Анемадокс BABY

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Anemadoks BABY

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Anemadoks baby»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 100 ml sirop tarkibida):


Faol moddalar

1

Ot quloq ildizi ekstrakti

1,33 g.

2

Na’matak ekstrakti

1,33 g.

3

Qizil miyya ekstrakti

1,33 g.

4

Timyan ekstrakti

1,33 g.

5

Baland bo‘yli andiz ekstrakti

1,33 g.

6

Dorivor moychechak ekstrakti

1,33 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 100 ml ga yetgunicha


Ta’rifi: Sirop. Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga xos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan kamqonlikka qarshi preparat.BFQ

Farmakologik xususiyatlari«Anemadoks baby» preparati kompleks tarkibli bo'lib o'zida organik birikmalar ko'rinishida (Fe+3, Cu, Zn, Mg, P, F, Na, Cl kabi) mikro va makroelementlar saqlaydi. Bundan tashqari «Anemadoks baby» tarkibida (askorbin kislota, yantar kislota, shovul va olma kislotalari ko'rinishdagi) organik kislotalar mavjud bo'lib, makro va mikroelementlarni organizmga so'rilishini faollashtiradi. Murakkab tarkibli

«Anemadoks baby» preparati o'zida B gruhidagi vitaminlarni saqlaydi. «Anemadoks baby» preparati tarkibidagi makro va mikroelemntlar, vitaminlar, oqsillar va aminokislotalar qon hosil bo'lishida elementlarning transporti, gemning (gemoglabin, mioglobin va boshqa metaloproteinlarning tarkibiga kiruvchi) hosil bo'lishida, hamda boshqa juda muhim fermentativ jarayonlarning faollashuvida katta ahamiyatga ega. «Anemadoks baby» preparati tarkibiga kiruvchi fitonsidlar organizmda kechayotgan yallig’lanish jarayonini bartaraf qilishda ishtirok etadi va ayniqsa oshqozon ichak traktini sog’lomlashtirishda hamda enterosidlarda so'rilish yuzasini yahshilashda o'z aksini topadi. «Anemadoks baby» odam organizmida kamqonlik kelib chiqaruvchi barcha omillarni bartaraf qilish va kompleks davolashda samarali hisoblanadi.

Qo'llanilishi :

Kamqonlikning barcha darajalarida kompleks davolash tarkibida;

Ichaklarda temir so’rilishining susayishida;

Jismoniy va aqliy rivojlanishning kechikishi holatlarida;

Immunitet pasayishi holatlarida va tez-tez kasal bo’luvchi bolalarni sog’ayishini tezlashtirishda;

Jismoniy va aqliy zo’iqishlarda;

Organizmning umumiy quvvatini oshirish maqsadida;

Sport bilan shug’ullanayotgan bolalarda jismoniy chidamliligini oshirishda;

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.

3 yoshgacha 1,25 ml dan kuniga 3 mahal.

3-6 yosh bolalarda 2,5 ml dan kuniga 3mahal.

6-12 yosh bolalarda 5 ml dan kuniga 3 mahal.

Bolalarda 12 yoshdan boshlab va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Kurs davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda kurs qaytarilishi mumkin. Kurs davomililigi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Dorivor o‘simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan sirop 100 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkin emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston