Гемостоп

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Gemostop

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Gemostop»

Chiqarilish shakli: Tabletka

Tarkibi: (bir dona tableka)


Faol moddalar (ekstrakti)

1

Dala choy (Нуреricum perforatum)

20 mg,

2

Oddiy jag’ jag’ (Capsella búrsa-pastoris)

20 mg,


3

Qichitqi o't (Urtica dioica L.)

50 mg,

4

Arpabodiyon (Anisum vulgare)

10 mg,


Yordamchi moddalar

Kraxmal 50mg, Magniy stearat 5mg, Shakar kukuni 500 mg ga yetguncha.

Tavsifi: Tabletka oq rangdan och sarg’ish rangacha bo’lib, ikki tomoni qabariq shakilga ega.

Farmakoterapevtik guruhi:Dorivor o'simliklardan tayyorlangan qon to'xtatuvchi preparat.BFQ.

Farmakologik xususiyatlari: Tabiy dorivor o'simliklardan tayyorlangan qon ketishini to'xtatuvchi preprat hisoblanadi. «GEMOSTOP» preparati dorivor o'simliklar tarkibida ko'p miqdorda vitamin K tutadi. Bu modda organizmda mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, qon quyulish jarayonini me'yoriga keltiradi. «GEMOSTOP» ning ta'sir mexanizmi jigarda protrombin va prokvertin sintezini oshirish orqali, zardobda bo'lgan II, VII,IX, X omillar sintezida qatnashadi va gemostazning koagulyasion bosqichini faollashtiradi. Ayniqsa bu holat gipoprotrombinemiyada yaxshi kuzatiladi. Bundan tashqari «GEMOSTOP» jigarda albumin, mioalbumin va tomirlar devorini mustaxkamlovchi omillarning sintezida xam ishtirok etadi.

Farmakokinetikasi: Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.

Qo'llanilishi: Ginekologiyada (ayollarda bachadondan kam miqdordava uzoq davom etuvchi qonli ajralmalar kelishi). Bachadon qisqarishi sustligi oqibitida uzoq davom etuvchi qon ketishlarda.

Oshqozon ichak va siydik yo’llaridan qon ketishi. Burunda tomirlar devoir butunligini buzishi va qon ivish tizimi susayishi bilan bog'liq qon ketishlarda.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo'llanish usuli va dozalari: Ichish uchun 1 tabletkadan kuniga 3 mahal 20 kun davomida. Davolanish davomiyligi shifokor tavsiyasiga ko'ra.

Nojo'ya ta'siri: Allergik reaktsiyalar ehtimoli bor.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi: Xozirgi kungacha me'yordan ortiq ist'emol qilingani haqida ma'lumot yo'q.

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri:Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Maxsus ko'rsatmalar: Gemostop preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Chiqarilish shakli: Tabiiy xom ashyodan tayyorlangan tabletkalar, 30 donadan, flakonda. himoyalovchi golografik karton yorliqli o'ram. qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yoruqlikdan himoyalangan joyda

+25°C bo'lgan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil.

Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz, .BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston