Simpatil
Simpatil chiqarilish shakllari
Simpatil haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og’ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan past), 18 yoshgacha bo’lganlarda qo’llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Preparat sedativ ta’sir ko’rsatadi, xavotirlik xolati va u bilan bog’liq bo’lgan vegetativ buzilishlar, taxikardiya va uyquning buzilishlarini bartaraf qiladi. Do’lana ekstraktidagi biologik faol moddlar – uchterpen birikmalari va flavonoidlar spazmolitik ta’sir ko’rsatadi, yurak va miya tomirlarini tanlab kengaytirib, markaziy nerv tizimi va miokardning qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Eshsholsiya ekstrakti anksiolitik, sedativ ta’sir ko’rsatadi, uyquga ketish vaqtini qisqartiradi va dissomniyaning yengil shakllarida uyquning sifatini yaxshilaydi. Eshsholsiya alkoloidlarining protopin guruh in vitro gamma-aminomoy kislotasini miyaning unga sezgir bo’lgan retseptorlari bilan bog’lanishni oshiradi.
Magniy natriy va kaliy ionlarining membranalar orqali almashinuvining boshqarilishini yaxshilaydi, kalsiy ionlarining antagonisti hisoblanadi, neyromushak sinapslar bo’ylab qo’zg’aluvchanlikni o’tishi, silliq va ko’ndalang targ’il mushaklarning qisqarish qobiyatini pasaytiradi; shuningdek neyrosedativ, spazmolitik va anksiolitik ta’sir ko’rsatdi.
Farmakokinetikasi
Me’dada magniy oksidi magniy xloridiga aylanadi, va ingichka ichakda passiv so’rilish mexanizmi yordamida so’riladi, so’rilish darajasi 50% dan oshmaydi. Magniy asosan siydik bilan chiqariladi. Komponentlarining ta’siri kinetik kuzatishlar uchun murakkabdir.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni katta dozalarda qabul qilish siydik tutilishiga olib kelishi mumkin.
Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligi bo’lgan holda gemodializ yoki peritoneal dializ o’tkazish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Homiladorlik va emizish davrida qo’llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo’llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensail xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash va boshqa.) bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni xinidin saqlovchi dori vositalari bilan birga qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki siydikni ishqorlanishi sababli xinidinni buyraklar orqali chiqarilishi pasayadi va dozani oshirib yuborilishi rivojlanishi mumkin (qon plazmasida xinidinning konsentratsiyasini oshishi sababli).
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun.
2 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ovqatdan oldin, suv bilan qabul qilinadi.
Davolashning davomiyligi 3-4 hafta.
Davolash kurslari orasidagi interval 3 hafta.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













