Ташкент
logo
SavatKirish

Sanamin 100ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqaruvchi:Maxline Pharmaceuticals
Narxi kelishilgan holda
Maxline Pharmaceuticals
Maxline Pharmaceuticals
O'zbekiston,Toshkent, Toshkent, Sharofobod ko'ch., 2 uy
Mo'ljal: ТФИ (финансовый институт), прокуратура Юнусабадского р-на, школа 43

Ta'rif

Preparatning savdo nomi: «Sanamin»

Сhiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 100 ml sirop tarkibida):


Faol moddalar

1

Dorivor tirnoq gul ekstrakti

1,33g.

2

Namatak ekstrakti

1,33g.

3.

Shirin miyya ekstrakti

1,33g.

4.

Aloe ekstrakti

1,33g.

5.

Baland boyli andiz ekstrakti

1,33g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni 42,6 gr., etanol - 12 ml, distillangan suv 100 ml ga yetgunicha


Ta’rifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan yo'talga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari:

  • Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;

  • Balg‘amning yopishqoqligini kamaytiradi;

  • Nafas olishni engillashtiradi;

  • Yo‘talni kamaytiradi;

  • O‘pkadagi va ovozning xirillashini kamaytirishga yordam beradi.

Farmakokinetikasi:

Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.

Qo'llanilishi:

  • Nafas yo‘llarining balg‘am ko‘chishi qiyinlashuvi bilan kechuvchi kasalliklarida (traxeit, bronxit, traxeobronxit, faringit) kompleks davolash tarkibida.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari

Yakka tarizda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichish tavsiya qilinadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.

2 yoshdan 3 yoshgaca 1,25 ml 3 kuniga mahal,

3 yoshdan 6 yoshgaca 2,5 ml 3 kuniga mahal,

6 yoshdan 12 yoshgaca 5 ml 3 kuniga mahal,

12 yoshdan boshlab va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Davolash kursini davomiyligi 7-14 kun.

Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin. Davolash kursi davomililigi shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Maxsus ko'rsatmalar: Sanamin preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Tabiiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 100 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.


Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo'lgan

haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Maxline Pharmaceuticalsdan o'xshash takliflar

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil