ПростоМАКС

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ProstoMAKS

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «PROSTOMAKS»

Chikarilish shakli: Kapsula

Tarkibi: (bir dona kapsulada):

Faol moddalar: 

     Levzeya 20 mg,

     Sassiq kovrak 20 mg,

     Qichitqi o't 40 mg, 

     Na'matak mevasi 60 mg,

     Yalpiz bargi  20 mg,

 Yordamchi moddalar:  

       Kraxmal 50mg, Magniy stearat 5mg, Shakar kukuni 250 mg ga yetguncha.

Tavsifi: Kapsula  ichakda  eruvchi qattiq polisaxaridli qobiq bilan qoplangan och -havo rangdan oq rangacha.

Farmakoterapevtik guruhi

Dorivor o'simliklardan tayyorlangan prostata bezi kassaliklarida qo'llaniladigan preparat.BFQ.

Farmakologik xususiyatlari

Tabiy xom ashyodan tayyorlangan prostata bezi kassaliklarida qo'llaniladigan preparat . 

Prostata suyuqligi dimlanishlarida lekotsitlar infilьtratlarini kamaytiradi. Epitaleal hujayralarini sekretor faoliyatini yaxshilaydi. Yalig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Prostata bezi kasalliklaridagi shish holatlarini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatni farmakokinetikasi xaqida ma'lumot yetarli emas.

Qo'llanilishi

Surunkali prostatit

Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida 


Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo'llanish usuli va dozalari 

Ichish uchun 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa oldin 20 kun davomida. Davolanish davomiyligi shifokor tavsiyasiga ko'ra uzaytirlishi mumkin.

Nojo'ya ta'siri 

Allergik reaktsiyalar ehtimoli bor.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi

Xozirgi kungacha me'yordan ortiq ist'emol qilingani xaqida ma'lumot yo'q. 

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri 

Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Maxsus ko'rsatmalar

Prostomaks preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Chiqarilish shakli

Tabiy xom ashyodan tayyorlangan kapsulalar blister ichida 10 donadan. Qutida 60 kapsula. Himoyalovchi golografik karton yorliqli o'ram. Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti

Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, quruq,  yorug'likdan himoyalangan joyda  +25ºS  gacha bo'lgan haroratda saqlanishi kerak. 

Yaroqlik muddati 2 yil. 

Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsepsiz. BFK. Dori vositasi xisoblanmaydi

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston