Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: Anemadoks
Chiqarilish shakli: Sirop
Tarkibi (bir flakondagi 150 ml Sirop tarkibida):
№ |
Faol moddalar |
|
1 |
Ot quloq ildizi ekstrakti |
2,0 g. |
2 |
Na’matak ekstrakti |
2,0 g. |
3 |
Qizil miyya ekstrakti |
2,0 g. |
4 |
Timyan ekstrakti |
2,0 g. |
5 |
Baland boyli andiz ekstrakti |
2,0 g. |
6 |
Dorivor moychechak ekstrakti |
2,0 g. |
|
Yordamchi moddalar |
|
Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 150 ml ga yetgunicha |
Ta'rifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga xos.
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan kamqonlikka qarshi preparat.BFQ.
Farmakologik xususiyatlari:
“Anemadoks” - kompleks tarkibli preparat bo'lib tarkibda organik birikmalar ko'rinishida (Fe+3, Cu, Zn, Mg, P, F, Na, Cl kabi) mikro- va makroelementlar saqlaydi. Bundan tashqari Anemadoks tarkibida (askorbin kislota, yantar kislota, shovul va olma kislotalari ko'rinishdagi) organik kislotalar mavjud bo'lib, makro va mikroelementlarni organizmga so'rilishini faollashtiradi. Murakkab tarkibli “Anemadoks” preparati o'zida B gruhidagi vitaminlarni saqlaydi. “Anemadoks” preparati tarkibiga kiruvchi fitonsidlar organizmda kechayotgan yallig’lanish jarayonini kamaytirishda ishtirok etadi va ayniqsa oshqozon ichak traktini sog’lomlashtirishda hamda enterosidlarda so'rilish yuzasini yaxshilashda o'z aksini topadi. “Anemadoks” odam organizmida kamqonlik kelib chiqaruvchi barcha omillarni bartaraf qilishga yordam beradi va kompleks davolash samarasini oshiradi.
Qo'llanilishi:
-Xar hil darajalaridagi kamqonlikning sabablarini bartaraf qilishda;
-Ichaklarda temir so’rilishining susayishida;
-Jismoniy va aqliy rivojlanishning kechikishi holatlari;
-Immunitet pasayishi holatlarida va tez-tez kasal bo’luvchilarni sog’ayishini tezlashtirishda;
-Jismoniy va aqliy zo’riqishlarda;
-Organizmning umumiy quvvatini oshirish maqsadida;
-Sportchilarda jismoniy chidamlilikni oshirish uchun;
Qo‘llash usuli va dozalari:
Yakka tarzda belgilanadi.
Bolalarda 6 yoshdan 12 yoshgacha 5 ml dan kuniga 3 mahal.
Bolalarda 12 yosh va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.
Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.
Kurs davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda kursni qaytarish mumkin.
Kurs davomililigi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta’siri:
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:
Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:
Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri:
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli: Tabiiy dorivor o’simliklardan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.
(1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qopqoq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo'lgan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlilik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkin emas.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.