logo
SavatKirish

SLIPOMELL analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

SLIPOMELL

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Slipomell sirkad ritmlarini tartibga solish uchun, uyqu-budillik siklini normallashtirish uchun qoʼllaniladi. U ichki biologik soat mexanizmini aktivlashtiradi, tungi vaqtda uyquni taʼminlaydi va ertalab aktiv uygʼonishni taʼminlaydi, yaʼni sustlik va lanjlikni kamaytiradi. 
Slipomell organizmni vaqt zonalarini oʼzgarishlariga moslashtiradi, stressga reaktsiyalarni kamaytiradi, adaptatsiyani taʼminlaydi, desinxronoz alomatlarini kamaytiradi, ob-havo uzgarishlarga sezgir boʼlgan odamlarda 
moslashtirishda qoʼllaniladi. 
Slipomell 55 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarda uyqisizlikni davollashda birinchi yordam xisoblanadi (monoterapiya shaklida). Bu uyquga ketish vaqtini qisqartiradi va kechgi uygʼonishlarning sonini kamaytiradi. 
Slipomell bosh miyaning patologiyasi bilan bogʼliq uyqu buzilishlarini davolash uchun qoʼllaniladi (surunkali miya qon aylanish buzilishi, toksik entsefalopatiyalar, posttravmatik, diabetik va alkogol entsefalopatiyalar). 
Slipomell ayollarda reproduktiv sikllarni tartibga solish uchun (menstrual sikl, ovulyatsiya va boshqalar) qoʼllaniladi. Slipomell yurak-kon tomir kasalliklar bilan ogrigan bemorlarda voxima- xovotir va qoʼrquvni kamaytirish uchun, umumiy holatni yaxshilash uchun va bemorlar hayotining sifatini oshirish uchun qoʼllaniladi.

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Dori vositalari
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kapsulalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil