Apteka.uz
SavatKirish

Akriderm krem 0.05% 15g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:AO «AKRIXIN»
ATX kodi:D07AC01
Barcha Akriderm dorilari
11 ta dorixonada bor
Narxi 20 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 11 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Akriderm krem 0.05% 15g haqida qo'llanma

Tarkibi

100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: betametazon dipropionati (mikronlashtirilgan betametazon dipropionati)100% moddaga qayta hisoblaganda - 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalent;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati, qattiq parafin, vazelin, propilenglikol, suyuq parafin, emulsiyalangan mum, dinatriy ededati (trilon B), natriy sulfiti, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

0,05% li sirtga qo'llash uchun krem.

15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir Tuba tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Akriderm - sirtga qo'llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudasiyaga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta'sir ko'rsatadi. Leykositlarni to'planishini, lizosomal fermentlar va yallig'lanish mediatorlarini yallig'lanish o'chog'ida ajralib chiqishini tormozlaydi, fagositozni susaytiradi, tomir-to'qima o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish shishini hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

Teri yuzasiga surtilganda, preparat ob'ektiv simptomlarni (eritema, shish, lixenifikasiya) yaqqolligini kamaytirib, yallig'lanish o'chog'ida tez va kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparatni terapevtik dozalarda teri ustiga qo'llanganida, qonga ta'sir qiluvchi moddaning transdermal so'rilishi juda oz. Okklyuzion bog'lovlarni qo'llash betametazonni transdermal so'rilishini oshiradi, bu tizimli nojo'ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.



Nojo'ya samaralari

Odatda, kuchsiz namoyon bo'ladigan xarakterga ega.

Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo'llanganida achishish, terini qichishishi, ta'sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, striyalar, aknesimon toshmalar ("steroidli" husunbuzar), gipopigmentasiya, terini qichishishi, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit kuzatilishi mumkin. Davomli qo'llashda, shuningdek okklyuzion bog'lovlar ishlatilganida – terining maserasiyasi, ikkilamchi infektsiya, terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, ko'p terlash, purpura kuzatiladi. Tananing katta yuzalariga qo'yilganida, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlarini (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po'stlog'i funktsiyasini qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromining ko'rinishlari) paydo bo'lishi mumkin.

Yo'riqnomada ta'riflanmagan nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni yuz terisiga, uzoq muddat sirtga qo'llash tavsiya etilmaydi, sababi rozatsea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Akriderm kremi oftalmologiyada qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko'zning shilliq qavatiga tushsa, katarakta, glaukoma, ko'zning zamburug'li infektsiyalari va gerpetik infektsiyalarning hurujlari rivojlanishi mumkin.

Davomli davolashda, preparatni terining katta yuzalariga, shuningdek qo'ltiq osti chuqurchasiga va chov burmalariga qo'yilganida, okklyuzion bog'lov ishlatilganida, glyukokortikosteroidlarning tizimli so'rilishi kuzatilishi mumkin.

Bolalarga 1 yoshdan boshlab, preparat faqat qat'iy ko'rsatmalar va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog'liq bo'lgan tizimli nojo'ya samaralar rivojlanishi mumkin. 1 va undan katta yoshdagi bolalarda malhamni qo'llashda davolanishning umumiy davomiyligini cheklash va rezobsiya va so'rilishining kuchayishiga olib keladigan (issiklik, biriktiruvchi va okklyuzion bog'lov, tagliklar) funktsiyasini istisno qilish kerak. Preparat katta yuzalarga va/yoki okklyuzion bog'lov ostida qo'llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasini susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o'sish gormonini ekskresiyasini pasayishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni sirtga qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potentsial foydasi, mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo'llash mumkin emas.

Agar emizish davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Glyukokokortikosteroid bilan bog'liq teri kassaliklari:

  • atopik dermatit;

  • allergik kontakt dermatit;

  • ekzema (turli shakllari);

  • kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari);

  • hasharotlar chaqqandagi reaktsiyalar;

  • psoriaz;

  • bullyoz dermatozlar;

  • diskoidli qizil yugurik;

  • qizil yassi temiratki;


  • ekssudativ ko'p shaklli eritema;

  • turli etiologiyali teri qichishishlarida qo'llaniladi.



● экссудативная многоморфная эритема;

● кожный зуд различной этиологии.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Bakterial (teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko'rinishlari), zamburug'li, virusli (suvchechak, oddiy gerpes) teri kasalliklari, vaktsinasiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, boldirning trofik yaralari, rozatsea, oddiy husunbuzar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktasiya davri va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Uzoq muddat qo'llanganida yoki katta yuzalarga qo'yilganida: katarakta, qandli diabet, glaukoma, tuberkulyoz.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.



Dozirovkasi

Sirtga qo'llanadi. Akriderm terining shikastlangan sohasiga yupqa qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo'yiladi, biroz ishqalanadi. Terining qalinroq sohalariga (masalan bilak, kaft va tovonga), hamda preparat engil artiladigan joylarda, Akriderm kremini ko'proq surtish ham mumkin. Davolashning davomiyligi samaradorligi va davolashni o'zlashtirilishiga bog'liq va odatda kamida 4 haftani tashkil qiladi. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.

Akriderm krem kasallikning o'tkir yallig'lanish bosqichini, shu jumladan terining ho'llanadigan shikastlanishini davolash uchun ham qo'llaniladi.

Yuz terisi shikastlanishi bo'lgan bolalarda va bemorlarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashhisni aniqlash kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani o'tkir oshirib yuborilishining ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo'llanganida giperkortisizm belgilari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po'stlog'i funktsiyasini qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromining ko'rinishlari bo'lishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo'lganida simptomatik davolash o'tkaziladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Akriderm krem 0.05% 15g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Akriderm krem 0.05% 15g o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•41 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•42 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
FENISTIL gel 30g N1
Retseptsiz
FENISTIL gel 30g N1
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•41 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
EKZODERIL® krem 15g 1%
Retseptsiz
EKZODERIL® krem 15g 1%
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
VLADELES REGISTRASIONNOGO UDOSTOVERENIYA I PROIZVODITEL Sandoz GmbX, Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya;proizvedeno Merk KGaA i Ko, Avstriya.
•38 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

Akriderm boshqa chiqarish shakllari

AKRIDERM SK maz 15g
Retseptsiz
AKRIDERM SK maz 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
Narxi
27 000 so'm dan
AKRIDERM GK krem 15g
Retseptsiz
AKRIDERM GK krem 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
Narxi
35 000 so'm dan
AKRIDERM krem 15g 0,05%
Retseptsiz
AKRIDERM krem 15g 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
Akriderm krem 15g
Retseptsiz
Akriderm krem 15g
Ishlab chiqaruvchi:
AO «AKRIXIN»
Narxi
35 000 so'm dan

Akriderm krem 0.05% 15g analoglari

Akriderm krem 15g
Retseptsiz
Akriderm krem 15g
Ishlab chiqaruvchi:
AO «AKRIXIN»
Narxi
35 000 so'm dan

Akriderm krem 0.05% 15g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
18 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
18 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
18 500 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
19 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
19 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
19 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
19 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
19 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
19 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
19 000 so'm
Bron qilish

Akriderm krem 0.05% 15g haqida savollar

Akriderm krem 0.05% 15g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil