Apteka.uz
SavatKirish

Salbutamol

Salbutamol chiqarilish shakllari

SALBUTAMOL aerozol 12ml 90 doz
SALBUTAMOL aerozol 12ml 90 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO
•84 ta dorixonada bor
Narxi
23 000 so'm dan
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
Retseptli
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Aeropharm GmbH
•78 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 90 doza
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 90 doza
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•78 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
- Salbutamol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Salbutamolning tarkibi
- Salbutamol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Salbutamol narxi Toshkent dorixonalarida

Salbutamol haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SALBUTAMOL

SALBUTAMOL

Preparatning savdo nomi: Salbutamol/Salbutamol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): salbutamol

Dori shakli: ingalyasiya uchun dozalangan aerozol, suspenziya.

Tarkibi:

Bitta purkalganda ajralib chiqadigan doza quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mkg salbutamol (sulfati ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: norfluran (HFA 134a), etanol, olein kislotasi.

Tarifi: oq suspenziya

Farmakoterapevtik guruhi: beta2-adrenoreseptorlarning selektiv agonisti.

ATX kodi: R03AS02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

SALBUTAMOL preparatining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib freon saqlanmaydigan suyultirilgan gazepropellentda (norfluranda) suspenziya holatiga keltirilgan mikronizasiya qilingan salbutamol sulfati hisoblanadi.

Salbutamol bronxlarning beta2-reseptorlariga selektiv ta‘sirga ega bronxlarni kengayishini chaqiruvchi adrenergik beta-reseptorlarining agonisti hisoblanadi. Bronxlarni kengaytiruvchi ta‘siri ingalyasiyadan so‘ng bir necha minutdan keyin namoyon qiladi, 30-60 minutdan keyin maksimal darajaga erishadi. Odatda ta‘sir kamida 4 soat davom etadi. Ingalyasiya qilinganda preparatni bronxlarni kengaytiruvchi ta‘siri plazmadagi konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Shuningdek adrenergik beta2-reseptorlarini agonistlari qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishini yengillashtirib, mukosiliar klirensi kuchaytirishi isbotlangan.

Farmakokinetikasi

Ingalyasiya ko‘rinishida qo‘llanganda dozaning 10-20% quyi nafas yo‘llarigacha yetib boradi. Qolgan miqdori yetkazish tizimida ushlanib qoladi yoki og‘iz-halqumda cho‘kadi va u yerdan yutiladi. Preparatning yutib yuborilgan qismi me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va fenol sulfatiga qadar yaqqol tizim oldi metabolizmiga uchraydi. Preparatning nafas yo‘llarida cho‘kkan qismi o‘pka to‘qimasida va qon tomirlar tarmog‘ida so‘riladi, undan keyin jigarda metabolizmga uchraydi. Ammo o‘pkada metabolizmga uchramaydi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda va fenol sulfati ko‘rinishida chiqariladi. Preparatni unchalik katta bo‘lmagan qismi ahlat bilan chiqariladi. Vena ichiga yuborilgan salbutamolning yarim chiqarilish davri 4-6 soatni tashkil qiladi.

Vena ichiga, ichga yoki ingalyasion yo‘l bilan yuborilgan salbutamolning deyarli barcha dozasi 72 soat davomida chiqariladi. Salbutamolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 10% ni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Bronxial astmada va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasallida (O‘SOK), shu jumladan surunkali bronxit va o‘pka emfizemasida qaytuvchan bronxokonstriksiyani simptomatik davolash.

Jismoniy zo‘riqish yoki allergen ta‘sirida chaqiriladigan astmani profilaktika qilish. Preparat birinchi navbatda astma simptomlarini yengillashtirish uchun ishlatiladi, bunda uni qo‘llash buyurishlar muddatini kechiktirishga va ingalyasion kortikosteroidlarni muntazam qo‘llashga olib kelmaydi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat faqat ingalyasion yuborish uchun mo‘ljallangan. Dozalar individual ravishda tanlanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Astma xurujlarini yengillashtirish: talab bo‘yicha 1-2 ingalyasiya.

Maksimal doza: sutkada 8 ingalyasiya.

Jismoniy yuklama yoki allergenni ta‘sirida chaqiriladigan astma simptomlarini profilaktika qilish: 2 ingalyasiya, simptomlarni rivojlanishini keltirib chiqaruvchi hodisadan 10-15 minut oldin.

12 yoshdan kichik bolalar

Astma xurujlarini yengillashtirish: talab bo‘yicha 1 ingalyasiya.

Maksimal doza: sutkada 8 ingalyasiya.

Jismoniy yuklama yoki allergenni ta‘sirida chaqiriladigan astma simptomlarini profilaktika qilish: 1 yoki agar talab qilinsa simptomlarni rivojlanishini keltirib chiqaruvchi hodisadan 10-15 minut oldin 2 ingalyasiya.

Qo‘llash usuli

Aerozol ingalyatorlar ko‘pincha noto‘g‘ri ishlatiladi. Shuning uchun ingalyator bilan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish va shifokorga borganda uni ishlatilishini to‘g‘riligini muntazam tekshirish muhim.

Bolalarda va aerozolni  ajralib chiqishi bilan nafas olishni sinxronizasiya qilinishi qiyin bo‘lgan pasientlarda SALBUTAMOLni Vortex® speyseri yoki AeroChamber® Plus bilan ishlatish mumkin.

Vortex® speyseri yoki AeroChamber® Plus bilan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma qurilmada keltirilgan.

Qurilmani tayyorlash/qayta tayyorlash

Agar SALBUTAMOL ingalyatori birinchi marta ishlatilayotgan bo‘lsa yoki u 7 kun davomida yoki undan ko‘p ishlatilmagan bo‘lsa, uni ishlashini tekshirish talab qilinadi. Buning uchun qo‘llashdan oldin himoya qopg‘og‘ini yechish, ingalyatorni chayqatish va havoga ikki marta purkash kerak.

Ingalyatorni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma:

Iloji boricha ingalyatorni  tik turgan yoki o‘tirgan holatda ishlating.

  1. Himoya qopqoqchasini oching. Mundshtukni ichki va tashki yuzasini tozaligiga ishonch hosil qiling.

  1. Ingalyatorni ishlatishdan oldin bir necha sekund davomida yaxshilab chayqating.

  1. Ingalyatorni vertikal holatda, ingalyator-uchligini pastga qaratib ushlang. Katta barmoq mundshtuk ostida joylashishi kerak. Keyin maksimal chuqur nafas chiqaring, ammo mundshtukka emas.
  2. Mundshtukni tishlar orasida ushlab turing va lablarni zich siqing, uni tishlang.
  3. Og‘iz orqali nafas olishni boshlab, aerozoldan preparatni ajralib chiqishi uchun ko‘rsatkich barmoqlar bilan ballonni bosing, tekis va chuqur nafas olishni davom ettiring.

  1. Nafasni bir necha sekundga tutib turing yoki iloji boricha, mundshtukni og‘izdan chiqaring va ko‘rsatkich barmoqni ingalyatordan oling.
  2. Agar ingalyasiyani qaytarish talab qilinsa, ingalyatorni yana vertikal holatda o‘rnating; 2-6 qadamlarni qaytarishdan oldin taxminan 30 sekund kutish kerak.
  3. Ingalyasiyadan keyin changlarni va so‘rg‘ichlarni tushishidan saqlash uchun mundshtukni himoya qopqog‘ini yopish lozim. Qopqoqni zich qilib kiygazing.

 

 

 

 

 

 

 

Ingalyatorni tozalash

Chang bilan to‘lib qolishini oldini olish uchun ingalyatorni kamida haftada bir marta tozalash lozim. Agar ingalyator tiqilib qolgan bo‘lsa ham tozalash zarur.

Ingalyatorni tozalash uchun:

  1. Plastik applikatordan metall balloni chiqarib oling va mundshtukdan himoya qopqog‘ini yeching.
  2. Plastik applikatorni va himoya qopqog‘ini iliq suvda yuving. Preparatni qoldiqlarini mundshtukdan o‘tkir predmetlar, masalan igna bilan chiqarib tashlashga harakat qilmang. Suvga yumshoq yuvuvchi vositalarni qo‘shishingiz mumkin. Undan keyin himoya qopqog‘ini va plastik aplikatorni toza suvda chayqang va ularni quriting. Suv metall ballonga tushmasligi kerak.
  3. Plastik applikator va himoya qopqog‘ini iliq joyda quritish uchun qoldiring.
  4. Ularni yuqori harorat ta‘siridan ehtiyot qiling.
  5. Quritilgandan keyin metall balloni qayta joyiga qo‘ying va himoya qopqog‘ini kiygazing.

Ingalyator ichidagini  tekshirish

Ingalyatorda preparat qoldig‘i borligini aniqlash uchun uni chayqating. Agar chayqatilganda suyuqlik aniqlanmasa SALBUTAMOL ingalyatorini ishlatmang.

Past haroratda ishlatilishi

Agar ingalyator 0ºS dan past haroratda saqlansa, ishlatishdan oldin uni kaftingiz orasida 2 minut davomida isiting, keyin chayqating va aerozolni 2 marta havoga purkang.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar tizim-a‘zolar sinflariga va rivojlanish tez-tezligiga muvofiq taqsimlangan. Nojo‘ya samaralar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud  bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlashning iloji yo‘q).

Har bir tez-tezlikdagi guruhda nojo‘ya samaralar og‘irlikni kamayishi tartibida  keltirilgan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, yurak yetishmovchiligi, bronxospazm, arterial gipotenziya, eshakemi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish jarayonlari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: gipokaliemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: tremor, bosh og‘rig‘i

Juda kam hollarda: giperfaollik, uyquni buzilishi, ta‘sirchanlik, gallyusinasiyalar.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez: taxikardiya, tez-tez emas: kuchli yurak urishi,

Juda kam hollarda: yurak aritmiyalari (masalan, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikariiya va ekstrasistoliya), tez-tezligi noma‘lum: miokard ishemiyasi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: paradoksal bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni ta‘sirlanishi.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvi to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: mushaklarni tirishishlari.

Beta2-agonistlar uchun tipik bo‘lgan: mushak tremori va kuchli yurak urishi kabi nojo‘ya samaralar odatda davolanishni boshida paydo bo‘ladi va odatda dozaga bog‘liq hisoblanadi.

Boshqa ingalyasion preparatlar kabi Salbutamol hushtaksimon nafasni to‘satdan kuchayishi bilan kechadigan paradoksal bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hollarda preparatni boshqa dori shaklini yoki boshqa tez ta‘sir etuvchi ingalyasion bronxodilyatatorni qo‘llash lozim. SALBUTAMOL preparatini qo‘llashni darhol bekor qilish zarur. Pasientni holatini baholash va zarur bo‘lganda boshqa davolashni buyurish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ta‘sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ksantin hosilalarini, sterioidlarni yoki diuretiklarni bir vaqtda qo‘llanganda gipokaliemiya kuchayishi mumkin.

Bronxial astma bilan xastalangan pasientlarda beta-blokatorlarni buyurish og‘ir bronxospazmni rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Shuningdek SALBUTAMOLni odatda  noselektiv beta-blokatorlari bilan birga buyurish mumkin emas.

Salbutamolni qabul qilayotgan pasientlarda galogen saqlovchi anestetiklarni buyurilganda (galotan, metoksifluran yoki enfluran kabi) og‘ir yurak aritmiyalarini va gipotenziyani rivojlanish xavfi mavjud. Agar galogen saqlovchi anestetiklar yordamida  anesteziyani o‘tkazish rejalashtirilganda SALBUTAMOLni anesteziyani o‘tkazishdan oldin kamida 6 soat davomida ishlatmaslik kerak.

Monoaminooksidaza ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar yurak-qon tomir tizimi tomonidan noxush samaralarni paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin. SALBUTAMOL preparatini qo‘llash chaqirgan gipokaliemiya digoksin – induksiyalangan aritmiyalarni rivojlanishiga moyillikni oshirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmani davolash odatda pasientni ehtiyojiga moslashtirilgan dastur bo‘lib, bunda pasientni o‘tkazilgan davolashga bo‘lgan javob reaksiyasi klinik va tashqi nafas faoliyatini ko‘rsatkichlari yordamida nazorat qilinishi kerak. Beta2-agonistlariga doimiy oshib boradigan ehtiyoj astmani zo‘rayishini ko‘rsatadi va davolashni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Doimiy kechuvchi bronixial astmasi bo‘lgan pasientlarda  bronxodilatatorlarni monoterapiya yoki asosiy davolash vositasi sifatida ishlatmaslik kerak.

SALBUTAMOL quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan va uni qo‘llash uchun aniq ko‘rsatmalarga rioya qilib ishlatish kerak:

  • yurak tomonidan og‘ir buzilishlar, ayniqsa yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti;
  • yurak ishemik kasalligi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya va taxiaritmiya;
  • og‘ir va davolanmagan gipertenziya;
  • anevrizma;
  • nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan qandli diabet;
  • feoxromasitoma;
  • nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertireoz;
  • davolanmagan gipokaliemiya.

Simpatomimetiklar, shu jumladan SALBUTAMOL qo‘llanganida yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda beta-agonistlarni qo‘llanishi bilan bog‘liq miokard ishemiyasini paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabarlar bor. Yurakni og‘ir yondosh kasalliklari (masalan, yurakni ishemik kasalligi, aritmiya, yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan) bo‘lgan SALBUTAMOL qo‘llayotgan pasientlar ko‘krakda og‘riq yoki boshqa zo‘rayish simptomlari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak. Nafasni qiyinlashishi va ko‘krakda og‘riq kabi simptomlarni ayniqsa sinchiklab baholash kerak, chunki ular ham respirator, ham kardial kelib chiqishga ega bo‘lishlari mumkin.

Ksantin hosilalarini, steroidlarni yoki diuretiklarni bir vaqtda qo‘llanganda, shuningdek gipoksiya paydo bo‘lganida gipokaliemiya chuqurlashishi mumkin. Shunday qilib, xavf guruhi pasientlarda, shuningdek bronxial astmani SALBUTAMOLni aerozol ingalyasiya uchun ko‘rinishida yuqori dozalari bilan davolanganda qonda kaliyni darajasini nazorat qilish lozim.

Beta2-agonistlari giperglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lganligi tufayli SALBUTAMOL preparatini qandli diabet bilan xastalangan shaxslarda qo‘llanganda, qonda glyukozani darajasini qo‘shimcha nazorat qilish lozim.

Noselektiv beta-blokatorlar salbutamolni ta‘sirini bostirishi mumkin. Bronxial astma bilan xastalangan pasientlarda beta-blokatorlarni qo‘llash og‘ir bronxospazmni paydo bo‘lish xavfi bilan bog‘liq. Shunday qilib, SALBUTAMOL va noselektiv beta-blokatorlar odatda bir vaqtda buyurilmasligi kerak.

Astmani nazoratini to‘satdan va kuchayib boruvchi yomonlashuvi hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Pasientlar SALBUTAMOLni ta‘siri pasayganda shifokorga murojaat qilishlari kerak, chunki takror ingalyasiya qilinishi boshqa muhim davolashni buyurish muddatini kechiktirish uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Bunday holatlarda kortikosteroidlarni yuqori dozalari bilan davolashni ko‘rib chiqish kerak.

Boshqa ingalyasion preparatlari kabi, SALBUTAMOL hushtaksimon nafasni kuchayishi bilan kechadigan paradoksal bronxospazmni keltirib chiqishi mumkin. Bunday hollarda preparatni darhol bekor qilish va boshqa davolashni buyurish lozim.

SALBUTAMOL preparatni qo‘llash dopingga testini ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin. Ushbu preparatni doping sifatida ishlatish sog‘liqni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va emizish dvri

Hayvonlarda reproduktiv toksiklik aniqlangan. Homilador ayollarda preparatni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik vaqtida faqat mutloq zarur bo‘lgandan tashqari holatlarda qo‘llash mumkin.

Odamda salbutamolni ko‘krak sutiga kirish ehtimoli tufayli, uni emizikli ayollarga qo‘llash masalasini sinchiklab ko‘rib chiqish kerak. Emizikli chaqaloqlar uchun bo‘lgan xavfni istisno qilish mumkin emas. Yoki emizishni, yoki salbutamol bilan davolashni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni ona uchun kutilayotgan foyda va bola uchun emizishdan bo‘lgan foydani baholagandan keyingina qabul qilinadi.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Tekshirilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar to‘satdan paydo bo‘lishi va ular yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.

Tipik simptomlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: taxikardiya, kuchli yurak urishi, yurak aritmiyasi, qo‘zg‘alish, uyquni buzilishi, ko‘krak qafasida og‘riq va og‘ir tremor, ayniqsa qo‘llarni, shuningdek tananing hamma qismining tremori.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ayniqsa preparat ichga tushganida yuzaga kelgan intoksikasiya tufayli shikoyatlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi.

Ba‘zida salbutamolni haddan ziyod dozalarini qabul qilingandan keyin psixotik reaksiyalar kuzatilgan. Salbutamol dozasini oshirib yuborilishi sababli kaliyni hujayra ichki bo‘shlig‘iga o‘tishi aniqlangan, bu gipokaliemiyaga va giperkaliemiyaga olib kelgan.

Dozani oshirib yuborilishining davolash asosan simptomatik hisoblanadi. Quyidagi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi:

  • Preparatni haddan ziyod miqdori yutib yuborilganda me‘dani yuvishni o‘tkaziladi. Preparatni so‘rilishini faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari yordamida kamaytirish mumkin.
  • Yurak tomonidan simptomlar kardiselektiv beta-blokatorlarni qo‘llash bilan bartaraf qilinadi. Bunda bronxial astma bilan xastalangan pasientlarda bronxospazmni paydo bo‘lish yuqori xavfini hisobga olish kerak.
  • Yurak funksiyasini nazorat qilish uchun EKG ni nazorati ko‘rsatilgan.
  • Yaqqol arterial gipotenziya paydo bo‘lganida hajmni to‘ldirish tavsiya qilinadi (masalan, plazma o‘rnini bosuvchi vositalar).

Gipokaliemiyani rivojlanish ehtimolini e‘tiborga olish lozim. Elektrolit muvozanatini muvofiq nazorati va zarur bo‘lganida uni muvofiqlashtirish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari gipokaliemiyani, giperlipidemiyani yoki ketonemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan har qanday preparatlar bilan oldingi davolashni hisobga olish kerak.

Chiqarilish shakli

Dozalovchi klapani va plastik applikatori bo‘lgan alyumin ballon.

200 ingalyasiya uchun mo‘ljallangan 1 ingalyator (8,5 g aerozol ingalyasiya uchun ekvivalent suspenziya) va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ingalyator gorizontal holatda yoki mundshtukini pastga qaratgan holatda saqlansin.

Ballonda bosim ostidagi suyuqlik saqlanadi. Ballonni 50oS dan yuqori haroratni ta‘siriga, xatto qisqa muddatga bo‘lsa ham tushirmang.

Yuqori harorat, bevosita quyosh nurlarini ta‘siridan va muzlab qolishidan himoya qiling.

Ballonni teshmang, xatto u bo‘sh bo‘lsa ham.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept buyicha beriladi.

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Bronxial astmaning barcha shakllarida bronxospazmning oldini olish va bartaraf etish. Surunkali bronxit va o'pka emfizemasida nafas yo'llarining qaytuvchan obstruktsiyasi, bolalarda bronxoobstruktiv sindrom. Bachadon qisqarish faoliyati bilan kechuvchi xavf soluvchi muddatidan oldin tug'ruqlar; homiladorlikning 37-38 haftalarigacha bo'lgan tug'ruqlar; istmiko-tservikal yetishmovchilik, bachadon bo'yni ochilishi va haydash davrlarida bachadon qisqarishlariga bog'liq homila YuUQ kamayishi. Homilador bachadondagi operatsiyalarda profilaktik maqsadlarda (bachadon ichki bo'g'zi yetishmovchiligida sirkulyar chok qo'yish).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yurak ishemik kasalligi, og‘ir yurak yetishmovchiligi, ritm buzilishlari (paroksizmal taxikardiya, politop qorinchalar ekstrasistoliyasi), miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, dekompensatsiyalangan qandli diabet, glaukoma, epixurujlar, piloroduodenal torayish, funksiyasi buzilishi bilan kechadigan buyrak va jigar kasalliklari, homiladorlik, noselektiv beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish, 18 oylikkacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, gipertireoz, feoxromotsitoma, tireotoksikoz.

Tarkibi

  • salbutamol - 12,2 mg/100 mkg; yordamchi moddalar: tsetiloleat - 24,4 mg/0,2 mg, ftortrixlormetan (xladon-11) - 6000 mg/49,2 mg, diftordixlormetan (xladon-12) - 10800 mg/88,5 mg. 1 doza salbutamol 100 mkg 1 doza salbutamol 100 mkg 1 doza salbutamol (sulfat shaklida) mikronizatsiyalangan 120.5 mkg, ?bu salbutamol 100 mkg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: etanol - 1.36 mg, propellent 1,1,1,2-tetraftoretan (HFC 134a) - 58.52 mg. 1 doza salbutamol sulfati 120 mkg, bu salbutamol 100 mkg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: etanol (etil spirti 95%) - 2.363 mg, olein kislotasi - 0.044 mg, tetraftoretan (Solkane® 134a) - 25.473 mg. 1 dozada: Faol modda: salbutamol sulfati (salbutamolga qayta hisoblanganda) - 100 mkg; Yordamchi moddalar: olein kislotasi - 11,5 mkg, etanol - 4,3 mg, tetraftoretan - 73,5 mg. salbutamol gemisuktsinati 1,0 mg. Yordamchi moddalar: qahrabo kislotasi 0,2 mg, tozalangan suv 1,0 ml

Farmakokinetikasi

Ingalyatsion yuborilgandan so‘ng dozaning 10 dan 20% gachasi nafas yo‘llariga tushadi. Qolgan qismi asbobda ushlanib qoladi yoki og‘iz-halqumda o‘tirib qoladi va keyin yutiladi. Nafas yo‘llarida qolgan doza qismi o‘pka to‘qimalari tomonidan absorbtsiya qilinadi, o‘pkada metabolizmga uchramaydi va qon oqimiga tushadi. Tizimli qon oqimiga tushganda u jigarda metabolizmga uchrab, asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Me'da-ichak traktiga tushgan doza qismi so‘riladi va jigar orqali birinchi o‘tish vaqtida intensiv metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan preparat va kon'yugat asosan siydik bilan chiqariladi. Salbutamol dozasining katta qismi 72 soat ichida chiqariladi. Salbutamolning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 10% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya - 30 ng/ml. Yarim chiqarilish davri - 3,7-5 soat.

Farmakologik ta'siri

Bronxolitik vosita. Salbutamol beta2-adrenergik retseptorlar stimulyatori hisoblanadi. Bronx kengaytiruvchi ta'sir preparat ingalyatsiyasidan 1-3 daqiqa o'tgach namoyon bo'ladi va 10-daqiqaga kelib ishonchli ortadi, maksimal ta'sir 15-20 daqiqada erishiladi, ta'sir davomiyligi 4-5 soatni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qon tomirlari va miometriy beta2 -adrenoreseptorlariga ham yaqqol rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Yurak beta1-adrenoreseptorlariga deyarli ta'sir qilmaydi. Semiz hujayralar va bazofillardan yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishini, xususan, anti-IgE-induktsiyalangan gistamin, leykotrienlar va prostaglandin D2 ajralib chiqishini ingibitsiya qiladi, mukotsiliar transportning antigenga bog'liq bostirilishini va neytrofillar xemotaksisi omili ajralib chiqishini bartaraf etadi. Allergik reaktsiyaning erta va kechki fazasini bostiradi. Bronxlar spazmlarini oldini olib yoki to'xtatib, yaqqol bronxolitik samara beradi, nafas yo'llarida qarshilikni kamaytiradi, o'pkaning tiriklik sig'imini oshiradi. Mukotsiliar klirensga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shilliq sekretsiyasini rag'batlantiradi, hilpillovchi epiteliy funktsiyalarini faollashtiradi. Allergen keltirib chiqargan bronxospazm rivojlanishining oldini oladi. Desensitizatsiyani va beta-adrenoreseptorlar sonining, shu jumladan limfotsitlarda kamayishini keltirib chiqarishi mumkin. Qator metabolik samaralarga ega: plazmada kaliy miqdorini kamaytiradi, glikogenoliz va insulin ajralib chiqishiga ta'sir qiladi, giperglikemik va lipolitik samara beradi, atsidoz rivojlanish xavfini oshiradi. Tavsiya etilgan terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, arterial bosimning oshishini keltirib chiqarmaydi. Ushbu guruhdagi dori vositalariga qaraganda kamroq darajada ijobiy xrono- va inotrop ta'sir ko'rsatadi. Koronar arteriyalarning kengayishini keltirib chiqaradi. Tokolitik ta'sir ko'rsatadi: miometriy tonusi va qisqarish faolligini pasaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Tez-tezlik bo'yicha nojo'ya ta'sirlar quyidagi toifalarga bo'linishi mumkin: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va 1/1000 va 1/10 000 va

Dozirovkasi

  • 0,8 mg/ml 1 mg/ml 100 mkg/doza

Dozani oshirib yuborilishi

Ingalyatsion qo‘llanilganda o‘tkir zaharlanish belgilari: tez-tez uchraydigan - giperglikemiya, gipokaliemiya, arterial bosimning (AB) pasayishi, laktatatsidoz, taxikardiya, mushak tremori, ko‘ngil aynishi, qusish; kamroq uchraydigan - qo‘zg‘alish, respirator alkaloz; kamdan-kam hollarda - gallyutsinatsiyalar, paranoyya, tirishishlar, taxiaritmiya. Ingalyatsion qo‘llanilganda surunkali intoksikatsiya belgilari: tez-tez uchraydigan - AB ning pasayishi, taxikardiya, tremor, qusish; kamroq uchraydigan - qo‘zg‘alish; kamdan-kam hollarda - tirishishlar, taxiaritmiya. Davolash: simptomatik, taxiaritmiyada kardioselektiv beta-adrenoblokatorlar yuboriladi (bronxospazm paydo bo‘lish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan).

Dori shaklining ta'rifi

  • tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik dozalovchi klapanli va himoya qopqoqli plastik aplikatorli konteynerdagi (alyuminiy aerozol ballon) ingalyatsiya uchun aerozol. Tashqi shikastlanishlar: pachoqlanishlar, korroziya va oqib ketish izlari bo'lmasligi kerak. Konteyner ichidagi bosim ostidagi suspenziya purkaganda buyum oynasida oq yoki deyarli oq dog' qoldiradi Ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol Dozalovchi klapanli va purkagichli ballonda joylashgan, oq yoki sarg'ish tusli oq suspenziya ko'rinishidagi ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol; 5 doza oynaga purkalganda oq rangli dog' qoldiradi ingalyatsiya uchun eritma.

Maxsus ko‘rsatmalari

Salbutamolni tez-tez qo‘llash bronxospazmning kuchayishiga, to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin, shu munosabat bilan preparatning navbatdagi dozalarini qabul qilish o‘rtasida bir necha soat (6 soat) tanaffus qilish zarur. Ushbu intervallarni qisqartirish faqat alohida hollarda bo‘lishi mumkin. Dozalangan aerozolni qo‘llashda quyidagi ko‘rsatmalarni aniq bajarish zarur: har foydalanishdan oldin aerozolli ballonchani silkitish, nafas olish va preparat tushishini aniq sinxronlash, maksimal chuqur, intensiv va yetarlicha davomli nafas olish, preparat ingalyatsiyasidan keyin nafasni 10 soniyaga ushlab turish. Nafas olish manevrini to‘g‘ri bajarishga qiynaladigan bemorlarga (shu jumladan kichik yoshdagi bolalarga), preparat ingalyatsiyasi uchun nafas olish hajmini oshiruvchi va asinxron nafas olishdagi noaniqliklarni tekislovchi maxsus moslama (speyser) dan foydalanish tavsiya etiladi. Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, ballon sovutilganda terapevtik samara kamayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin preparatli ballon xona haroratigacha isitilishi kerak (ballonni bir necha daqiqa davomida qo‘llar bilan isitish, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!).

Ballonlar ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun ballonlarni qizdirish, qismlarga ajratish, teshib ko‘rish yoki yoqish mumkin emas, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham. Ingalyatsiyadan keyin og‘izda noxush hislar va tomoqda qirilish yuzaga kelgan taqdirda og‘izni suv bilan chayish kerak.

Bronxodilatatorlar beqaror yoki og‘ir kechuvchi bronxial astma terapiyasining yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak. Agar preparatning odatiy dozasi ta'siri kamroq samarali yoki kamroq davomli bo‘lib qolsa (preparat ta'siri kamida 3 soat saqlanib turishi kerak), bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta'sirga ega ingalyatsion beta2-adrenoreseptorlar agonistlarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojning oshishi kasallikning zo‘rayganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda bemorni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak. Astma zo‘rayganda salbutamolning yuqori dozalarini qabul qilish "rikoshet" sindromini (har bir keyingi xuruj kuchliroq bo‘ladi) chaqirishi mumkin. Og‘ir bo‘g‘ilish xurujida ingalyatsiyalar o‘rtasidagi tanaffus kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak. Asoratlar xavfi davolash davomiyligi sezilarli bo‘lganda ham, preparat keskin bekor qilinganda ham ortadi. Salbutamolni uzoq muddat qo‘llash bazis terapiya uchun yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini ishlatish bilan birga kechishi kerak.

Bronxial astmaning to‘satdan va progressiv yomonlashishi bemor hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni tayinlash yoki dozasini oshirish masalasini zudlik bilan hal qilish zarur. Bunday bemorlarda nafas chiqarishning eng yuqori tezligini har kuni monitoring qilish tavsiya etiladi. Preparatni tireotoksikoz bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. V2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan terapiya gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolashda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish tavsiya etiladi, chunki bu hollarda gipokaliemiya ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash natijasida, shuningdek gipoksiya oqibatida kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Ma'lumotnoma adabiyotlarida salbutamolni ingalyatsion qo‘llashning bemorning avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Preparatning bir dozasida 2363 mkg etil spirti bo‘lishi shunchalik kamki, bu avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qila olmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

«Salbutamol-nativ» preparati boshqa farmakologik guruhlardagi astmaga qarshi preparatlar (glukokortikosteroidlar, membrana stabilizatorlari, antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar, mukolitiklar, xolinolitiklar, ksantinlar) bilan yaxshi mos keladi. Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo‘llanilganda taxiaritmiyalar rivojlanish ehtimolini oshiradi; ingalyatsion anesteziya uchun vositalar, levodopa — og‘ir qorinchalar aritmiyalarini. Monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar salbutamol ta’sirini kuchaytiradi, arterial bosimning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda og‘ir bronxospazm rivojlanish xavfi tufayli salbutamol va noselektiv beta-adrenoblokatorlarni (propranolol kabi) bir vaqtda tayinlash tavsiya etilmaydi. Ingalyatsion shakldagi antixolinergik vositalar bir vaqtda ishlatilganda ko‘z ichki bosimi oshishini chaqirishi mumkin. Diuretiklar va glukokortikosteroidlar salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi. Markaziy nerv tizimi stimulyatorlari ta’sirini, qalqonsimon bez gormonlarining yurakka nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi. Salbutamol bilan davolash fonida yurak qisqarishlari soni va natijada arterial bosim oshgan taqdirda nitratlar va gipotenziv preparatlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yurak glikozidlari fonida ekstrasistoliya rivojlanish ehtimolini kuchaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashFaqat ingalyatsion yuborish uchun.

Dozani yoki preparatni qo'llash takroriyligini oshirish masalasini faqat shifokor hal qilishi mumkin.

Preparatni sutkasiga 4 martadan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatning maksimal dozalarini tez-tez qo'llashga ehtiyoj yoki dozani to'satdan oshirish kasallik kechishining yomonlashuvidan dalolat beradi.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga.

Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.

Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 200 mkg (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi. Uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza: 1200 mkg (12 ingalyatsiya).

2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga.

Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.

Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi. Uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza: 800 mkg (8 ingalyatsiya).

Ingalyatorni qo'llash

1. Ingalyatordan qopqoqchani olib tashlang (chiqish naychasida chang va kir yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak).

2. Ingalyatsion yuborishdan oldin "tik turish" yoki "o'tirish" holatini egallash tavsiya etiladi.

3. Ishlatishdan oldin ballonchani yaxshilab silkitadilar.

4. Chuqur nafas chiqaradilar.

5. Aerozolli ballonchani klapan-purkagich boshi bilan pastga qaratadilar, mundshtukni lablar bilan qamrab oladilar, chuqur nafas oladilar va bir vaqtning o'zida ballon tubiga bosadilar. Bunda aerozol otilib chiqishi sodir bo'ladi.

6. Nafasni bir necha soniya ushlab turadilar va mundshtukni og'izdan olib, sekin nafas chiqaradilar.

Ogohlantirishlar. Dozalangan aerozol qo'llanilganda quyidagi ko'rsatmalarni aniq bajarish zarur: har foydalanishdan oldin aerozolli ballonchani silkitish, nafas olish va preparat tushishining aniq sinxronizatsiyasi, maksimal chuqur, intensiv va yetarlicha davomiy nafas olish, preparat ingalyatsiyasidan keyin nafasni 10 soniyaga ushlab turish. Preparatni qo'llashdan oldin og'izni suv bilan chayish tavsiya etiladi.

Ingalyatorni tozalash

Ingalyator uchligini haftasiga kamida bir marta tozalash kerak.

1. Purkagich uchligidan himoya qopqoqchasini olib tashlang, purkagich uchligini esa ballondan yechib oling.

2. Purkagich uchligi va himoya qopqoqchasini iliq oqayotgan suv ostida yaxshilab yuving va quriting. Quritishda isitish moslamalaridan foydalanmang.

3. Purkagich uchligini ballonga va klapan shtokiga kiygizing, uchlik teshigini himoya qopqoqchasi bilan yoping.

Ballonni suvga solmang!Dozani oshirib yuborishSalbutamol dozasini oshirib yuborish simptomlari: tez-tez uchraydigan - gipokaliyemiya, arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, qusish; kamroq uchraydigan - qo'zg'alish, giperglikemiya, gipoksemiya, laktatatsidoz, leykotsitoz, respirator alkaloz, bosh og'rig'i; kam uchraydigan - gallyutsinatsiyalar, talvasalar, taxiaritmiya, qorinchalar titrashi.

Davolash: simptomatik (preparatni bekor qilish kerak), taxiaritmiyada kardioselektiv beta-adrenoblokatorlar yuboriladi (bronxospazm yuzaga kelish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan).
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Salbutamol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Salbutamol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
28 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
28 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
28 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
28 000 so'm
Bron qilish

Salbutamol haqida savollar

Salbutamol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil