AKRIDERM SK maz 30g

AKRIDERM SK maz 30g haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo'llanilganda quyidagilar kuzatilishi mumkin: achishish, ta'sirlanish, teri qurishi, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit. Uzoq vaqt qo'llanilganda, shuningdek okklyuzion bog'lovlar ishlatilganda — teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, issiqlik toshmasi, purpura. Tana sirtining katta sohalariga surtilganda, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlar va salitsilatlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari paydo bo'lishi mumkin. Yo'riqnomada tavsiflanmagan nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lganda, shifokorga murojaat qilish kerak
Maxsus ko‘rsatmalari
Agar preparatni qo'llash bilan bog'liq yuqori sezuvchanlik yoki terining ta'sirlanishi belgilari qayd etilsa, davolashni to'xtatish va bemorga adekvat terapiyani tanlash kerak.
Uzoq muddat davolashda, preparat terining katta sohalariga surtilganda, okklyuzion bog'lamlardan foydalanilganda, shuningdek bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli so'rilishi mumkin.
1 yoshdan boshlab bolalarga preparat faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha va shifokor nazorati ostida tayinlanadi, chunki betametazon bilan bog'liq tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin. Preparat katta sohalarda va/yoki okklyuzion bog'lam ostida qo'llanilganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasining bostirilishi va giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o'sish gormoni ekskretsiyasining pasayishi, kalla ichi bosimining oshishi kuzatilishi mumkin.
Yuz terisida tananing boshqa sohalariga qaraganda, mahalliy ta'sirga ega glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolashdan so'ng atrofik o'zgarishlar tez-tez namoyon bo'lishi mumkin; bu holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Akriderm® SK mazi oftalmologiyada qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparat uzoq muddat foydalanilganda uni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, perioral dermatit, pushtirang husnbuzarlar (rozatsea), surunkali venoz yetishmovchilik fonidagi trofik yaralar, teri o'smalari (teri saratoni, nevus, ateroma, epitelioma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma); zaxmning teri ko'rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatning boshqa DVs bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Dozirovkasi
AKRIDERM SK maz 30g o'xshash dorilari



AKRIDERM SK maz 30g xususiyatlari
Akriderm boshqa chiqarish shakllari
AKRIDERM SK maz 30g analoglari






