Ташкент
logo
SavatKirish

Sagatsefpo

Sagatsefpo chiqarish shakllari

SAGASEFPO 200 DT tabletkalari 200mg N10
Retseptli
SAGASEFPO 200 DT tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Saga Laboratories
•1 ta dorixonada bor
Narxi
70 000 so'm dan
SAGASEFPO 100 DT tabletkalari 100mg N10
Retseptli
SAGASEFPO 100 DT tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Saga Laboratories
•1 ta dorixonada bor
Narxi
51 500 so'm dan
SAGASEFPO poroshok 60ml 50mg/5ml
Retseptli
SAGASEFPO poroshok 60ml 50mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Saga Laboratories
- Sagatsefpo qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sagatsefponing tarkibi
- Sagatsefpo ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sagatsefpo narxi Toshkent dorixonalarida

Sagatsefpo qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

bolalarda (12 yoshgacha);
sefpodoksimga, preparatning komponentlariga, boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Extiyotkorlik bilan: penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik, xomiladorlik, laktatsiya davri, surunkali kolit, buyrak yetishmovchiligi, “xalqali” diuretiklar va boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga qo'llash.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlarida qo'llanilishi
Buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.

Farmakodinamikasi

III avlod sefalosporinlar guruxi antibiotiki, bakteritsid ta'sir qiladi, bakteriyalarning xujayra devori sintezini buzadi. Beta-laktamazalarga chidamli. Grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pyogenes. Streptococcus pneumonia (penitsillinga chidamli shtammlardan tashqari); grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae (beta-laktam musbat va manfiy shtammlari), Moraxella (Branhaemella) catarrhalis, Escherichia coli, Klebsiella spp. (Klebsiella pneumonia va Klebsiella oxytoca ni xam qo'shib), Neisseria gonorrhoeae, indolmusbat Proteus, proteyning boshqa turlari, shu jumladan Proteus vulgaris; Providencia, Enterobacter (shu jumladan Enterobacter cloacae va Enterobacter aerogenes), Salmonella spp., Shigella spp.; in vitro sharoitlarida ko'pchilik shtammlarga nisbatan faol: Brucella, Neisseria, Aeromonas hydrophila, Yersinia enterocolitica, Providencia rettgeri, Providencia sruartii va Citrobacter, Morganella Serratia shtammlari.
Streptococcus spp. (D guruxi), Staphylococcus spp. Ning metitsillin-rezistent shtammlari, Corynodacterium spp. (J va K guruxlari), Paeudomonas spp. (shu jumladan Paeudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. ga nisbatan nofaol. Anaeroblarga nisbatan, Bacteroides, Corynodacter, Yersinia ning ko'pchilik turlarini xam qo'shib kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides larning xromosomal kelib chiqishga ega bo'lgan sefalosporinazalari tomonidan parchalanadi.

Farmakokinetikasi

Sefpodoksim proksetil olddorilarga (prodrags) kiradi, u organizmda (ingichka ichakda) faol metabolit sefpodoksimga aylanib deesterifikatsiyalanadi.
100 dan 400 mg gacha preparat bir marta yoki ko'p marta qabul qilinganidan keyin 1,9-3,1 soat o'tgach 1,0-4,5 mg/l terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi. Mutlaq biokiraolishi – 50%.
Qon oqsillari bilan bog'lanishi (20-30%).
Dozaning taxminat 30-35% o'zgarmagan xolda 12 soat davomida siydik bilan chiqariladi. T1/2 2,1 dan 2,8 soatgacha o'zgarib turadi.
Buyrak funktsiyasining buzilganda chiqarilishi pasayadi: KK 50-80 ml/minut bo'lganda, T1/2 3,5 soatni, 30-49 ml/minutda – 5,9 soatni, 5-29 ml/minutda – 9,8 soatni tashkil qiladi.
Keksa yoshli shaxslarda, shu jumladan bronx-o'pka infektsiyasi bo'lganlarda T1/2 ni va qondagi kontsentratsiyasini biroz uzayishi kuzatilgan, lekin dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Farmakologik ta'siri

III avlod sefalosporinlar guruhi antibiotigi, bakteritsid ta'sir qiladi, bakteriyalarning xujayra devori sintezini buzadi. Beta-laktamazalarga chidamli. Grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pyogenes. Streptococcus pneumonia (penitsillinga chidamli shtammlardan tashqari); grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae (beta-laktam musbat va manfiy shtammlari), Moraxella (Branhaemella) catarrhalis, Escherichia coli, Klebsiella spp. (Klebsiella pneumonia va Klebsiella oxytoca ni xam qo'shib), Neisseria gonorrhoeae, indolmusbat Proteus, proteyning boshqa turlari, Proteus vulgaris ni xam qo'shib; Providencia, Enterobacter (Enterobacter cloacae va Enterobacter aerogenes ni xam qo'shib), Salmonella spp., Shigella spp.; in vitro ko'pchilik shtammlarga nisbatan faol: Brucella, Neisseria, Aeromonas hydrophila, Yersinia enterocolitica, Providencia rettgeri, Providencia sruartii va Citrobacter, Morganella Serratia shtammlari.
Streptococcus spp. (D guruxi), Staphylococcus spp. ning metitsillin-rezistent shtammlari, Corynodacterium spp. (J va K guruxlari), Paeudomonas spp. (shu jumladan Paeudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. ga nisbatan nofaol. Anaeroblarga nisbatan, Bacteroides, Corynodacter, shu jumladan Yersinia ning ko'pchilik turlari kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides larning xromosomal kelib chiqishga ega bo'lgan sefalosporinazalari tomonidan parchalanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlik vaqtida ona uchun potentsial foydani xomila uchun mumkin bo'lgan xavf bilan qiyoslab, extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo'lganida, emizishni to'xtatish kerak.

Dozirovkasi

Ichga, ovqatlanish vaqtida

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:

Юқори ва қуйи нафас йўлларининг инфекциялари

100 мг дан ҳар 12 соатда

5-10 кун давомида

Ўткир касалхонадан ташқари пневмония

200 мг дан ҳар 12 соатда

14 кун давомида

Ўткир максилляр синусит; сурункали бронхитнинг зўрайиши

200 мг дан ҳар 12 соатда

10 кун давомида

Асоратланмаган гонорея, аёллардаги аноректал сохадаги Neisseria gonorrhoeae чақирган асоратланмаган инфекцияларда

200 мг

Бир марта қабул қилинади

Тери ва юмшоқ тўқималарнинг инфекциялари

400 мг дан ҳар 12 соатда

7-14 кун давомида

Сийдик чиқариш йўлларининг асоратланмаган инфекциялари (цистит)

100 мг дан ҳар 12 соатда

7 кун давомида


Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort, diareya.
Davolash: gemodializ yoki peritoneal dializ, ayniqsa buyrak funktsiyasining buzilishlari samarali.

Maxsus saqlash sharoitlari

Sefpodoksim proksetil qo'llanganda, boshqa sefalosporinlardagi kabi, xatto sinchiklab anamnez to'planganida xam, anafilaktik shok bo'lishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas. Penitsillinga yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlarda, qarama-qarshi allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Og'ir turg'un diareya bo'lganida, antibiotiklar bilan o'tkazilayotgan davolash bilan bog'liq bo'lgan soxtamembronoz kolit rivojlanishi extimolini ko'rish kerak. Chunki bu xolat bemorning xayoti uchun xavf solishi mumkin, sefpodoksim proksetil bilan davolashni darxol to'xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Peristalьtikaga ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
Sefpodoksim proksetil olgan patsiyentlarda, protrombin vaqtining o'zgarishini kam xollari ta'riflangan. K vitaminining yetishmovchiligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo'lgan patsiyentlarda davolanish vaqtida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganda davolashni boshlashgacha yoki davolash vaqtida K vitaminini buyurish (10 mg/xaftada) talab qilinishi mumkin.
Sefpodoksim proksetil odatda tavsiya etilgan standart dozalardan yuqori dozalarda qo'llangandan keyin, o't qopini UZI da soyalar aniqlanadi, ular yanglishib toshlarga qabul qilinadi. Ular sefpodoksim proksetilning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlaridan iborat bo'lib, ular davolash yakunlanganidan yoki sefpodoksim proksetil bilan davolash to'xtatilganidan keyin yo'qolib ketadi. Bunday o'zgarishlar kamdan-kam qanday-bo'lmasin simptomatika beradi, lekin bunday xollarda xam faqat konservativ davolash tavsiya etiladi. Agar bu ko'rinishlar klinik simptomatika bilan birga kechsa, unda preparatni bekor qilish xaqidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.
Sefpodoksim proksetil olgan patsiyentlarda, extimol o't-safro yo'llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanayotgan pankreatitning kamdan-kam xollari ta'riflangan. Bu bemorlarning ko'pchiligida dastlab o't-safro yo'llarida dimlanishning xavf omillari bo'lgan, masalan, oldin o'tkazilgan davolash, og'ir kasalliklar va to'liq parenteral oziqlantirish. Bunda sefpotoksim proksetil ta'siri ostida o't-safro yo'llarida xosil bo'lgan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas.
Giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarga sefpodoksim proksetilni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Sefpotoksim proksetilni yangi tug'ilgan, ayniqsa chala tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash mumkin emas, ularda bilirubinli entsefalopatiya rivojlanishini xavfi bor.
Uzoq muddatli davolashda qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak.
Sefpodoksim proksetil bilan davolashda kam xollarda bemorlarda Kumbs sinamasining soxtamusbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi, sefpodoksim proksetil galaktozemiya sinamasiga soxtamusbat natija berishi mumkin. Soxtamusbat natijalar siydikda glyukozani aniqlashga xam olinishi mumkin, shuning uchun sefpodoksim proksetil bilan davolash davomida zarurati bo'lganida glyukozuriyani faqat ferment usuli bilan aniqlash kerak.
Xomiladorlik emizish davrida qo'llanishi

Bolalarda qo'llanilishi
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diuretiklar, aminoglikozidlar, polimiksin V, etakrin kislotasi sefalosporinlarning sekretsiyasini bloklaydi, qon zardobida ularning kontsentratsiyasini oshiradi, T1/2 uzaytiradi, nefrotoksiklikni kuchaytiradi.
NYaQP qon ketishi xavfini oshirib, sefalosporinlarning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi.
N2-gistamin retseptorlarini blokatorlari me'daning rN o'zgartirishi oqibatida biokiraolishini kamaytiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytiradi, protrombin indeksini pasaytiradi).
Antatsidlar (natriy gidrokarbonati, alyuminiy gidroksidi) yuqori dozalarda so'rilishini pasaytiradi.
Bakteritsid antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurilganda sinergizm, bakteriostatiklar (makrolidlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar) bilan – antagonizm nomoyon bo'ladi, aminoglikozidlarning nefrotoksikligini kuchaytiradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefpodoksim (proksetil ko'rinishida) – 100 mg yoki 200 mg;
yordamchi moddalar: beta siklodekstrin, laktoza, mannitol, eruvchi kraxmal, natriy xloridi, natriy lauril sulьfati, magniy stearati, tozalangan talьk, suvsiz kremniy kolloidi, kaliy polakrilin (Kyron T 314), quruq ananas aromatizatori, aspartam, natriy benzoati.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eozinofiliya, eshakemi, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ta'sirchanlik, yuqori charchoqlik, uyqusizlik, “daxshatli” tush ko'rishlar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: xayz ko'rish siklining buzilishi.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, persistirlanuvchi diareya, ich kelishini kechikishi, gastrit, qusish, qorin og'rig'i, disbakterioz (Clostridium difficile ni o'sishi), soxtamembronoz kolit, so'lak oqishi, meteorizm, ishtaxani pasayishi.
Nafas tizimi tomonidan: yo'tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykotsitoz, leykopeniya, limfotsitoz, granulotsitoz, bazofiliya, monotsitoz, neytropeniya, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Laboratoriya ko'rsatgichlari: “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, LDG, GGT, mochevina, kreatininni oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalьbuminemiya, Hb ni pasayishi, Kumbsning musbat reaktsiyasi, protrombin vaqtini oshishi. Ko'krakda og'riq, ko'p terlash, kuchsizlik.

Qo'llanilishi

Sefpodoksimga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalari: tonzillit, faringit, o'tkir sinusit, o'tkir bronxit, pnevmoniya; surunkali bronxitning zo'rayishi (alkogolni suiiste'mol qiluvchi shaxslarda, chekuvchilarda va 65 yoshdan oshgan shaxslarda);
siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari (tsistit);
asoratlanmagan gonoreya;
ayollarda anorektal soxasining Neisseria gonorrhoeae chaqirgan asoratlanmagan infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar (MIY infektsiyalari, og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari).

Sagatsefpo barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sagatsefpo savollari

Sagatsefpo fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil