Zoloft
Zoloft chiqarish shakllari
Zoloft qo'llanmasi
ZOLOFT®
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Savdo nomi: ZOLOFT®/ZOLOFT®
Xalqaro patentlanmagan nomi (INN): Sertralin/Sertraline
Kimyoviy nomi – sis-4-(3,4-dixlorfenil)-1,2,3,4-tetragidro-N-metil-1-naftalenamin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Faol modda: 50 mg yoki 100 mg sertralin (55,95 mg yoki 111,9 mg sertralin gidroxloridi ko‘rinishida).
Yordamchi moddalar: 24,0 mg yoki 48,0 mg kalsiy gidrofosfati digidrati, 44,925 mg yoki 89,85 mg mikrokristall sellyuloza, 4,5 mg yoki 9,0 mg giproloza, 18,75 mg yoki 37,5 mg natriy karboksimetil kraxmali, 1,875 mg yoki 3,75 mg magniy stearati.
Plyonka qobig‘i:
4,125 mg yoki 8,25 mg oq opadray (2,465 mg yoki 4,93 mg gipromelloza, 1,289 mg yoki 2,578 mg titan dioksidi, 0,33 mg yoki 0,66 mg makrogol, 0,041 mg yoki 0,082 mg polisorbat 80).
0,375 mg yoki 0,75 mg tiniq opadray (0,341 mg yoki 0,682 mg gipromelloza, 0,034 mg yoki 0,068 mg makrogol).
Ta‘rifi
50 mg li dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «Pfizer» gravirovkasi va ikkinchi tomonida «ZLT-50» gravirovkasi va bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, oval shaklidagi ikki tomonlama qavariq, oq rangli tabletkalar.
100 mg li dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «Pfizer» gravirovkasi va ikkinchi tomonida «ZLT-100» gravirovkasi bo‘lgan, oval shaklidagi ikki tomonlama qavariq, oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antidepressant.
ATX kodi N06AB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sertralin – antidepressant, serotoninni (5-NT) qayta qamrab olinishining kuchli selektiv ingibitori (SQQOSI) hisoblanadi. Noradrenalin va dofaminni qayta qamrab olinishiga juda kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Terapevtik dozalarda qo‘llanilganida sertralin odam trombositlarida serotoninni qayta qamrab olinishini bloklaydi. Nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarda ko‘ngillilarda rag‘batlantiruvchi, sedativ yoki antixolinergik ta‘siri aniqlanmagan, shuningdek psixomotor faoliyatni buzilishi qayd etilmagan. Sertralin doriga qaramlikni chaqirmaydi, uzoq muddat davomida qabul qilinganida tana vaznini oshishini keltirib chiqarmaydi.
Hayvonlardagi modellarda 5-NT qayta qamrab olinishini selektiv susaytirilishi tufayli, sertralin katexolaminlar faolligini kuchaytirmasligi, muskarin (xolinergik), serotoninergik, dofaminergik, adrenergik, gistaminergik, GAMK- yoki benzodiazepinli reseptorlarga yaqinlikka ega emasligi ko‘rsatilgan. Hayvonlardagi modellarda sertralin shuningdek kardiotoksik ta‘sirga ega emasligi ko‘rsatilgan. Hayvonlarda uzoq muddat davomida qo‘llanilishi boshqa antidepressantlar va obsessivga qarshi preparatlar uchun xos bo‘lgan manfiy teskari bog‘lanish turi bo‘yicha bosh miyada noradrenalin reseptorlarining yo‘lga solinishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Sertralin preparatni suiste‘mol qilinishiga olib kelmaydi. Suiste‘mol qilinishi rivojlanishiga sertralin, alprazolam va dekstroamfetaminni qodirligini o‘rganishga doir plasebo nazorat qilinadigan ikki karra sinalmagan qiyosiy tadqiqotda sertralin uchun bunday qobiliyat qayd etilmagan. Mazkur kuzatuvdan qarama-qarshi ravishda alprazolam va dekstramfetaminni qabul qilgan pasientlar plaseboga nisbatan preparatlarni suiiste‘mol qilinishi rivojlanishiga katta moyillikni ko‘rsatganlar. Suiste‘mol qilinishiga moyillik darajasi preparatni ijobiy hissiyotlar, ko‘tarinki kayfiyat va suiste‘mollikni keltirib chiqarishga qodirligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlashga asoslangan. Kokainni mustaqil ravishda yuborishga o‘rgatilgan rezus makakalarda sertralinni qabul qilish, fenobarbital va dekstramfetamindan farqli ravishda ijobiy rag‘bat sifatida ta‘sir ko‘rsatmagan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Maksimal konsentrasiyasi (Smax) va «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) 50-200 mg oralig‘idagi dozaga proporsional bo‘lib, bunda farmakokinetik bog‘liqlikning bir tekis chiziqli xarakteri aniqlanadi. Sertralinni 14 kun davomida 50 mg dan 200 mg gacha dozada sutkada bir marta qo‘llanilganida qon plazmasida sertralinning konsentrasiyasi preparat qabul qilinganidan so‘ng 4,5-8,4 soatdan keyin Smax ga yetgan. So‘rilishi yuqori, past tezlikda kechadi. Ovqatlanish vaqtida biokiraolishligi ozgina (25% ga) o‘zgaradi.
Taqsimlanishi
Sertralinning taxminan 98% i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi
Sertralin jigar orqali birinchi bor o‘tayotganida faol biotransformasiyaga uchraydi. Metabolizmning asosiy yo‘li – N-demetillash. Plazmada aniqlangan asosiy metaboliti N-desmetilsertralinning in vitro sharoitidagi faolligi sertralinga nisbatan sezilarli darajada (taxminan 20 marta) kam va in vivo sharoitidagi depressiya modellarida aslida faol emas. N-desmetilsertralinni yarim chiqarilishi davri 62 soatdan 104 soatgachani tashkil etadi. Sertralin ham va N-desmetilsertralin ham oksidlanuvchi dezaminlashdan va keyinchalik qisqarish, gidroksidlash va glyukuron kislotasini qo‘shilishi jarayonidan o‘tadi. Sog‘lom ko‘ngillilarga nishonlangan sertralin yuborilganida qon plazmasida 5% dan kam radioaktiv sertralin qayd etilgan. Yuborilgan dozaning taxminan 40–45% to‘qqiz kundan keyin siydikda aniqlangan. O‘zgarmagan sertralin buyrak orqali chiqarilmaydi. Aynan shu davrda yuborilgan sertralinning taxminan 40–45%, shu jumladan 12–14% o‘zgarmagan sertralin najasda aniqlangan.
Desmetilsertralinni AUC (0-24 soat), Smax va Smin qiymatlari doza va vaqtga bog‘liq ravishda 1-kundan 14-kunga qadar taxminan 5–9 marta oshadi.
Chiqarilishi
Sertralinni o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) yosh va keksa pasientlarda 22-36 soatni tashkil etadi. Davolash boshlanganidan keyin 1 haftadan so‘ng (dozani sutkada bir marta qabul qilinadi) muvozanat konsentrasiyasiga erishilgunga qadar yakuniy T1/2 ga mos ravishda preparatning taxminan ikki barobar kumulyasiyasi kuzatiladi. N-desmetilsertralinning T1/2 qiymati 62-104 soat oralig‘ida o‘zgarib turadi. Sertralin va N-desmetilsertralin faol biotransformasiyaga uchraydi; hosil bo‘ladigan metabolitlar buyrak va ichak orqali teng miqdorlarda chiqariladi. Sertralin o‘zgarmagan holda buyrak orqali katta bo‘lmagan miqdorda (< 0,2%) chiqariladi. O‘smirlar va keksa insonlarda farmakokinetika profili 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagiga nisbatan farqlanmaydi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Bolalarda qo‘llanilishi
Obsessiv-kompulsiv buzilishlari (OKB) bo‘lgan bolalarda sertralinning farmakokinetikasi kattalardagi xuddi shundayicha (garchi bolalarda sertralin metabolizmi ancha faolroq bo‘lsa-da) o‘xshashligi ko‘rsatilgan. Biroq, bolalarda tana vazni ancha pastligini hisobga olgan holda qon plazmasida sertralinning o‘ta yuqori konsentrasiyalariga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparatni kichikroq dozada qo‘llash tavsiya etiladi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).
O‘smirlar va keksa yoshli pasientlar
O‘smirlar va keksa yoshli pasientlarda farmakokinetika profili 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi farmakokinetika profilidan farq qilmaydi.
Jigar faoliyati yetishmovchiligida qo‘llanilishi
Sertralin ko‘p marta qabul qilinganida yengil kechuvchi jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilishi davri T1/2 ni oshishi va AUC va Smax qiymatlari sog‘lom insonlardagiga nisbatan deyarli uch barobar ko‘payishi kuzatiladi. Ikkita guruhda qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishida muhim farqlar qayd etilmagan. Sertralin jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llanilganida preparatning dozasini pasaytirish yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervalni ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini muhokama qilish zarur.
Buyrak yetishmovchiligida qo‘llanilishi
Sertralin faol biotransformasiyaga uchraydi, shu sababli buyraklar orqali o‘zgarmas holda katta bo‘lmagan miqdorda chiqariladi. Yengil va o‘rtacha darajada ifodalangan buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-60 ml) bo‘lgan bemorlarda va o‘rtacha yoki og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 10-29 ml) bo‘lgan bemorlarda sertralinning farmakokinetik parametrlari (AUC0-24 va Cmax) uni ko‘p marta qabul qilinganida nazorat guruhidagilardan jiddiy farq qilmagan. Barcha guruhlarda sertralinni yarim chiqarilishi davri T1/2 bir xil bo‘lgan, shuningdek qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishda ham farqlar bo‘lmagan. Kutilganidek, sertralinni uncha katta bo‘lmagan buyrak ekskresiyasini inobatga olgan holda, buyrak yetishmovchiligi ifodalanganligiga bog‘liq ravishda uning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmasligi aniqlangan.
Qo‘llanilishi
- Turli etiologiyali depressiyalar (davolash va oldini olishda)
- Obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)
- Sarosimali buzilishlar
- Posttravmatik stressor buzilishlar (PTSB)
- Ijtimoiy fobiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- sertralin va preparatning boshqa komponentlariga nisbatan ma‘lum yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (obsessiv-kompulsiv buzilishlarda (OKB)), boshqa ko‘rsatmalar uchun preparatni 18 yoshdan kichik pasientlarda qo‘llash mumkin emas;
- ajitasiya, tremor va gipertermiya bilan namoyon bo‘luvchi serotonin sindromini rivojlanish xavfi tufayli sertralinni qaytmas ta‘sirdagi monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI) bilan qo‘llash mumkin emas. Qaytmas ta‘sirdagi MAOI qo‘llash bekor qilinganidan keyin 14 kun ichida sertralinni qabul qilish mumkin emas, sertralin bilan davolashni esa qaytmas ta‘sirdagi MAOI bilan davolash boshlanishiga qadar 7 kun oldin to‘xtatish lozim («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» va «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limlariga qarang);
- pimozid bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Ehtiyotkorlik bilan. Sertralinni bosh miyaning organik kasalliklari (shu jumladan aqliy rivojlanishni to‘xtab qolishi), tutqanog‘i, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, tana vazni pasayishi yaqqol ifodalangan pasientlarda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Shuningdek sertralinni cerotoninergik neyrotransmissiyani kuchaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
SQQOSI ni trombositlar faoliyatiga tasdiqlangan ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega preparatlar bilan birgalikda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Sertralin va trisiklik antidepressantlarni bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Sertralinni EKG da QTc intervali uzayishi xavfi yoki «piruet» turidagi yurak qorinchasi taxisistolik aritmiyasi (torsade depointes) rivojlanishi omillari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Homilador ayollarda sertralinni qo‘llash yuzasidan nazoratli ostidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun mazkur toifadagi pasientlarda preparatni faqat ona uchun kutiladigan foyda homilaga yetkaziladigan potensial xavfdan uchun bo‘lgan taqdirdagina qo‘llash mumkin. Biroq, katta hajmdagi ma‘lumotlarda sertralin yuzaga keltiradigan tug‘ma nuqsonlarni induksiyasiga oid dalillar topilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar sertralinni reproduktiv faoliyatga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan. Ehtimol, ushbu ta‘sir sertralinni homilaga farmakodinamik ta‘sirlari keltirib chiqaradigan onadagi toksiklik bilan bog‘liqdir.
Onasi homiladorlik davrida sertralinni qabul qilgan ayrim yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatni bekor qilish reaksiyalariga o‘xshash simptomlar kuzatilgan. Ushbu fenomen SQQOSI guruhidagi boshqa antidepressantlar qabul qilinganida ham kuzatilgan.
Sertralinni qo‘llash nazarda tutilayotgan reproduktiv yoshdagi ayollarga samarali kontrasepsiya vositalaridan foydalanishni tavsiya etish lozim.
Laktasiya
Ona sutida oz miqdorda sertralin va uning metaboliti N-desmetilsertralin aniqlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qon plazmasida onaning qon plazmasidagi konsentrasiyasining 50% aniqlangan (yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligiga sezilarli ta‘sirsiz) bir holatdan tashqari, asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon plazmasida kam miqdorda sertralin aniqlangan. Laktasiya davrida ushbu preparat bilan davolash tavsiya etilmaydi. Agar davolash zarur bo‘lsa, yaxshisi emizishni to‘xtatish kerak.
Onasi Zoloft® preparatini va boshqa SQQOSI yoki NQQOSI ni homiladorlik davrida qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘shimcha ravishda kasalxonada davolashni, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlashni va zond orqali oziqlantirishni talab qiluvchi asoratlar kuzatilgan. Onasi homiladorlikning kechki bosqichlarida, ayniqsa uchinchi uch oyligida sertralinni qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sinchkov kuzatib borish lozim. Bunday yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress, sianoz, apnoe, tirishishlar, tana haroratini nobarqarorligi, emizishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi, qusish, gipoglikemiya, gipotonus, gipertonus, giperrefleksiya, tremor, mushaklar tortishishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, letargiya, uzoq muddatli yig‘i, uyquchanlik va uxlashning qiyinligi kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Ushbu simptomlar bevosita serotoninergik ta‘sirlar bilan bog‘liq bo‘lishi yoki preparatni qo‘llashni bekor qilinishi simptomlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bunday asoratlar bevosita tug‘ilishdan keyin yoki tez orada (< 24 soat) boshlanadi. Ayrim hollarda klinik holat serotoninergik sindrom simptomlariga o‘xshash bo‘lishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Onasi SQQOSI ni homiladorlik davrida qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning vaqti-vaqti bilan avj oluvchi o‘pka gipertenziyasi (YaTCHPO‘G) rivojlanishi xavfi shuningdek yuqori bo‘lishi mumkin. YaTCHPO‘G 1000 homiladorlikka 5 holatni tashkil etadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik va o‘lim sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Bir nechta yaqinda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar SQQOSI ni (shu jumladan Zoloft® preparatini) qabul qilish va YaTCHPO‘G orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Fertillik
Sichqonlarda o‘tkazilgan ikkita tadqiqotning birida sertralinni 80 mg/kg dozada (bu mg/m2 ga hisoblanganda odam uchun tavsiya etiladigan maksimal dozadan 4 marta ko‘p) qo‘llanilganida fertillikni pasayishi qayd etilgan.
Bayon qilingan klinik holatlarga ko‘ra, ayrim SQQOSI ni qabul qilish sperma sifatiga ta‘sir ko‘rsatadi, ammo bu ta‘sir qaytuvchandir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sertralin ichga qabul qilish uchun, ertalab yoki kechqurun sutkada bir marta, ovqatlanishdan qat‘iy nazar buyuriladi.
Boshlang‘ich dozasi
Depressiya va obsessiv-kompulsiv buzulishlar (OKBda): boshlang‘ich doza – sutkada 50 mg.
Sarosimali buzilishlari, PTSB va ijtimoiy fobiyada: davolashni sutkada 25 mg dozadan boshlanadi, doza bir haftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshiriladi. Preparatni bunday sxemada qo‘llash davolashning sarosimali buzilishlar, uchun xos bo‘lgan erta nojo‘ya ta‘sirlari tez-tezligini pasaytirishga imkon beradi.
Dozani tanlash
Depressiya, OKB, sarosimali buzilishlar, PTSB va ijtimoiy fobiyada: sertralinni sutkada 50 mg dozada qo‘llash yetarlicha ta‘sir ko‘rsatmaganida sutkalik dozani sutkada
50 mg dan ortiq bo‘lmagan qadam bilan va haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan interval bilan (yarim chiqarilishining 24 soatlik terminal davrini e‘tiborga olgan holda) sutkada 200 mg ni tashkil etuvchi maksimal tavsiya etiladigan dozaga qadar oshirib borishga yo‘l qo‘yiladi.
Boshlang‘ich davolash ta‘siri 7 kun ichida namoyon bo‘lishi mumkin, biroq to‘liq samaraga odatda 2-4 haftadan keyin (yoki OKB da hatto uzoq vaqt davomida) erishiladi.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashda: samarani bir maromda saqlab turuvchi doza uzoq vaqt davomida davolashda davolash samarasiga qarab, tegishli tuzatish kiritgan holda minimal samarali bo‘lishi kerak.
OKB va sarosimali buzilishda davolashni davom ettirish zaruratini muntazam ravishda baholab borish lozim, chunki ushbu holatlarda kasallikni qaytalanishini oldini olish ko‘rsatilmagan.
Bolalarda qo‘llanilishi
Sertralinning xavfsizligi va samaradorligi OKB bo‘lgan bolalarda (6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) aniqlangan.
OKB bo‘lgan o‘smirlar (6 yoshdan 13 yoshgacha) uchun boshlang‘ich doza – sutkada 50 mg.
Bolalar (6-12 yoshdagi) uchun OKB ni davolashni sutkada 25 mg dozadan boshlab, keyinchalik bir haftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshirib borish bilan o‘tkaziladi. Keyinchalik
50 mg li doza yetarlicha samara bermaganida bir necha hafta davomida dozani yanada oshirib borish mumkin. Maksimal doza sutkada 200 mg ni tashkil etadi. Dozani haftada bir martadan ortiq oshirish mumkin emas. Depressiyasi va OKB bo‘lgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda sertralinning farmakokinetik profili katta pasientlardagiga o‘xshashligi ko‘rsatilgan. Biroq, dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dozani 50 mg dan ortiq oshirilganida kattalarga nisbatan bolalarda tana vaznining kichikligini e‘tiborga olish zarur.
Bolalar va o‘smirlarda dozani tanlash
Sertralinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 sutkani tashkil etadi, shu sababli dozani o‘zgartirish 1 haftadan kam bo‘lmagan interval bilan amalga oshirilishi kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanilishi
Keksa yoshda giponatriemiya rivojlanishi xavfi yuqoriligi tufayli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat yoshroq insonlardagi kabi dozalar diapazonida qo‘llaniladi.
Jigar faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kichik dozalarni qo‘llash yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish lozim («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Sertralinni og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas (klinik ma‘lumotlar mavjud emas).
Buyrak faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi
Sertralinni sezilarli bo‘lmagan buyrak ekskresiyasini hisobga olgan holda yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligiga qarab uning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Bekor qilish sindromi
Zoloft® preparatini keskin bekor qilishdan saqlanish lozim. Zarurat bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak, bekor qilish sindromi simptomlari xavfini minimallashtirish maqsadida sertralinning dozasini eng kamida 1-2 hafta davomida bosqichma-bosqich pasaytirish lozim. Dozani pasaytirish davri davomida yoki preparat bekor qilinganidan keyin toqat qilib bo‘lmaydigan nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelganida, davolashni avvalgi dozada qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Keyinchalik shifokor dozani pasaytirishni qayta, ammo yanada uzoqroq intervallar bilan boshlashi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sir bo‘lib, ko‘ngil aynishi hisoblanadi. Ijtimoiy fobiyani davolashda erkaklarda seksual faoliyatni buzilishi (eyakulyasiyani buzilishi) plaseboni qo‘llash fonidagi 0% ga nisbatan, sertralinni qo‘llaganda 14% holatlarda qayd etilgan. Ushbu nojo‘ya holatlar dozaga bog‘liq va davolash davom ettirilganida ko‘pincha o‘tib ketadi.
1-jadvalda sertralin qo‘llanilganida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi axborot postmarketing (tez-tezligi noma‘lum) va plasebo nazoratli klinik tadqiqotlar vaqtida olingan ma‘lumotlar asosida taqdim etilgan (tadqiqotlar sertralinni qabul qilayotgan 2542 ta pasientlar va plaseboni qabul qilayotgan 2145 ta pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan). Mazkur tadqiqotlar depressiyasi, OKB, sarosimali buzilishlari, PTSB yoki ijtimoiy fobiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan.
1-jadvalda sanab o‘tilgan ayrim nojo‘ya reaksiyalar davolash davom ettirilganida jadalligi va uchrash tez-tezligi bo‘yicha kamayishi mumkin va umuman olganda davolashni to‘xtatishga olib kelmaydi.
| Juda tez-tez | ≥ 10% |
| Tez-tez | ≥ 1% va <10% |
| Tez-tez emas | ≥ 0,1% va <1% |
| Kam hollarda | ≥ 0,01% va <0,1% |
| Juda kam hollarda | <0,01% |
| Tez-tezligi noma‘lum | Mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas |
1-jadval
| A‘zolar tizimi | Nojo‘ya reaksiya |
| Yurak tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | yurak urib ketishi hissi* |
| Tez-tez emas | taxikardiya |
| Kam hollarda | miokard infarkti, bradikardiya, yurak kasalliklari |
| Tez-tezligi noma‘lum | «piruet» (torsadedepointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasini rivojlanishi, EKG da QTs intervalini uzayishi |
| Qon tomirlari tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | yuz terisiga qon «quyilishlari»* |
| Tez-tez emas | arterial bosimni oshishi*, giperemiya |
| Kam hollarda | periferik ishemiya, gematuriya |
| Tez-tezligi noma‘lum | qon ketishlar (masalan, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi) |
| Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | limfadenopatiya |
| Tez-tezligi noma‘lum | leykopeniya, trombositopeniya |
| Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari | |
| Tez-tez | quloqni jaranglashi* |
| Tez-tez emas | quloqda og‘riq |
| Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | jigar faoliyatini buzilishi |
| Tez-tezligi noma‘lum | jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari (shu jumladan gepatit, sariqlik, jigar yetishmovchiligi) |
| Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | ko‘rishni buzilishi |
| Tez-tez emas | midriaz* |
| Kam hollarda | glaukoma, ko‘z yoshi apparatini buzilishlari, skotoma, diplopiya, fotofobiya, ko‘zning old kamerasiga qon quyilishi |
| Tez-tezligi noma‘lum | ko‘rishni buzilishi, qorachig‘larning turli o‘lchamlari |
| Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
| Juda tez-tez | diareya (18%), ko‘ngil aynishi (24%), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi (14%) |
| Tez-tez | qusish*, qorinda og‘riq*, qabziyat*, dispepsiya, meteorizm |
| Tez-tez emas | ezofagit, disfagiya, gemorroy, so‘lak ajralishini kuchayishi, tilni shikastlanishi, kekirish |
| Kam hollarda | melena, najasda qon, stomatit, tilni yarali shikastlanishi, tishlarni zararlanishi, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yarali shikastlanishi |
| Tez-tezligi noma‘lum | pankreatit |
| Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar | |
| Juda tez-tez | kuchli toliqish (10%)* |
| Tez-tez | ko‘krakda og‘riq*, holsizlik |
| Tez-tez emas | et uvishishi, isitma*, asteniya*, chanqoq, periferik shishlar |
| Kam hollarda | churralar, preparatni o‘zlashtiraolinishi pasayishi, qadam tashlashni buzilishi |
|
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar
(jumladan kistalar va poliplar) |
|
| Kam hollarda | o‘smalar |
| Immun tizimi tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | yuqori sezuvchanlik |
| Kam hollarda | anafilaktoid reaksiyalar |
| Tez-tezligi noma‘lum | allergiya |
| Laborator va instrumental ma‘lumotlar | |
| Tez-tez emas | tana vaznini kamayishi* yoki oshishi*, qon plazmasida «jigar» transaminazalari (alaninaminotransferaza (ALT)*, aspartataminotransferaza (AST)*) faolligini oshishi |
| Kam hollarda | urug‘ suyuqligi xususiyatlarini buzilishi, qon plazmasida xolesterin konsentrasiyasini oshishi |
| Tez-tezligi noma‘lum | laboratoriya tahlillari natijalarini normadan og‘ishi, trombositlar faoliyatini buzilishi |
| Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | gipotireoz |
| Tez-tezligi noma‘lum | giperprolaktinemiya, antidiuretik gormoni noadekvat sekresiyasi
|
| Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | ishtahani pasayishi yoki oshishi* |
| Kam hollarda | qandli diabet, gipoglikemiya, giperxolesterinemiya |
| Tez-tezligi noma‘lum | giponatriemiya, giperglikemiya |
| Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | mialgiya, artralgiya |
| Tez-tez emas | osteoartrit, mushak zaifligi, belda og‘riq, mushak spazmlari |
| Kam hollarda | suyak to‘qimasi tomonidan buzilishlar |
| Tez-tezligi noma‘lum | mushak tirishishlari |
| Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | |
| Juda tez-tez | bosh og‘rig‘i (21%)*, bosh aylanishi (11%), uyquchanlik (13%) |
| Tez-tez | paresteziya*, tremor, gipertonus, disgevziya, diqqatni buzilishi |
| Tez-tez emas | tirishishlar*, g‘ayri ixtiyoriy mushak qisqarishlari*, muvozanatning buzilishi, giperkineziyalar, amneziya, gipesteziya*, nutq buzilishlari, postural bosh aylaZoloft narxlariZoloft tabletkalar ZOLOFT tabletkalari 50 mg N28 2 ta dorixonada bor Zoloft o'xshash dorilariZoloft barcha rasmlari![]() ![]() ![]() Zoloft savollariAsab tizimi Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan. Zoloft dori vositasi Xaupt Farma Latina S.r.L. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan. Zoloft fikr-mulohazalariReyting 3.9, 9 ta sharh asosida Гулмирза 25.12.2019 03:39 5 Достоинства: Препарат работает, тревожное расстройство вылечил за 2 мес. Психосоматики прошли на 3ей неделе. Подошла дозировка в 25мг, пол таблетки. Берите оригинальный препарат не пожалеете!
Недостатки: Надо понимать, что препарат психотропный, в первые 1-2 недели будут побочки, возможно усиление тревоги, панические атаки, жидкий стул, но нужно перетерпеть, оно того стоит, не бросайте приём! Рузанна 11.04.2020 02:49 5 Депрессия у меня была на протяжении двух лет и я настолько привыкла к этому состоянию, что считала его нормальным. Каждодневные слёзы без причины, апатия, нежелание жить и работать. Потом на все это наложились ещё и переедания и булимия, пыталась заедать эмоции и искать радость в еде. Я думаю, я бы умерла, если бы раньше не обратилась за помощью к терапевту. Он как раз-таки прописал Золофт + тералиджен. Вместе они мне начала помогать через 1,5 месяца после приёма. Я не могу объяснить то состояние, в котором нахожусь, но я с точностью могу сказать, что до этого жила в депрессии. Сейчас я встаю рано, делаю все дела намного быстрее, сил появилось больше и настроение хорошее, улучшилось отношение с людьми в целом. Я довольна препаратом и точно советую его людям с депрессией. Не бойтесь говорить о своих проблемах и не умаляйте их значимость, иначе испортите себе жизнь, как чуть не испортила её я. Нозимахон 05.05.2021 05:48 1 Пью золофт 2 недели . Пока становится только хуже ! Из побочек : сухость во рту , тошнота каждодневная ( потеря в весе за 2 недели 6 кг ) , что мне совсем не нужно ( с 54 дошла до 48 ) , есть не хочется ничего ! Еле себя заставляю !!!также : суетливость , повышенная плаксивость , тревожность , тики и вздрагивания всего тела , заторможенность , неясность ума , головная боль ! Доктор говорит , что скоро все уйдёт , но с каждым днём становится только хуже . Не намерена больше пить этот препарат ! Турахужа 02.12.2020 09:26 5 Принимаю уже 2 день постоянная зевота , головокружение из редка .. вялость присутствует, аппетит пропал как начал пить , видимо надо привыкнуть к препарату Мунаввар 28.09.2020 22:37 5 Я принимала золофт в своей жизни не единожды. В целом, препарат неплохой. Эффект от приёма ощущается довольно быстро, примерно через 1-1,5 недели. Удобен в использовании, так как пить нужно всего 1 раз в сутки. Лично для меня это огромный плюс, так как я не люблю препараты, которые нужно принимать по 10 раз в день строго по часам. Это сильно сложно. Но к Золофту организм должен привыкнуть. Первое время от него немного тошнит, и есть не хочется совсем ничего. Поэтому будьте готовы к тому, что пару килограмм вы точно скинете. Для меня важен конечный результат. А после приёма Золофта он достойный. Поставленную задачу он выполняет полностью. Поэтому не смотря на все недостатки, препаратом я довольна. Шохсанам 04.04.2020 08:50 1 Я долго не могла выкарабкаться из депрессии, поэтому пришлось обратиться к врачу. Доктор назначил мне золофт в дозировке 100 мг. Первые 2-3 дня приёма все было нормально, а потом у меня как начались сильнейшие панические атаки. Чувствовала себя ужасно. Было настолько плохо, что пришлось даже скорую помощь вызвать. Врач со скорой сказал, что-то все потому, что дозировка была слишком высокая. Но я больше эту гадость пить не буду ни в какой дозировке. От него только хуже становится. Гулчехра 05.04.2021 15:14 5 Бывают такие периоды в жизни, когда наваливается все и сразу. И иногда эти периоды «чёрной полосы» настолько затягиваются, что без помощи препаратов просто не обойтись. Так однажды случилось и со мной. Обстоятельства вогнали меня в сильнейшую депрессию. Когда поняла, что ещё чуть-чуть и я сломаюсь, обратилась к знакомому доктору. Он посоветовал мне Золофт. Препарат потрясающий. Чувствую себя сейчас прекрасно. Я снова радуюсь жизни, «дышу полной грудью», благодарна за каждый данный мне новый день. При этом никаких побочных реакций. Ни сонливости, ни заторможенности, ни тошноты - ничего этого у меня нет. Препаратом я полностью довольна. Киммат 24.10.2019 00:07 5 За свою жизнь я перепробовала уже кучу антидепрессантов. Поэтому с уверенностью могу сказать, что золофт среди них лучший! Препарат прекрасно справляется с поставленными перед ним задачами и при этом не вызывает никаких побочных реакций. И, что самое главное, не вызывает привыкания. В моей практике уже было такое, что принимаешь антидепрессант, вроде бы все хорошо, никаких симптомов не осталось. Но стоит только бросить пить средство, как тут же все возвращается и становится только хуже. С золофтом ничего подобного нет. После отказа от препарата результат остаётся прежним. Азизабегим 02.01.2020 06:10 3 Когда столкнулась с сильнейшей депрессией, мне доктор тоже назначил Золофт. Принимала препарат я где-то месяц. Сначала все устраивало. Настроение действительно стало приподнятым, появилось больше энергии, повысилась работоспособность, прекратились панические атаки. Но потом процесс как-то застыл на одном и той же отметке. Дальше прогресса никакого не было, но и хуже не становилось. Поэтому пришлось Золофт заменить на другой антидепрессант. Очень жаль. Мне он очень нравился. Теперь вот привыкаю к другому средству. Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil |















