Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: «LactoMax – Baby»
Chiqarilish shakli: Sashe paketchada.
Tarkibi (bir paketchadagi faol komponentlari):
|
Tarkib nomlanishi |
Tirik hujayralar soni, KOЕ/g dan kam bo`lmagan |
1 |
Bifidobacterium bifidum 108 |
1×108 |
2 |
Bifidobacterium longum 17x |
1×108 |
3 |
Lactobacillus fermentum 196 |
1×108 |
4 |
Lactobacillus plantarum 8p-A3 |
1×108 |
Qo`shimcha moddalar |
||
5 |
Oligosaxarid – maltodekstrin |
15-20% |
Tavsifi: O'ziga xos mazaga ega bo'lgan kukun shakilga ega bo'lib, sashe paketchada (folgalangan qoplamaga ega) 1,0 g. miqdorda chiqariladi.
Farmakoterapevtik guruhi:
Kelib chiqishi biologik tabiatiga ega bo'lgan ichak mikroflorasini me'yorlashtiruvchi preparat. BFQ.
Farmakokinetikasi: Preparatning farmakokinetikasi haqida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.
Farmakodinamikasi: Tarkibiga kiruvchi kislotaga chidamli sut kislota bakteriyalari va prebiotiklar ichak mikroflorasini fiziologik muvozanatini tiklaydi va saqlab turadi.
Bifidobakteriyalar va laktobasillalar sut va sirka kislotasi ishlab chiqaradi va patogen mikroorganizmlarni ko'payishi va hayot faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi; ovqat hazmida ishtirok etadi va (В1, В2, В3, В6, В12, Н, РР, foli kislotasi, K va Е) vitaminlarini sintez qiladi, elektrolit balansini boshqaradi, oqsil, fosfolipidlar, o't va o't kislotalar, bilirubin, holesterin almashinuvida ishtirok etadi.
Tabiiy oligosaxarid - maltodekstrin probiotiklarning bo'linishi, kolonizasiyasi va ichak bakteriyalari uchun yaxshi sharoit yaratib beradi. Oligosaxaridlar hazm fermentlari ta'sirida parchalanmaydi va ichakning pastki qismigacha yetib boradi va prebiotik ta'sir samarasini ko'rsatadi.
Qo`llash uchun ko'rsatma: Kompleks davolash tarkibida:
- bolalar va kattalarda ichak sanchig`i;
- ichak disbakteriozi;
- antibiotik, boshqa kimyoterapevtik va garmonal preparatlar hamda nur terapiyasi bilan davolanish davrida kelib chiquvchi disbakteriozida;
- ich ketishi, meteorizm, ich qotishi;
- allergik kasalliklarni (jumladan asoratlangan allergodermatoz va ovqat allergiyalari) davolash tarkibida;
- tez - tez kasal bo'luvchi bolalar va kattalarni davolash tarkibida;
- oshqozon - ichak trakti funksional buzilishi, infeksion va noinfeksion kasalliklari oqibatini bartaraf qilish, hamda metabolik o'zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarni (oqsil - energetik yetishmovchilik, ichaklarda devoriy hazmining buzilishi, ichaklarda so'rilishning buzilishi, siydik - tosh kasalligi) profilaktikasi va davolashda;
- teri, tirnoq va sochlar holatini sog`lomlashtirishda.
Qarshi ko'rsatma:
- Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlari va sut mahsulotlariga sezgirlik yuqori bo'lsa tavsiya qilinmaydi.
Qo`llash usuli va dozalari:
Bolalarga hayotining birinchi kunidan boshlab (jumladan muddatidan avval tug`ilgan bolalarda) 3 yoshgacha 1 sashe-paketchadan kuniga 1-2 mahal ovqatlantirish vaqtida ozgina ona suti, moslashtirilgan sut yoki xona haroratidagi suvda eritib ichiriladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 sashe-paketchadan kuniga 2 mahal ovqatlantirishdan 15-30 daqiqa oldin ozgina iliq suvda eritib ichiriladi.
Bolalarga 6 yoshdan boshlab va kattalarda 1 sashe-paketchadan kuniga 3 mahal ovqatlantirishdan 15-30 daqiqa oldin ozgina iliq suvda eritib ichiriladi.
Davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi.
Nojo'ya ta'siri: Tavsiya qilingan do’zalarda nojo'ya holatlar aniqlanmagan.
- allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Me'yoridan ortiqcha qabul qilinsa: Hozirgi kungacha me'yoridan ortiqcha qabul qilinganlik holatlari haqida xabar berilmagan. Me'yoridan ortiq qabul qilinsa simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Boshqa dori vositalar bilan o`zoro ta`siri:
Boshqa dorivor preparatlar bilan qo'llanilganda nojo`ya ta`sirlar kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli:
Qutichada 10 sashe - paketchada (paketcha folgalangan qoplamaga ega), vazni 1,0 g. va qutichada qo`llash bo'yicha yo`riqnoma mavjud.
Saqlash sharoiti:
Bolalar qo’li yetmaydigan, harorati +4°C dan +25°C va namligi 80% dan oshmaydigan xonada saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 2 yil. Qutichada ko'rsatilgan muddat tugaganidan so'ng qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Dorixonadan berish tartibi: Reseptsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.