QTc koʼrsatkichini qon plazmasida ranolazinni 1000 ng/ml miqdorida dastlabki darajasiga nisbatan 2,4 ms ga oʼrtacha uzayishini koʼrsatgan. Ushbu qiymat tayanch klinik tadqiqotlar davomida olingan maʼlumotlarga muvofiq boʼladi, ularga binoan QTsF ni dastlabki darajasiga nisbatan oʼrtacha oʼzgarishi (Friderichi formulasi boʼyicha tuzatilgan) preparat 500 va 750 mg dan sutkada 2 marta kabul qilingandan soʼng muvofiq 1,9 va 4,9 msek tashkil etgan. Toʼgʼri chiziqning ogʼishi jigar funktsiyasining klinik axamiyatli buzilishi bor patsientlarda baland boʼlgan.
UA/NSTEMI ACS boʼlgan 6560 nafar patsentlar ishtrokida oʼtkazilgan yirik tadqiqot (MERLIN-TIMI 36) natijalari boʼyicha, barcha sabablardan kuzatilgan oʼlim xavfi (platseboga nisbatan ranolazinni nisbiy xavfi 0,99 ni tashkil qilgan), toʼsatdan kuzatilgan yurak oʼlimi (platseboga nisbatan ranolazinni xavfi 0,87 ni tashkil qilgan) yoki qayd qilingan simptomatik aritmiyalarni vujudga kelish tezligi (3,1% bilan solishtirganda 3,0%) ga nisbatan Raneksa® preparati va platsebo orasidagi farqlar aniqlanmagan.
MERLIN-TIMI 36 tadqiqotida Raneksa® preparati bilan davolangan 3162 nafar patsientda 7-kunlik Xolterov monitoring doirasida hech qanday proaritmik taʼsir qayd qilinmagan. Raneksa® preparatini qabul qilgan patsientlarda platseboga nisbatan (87%) aritmiyalarning (80%), jumladan qorinchalar taxikardiyasi 8 urish (8% bilan solishtirganda 5%) vujudga kelishi tez-tezligini ahamiyatli pastligi qayd qilingan.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Klinik tadqiqotlarda surunkali stenokardiyadan aziyat chekvotgan patsientlarni davolash uchun Raneksa® preparati monoterapiya sifatida qoʼllanganida xam, va boshqa antianginal vositalarini qoʼllashdagi samaradorlik yetarli boʼlmagan holatlarida ham xuddi shunday samaradorlik va xavfsizlikni namoyish qilgan.
CARISA tayanch tadqiqoti davomida, Raneksa® preparati 50 mg dozada sutkada bir marta atenolol bilan, yoki sutkada bir marta 5 mg dozada amlodipin, yoki sutkada bir marta
180 mg dozada diltiazem bilan davolashga qoʼshilgan. Raneksa® preparatini 12 hafta davomida sutkada ikki marta 750 mg dan, sutkada ikki marta 1000 mg yoki platsebo qabul qilgan guruhlarga 823 ta patsientlar (23% ayollar) randomizatsiya qilingan. Raneksa® preparati qoʼshimcha davolash sifatida qoʼllaniladigan ikkila tadqiqot qilingan dozalardagi preparat uchun 12 hafta davomida koʼtaraolingan jismoniy yuklamalar vaqtining uzayishiga nisbatan platseboning samaradorligidan ustun keladigan samarani koʼrsatdi. Biroq ikkala dozalar orasida koʼtaraolinadigan jismoniy yuklamalar davomiyligida farqlar qayd qilinmagan (platsebo bilan solishtirganda 24 sekund;
p 0,03)
Raneksa® preparatini qoʼllashda haftada stenokardiya hurujlarining sonini ahamiyatli qisqarishiga va platsebo bilan taqqoslash boʼyicha qisqa taʼsirli nitroglitsirinni isteʼmol qilinishiga erishildi. Davolash vaqtida ranolazinga turgʼunlik rivojlanmagan, preparatni qabul qilinishini keskin toʼxtatishdan keyin stenokardiya hurujlarining tez-tezligining oshishi qayd qilinmagan. Аyollarda qoʼtaraolinadigan jismoniy yuklamalarning davomiyligining yaxshilanishi sutkada ikki marta 1000 mg dozada qabul qilishda erkaklarda kuzatilgan yaxshilanish taxminan 33% ni tashkil qildi. Biroq, erkaklarda ham, ayollarda ham stenokardiya hurujlarining tez-tezliligining va nitroglitsirinni qabul qilinishining bir xil pasayishi kuzatilgan.
Ikkinchi ERICA tadqiqotida, Raneksa® preparati sutkada bir marta 10 mg amlodipin (maksimal tavsiya qilingan doza) bilan davolashga qoʼshilgan. 565 patsientlar sutkada ikki marta 500 mg boshlangʼich dozada Raneksa® preparatini yoki 1 hafta davomida platsebo, keyin esa - preparatni sutkada ikki marta 1000 mg dozada yoki sutkada bir marta 10 mg dozada amlodipin bilan bir vaqtda davolashni qoʼshimcha sifatida qabul qilgan guruhlarga randomizatsiya qilingan. Bundan tashqari, tadqiqot qilinayotgan aholining 45% ham uzoq taʼsirli nitratlarni qabul qilganlar. Raneksa® preparatini qoʼllashda haftada stenokardiya hurujlarining sonini ahamiyatli qisqarishiga (p = 0,028) va platsebo bilan taqqoslash boʼyicha qisqa taʼsirli nitroglitsirinni isteʼmol qilinishiga (p = 0,014) erishildi. Stenokardiya hurujlarining oʼrtacha soni kabi, nitroglitsirinni qabul qilingan tabletkalarning soni ham, taxminan, haftada bir birlikka pasaygan.
Optimal dozani aniqlanishiga bagʼishlangan asosiy MARISA tadqiqotida, ranolazin monodavolash sifatida qoʼllanilgan. Soni 191 ta odamdan iborat boʼlgan miqdordagi patsientlar sutkada ikki marta 500 mg, sutkada ikki marta 1000 mg, sutkada ikki marta 1500 mg dozalarda Raneksa® preparatini va platsebo, 1 hafta davomida har bir preparatdan kesishuvchi sxema boʼyicha qabul qilgan guruhlarga randomizatsiya qilingan. Raneksa® preparati barcha tadqiqot qilingan dozalar uchun koʼtaraolinadigan jismoniy yuklamalar, stenokardiya hurujigacha boʼlgan vaqt va 1 mm ga ST segmentining depressiyasi paydo boʼlgunicha vaqtning uzayishiga nisbatan platsebo bilan taqqoslash boʼyicha ahamiyatli ustunlikni namoyish qildi. Barcha uchta dozalarda ranolazin holatida platsebo bilan taqqoslash boʼyicha statistik ahamiyatli boʼlgan va “doza-samara” moyillikni namoyish qilib sutkada ikki marta 500 mg doza vaziyatida 24 sekundni, sutkada ikki marta 1500 mg doza vaziyatida 46 sekundgacha tashkil qildi. Ushbu tadqiqotda jismoniy yuklamalarning davomiyligi 1500 mg guruhda ancha yuqoriroq boʼlgan “doza-samara” biroq bunda nojoʼya taʼsirlarning noproportsional kuchayishi kuzatilgan, shuning uchun 1500 mg keyingi tadqiqotlardan olib tashlangan.
UA/NSTEMI ACS boʼlgan 6560 ta patsientlar ishtirokida oʼtkazilgan yirik tadqiqot (MERLIN-TIMI 36) natijasida, barcha sabablardan oʼlim xavfi (ranolazin xavfini platsebo xavfiga nisbat 0,99 ni tashkil qildi), yurak kasalligi sababli toʼsatdan yurak oʼlimi (ranolazin xavfini platsebo xavfiga nisbat 0,87 ni tashkil qildi) yoki simptomlari standart medikamentoz davolashga qoʼshilishda hujjatlarda qayd qilingan aritmiyalarning vujudga kelish tez-tezligi (3,1% ga solishtirganda 3,0%) (jumladan, beta-blokatorlar, kalьtsiy kanallari blokatorlari, nitratlar, antitrombotik vositalar, lipidlar darajasini pasaytirish uchun preparatlar va ААF ingibitorlari) nisbatan Raneksa® preparati va platsebo orasidagi farqlar aniqlanmagan. MERLIN-TIMI 36 tadqiqotida patsientlarning taxminan yarmida anamnezda stenokardiya mavjud boʼlgan. Platsebo (p = 0,002) qabul qilgan patsientlar bilan taqqoslash boʼyicha ranolazin qabul qilgan patsentlarda koʼtaraolingan jisomniy yuklamalar davomiyligi 31 sekundga oshganligini natijalar koʼrsatmoqda. Stenokardiyasi boʼlgan patsientlar uchun Sietl soʼrovnomasini qoʼllash bilan tadqiqot platsebo guruhi bilan taqqoslash boʼyicha baʼzi parametrlarga, jumladan stenokardiya hurujlari tez-tezligiga (p 0,001) salmoqli taʼsirni koʼrsatdi.
Nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlarga yevropoid irqqa mansub boʼlmagan patsientlarning katta boʼlmagan ulushigina kiritilgan; shuning uchun ushbu patsientlar guruhi uchun preparat samaradorligi va xavfsizligiga nisbatan xulosalar qilinishi mumkin.
Koronar qon tomirlarida transdermal aralashuvdan (PCI) keyin toʼliq boʼlmagan revaskulyarizatsiyali anamnezda surunkali stenokardiya boʼlgan ≥18 yoshdagi 2604 ta patsientlar ishtirokida yakuniy nuqtalarga erishishga yoʼnaltirilgan ikkilamchi ojiz, platsebo-nazorat qilinadigan klinik tadqiqotning (RIVER-PCI) 3-fazasida doza sutkada ikki marta 1000 mg gacha oshirilgan. Birlamchi tashkil etadigan yakuniy nuqtada (ishmemiya taʼsiri ostida revaskulyarizatsiyaning birinchi belgilarigacha yoki revaskulyarizatsiya bilan kuzatib borilmaydigan ishemiya bilan bogʼliq boʼlmagan gospitalizatsiyagacha vaqt) ranolazin qabul qilgan guruh (26,2%) va platsebo qabul qilgan guruh (28,3%) orasida ahamiyatli farqlar aniqlanmagan, xavf nisbati 0,95%, 95%. DI 0,82-1,10 p=0,48. Barcha sabablardan oʼlim xavfi, yurak-qon tomir tizimi bilan bogʼlangan sabablar boʼyicha oʼlimlar, ogʼir nomaqbul yurak-qon tomir belgilari (MACE) vujudga kelishi, yurak yetishmovchiligi sababi boʼyicha gospitalizatsiya barcha populyatsiyalardagi guruxlar orasida oʼxshash boʼlgan; shunga qaramay platsebo qabul qilgan guruh bilan taqqsolash boʼyicha MACE koʼproq ranolazin qabul qilgan ≥75 yosh patsientlarda kuzatilgan (11,3% bilan taqqoslash boʼyicha 17,0%, muvofiq); bunga qoʼshimcha sifatida, ≥75 yosh patsientlarda barcha sabablardan oʼlimning miqdoriy koʼpayishi kuzatilgan (5,1% bilan taqqoslash boʼyicha 9,2%, p=0,074).
Farmakokinetikasi
Raneksa® preparatini ichga qabul qilinganidan keyin ranolazinning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax), odatda, 2 - 6 soat oʼtib kuzatiladi. Sutkada ikki marta qabul qilinganda, teng muvozanatli holatga, odatda, 3 kun davomida erishiladi.
Soʼrilishi
Аjralib chiqishi uzaytirilgan tabletkalarni peroral qabul qilingandan keyin ranolazinning oʼrtacha mutlaq biokiraolishligi individual variativlikning yuqori darajasi bilan 35-50% ni tashkil qiladi. Raneksa® preparatining taʼsiri dozaga bogʼliq holda oshadi. Dozani sutkada 500 dan 1000 mg 2 marta gacha oshirilganda teng muvozanatli holatda AUC ning 2,5-3 karra oshishi kuzatiladi. Sogʼlom koʼngillilar ishtirokidagi farmakokinetik tadqiqotlarida Cmax ning teng muvozanatli kontsentratsiyasi, oʼrtacha, taxminan
1770 (SD 1040) ng/m, teng muvozanatli holatda AUC0-12 koʼrsatkichi oʼrtacha, sutkada ikki marta 500 mg dozadapreparatni qabul qilgandan keyin 13 700 (SD 8290) ng x ch/ml ni tashkil qilgan. Ovqat qabul qilish vaqti ranolazinning soʼrilish tezligiga va toʼlaligiga taʼsir koʼrsatmagan.
Taqsimlanishi
Ranolazinning taxminan 62% qon plazmasining oqsillari bilan, asosan, alьfa-1 kislotali glikoproteinlar va alьbumin bilan kuchsiz bogʼlanadi. Teng muvozanatli holatda taqsimlanishning oʼrtacha hajmi (Vss) taxminan 180 l. ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Ranolazin asosiy ravishda metabolik yoʼl bilan ajratiladi. Yuborilgan preparatning 5% dan kami oʼzgarmagan koʼrinishda siydik va axlat bilan ajralib chiqadi. Sogʼlom odam tomonidan 500 mg[14C] ranolazin dozada bir marta ichga qabul qilishdan keyin radiofaollikning 73% siydik bilan va axlat bilan - 25% aniqlanadi.
Ranolazin klirensi dozaga bogʼliq, uni oshirishda pasayadi. Yarim chiqarilish davri vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Teng muvozanatli holatda yarim chiqarilishning terminal davri ranolazin ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 7 soatni tashkil qiladi, bu chiqarilish tezligi soʼrilish tezligi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.
Biotransformatsiyasi
Ranolazin tez va intensiv metabolizatsiyaga uchraydi. Yosh sogʼlom kattalarda 500 mg [14C] ranolazinni bir marta ichga qabul qilishdan keyin radiofaollikning taxminan 13% plazmada aniqlangan. Metabolitlarning katta miqdori odam plazmasida (47 ta metabolitlar), siydikda (>100 metabolitlar) va axlatda (25 ta metabolitlar) aniqlangan. 14 ta birlamchi metabolik yoʼllar aniqlangan, ulardan eng muhimlari O-metil guruhini ajralishi va N-alkil guruhini ajralishi hisoblanadi. Odam jigarining mikrosomalarini qoʼllash bilan in vitro sharoitda oʼtkazilgan tadqiqotlar, ranolazin bosh tarzda CYP3A4, hamda CYP2D6 metabolizmga uchraydi. CYP2D6 faolligi yetishmovchiligi boʼlgan odamlarda (pasaygan metabolizmli patsientlar) sutkada ikki marta 500 mg dan qabul qilinganda AUC koʼrsatkichi CYP2D6 metabolik qobiliyati meʼyorda boʼlgan odamlardagi (jadal metabolizmdagi patsientlar) oʼxshash kattalikdan 62% ga yuqori boʼladi. Sutkada ikki marta 1000 mg dozaga nisbatan muvofiq farq 25% ni tashkil qildi.
Patsientlarning maxsus guruhlari
Ranolazinning farmakokinetikasiga turli omillarning taʼsiri stenokardiya bilan aʼziyat chekayotgan patsientlarda va sogʼlom tadqiqot qilinayotganlarning 928 tasi ishtirokidagi populyatsion farmakokinetik tadqiqotlarda oʼrganilgan.
Jinsning taʼsiri
Jins farmakokinetik koʼrsatkichlarga hech qanday klinik ahamiyatli taʼsir koʼrsatmaydi.
Keksa yoshdagi patsientlar
Jins oʼz-oʼzidan farmakokinetik parametrlarga hech qanday klinik ahamiyatli taʼsir koʼrsatmaydi. Biroq keksa yoshdagi patsientlarda buyraklarning yoshga nisbatan funktsiyasi pasayishi sababli ranolazin taʼsirini kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Tana vazni
Tana vazni 40 kg ni tashkil qilgan odamlarda ranolazinning taʼsiri tana vazni 70 kg boʼlgan odamlarga qaraganda taxminan 1,4 marta kuchliroq.
DYuE
NYHA III va IV-sinf DYuE plazmada kontsentratsiyasining taxminan 1,3 marta oshishiga olib keladi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Ronalazin farmakokinetikasiga buyrak funktsiyasiga taʼsirini oʼrganishga bagʼishlangan tadqiqotda ranolazinning AUC koʼrsatkichi buyrak funktsiyasi meʼyorda boʼlgan sinovdan oʼtayotganlarga nisbatan yengil, oʼrtacha va ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan sinovdan oʼtayotgan ishtrokchilarga oʼrtacha 1,7-2 marta yuqori boʼlgan. Buyrak funktsiyasi buzilgan tadqiqot ishtrokchilarida AUC kattaligining ahamiyatli individualaro variativligi qayd etilgan. Metabolitlarning AUC i buyrak funktsiyasi pasayganda oshadi. Ogʼir buyrak funktsiyasi buzilishining ogʼir daorajasi bor patsientlarda ranolazinning farmakologik faol metabolitlaridan birining AUC koʼrsatkichi 5 martaga oshgan.
Populyatsion farmakokinetik tahlilda oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan odamlarda ranolazin taʼsirini 1,2 martaga kuchayishi aniqlangan (kreatinin klirensi 40 ml/min). Buyrak funktsiyasining ogʼir darajadagi buzilishlari bor odamlarda (kreatinin klirensi 10-30 ml/min) ranolazin taʼsirining 1,3-1,8 martaga oshishi aniqlangan.
Ranolazinning farmakokinetikasiga dializning taʼsirini baholanishi oʼtkazilmagan.
Jigar funktsiyasining buzilishi
Engil yoki oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi jigar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda ranolazin farmakokinetikasining oʼrganilishi oʼtkazilgan. Jigar funktsiyasining ogʼir buzilishi boʼlgan patsientlarda qoʼllash tajribasi yoʼq. Ranolazinning AUC koʼrsatkichi yengil darajadagi jigar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda oʼzgarmagan, biroq oʼrtacha ogʼirlik darjasidagi jigar funktsiyasining buzilishi holatida 1,8 martaga oshgan. Bunday patsientlarda QT oraligʼining uzayishi ancha yaqqol boʼlgan.
Pediatrik profildagi patsientlar
Pediatrik profilьdagi patsientlarda (<18 yosh) ranolazinning farmakokinetik parametrlari tekshirilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Ranolazinni homilador ayollarda qoʼllash boʼyicha maʼlumotlar chegaralangan. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda embriotoksiklik aniqlangan (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Odam uchun potentsial xavf nomaʼlum. Raneksa® preparatini homiladorlik vaqtida qoʼllash kerak emas, zarurat boʼlgan hollar bundan mustasno.
Koʼkrak suti bilan emizish davri
Ranolazin ona suti bilan ajralib chiqishi nomaʼlum. Ishlatishda mavjud boʼlgan farmakodinamik/toksikologik maʼlumotlar ranolazin ona sutiga ajralib chiqishi haqida dalolat beradi (batafsil - “Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Emizishda boʼlgan bola uchun xavfni istisno qilib boʼlmaydi. Raneksa® preparatini emizish davridagi ayollar tomonidan qabul qilinishi kerak boʼlmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Oʼzlashtiraolish tadqiqotida stenokardiyasi boʼlgan patsientlarda yuqori peroral dozada qabul qilganda dozaga bogʼliq holda bosh aylanishi, koʼngil aynishi va qusishning vujudga kelishi tez-tezligi oshgan. Sogʼlom koʼngillilarda vena ichiga yuborishda dozani oshirib yuborishning taʼsiri tadqiqotlarida ushbu nojoʼya hodisalardan tashqari diplopiya, letargiya va sinkope qayd qilingan. Dozadan oshirib yuborish holatida patsient shifokorning sinchkovlik bilan kuzatuvida boʼlishi, hamda simptomatik va qoʼllab turadigan davolash tavsiya qilinadi.
Ranolazinning taxminan 62% plazma oqsillari bilan bogʼlanishi tufayli gemodializ jarayonida toʼliq chiqarilishi ehtimoli kam.
Mavjud postregistratsion qoʼllash tajribasining maʼlumotlariga koʼra Raneksa® preparatini bir oʼzini yoki boshqa dori vostitalari bilan birga qoʼllab ataylab dozasini oshirib yuborish holatlari oʼlimga olib kelgan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatning samaralari kuchayishi kutilishi mumkin boʼlgan patsientlarda ranolazin dozasini buyurish yoki oshirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak boʼladi:
• Oʼrtacha taʼsir kuchli CYP3A4 ingibitorlarini bir vaqtda buyurish (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang).
• P-glikoprotein ingibitorlarini bir vaqtda buyurish (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang).
• Engil darajadagi jigar funktsiyasining buzilishi (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
• Engil yoki oʼrtacha darajasidagi buyrak funktsiyasining buzilishi (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Nojoʼya taʼsirlari” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
• Keksa yosh (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Nojoʼya taʼsirlari” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
• Tana vazni kichik boʼlgan patsientlar (60 kg) (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Nojoʼya taʼsirlari” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
• Oʼrtacha yoki ogʼir darajadagi DYuE (NYHA sinfi III–IV) (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
Sanab oʼtilgan omillardan bir nechtasi birikkan patsientlarda taʼsirning qoʼshimcha kuchayishi kutilishi mumkin. Dozaga bogʼliq boʼlgan nojoʼya taʼsirlarning vujudga kelishi mumkin. Sanab oʼtilgan bir nechta omillarning birikmasi boʼlgan patsientlarda Raneksa® preparatini qoʼllashda nojoʼya hodisalarning tez-tez monitoring oʼtkazilishi kerak. Zarurat tugʼilganida Raneksa® preparatini pasaytirish yoki ushbu davolashni bekor qilish kerak.
Koʼrsatib oʼtilgan guruh ostilarida nojoʼya taʼsirlarning tez-tezligining oshishiga olib keladigan farmakologik taʼsirlarning oshish xavfi, CYP2D6 ning meʼyordagi faolligi boʼlgan patsientlar (metabolizmi jadal boʼlgan patsientlar) bilan taqqoslash boʼyicha CYP2D6 ning faolligi yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda (metabolizm pasayishi boʼlgan patsientlar) oshadi. Yuqorida keltirilgan ehtiyotkorlik choralari CYP2D6 ning pasaygan metabolizmi boʼlgan patsientlar uchun xavfini inobatga olib ishlab chiqilgan va agar CYP2D6 metabolizmi maqomi nomaʼlum boʼlgan holatda zarur hisoblanadi. CYP2D6 metabolizmi jadal boʼlgan patsientlar uchun bunday ehtiyotkorlik choralarining zarurati kamroq. CYP2D6 metabolizmi maqomi tasdiqlangan (masalan, genotiplash yoʼli bilan) yoki jadalligi nomaʼlum boʼlgan patsientlarda Raneksa® preparatini hattoki yuqorida sanab oʼtilgan bir nechta xavf omillarining birikishida ham ehtiyotorlik bilan qoʼllanilishi kerak.
QT oraligʼining uzayishi
Ranolazin kaliy kanalalari tokini IKr blokada qiladi va QTs oraligʼini uzaytiradi, bunda ushbu samara dozaga bogʼliq boʼladi. Patsientlarni va sogʼlom koʼngillilarni tadqiqotida olingan umumlashtirilgan maʼlumotlarning populyatsion tahlili, plazmada preparat kontsentratsiyasidan QTc oraligʼining davomiyligiga bogʼliqligi 1000 ng/ml ga 2,4 ms kabi baholanishi mumkin, bu uning sutkada ikki marta 500 dan 1000 mg gacha dozada buyurilishida plazmada ranolazinning kontsentratsiyasi koʼrsatkichining diapazoni uchun 2 dan 7 ms gacha oshishiga taxminan teng boʼladi. Binobarin, anamnezda QT oraligʼining tugʼma uzayishining oilada QT oraligʼining uzayishi sindromi mavjud boʼlgan patsientlarni; QT oraligʼining uzayishining maʼlum ortiirilishi boʼlgan patsientlarni, hamda QTc oraligʼiga taʼsir qiladigan preparatlar bilan davolanayotgan patsientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur (jumladan “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).
Dorilarning oʼzaro taʼsiri
CYP3A4 faollik indiuktorlari bilan birgalikda buyurilishi samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Raneksa® preparatini CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampitsin, fenitoin, fenobarbital, karbamazepin, qizilpoycha) bilan davolanayotgan patsientlarda qoʼllash kerak boʼlmaydi (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Buyrak funktsiyasi yosh koʼtarilishi bilan pasayadi, shuning uchun ranolazin bilan davolash vaqtida muntazam vaqt oraliqlari davomida uning tekshirilishini oʼtkazish muhimdir (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
Natriy
Mazkur dori preparatida bir ajralib chiqarilishi uzaytirilgan tabletkada 1 mmolьdan kam natriy (23 mg) saqlanadi, yaʼni unda amalda “natriy mavjud emas” deb hisoblash mumkin.
Fertillik, homiladordlik va laktatsiya
Homiladorlik
Ranolazinni homilador ayollarda qoʼllash boʼyicha maʼlumotlar chegaralangan. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda embriotoksiklik aniqlangan (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Odam uchun potentsial xavf nomaʼlum. Raneksa® preparatini homiladorlik vaqtida qoʼllash kerak emas, zarurat boʼlgan hollar bundan mustasno.
Koʼkrak suti bilan emizish davri
Ranolazin ona suti bilan ajralib chiqishi nomaʼlum. Ishlatishda mavjud boʼlgan farmakodinamik/toksikologik maʼlumotlar ranolazin ona sutiga ajralib chiqishi haqida dalolat beradi (batafsil - “Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Emizishda boʼlgan bola uchun xavfni istisno qilib boʼlmaydi. Raneksa® preparatini emizish davridagi ayollar tomonidan qabul qilinishi kerak boʼlmaydi.
Fertillik
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar fertillikka hech qanday zararli samaralarni aniqlamadi (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Ranolazinning fertillikka samaralari odamda nomaʼlum.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Raneksa® preparatining transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri tadqiqotlari oʼtkazilmagan. Raneksa® preparatini qabul qilish bosh aylanishi, koʼrishning xiralashib ketishi, diplopiya, ongning chalkashligi, koordinatsiyaning buzilishi va gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin (“Nojoʼya taʼsirlari” boʼlimiga qarang), bu esa transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ranolazinga boshqa dori vositalarining samarasi
CYP3A4 yoki P-glikoprotein ingibitorlari
Ranolazin CYP3A4 sitoxrom substrati hisoblanadi. CYP3A4 ingibitorlari plazmada ranolazin kontsentratsiyasini oshiradi. Plazmada kontsentratsiyaning oshishi bilan shu bilan birga dozaga bogʼliq boʼlgan nojoʼya hodisalarning ehtimolini kuchaytirishi mumkin (masalan, koʼngil aynishi, bosh aylanishi). Sutkada ikki marta 200 mg ketokonazolni bir vaqtda qoʼllanilishi ranolazinning AUC koʼrsatkichini 3,0 - 3,9 martaga ranolazin bilan davolash davrida oshiradi. Kuchli taʼsir etuvchi CYP3A4 ingibitorlarining bir vaqtda buyurilishi (masalan, itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol, OIV-proteazalari ingibitorlari, klaritromitsin, telitromitsin, nefazodon) mumkin emas (“Qoʼllash usuli va dozalar” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang). Shu bilan birga greypfrut sharbati kuchli taʼsir etadigan CYP3A4 ingibitori hisoblanadi.
Taʼsirning oʼrtacha kuchi CYP3A4 ingibitori diltiazem (sutkada bir marta 180-360 mg) - dozaga bogʼliq holda - ranolazinning teng muvozanatli oʼrtacha qiymatini 1,5-2,4 martaga oshishini chaqiradi. Diltiazem va taʼsirning oʼrtacha kuchi CYP3A4 ingibitorlari (maslan, eritromitsin, flukonazol) bilan davolashni olayotgan patsientlarda Raneksa® preparatining dozasini sinchkovlik bilan tanlash tavsiya qilinadi. Raneksa® dozasini pasaytirish zarur boʼlib qolishi mumkin (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Ranolazin P-glikoprotein substrati hisoblanadi. P-glikoprotein ingibitorlari (masalan, siklosporin, verapamil) plazmada ranolazinning kontsentratsiyasini oshiradi. Verapamil (sutkada uch marta 120 mg) ranolazinning teng muvozanatli kontsentratsiyasining kattaligini 2,2 martaga oshiradi. P-glikoprotein ingibitorlari bilan davolashni olayotgan patsientlarda Raneksa® preparatining dozasini sinchkovlik va ehtiyotkorlik bilan tanlash tavsiya qilinadi. Raneksa® preparatini dozasini pasaytirish zarur boʼlib qolishi mumkin (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
CYP3A4 induktorlari
Rifampitsin (sutkada bir marta 600 mg) ranolazinning teng muvozanatli kontsentratsiyasining kattaligini taxminan 95% ga pasaytiradi. CYP3A4 induktorlarini (masalan, rifampitsin, fenitoin, fenobarbital, karbamazepin, qizilpoycha) qabul qilish vaqtida Raneksa® preparati bilan davolashni boshlash kerak boʼlmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang).
CYP2D6 ingibitorlari
Ranolazin CYP2D6 ni qisman metabolzmga uchraydi, shuning uchun ushbu fermentning ingibitorlari plazmada ranolazin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Kuchli taʼsir etuvchi CYP2D6 ingibitori sutkada bir marta 20 mg dozada paroksetin plazmada ranolazinning kontsentratsiyasini oʼrtacha koʼrsatkichlarini teng muvozanat holatida taxminan 1,2 martaga oshiradi (sutkada ikki marta 1000 mg dan ranolazinni qabul qilishda). Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparatni sutkada ikki marta
500 mg dozada qabul qilganda kuchli taʼsir qiladigan CYP2D6 ingibitorlarining birgalikdagi buyurilishi ranolazinning AUC ni taxminan 62% oshishiga olib kelishi mumkin.
Ranolazinning boshqa dori vositalariga taʼsiri
Ranolazin oʼrtachadan yuqori darajagacha taʼsirning yaqqolligiga ega boʼlgan
P-glikoprotein va CYP3A4 ning kuchsiz ingibitori hisoblanadi, muvofiq tarzda plazmada P-glikoprotein yoki CYP3A4 substratlarining kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Shu munosabat bilan P-glikoprotein tomonidan yetkazib beriluvchi dori vositalarining taqsimlanishini oshishi mumkin.
Raneksa® preparatining buyurilishida alohida moyil boʼlgan baʼzi CYP3A4 substratlarining (masalan, simvastatin yoki lovastatin), hamda tor terapevtik diapazoni bilan CYP3A4 substratlarining (masalan, siklosporin, takrolimus, sirolimus, everolimus) dozasiga tuzatish kiritishni talab etmasligi mumkin, chunki Raneksa® preparati plazmada koʼrsatib oʼtilgan preparatlarning kontsentratsiyasini oshirilishiga olib kelishi mumkin.
Mavjud boʼlgan maʼlumotlar ranolazin CYP2D6 ning kuchsiz ingibitori hisoblanishi haqida dalolat beradi. Raneksa® preparatini sutkada ikki marta 750 mg dan qabul qilinishi metoprololning plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 1,8 martaga oshiradi. Shuning uchun, Raneksa® preparatini birgalikda buyurilishida metoprolol yoki CYP2D6 ning boshqa substratlarining (masalan, propafenon va flekainid yoki kam darajada tritsiklik antidepressantlar va neyroliptiklar) taʼsirini kuchaytirilish oʼrin egallashi mumkin, buning oqibatida ushbu dori preparatlarining dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
CYP2B6 ingibirlash potentsiali oʼrnatilmagan. CYP2B6 substratlari (masalan, bupropion, efavirents, siklofosfamid) bilan birgalikda qoʼllash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi.
Digoksin
Digoksinni va Raneksa® preparatini birgalikda qoʼllashda plazmada digoksin kontsentratsiyasninig 1,5 martaga oshishi haqida maʼlumotlar mavjud. Shuning uchun Raneksa® preparati bilan davolashning boshida va yakunlanishi boʼyicha digoksin darjasining monitoringi zarur boʼladi.
Simvastatin
Simvastatin metabolizmi va klirensi ahamiyatli darajada CYP3A4 ga bogʼliq boʼladi. Raneksa® preparatini sutkada ikki marta 1000 mg dan qabul qilinishi simvastatin laktoni va kislotasining, plazmadagi simvastatinni kontsentratsiyasini taxminan
2 martaga oshiradi. Simvastatinning yuqori dozalari rabdomiolizning birga kechishi bilan kuzatalishi mumkin, postregistratsion nazorat doirasida Raneksa® preparatini va simvastatinni qabul qilgan patsientlarda rabdomioliz holatlari haqida xabar berilgan. Har qanday dozada Raneksa® preparati bilan davolashni qabul qilayotgan patsientlarda simvastatin dozasi 20 mg dan oshmasligi kerak.
Аtorvastatin
Raneksa® preparatini sutkada ikki marta 1000 mg dan qabul qilinganda sutkada bir marta 80 mg dozada atorvastatinning Cmax va AUC koʼrsatkichlarini muvofiq tarzda 1,4 va
1,3 martaga oshiradi va atorvastatin metabolitlarining Cmax va AUC kamida 35% ga oʼzgartiradi. Raneksa® preparatini qabul qilinganda atorvastatin dozasini chegaralash va oʼrnatilgan tartibda klinik kuzatuvni oʼtkazish talab etilishi mumkin.
Raneksa® preparatini qabul qilinganda CYP3А4 ni metabolizmga uchraydigan boshqa statinlarning (masalan, lovastatin) dozasini kamaytirishtalab etilishi mumkin.
Takrolimus, siklosporin, sirolimus, everolimus
Takrolimus (CYP3A4 substrati) ni buyurish patsientlar tomonidan ranolazinni qabul qilinishi plazmada takrolimusning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelgan. Takrolimus qabul qilayotgan patsientlar tomonidan Raneksa® preparatining qoʼllanilishida plazmada takrolimusning kontsentratsiyasini nazorat qilish va zarurat tugʼilganda takrolimusning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya qilinadi. Ushbu chora shu bilan birga tor davolash oraligʼi bilan CYP3A4 ning boshqa ingibitorlari (masalan, siklosporin, sirolimus, everolimus) qoʼllanilganda tavsiya qilinadi.
Organik kationlar 2 (OCT2) yetkazib beruvchisi tomonidan yetkazib berilayotgan dori preparatlari
2-tur qandli diabeti boʼlgan patsientlarda sutkada ikki marta 500 mg va 1000 mg dozada Raneksa® preparatini birgalikda buyurilganida qon plazmasida metforminning kontsentratsiyasi (sutkada ikki marta 1000 mg) muvofiq tarzda 1,4 va 1,8 martaga oshgan. OCT 2 boshqa substratlari kontsentratsiyasi, jumladan, ammo pindolol va vareniklin bilan chegaralamasdan oʼxshash tarzda oshishi mumkin.
Ranolazin va QTc oraligʼini uzaytiradigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda davolashda nazariy xavf mavjudligi, farmakodinamik oʼzaro taʼsir va qorinchalik aritmiya rivojlanish xavfining oshishi vujudga kelishi mumkin. Bunday preparatlarning qatoriga maʼlum antigistamin preparatlar (masalan, terfenadin, astemizol, mizolastin), maʼlum aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, xinidin, dizopiramid, prokainamid), eritromitsin va tritsiklik antidepressantlar (masalan, imipramin, doksepin, amitriptilin) taaluqli boʼladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash
Raneksa® preparati 500 mg yoki 1000 mg dan taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar shaklida chiqariladi.
Kattalar
Raneksa® preparatining tavsiya etilgan boshlangʼich dozasi sutkada ikki marta 500 mg ni tashkil etadi. 2-4 haftadan keyin doza zarurat tugʼilganida sutkada ikki marta 1000 mg gacha oshirilgan boʼlishi mumkin. Tavsiya etilgan maksimal doza sutkada ikki marta
1000 mg ni tashkil etadi (“Farmakodinamikasi” boʼlimiga qarang).
Аgar patsientda davolash bilan bogʼliq boʼlgan nojoʼya taʼsirlar oʼrin egallagan boʼlsa (masalan, bosh aylanishi, koʼngil aynishi yoki qusish), u holda Raneksa® preparatining dozasini pasaytirishga qarab tuzatish kiritishsh (titrlash) oʼrinli boʼlishi mumkin. Аgar simptomlar dozani pasaytirishdan keyin yoʼqolmasa, davolash bekor qilinishi kerak.
CYP3A4 va P-glikoprotein (P-gp) ingibitorlari bilan hamkorlikda davolash
Taʼsirning oʼrtacha kuchli CYP3A4 ingibitorlari (masalan, diltiazem, flyukonazol, eritromitsin) va P-glikoprotein ingibitorlari (masalan, verapamil, siklosporin) bilan davolashni olayotgan patsientlar uchun dozani sinchkovlik bilan tanlash tavsiya qilinadi (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang).
Kuchli taʼsir qiladigan CYP3A4 ingibitorlarining bir vaqtda buyurilishi taqiqlangan (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimlariga qarang).
Buyraklar funktsiyasining buzilishi
Yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsitentlar uchun (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) dozani sinchkovlik bilan tanlash tavsiya etiladi (“Maxsus koʼrsatmalar”, “Nojoʼya taʼsirlar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang). Raneksa® preparatini ogʼir buyraklar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas (kreatinin klirensi 30 ml/min) (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
Jigar funktsiyasining buzilishi
Yengil darajasidagi jigar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsitentlar uchun dozani sinchkovlik bilan tanlash tavsiya etiladi (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang). Raneksa® preparatini oʼrtacha yoki ogʼir darajadagi jigar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
Keksa yoshdagi patsientlar
Keksa yoshdagi patsientlarga dozaning tanlanishi ehtiyotkorlik bilan oʼtkazilishi kerak (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Keksa yoshdagi patsientlarda buyraklarning yoshga nisbatan funktsiyasini pasayishi sababli ranolazin taʼsirini kuchayishi kuzatilishi mumkin (“Farmakokinetikasi” boʼlimiga qarang). Keksa yoshdagi patsientlarda nojoʼya taʼsirlarning tez-tezligining oshishi qayd etilgan (“Nojoʼya taʼsirlar” boʼlimiga qarang).
Kichik tana vazni
Nojoʼya taʼsirlarning paydo boʼlish tez-tezligi tana vazni kichik boʼlgan patsientlarda (60 kg) yuqoriroq boʼlgan. Ushbu guruhga taaluqli boʼlgan patsientlarga dozani tanlanishi ehtiyotkorlik bilan oʼtkazilishi kerak (“Maxsus koʼrsatmalar”, “Nojoʼya taʼsirlari” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
Dimlangan yurak yetishmovchiligi (DYuE)
Oʼrtacha yoki ogʼir darajadagi DYuE boʼlgan patsientarga (NYHA III–IV-sinflar) dozani tanlanishi ehtiyotkorlik bilan oʼtkazilishi kerak (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakokinetikasi” boʼlimlariga qarang).
Pediatrik profildagi patsientlar
Raneksa® preparatining xavfsizligi va samaradorligi 18 yoshdan kichik bolalarda oʼrnatilmagan. Maʼlumotlar yoʼq.
Qoʼllanilishi
Raneksa® preparati tabletkalarini butunligicha, maydalamasdan, boʼlmasdan va chaynamasdan yutish kerak. Preparatni ovqat bilan birga yoki isteʼmol qilinishiga bogʼliq boʼlmagan holda qoʼllash mumkin.
Аgar Siz Raneksa® preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Аgar Siz preparatni qabul qilishni unutgan boʼlsangiz, u holda uni iloji boricha tezroq qabul qiling, dorini keyingi qabul qilish vaqti (qabul qilishgacha 6 soatdan kam) yaqinlashayotgan holatlar bundan mustasno. Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni toʼldirish uchun preparatni ikki martalik dozada qabul qilmang.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












