LactoMax Family

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LactoMax Family

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «LactoMax - Family»

Chiqarilish shakli: Kapsulada.

Tarkibi (bir kapsuladagi faol komponentlari):



Tarkib nomlanishi

Tirik hujayralar soni, KOЕ/g dan kam bo`lmagan

1

Bifidobacterium longum 17x

1×108

2

Bifidobacterium bifidum 108

1×108

3

Lactobacillus bulgaricus RKMUz – 210

1×108

4

Streptococcus thermophilus -237

1×108

Qo`shimcha moddalar

5

Oligosaxarid – maltodekstrin/laktuloza

15-20%


Tavsifi: Qattiq, ichakda eruvchi polisaharid kapsulaga ega bo'lib, oq tana va och havo rang qalpoqchali ko'rinishga ega. Kapsula ichidagi modda oq-sarg`ish rangli kukun holatida bo'lib 250 mg. (5 do’za) miqdorda chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruhi:

Kelib chiqishi biologik tabiatiga ega bo'lgan ichak mikroflorasini me'yorlashtiruvchi preparat.

Farmakokinetikasi: Preparatning farmakokinetikasi haqida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.

Farmakodinamikasi: Tarkibiga kiruvchi kislotaga chidamli sut kislota bakteriyalari va prebiotiklar ichak mikroflorasini fiziologik muvozanatini tiklaydi va saqlab turadi.

Bifidobakteriyalar va laktobasillalar sut va sirka kislotasi ishlab chiqaradi va patogen mikroorganizmlarni ko'payishi va hayot faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi; ovqat hazmida ishtirok etadi va (В1, В2, В3,  В6, В12, Н, РР, foli kislotasi, K va Е) vitaminlarini sintez qiladi, elektrolit balansini boshqaradi, oqsil, fosfolipidlar, o't va o't kislotalar, bilirubin, holesterin almashinuvida ishtirok etadi.

Tabiiy oligosaxarid - maltodekstrin probiotiklarning bo'linishi, kolonizasiyasi va ichak bakteriyalari uchun yaxshi sharoit yaratib beradi. Oligosaxaridlar hazm fermentlari ta'sirida parchalanmaydi va ichakning pastki qismigacha yetib boradi va prebiotik ta'sir samarasini ko'rsatadi.

Qo'llash uchun ko'rsatma: Kompleks davolash tarkibida:

- ichak disbakteriozi;

- antibiotik, boshqa himioterapevtik va garmonal preparatlar hamda nur terapiyasi bilan davolanish davrida kelib chiquvchi disbakteriozida;

- ich ketishi, meteorizm, ich qotishi;

- bolalar va kattalarda ichak sanchig`i;

- allergik kasalliklarni (jumladan asoratlangan allergodermatoz va ovqat allergiyalari) davolash tarkibida;

- tez - tez kasal bo'luvchi bolalar va kattalarni davolash tarkibida;

- oshqozon - ichak trakti funksional buzilishi, infeksion va noinfeksion kasalliklari oqibatini bartaraf qilish, hamda metabolik o'zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarni (oqsil - energetik yetishmovchilik, ichaklarda devoriy hazmining buzilishi, ichaklarda so'rilishning buzilishi, siydik - tosh kasalligi) profilaktikasi va davolashda;

- teri, tirnoq va sochlar holatini sog`lomlashtirishda.

Qarshi ko`rsatma:

- Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlari va sut mahsulotlariga sezgirlik yuqori bo'lsa tavsiya qilinmaydi.

Qo'llash usuli va do’zalari:

3 yoshdan 6 yoshgacha 1 kapsuladan kuniga 2 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ozgina suv bilan ichiladi.

6 yoshdan boshlab va kattalarda 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ozgina suvda ichiladi. Davolash kursi 2 – 4 haftani tashkil qiladi.

Nojo`ya ta`siri: Tavsiya qilingan dozalarda nojo'ya holatlar aniqlanmagan.

- allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Me'yoridan ortiqcha qabul qilinsa: Hozirgi kungacha me'yoridan ortiqcha qabul qilinganlik holatlari haqida xabar berilmagan. Me'yoridan ortiq qabul qilinsa simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Boshqa dori vositalar bilan o'zoro ta`siri:

Boshqa dorivor preparatlar bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli:

Qutichada har biri 10 ta kapsula saqlaydigan 2 ta blister va qo'llash bo'yicha yo'riqnoma mavjud.

Saqlash sharoiti:

Bolalar qo'li yetmaydigan, harorati +4°C dan +25°C gacha va namligi 80% dan oshmaydigan xonada saqlanishi lozim.

Saqlash muddati: 2 yil. Qutichada ko'rsatilgan muddatdan so'ng qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Dorixonadan berish tartibi: Reseptsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston