Sibazon analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Sibazon
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Sibazon 0,5% in'ektsiya uchun eritmasi o'tkir xavotirli-fobik va xavotirli-depressiv holatlarda, shu jumladan, abstinentsiya ko'rinishlari bilan kechuvchi alkogol psixozlarida; predelirioz holatlar va deliriyda; epileptik status va boshqa tirishishli holatlarda (qoqshol, eklampsiya); neyrodegenerativ kasalliklarda markaziy kelib chiqishli mushak spazmlarida, shu jumladan, umurtqa pog'onasi travmalarida, lyumbago, bo'yin radikulitida buyuriladi. Shuningdek miokard infarktini kompleks davolashda, defibrillyatsiyada premedikatsiya uchun, revmatik kelib chiqishli mushak spazmlarida va vertebral sindromda, operativ va murakkab diagnostik aralashuvlarda premedikatsiya uchun qo'llaniladi
Nojo'ya ta'sirlar
- Sibazon odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Eng tez-tez uchraydigan nojo'ya ta'sirlar lanjlik, uyquchanlik, bosh aylanishi, yurishning beqarorligi, bosh og'rig'i, nutqning sekinlashishi, ongning chalkashishi, ko'p terlash, arterial qon bosimining biroz pasayishi hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, og'iz qurishi, epigastral sohada noxush sezgilar, teri toshmasi va qichishish ko'rinishidagi allergik reaktsiyalar; ataksiya kuzatiladi. Juda kamdan-kam hollarda paradoksal reaktsiyalar - psixomotor qo'zg'alish yoki keskin ifodalangan mushak spazmlari, nafas olish funktsiyasining buzilishi qayd etiladi. Vena ichiga yuborilganda eyforiya, "mastlik" hissi, hiqichoq bo'lishi mumkin
Retseptli
Kategoriya
Uyqu dorisi va sedativlarMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
- Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi












