Akriderm krem 15g
Akriderm krem 15g o'xshash dorilari


Akriderm krem 15g qo'llanmasi
retseptsiz
100 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: betametazon dipropionati 100% moddaga hisoblaganda - 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalent, gentamitsin sulьfati gentamitsinga hisoblaganda – 0,1 g, klotrimazol 100% moddaga hisoblaganda – 1,0 g;
yordamchi moddalar: vazelin, propilenglikolь, suyuq parafin, setostearil spirti [tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%], makrogol setostearati (makrogol-20 setostearil efiri), dinatriy edetati, natriy digidrofosfat digidrati, tozalangan suv.
Sirtga qo‘llash uchun krem 0,05 % + 0,1 % + 1 %.
15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi
Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi (fungitsid) ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparat.
Gentamitsin – aminoglikozidlar guruhi keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan bakteritsid ta'sirga ega antibiotik. Grammanfiy mikroorganizmlar yuqori sezgir – Proteus spp. (indolmusbat va indolmanfiy), Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Campylobacter spp., Staphylococcus spp. (metitsillinga chidamli). Sezgirlar: Enterococcus faecalis, Serratia spp., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Citrobacter spp. Chidamlilar: Neisseria meningitides, Treponema pallidum, anaerob mikroblar: Streptococcus spp. (Streptococcus pneumoniae dan tashqari), Enterococcus faecalis; Providencia rettgeri.
Betametazon – glyukokortikosteroid, mahalliy yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol – mahalliy qo‘llash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vosita. Zamburug‘larning xujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterol sintezini buzilishi hisobiga ta'sir ko‘rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega. Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqi va mog‘or zamburug‘lariga (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhotorula spp., Pityrosporum orbiculare) nisbatan faol.
Preparat terapevtik dozalarda teriga surtilganda ta'sir qiluvchi moddalarni teri orqali qonga juda kam miqdorda so‘riladi. Teriga qo‘yilganida betametazonning so‘rilish jadalligi epidermal to‘siqning holatiga bog‘liq (yallig‘lanish va teri kasalliklari so‘rilishini oshiradi). Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazon va gentamitsinning teri orqali so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya ta'sirlarni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Qichishish, achishish, ta'sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, steroid xusnbuzar, gipopigmentatsiya, allergik reaktsiyalar. Okklyuzion bog‘lovlar ko‘llanganida matseratsiya, infektsiyalanish, terining atrofiyasi, striyalar, terlash kuzatiladi. Davomli davolashda yoki katta yuzaga qo‘yilganida – tizimli nojo‘ya samaralarining rivojlanishi; tana vaznini oshishi, osteoporoz, arterial bosimni oshishi, shishlar, me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini yaralanishi, yashirin infektsiya o‘choqlarining zo‘rayishi, giperglikemiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, dismenoreya rivojlanadi.
Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Bolalarda teri qoplamalarining maydoni tana vazniga nisbati bo‘yicha kattalarga qaraganda kattaligi tufayli, shuningdek epidermis yetarlicha rivojlanmaganligi uchun, preparat bolalarda sirtga qo‘llanganida, ta'sir qiluvchi moddaning proportsional ko‘proq miqdori so‘rilishi, tizimli nojo‘ya ko‘rinishlarining rivojlanishini katta xavfi bo‘lishi mumkin. Bolalarda preparatni minimal qisqa muddat va barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilib qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida (ayniqsa I uch oyligida) homiladorlarda kremni mahalliy qo‘llashga faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
Bunday hollarda preparatni qo‘llash davomli bo‘lmasligi va teri qoplamalarining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklanishi kerak.
Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan chiqarilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun Akriderm GK kremi laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Oddiy va allergik dermatitlar (ayniqsa ikkilamchi infektsiyalanish bilan asoratlangan), diffuz neyrodermit (shu jumladan atopik dermatit), cheklangan neyrodermit (shu jumladan oddiy surunkali temiratki), ekzema, dermatomikozlar (dermatofitiyalar, kandidoz, rang-barang temiratki), ayniqsa chov sohasi va terining katta burmalarida joylashgan yerlarida.
Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik (ayniqsa I uch oyligi) 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalik yoshi
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan
Sirtga qo‘llaniladi. Kremning terining shikastlangan sohalariga sutkada 2 marta ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yengil ishqalab surtiladi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning nozologik shakli va og‘irligiga bog‘liq. Oyoq panjalarining dermatomikozida o‘rtacha davomiyligi – 2-4 hafta davolanadi. Agar klinik samarasi yaqin vaqtda yuz bermasa, tashxisni aniqlash yoki davolash sxemasini o‘zgartirish lozim.
Simptomlari: giperkortitsizim ko‘rinishlari Davolash: Preparatni asta-sekin bekor qilish. Simptomatik davolash. Zarurati bo‘lganida elektrolit buzilishlarni to‘g‘rilash.
Akriderm boshqa chiqarish shakllari















