Ташкент
logo
SavatKirish

Snobilen

Snobilen chiqarish shakllari

Snobilen tomchilari 50ml N1
Snobilen tomchilari 50ml N1
Ishlab chiqaruvchi:
OOO"Group Asia Pharm"
•3 ta dorixonada bor
Narxi
95 400 so'm dan
- Snobilen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Snobilenning tarkibi
- Snobilen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Snobilen narxi Toshkent dorixonalarida

Snobilen qo'llanmasi

Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.

 

Ogoxlantirish

Cho'kma mavjudligi bu tabiiy moddalarning mavjudligi natijasidir va bu mahsulot sifatiga ta'sir qilmaydi.

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Tarkibi

FAOL moddalar:

Glisin .................10 mg

Melatonin............ 1 mg

yordamchi moddalar: sorbit, propilenglikol, sukraloza, limon kislotasi, natriy tsitrati, xushbo'y ta'm beruvchi modda.

Farmakologik ta'siri

Preparatning ta'siri uning tarkibiy moddalarining ta'siri bilan boG'liq.

Melatonin - odamning sutkalik ritmini boshqaradigan tabiiy maxsulot bo'lib tez uyquga ketishni, uyqu sifatini va tetik uyg'onishni ta'minlaydi. Uyquni buzilishida, uyqusizlikda, depressiv sindromlarda, toliqishni kuchayganida, immun tizimni buzilganida va desinxroz holatlarda yordam beradi (biologik ritm buzilishlarida, vaqt oralig'i keskin o'zgarganda). Diqqatni jamlay olishi buzilgan, shuningdek giperaktivlik bor bo'lgan yosh bolalarga buyuriladi. Sog'lom uyqu buzilishi psixik va jismoniy rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu xatto autiZM va boshqa kasalliklari bo'lmagan bolalarda xam kuzatiladi.

Glisin – modda almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, MNT himoyaviy toromozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi. Psixoemosional zo'riqishni kamaytiradi, aqliy mexnatga layoqatni oshiraDi. Glutamat faoliyatini boshqaradigan reseptor (NMDA) faoliyatini boshqaradi, bu o'z navbatida:

-psixoemosional bosimni, agressiyani, ziddiyatga moyillikni, ijtimoiy adaPTatsiyani yaxshilayDi;

– kayfiyatni yaxshilaydi;

- uyquga ketishni engillashtiradi va uyquni normalashtiradi;

- aqliy faoliyatni yaxshilaydi;

- ishemik insultda va bosh miya jaroxatlarida miyadagi umumiy qo'zg'alishlarni kamaytiradi.

Dozirovkasi

Ichga.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 5 tomchidan kuniga 3 mahal.

3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga 10 tomchidan kuniga 2-3 mahal.

7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 ml dan kuniga 3 mahal.

14 yosh va undan kattalarga va 5 ml dan kuniga 3 mahal.

Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqating.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Flakonda 50 ml tomchi.

1 flakon qo'llashga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Nojo'ya samaralari

Tarkibiy komponetlarga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.

Qo'llanilishi

Biologik faol qo'shimcha sifatida asosiy davolash fonida qo'llaniladi: uyqusizlik,

uyquning buzilish jarayoni xolatlari (uyquni chaqirishga yordam (kechiktirilgan fazali uyqu sindromi), biologik tsiklni boshqarishda yordam beradi "uyqu - uyg'onish"), xuddi antioksidant kabi, xujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi, immun tizimini rag'batlantiradi, qon bosimini va qondagi xolesterinni barqarorlashtiraDi, hayz ko'rish oldi holatida ijobiy ta'sir ko'rsatadi, o'sma kasalliklari profilaktikasida (40 yoshdan kattalarda), aqliy jismoniy mexnatni pasayganida, stress holatlarida, psixoemosional zo'riqish (imtixondan oldin, konflikt holatlarda),o'smirlar va bolalarda xulqini o'zgarishida (yuqori qo'zg'aluvchanlikda, emosional o'zgaruvchanlik, emosional beqarorlikda).

Snobilen narxlari

Snobilen barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Snobilen savollari

Snobilen fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil