Vis-Nolning aptekalardagi narxlari
VIS NOL kapsulalar 120mg N100
|
|
1 ta dorixonada bor
|
100 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Vis-Nol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIS-NOL
VIS-NOL
Preparatning savdo nomi: Vis-nol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vismut subsitrati (bismuth subcitrate)
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 120 mg Vі2O3 ga qayta hisoblanganda 499,8 mg kolloid vismut subsitrati;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.
Ta‘rifi: korpusi oq rangli, qopqog‘i sariq rangli, № 1 silindrik shakldagi qattiq jelatinli kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – oq rangli yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli kukunsimon granulalangan aralashma, ammiak hidiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Peptik yara va gastroezofageal reflyuksli kasallikni davolash uchun vositalar. Vismut subsitrati.
ATX kodi: A02V X05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Gastroprotektor ta‘sirga ega. Me‘daning kislotali muhitida kolloid vismut subsitrati yaralar va eroziyalar yuzasida himoya plyonkasini hosil qiladi, bu ularning chandiq hosil qilib bitishiga yordam beradi va shilliq qavatni me‘da shirasi ta‘siridan saqlaydi. Preparat Ye2 prostaglandini sintezini rag‘batlantiradi, musin hosil bo‘lishini va gidrokarbonat sekresiyasini ko‘paytiradi, nuqson zonasida o‘sishning epidermal omilini to‘planishiga olib keladi, pepsin va pepsinogen faolligini pasaytiradi.
Preparat Helicobacter rylori ga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Kolloid vismut subsitrati me‘da-ichak yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi, faol moddaning faqat uncha katta bo‘lmagan miqdori qonga o‘tadi va siydik bilan chiqariladi, bunda qon plazmasida vismut konsentrasiyasi davolash tugaganidan keyin tezda pasayadi. Asosan ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastrit (xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalari tarkibida);
- surunkali gastrit va zo‘rayish bosqichidagi, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastroduodenit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oz miqdordagi suv bilan birga ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 14 yoshdan boshlab bolalarga sutkada 4 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin va kechasiga yoki sutkada 2 marta 2 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.
8 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.
4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 8 mg/kg dozada, sutkalik dozani 2 marta qabul qilishga bo‘lib, lekin sutkada 2 kapsuladan oshmagan holda buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi – 4-8 hafta. 8 hafta davomida tarkibida vismut saqlovchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.
Helicobacter rylori mavjud bo‘lganida xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalarida Vis-Noldan foydalanish shifokor tomonidan buyuriladi. Kvadroterapiyada Vis-Nolni sutkada 4 marta 120 mg dozada qabul qilishni tetrasiklin bilan sutkada 4 marta 500 mg dozada, metronidazol bilan sutkada 3 marta 500 mg dozada va proton pompasi ingibitori (omeprazol, lanzaprozol, pantaprazol yoki ezomeprazol) bilan sutkada 2 marta standart davolash dozasida birga amalga oshirish tavsiya etiladi. Majmuaviy davolash davomiyligi – 10-14 kun.
Yara nuqsoni regenerasiyasini yaxshilash uchun Vis-Nol bilan keyingi davolashni amalga oshirish: sutkada 4 marta nonushta, tushlik va kechki ovqatlanishdan 30 minut oldin, va to‘rtinchi marta uyqudan oldin 1 kapsuladan. Vis-Nol bilan davolashning umumiy davomiyligi – 6 haftagacha (eng ko‘pi bilan 8 hafta).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ahlatni qora rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya.
Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan: toshma, qichishish.
Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Vis-Nolni qabul qilishga qadar yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin hech qanday boshqa dorilarni, ovqat yoki ichimliklarni, sut antasidlari, mevalar yoki meva sharbatlarini iste‘mol qilish mumkin emas, chunki ular preparat ta‘sirini o‘zgartirishi mumkin.
Preparat tetrasiklinlarni so‘rilishini kamaytiradi; tarkibida vismut saqlovchi preparatlar (vikalin, vikair, roter) ni bir vaqtda qabul qilish qonda vismut konsentrasiyasi haddan ziyod oshib ketish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qo‘llanilganida ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin. Bunday holda shifokorga maslahat uchun murojaat qilish zarur.
Preparatni qabul qilishdan yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin antasid preparatlarini qabul qilish va sut ichish mumkin emas, chunki mavjud me‘da shirasi himoya qatlamini shakllantirish uchun zarur bo‘ladi.
Kam hollarda ensefalopatiya yuzaga kelishi tufayli, vismut birikmalarini uzoq muddat davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatni tavsiya etilgan qabul qilish tartibiga rioya qilinganida ushbu nojo‘ya ta‘sir yuzaga kelishi xavfi juda ham kam. Biroq Vis-Nolni qabul qilish davomida tarkibida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Tavsiya etilmaydi.
Bolalar.
Vis-Nolni bolalarda 4 yoshdan boshlab qo‘llanadi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Vis-Nolni reaksiya tezligiga salbiy ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Biroq preparatning bunday ta‘siri ehtimoli kam.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning katta dozalari tez-tez qabul qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin bo‘lib, u 10 kundan keyin buyrak yetishmovchiligi uchun xos bo‘lgan simptomlar (qon plazmasida vismut darajasining oshishi) bilan ifodalanishi mumkin.
Qon plazmasida vismut yuqori miqdorda bo‘lishi bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishida kompleks hosil qiluvchi birikmalar – dimerkaptoqahrabo va dimerkaptopropansulfon kislotalari qo‘llaniladi.
Davolash me‘dani yuvish va so‘ngra faollashtirilgan ko‘mir hamda osmotik surgi vositalarini qabul qilishdan iborat. Qo‘shimcha davolash sifatida vismut absorbsiyasi majburiy emas. Buyrakning og‘ir kasalliklari bilan kechganida gemodializni o‘tkazish lozim.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 10 blisterdan qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari