Ташкент
logo
SavatKirish

Valdoksan

Valdoksan chiqarish shakllari

VALDOKSAN tabletkalari 25mg N56
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N56
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Les Laboratoires Servier, Fransiya proizvedeno: Les Laboratoires Servier Industrie
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N28
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N28
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Les Laboratoires Servier, Fransiya proizvedeno: Les Laboratoires Servier Industrie
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N14
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N14
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Les Laboratoires Servier, Fransiya proizvedeno: Les Laboratoires Servier Industrie
- Valdoksan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Valdoksanning tarkibi
- Valdoksan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Valdoksan narxi Toshkent dorixonalarida

Valdoksan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Frantsiya
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

ILOVA – VARAQA: PASIENTLAR UCHUN MA‘LUMOT

Valdoksan® 25 mg plyonka qoplamli tabletkalar.

Agomelatin

 

Preparatni qabul qilishdan oldin ushbu ilova varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing.

–           Ushbu ilova-varaqani saqlang. U sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.

–           Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

–           Bu preparat faqat siz qabul qilishingiz uchun buyurilgangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Xatto ularni simptomlari sizniki bilan o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.

–           Agar siz ilovada nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki sanab o‘tilmagan noxush samaralarni qayd qilsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Bu ilovada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:

  1. Valdoksan® nima va u qanday hollarda qo‘llaniladi.
  2. Valdoksan®ni qabul qilishni boshlashdan oldin.
  3. Valdoksan® ni qanday qabul qilish kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar.
  5. Valdoksan®ni qanday saqlash.
  6. Qo‘shimcha ma‘lumotlar.

  1. VALDOKSAN®NIMA VA U QANDAY HOLLARDA QO‘LLANILADI

Valdoksan® antidepressantlar deb nomlanuvchi tibbiy preparatlar guruhiga mansub. Valdoksan® sizga depressiyani davolash uchun buyurilgan.

Depressiya insonning kundalik faoliyatiga xalaqit qiluvchi doimiy kayfiyat tushishidan tarkib topgan. Depressiya simptomlari turli odamlarda farqlanadi, lekin uning odatdagi komponentlari bo‘lib doimiy xafalik, keraksizlik xissi, sevimli mashg‘ulotlarga qiziqishni yo‘qolishi, uyquni buzilishi, sekinlashish hissi, xavotirlik xissi, tana vaznidagi o‘zgarishlar hisoblanadi.

  1. VALDOKSAN®NI QABUL QILISHNI BOSHLASHDAN OLDIN

 

Valdoksan®ni qanday hollarda qabul qilish mumkin emas.

  • sizda agomelatin yoki Valdoksan® ning boshqa komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) mavjud bo‘lsa ( “Valdoksan® nima saqlaydi” 6 bo‘limga qarang);
  • agar Siz fluvoksamin (depressiyani davolovchi boshqa preparat) yoki siprofloksasin (antibiotik) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Sizda jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa, ( jigar faoliyati buzilishi).

 

Valdoksan®ni qabul qilishda quyidagi hollarda alohida ehtiyotkor bo‘ling:

Valdoksan® bir necha sabablarga ko‘ra sizga mos kelmasligi mumkin.

  • Agar Sizda ilgari yoki xozirgi vaqtda maniya simptomlari aniqlangan belgilangan bo‘lsa, (anomal yuqori qo‘zg‘aluvchanlik va emosionallik davri), preparatni qabul qilishni boshlash yoki davom ettirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
  • Agar Siz jigar faoliyatini o‘zgartirishi ma‘lum bo‘lgan preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Shifokor sizga qaysi preparatlar haqida gap ketayotganligini aytadi.

Ba‘zi pasientlarda Valdoksan® bilan davolash vaqtida qonda jigar fermentlarining miqdori oshishi mumkin. Shuning uchun, jigaringiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotganligini tekshirish uchun shifokor Sizga davolashni boshlashdan oldin, so‘ngra esa davolash vaqtida xam vaqti-vaqti bilan laborator tekshiruvlarni buyuradi. Bu tekshiruvlarni tahlili natijasiga ko‘ra shifokor Siz Valdoksan® ni qabul qilishni davom ettirishingiz kerak yoki kerak emas ekanligini hal qiladi. (3 bo‘limdagi “Valdoksan® ni qanday qabul qilish”ga qarang.)

            -Agar Siz demensiya bilan og‘rigan bo‘lsangiz, shifokor Sizning holatingizda Valdoksan® ni qabul qilish xavfsiz ekanligini tushunish uchun shaxsiy ravishda baxolashni o‘tkazadi.

Valdoksan® bolalar va o‘smirlar qabul qilishi uchun mo‘ljallanmagan (18 yoshgacha).

 

O‘z joniga qasd qilish xayollar va depressiyani yomonlashishi

Agar Siz depressiyani boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz Sizda ba‘zida o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish kabi fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu antidepressantlarni birinchi qabulida kuchayishi mumkin, chunki bu tibbiy preparatlar o‘z ta‘sirini tezda emas, odatda taxminan 2 xafta, ba‘zida undan ham kechroq ko‘rsatadi.

Extimol avval ushbu xayollar sizga kelishi mumkin:

– agar Sizga avval xam o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish fikri xayolingizga kelgan bo‘lsa,

– agar Siz yosh bo‘lsangiz. Klinik tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt xar qanday antidepressant preparatlarini qabul qilgan psixiatrik xolatdagi yoshlarda (25 yoshdan kichik) suisidal xulq xavfi oshadi.

Agar Sizning xayolingizga o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish fikri kelsa, tezda shifokoringiz bilan bog‘laning yoki shifoxonaga boring.

Agar Siz qarindoshlaringiz yoki yaqin do‘stlaringizdan biriga Sizda depressiyada ekanligingizni aytsangiz va ulardan ushbu eslatmani o‘qib berishni so‘rasangiz, sizga yengil bo‘lishi mumkin. Siz agar ularning fikricha Sizning depressiyangiz og‘irlashayotgani haqida yoki sizning xulqingizdagi o‘zgarishlar ularni bezovta qilayotgan bo‘lsa bu haqida ulardan Sizga aytishlarini so‘rashingiz mumkin.

Boshqa preparatlarni qabul qilish

Xar doim shifokor yoki farmasevtga qanday preparatlar qabul qilayotganingiz yoki yaqinda qabul qilganingiz haqida ayting, xatto bu preparatlar reseptsiz berilsa ham.

Siz Valdoksan® ni ba‘zi preparatlar bilan birga qabul qilishingiz mumkin emas ( 2 bo‘limdagi “Qanday xollarda Valdoksan® ni qabul qilish mumkin emas” ga ham qarang): Fluvoksamin (depressiyani davolash uchun boshqa preparat) yoki siprofloksasin (antibiotik) bilan.

Valdoksan®ni ovqat yoki ichimlik bilan qabul qilish

Valdoksan®ni ovqat bilan ham yoki ovqatsiz ham qabul qilish mumkin. Valdoksan® bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik

Agar Valdoksan® bilan davolash vaqtida xomilador bo‘lib qolsangiz (yoki siz homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz) shifokoringizni ogohlantiring.

Har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Emizish davri

Agar Siz emizsangiz yoki emizishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizni ogohlantiring, chunki agar Sizga Valdoksan® buyurilgan bo‘lsa, emizishni to‘xtatish zarur bo‘ladi.

Har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish

Sizda bosh aylanishi yoki uyquchanlik yuzaga kelishi, avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatingizga ta‘sir qilishi mumkin. Rulga o‘tirishdan yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin Sizning reaksiyangiz normaga mos ekanligiga ishonch hosil qiling.

 

Valdoksan® tarkibiga kiruvchi ba‘zi ingredientlar haqida zarur ma‘lumotlar

Bu preparat laktoza saqlaydi. Agar shifokor Sizga, Sizda qandning ba‘zi turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, Valdoksan®ni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. VALDOKSAN® QANDAY QABUL QILISH KERAK

Valdoksan®ni qabul kilishda har doim shifokor ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qiling. Agar Siz preparat qabul qilinishi to‘g‘riligiga shubxalansangiz shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Valdoksan®ning tavsiya etilgan dozasi – uyqudan oldin 1 tabletka (25 mg). Ba‘zi hollarda shifokor sizga yuqori dozani (50 mg) buyurishi mumkin, ya‘ni 2 tabletka bir vaqtda uyqudan oldin.

Valdoksan® ko‘pchilik depressiyadagi odamlarga davolashni boshlashdan so‘ng ikki hafta o‘tgach depressiya simptomlariga ta‘sir etishni boshlaydi. Shifokoringiz depressiya qaytalanishini oldini olish maqsadida Siz o‘zingizni yaxshiroq xis qilishni boshlagan bo‘lsangiz ham Valdoksan®ni buyurishni davom ettirishi mumkin.

Hatto Siz o‘zingizni yaxshi his qilayotgan bo‘lsangiz ham shifokor bilan maslahatlashmasdan prerapatni qabul qilishni to‘xtatmang.

Valdoksan®ni peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Tabletkalarni suv bilan birga yutish kerak. Valdoksan® ovqat bilan ham yoki ovqatsiz ham qabul qilishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin, vaqti-vaqti bilan davolash vaqti odatda 6, 12 va 24 hafta o‘tgach shifokor jigaringiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotganligini tekshirish uchun laborator tahlil o‘tkazishni buyuradi.

Shuning uchun agar shifokor zarur deb hisoblasa, Siz bu tahlillarni o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.

Agar Sizda jigar faoliyati buzilishi bo‘lsa, Sizga Valdoksan® ni qabul qilish mumkin emas.

Agar Sizda buyrak faoliyati buzilishi bo‘lsa, Sizning holatingizda Sizga Valdoksan®ni qabul qilish xafvsiz ekanligini tushunish uchun shifokor Sizda shaxsiy ravishda baholashni o‘tkazadi.

Agar Sizga tavsiya etilganidan ko‘proq Valdoksan® qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Sizda buyurilganidan ko‘proq Valdoksan® qabul qilgan bo‘lsangiz yoki bola to‘satdan preparatni yutib yuborgan bo‘lsa, darxol shifokorga murojaat qiling.

Valdoksan®ning dozasi oshirib yuborilishi haqida tajribalar juda chegaralangan, lekin simptomlari orasida qorinning yuqori sohasida og‘riq va uyquchanlik kuzatilgan.

Agar Siz Valdoksan® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Keyingi dozani oshirmang. Shunchaki keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling.

Tabletkalarni saqlovchi kontur uyali o‘ramda tushirilgan taqvim sizga Valdoksan®ni oxirgi marta qachon qabul qilganingizni eslashga yordam beradi.

Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLAR

Barcha dori preparatlari kabi Valdoksan® ham har bir pasientda bo‘lmasada nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Ko‘pgina nojo‘ya samaralar yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasi bo‘ladi. Ular odatda davolashning birinchi ikki haftasida yuzaga keladi va vaqtinchalik bo‘ladi.

Quyida keltirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya tasirlarning tez-tezligini ushbu tizim bo‘yicha aniqlanadi:

  • keng tarqalgan (10 dan 1 pasientdan ko‘prog‘ida kuzatiladi).
  • tarqalgan (100 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
  • keng tarqalmagan ( 1000 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
  • kam hollarda (10000 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
  • juda kam hollarda (10000 dan 1 pasientdan kamrog‘ida kuzatiladi).
  • ma‘lum emas ( mavjud ma‘lumotlarga asoslanib baholashni o‘tkazib bo‘lmaydi).

Bu nojo‘ya samaralarga kiradi:

  • Tarqalgan nojo‘ya samaralar: bosh aylanishi, uyquchanlik, uxlashga ketishda qiyinchilik (insomniya), migren, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, qabziyat, qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘p terlash (gipergidroz), belda og‘riq, charchoqlik xissi, qonda jigar fermentlarining miqdorini oshishi.
  • Tarqalmagan nojo‘ya samaralar: qo‘l va oyoq barmoqlarida sanchiqlar (paresteziya), ko‘rish aniqligini buzilishi va ekzema.
  • Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar: jiddiy teri toshmalari (eritematoz toshma), gepatit.
  • Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar: suisidal xayollar yoki xulq (tez-tezligi noma‘lum).

Agar nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki siz ilovada sanab o‘tilmagan nohush samarani kuzatsangiz bu xaqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

  1. VALDOKSAN®NI QANDAY SAQLASH KERAK

Bolalar ololmaydigan va ko‘rolmaydigan joyda saqlansin.

Valdoksan®ni karton qutida va kontur uyali o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddatini ko‘rsatishda ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorini oqava suv yoki quvurga tashlamang. Farmasevtdan qabul qilish vaqti tugagan

dorilarni qanday yo‘q qilishni so‘rang. Bu choralar atrof-muhit muhofazalash uchun yo‘naltirilgan.

  1. QO‘SHIMCHA MA‘LUMOTLAR

 

Valdoksan® nimalarni saqlaydi:

–   Faol komponent bo‘lib agomelatin hisoblanadi. Har bir tabletka 25 mg agomelatin saqlaydi.

  • Boshqa komponentlar:
  • Tabletkaning markaziy qismi: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, natriy glikolyat kraxmali (A turi), stearin kislotasi, magniy stearati, kremniy dioksidi, suvsiz kolloid.
  • Plyonkali qoplam: gipromelloza, gliserol, magniy stearati, sariq temir oksidi (Ye 172) va titan ikkioksidi (Ye 171).
  • Bosma bo‘yoq: shellak, propilenglikol va indigotin (Ye 132) alyumin laki.

 

Valdoksan® qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining ichidagisi.

  • Valdoksan® 25 mg- bu sarg‘ish-to‘q sariq rangli uzunchoq, bir tomonida havorang firma logotipi tushirilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Valdoksan® 25 mg plyonka qoplamli tabletkalar kontur uyali o‘ramda taqvim bilan chiqariladi. Qutilar 14, 28, 56 ta tabletka saqlaydi.

Hamma o‘ramlar ham Sizning mamlakatingizda sotuvda bo‘lmasligi mumkin.

 

Ulashish:

Valdoksan barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Valdoksan savollari

Valdoksan fikr-mulohazalari

Reyting 3.8, 9 ta sharh asosida
Нухат
06.11.2019 11:34
5
Стрессовые ситуации в жизни меня просто добили, начались серьезные проблемы со здоровьем. Хроническая бессоница меня сильно вымотала, я спала по 4-5 часов в сутки, сон постоянно прерывался. Мой лечащий врач сказал что мне помогут только антидепрессанты, так как банальные снотворные меня просто не брали. Уже довелось их купить очень много, но они ничем мне не помогли. Доктор сказал что вальдоксан нужно пить минимум полгода, прошло уже 4 месяца и я имею следующие результаты : просыпаюсь с ясной головой и полностью отдохнувшей! Продолжительность сна увеличилась до 7-8 часов, сейчас сплю как младенец. Надеюсь, что после отмены вальдоксана -сон таким же и останется. Единственное, жаль что я не смогла найти аналоги с таким же действующим веществом так как цена таблеток все же не самая низкая, хотелось чтоб лечение было не таким накладным.
Севархон
04.04.2021 20:29
4
Для начала я купила 14 таблеток, чтоб проверить подойдет мне вальдоксан или нет. Практически сразу ночной сон улучшился. Было принято решение купить еще упаковку, чтоб попринимать вальдоксан хотя бы месяц. Если же курс лечения будет очень долгим, то употреблять вальдоксан весьма накладно, ведь цена на него «съедает» приличную часть заработной платы. Препарат хорошо переносится, на жкт, сердечно-сосудистую систему и т.п. – он пока никак не повлиял. На самой пластинке таблеток есть обозначения дней недели, для рассеянного и забывчивого человека это весьма актуально.
Кувонч
13.10.2020 13:59
1
При лечении панических атак и тревоги – вальдоксан оказался абсолютно бесполезен. Можете конечно и купить его, но это будут только зря потраченные деньги! Мне совершенно непонятно почему на таблетки такая неадекватно высокая цена, ведь они неэффективные
Рихситилла
07.10.2020 00:00
5
Я принимаю одну таблетку за 2 часа до сна (так мне врач прописал) и потом сплю очень крепко. Сейчас меня абсолютно не беспокоит хаотичный поток мыслей в голове. А ведь раньше спокойно уснуть и проспать до самого утра для меня было большой проблемой, но «Вальдоксан» справился и с этой задачей. Последующей дневной заторможенности таблетки не вызывают. На месяц нужно купить хотя бы одну пачку с 28 таблетками, цена конечно космическая. Срок годности большой – 3 года, никаких специфических условий для хранения «Вальдоксана» - Не требуется.
Фархунда
31.08.2019 17:20
5
Когда начала принимать вальдоксан, то у меня улучшилось настроение (хотя до этого у меня были сильные эмоциональные перепады), исчезла агрессия. Лекарство выпускается в упаковках по 14 и 28 таблеток, производитель – Франция. Чтоб сэкономить и купить вальдоксан подешевле – придется воспользоваться интернетом и подобрать аптеку, цена в которой будет наиболее оптимальной. На блистере таблетки разделены по дням недели, что весьма удобно, уж точно не запутаешься и не выпьешь лишнюю.
Ёвкошти
19.12.2019 01:05
3
Дорогое лекарство. Когда принимаешь Вальдоксан, то все не так гладко как хотелось бы, есть побочки. Без рецепта купить вообще нереально, что очень неудобно, приходится лишний раз идти к врачу.
Жахоной
18.03.2021 17:10
5
От него нет заторможенности и сонливости . В комплексе, вальдоксан помог мне избавиться от тревожно депрессивного синдрома. Когда совсем уж плохо, то цена препарата – значения не имеет.. главное чтоб он помог забыть о болезни как о страшном сне. За год лечения пришлось купить очень много упаковок этих таблеток, но мне не жалко , ведь результат того стоит.
Онахон
19.12.2019 00:44
2
Мне совершенно ничего не хотелось, могла сутками лежать на диване. Был потерян вкус к жизни, мне было все равно что происходит вокруг. Вдобавок ко всему у меня появились проблемы с сердцем, ноги и руки стали холодными, появились приступы удушья, сон стал беспокойным. Походы по врачам результата не дали никакого, ставили только всд. Чуть позже я попала к психотерапевту , оказалось что я наконец-то пришла по адресу. Прописали мне вальдоксан, (купить можно только с рецептом), цена зависит от количества таблеток в упаковке. Через 2 недели у меня исчезло чувство насыщения, я могла есть без остановки все подряд и не наедаться вообще !! За месяц набрала 5 кг. Состояние лишь незначительно улучшилось. В итоге врач отменил вальдоксан и назначил другой, более действенный препарат. Увы, мне вальдоксан толком ничем не помог, только лишних кг добавил.
Каримшер
10.08.2020 09:12
4
Мне был поставлен диагноз – тревожно-депрессивный синдром. Вальдоксан назначили в составе комплексной терапии. Озвученная провизором цена на таблетки меня немного повергла в шок , но выбор был невелик, вынужден был все-таки купить Вальдоксан. побочные действия меня практически не коснулись. Самочувствие улучшалось постепенно, Апатия прошла, головные боли тоже отступили. Хватило двух больших упаковок, чтоб привести себя в норму. Синдрома отмены я не ощутил.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil