Ташкент
logo
SavatKirish

Naturovis

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqaruvchi:Maxline Pharmaceuticals
Narxi kelishilgan holda
Maxline Pharmaceuticals
Maxline Pharmaceuticals
O'zbekiston,Toshkent, Toshkent, Sharofobod ko'ch., 2 uy
Mo'ljal: ТФИ (финансовый институт), прокуратура Юнусабадского р-на, школа 43

Ta'rif

Preparatning savdo nomi: Naturovis

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):

Faol moddalar (ekstraktlari)

1

Qizil radiola (Rhodiola rosea L.)

4,0 g.

2

Dorivor kalendula (Calendula officinalis) 

2,0 g.

3

Levziya (Rhaponticum carthamoides L.)

2,0 g.

4

Qizil miyya (Glycyrrhiza glabra)

2,0 g.

5

Qariqiz (Bidens)

2,0 g.

6

Arpabodiyon (Anisum vulgare)

2,0 g.

7

Eleuterokkok (Eleutherococcus senticosus)

2,0 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukini 64 g., etanol - 18 ml, distillangan suv 150 ml ga yetgunicha

Tarifi: Sirop. Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan moddalar almashinuvini yaxshilovchi preparat.

Kod ATX: A 13A

Farmakologik xususiyatlari:

- Metabolik va antioksidant ta'sir hususiyatiga ega;

- Organizmning asab va quvvat omillarini tiklashda yordam beradi;

- Charchoq va seruyqulikni bartaraf etadi

- Hayotiy tonusni oshiradi;

- Ichki a'zolar faoliyatini yaxshilaydi (yurak, jigar, buyrak).

Farmakokinetikasi: Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.

Qo'llanilishi: (kompleks davolash tarkibida)

- Miyadagi qon aylanishning surunkali va o'tkir buzilishlarida;

- Mushaklardagi holsizlik yoki miopatiya;

- Bolalarda va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda bo'y o'sishining kechikishi va vazn tanqisligida;

- Tireotoksikozning engil turlarida;

- Sekretor faoliyati susaegan surunkali gastritlarda;

- Miokard metabolizmining buzilishlari;

- Po'stloqli temiratki, ekzema, sklerodermiya.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.

Bolalarda 12 yoshdan boshlab va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Davolash kursini davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin. Davolash kursining davomililigi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Maxsus ko'rsatmalar: Naturovis baby preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Tabiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +25°C dan baland bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Maxline Pharmaceuticalsdan o'xshash takliflar

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil