Metrogil
Metrogil chiqarilish shakllari





Metrogil haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
METROGIL®
METROGIL
Preparatning savdo nomi: Metrogil®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi:
1 gramm gel quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: metronidazol – 10,0 mg
yordamchi moddalar: dinatriy edetati, karbomer 940, metilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol, tozalangan suv.
Ta‘rifi: rangsizdan sariq rangligacha bo‘lgan bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi vosita
ATX kodi: D06BX01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning xujayra ichidagi transport proteinlari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy qaytarilishidan iborat. Metronidazolning qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning nuklein kislotalarining sintezini ingibisiya qilib, mikroorganizm xujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta‘sirlashadi, bu bakteriyani nobud bo‘lishiga olib keladi.
Trichomonas vaginalis, shuningdek grammanfiy anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp. va ayrim grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. sezgir shtammlari). Bu shtammlar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Sirtga qo‘llanilganida husnbuzarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, uning ta‘sir mexanizmi aniq emas (soch follikulalari va yog‘ bezlari sekretida aniqlanadigan Demodex folliculorum kanasiga ta‘siri va bu sekretni ishlab chiqarilishiga biron-bir ta‘siri bilan bog‘liq emas).
Sirtga qo‘llash uchun metronidazol ehtimol antioksidant faollikka ega. U neytrofillar tomonidan yallig‘lanish joyida to‘qimalarning shikastlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan potensial oksident hisoblangan faol kislorod, gidroksil radikallar va vodorod peroksidini ishlab chiqarilishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sirtga qo‘llash uchun metronidazol pushti husnbuzarlarda kuzatiladigan teleangiektaziyalarga nisbatan samarali emas.
Aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar metronidazolga sezgir emas, lekin aralash flora (aeroblar va anaeroblar) bo‘lganida metronidazol oddiy aeroblarga qarshi samarali antibiotiklar bilan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi minimal darajada, sirtga qo‘llanilgandan keyin qon zardobida juda kam miqdorda aniqlanadi. So‘rilgan metronidazol yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siq (GET) orqali o‘tadi. Smax – 66 ng/ml gacha (7,5 mg metronidazolga ekvivalent 1 g gel surtilganda).
Qo‘llanilishi
Pushti husnbuzar (shu jumladan poststeroid), vulgar husnbuzar, terining infeksion kasalliklari, oyoqlarning trofik yaralari (venalarning varikoz kengayishi, qandli diabet fonida), sekin bituvchi yaralar, yotoq yaralar, kuyish, ekzema, seboreyali ekzema, yog‘li seboreya, seboreyali dermatit, gemorroy, orqa chiqaruv kanali yoriqlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Dastlab tozalangan teriga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun 3-9 xafta davomida surtiladi. Zarurati bo‘lganida okklyuzion bog‘lam qo‘yiladi. Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 3-4 oyni tashkil etadi, terapevtik samara odatda davolashning 3 xaftasida namoyon bo‘ladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy qo‘llanilganida qondagi metronidazolning konsentrasiyasi juda past, shuning uchun tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishining ehtimoli kam.
Kam hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi); giperemiya, terini kepaklanishi va achishishi, ko‘z yoshi oqishi (agar gel ko‘zlarga yaqin surtilgan bo‘lsa).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi komponetlarga, shuningdek nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llanilganida varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi (protrombin vaqtini uzaytiradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘z shilliq qavati va ko‘z atrofiga surtilmasin (ko‘z yoshi oqishini chaqirishi mumkin). Gelni ko‘zlarga tushishi holatlarida darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida homilador ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni tavsiya etilgan dozalarda ushbu yuborish usulida qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.
- 30 g dan uchi alyumin membrana va membranani teshish uchun uchligi bo‘lgan polietilen buraladigan qopqoq bilan berkitilgan alyumin tubada.
- 30 g dan uchi alyumin folga, laminasiya qilingan polietilen va folgani teshish uchun uchligi bo‘lgan (yoki uchligi bo‘lmagan) polipropilen qopqoq bilan berkitilgan laminasiya qilingan plastik tubada. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — protozoy infektsiyalar: ichakdan tashqari amebiaz, shu jumladan jigar amebli xo'ppozi, ichak amebiazi (amebli dizenteriya), trixomoniaz, giardiaz, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadli vaginit, trixomonadli uretrit; — Bacteroides spp. (sh.j. Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyak va bo'g'imlar infektsiyalari, MNS infektsiyalari, sh.j. meningit, miya xo'ppozi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o'pka empiemasi va xo'ppozi; — Bacteroides spp. turlari, sh.j. V. fragilis guruhi, Clostridium spp., Peptococcus spp., va Peptostreptococcus spp. turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo'shlig'i infektsiyalari (peritonit, jigar xo'ppozi), tos a'zolari infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar xo'ppozi, jarrohlik operatsiyalaridan keyin qin gumbazi infektsiyalari), teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari; — Bacteroides spp. turlari, sh.j. V. fragilis guruhi, Clostridium spp. chaqirgan infektsiyalar.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya); — jigar yetishmovchiligi (katta dozalar tayinlangan hollarda); — qon kasalliklari; — homiladorlik (I trimestr); — laktatsiya davri; — metronidazol yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan - buyrak yetishmovchiligi.
Tarkibi
- 1 g metronidazol 10 mg klotrimazol 20 mg Yordamchi moddalar: metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, dinatriy edetat, propilenglikol, karbomer-940, benzil spirti, natriy gidroksidi, tozalangan suv. metronidazol 10 mg Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, karbomer 940, dinatriy edetat, natriy gidroksidi, propilenglikol, tozalangan suv. metronidazol 10 mg Yordamchi moddalar: propilgidroksibenzoat, propilenglikol, karbomer-940, dinatriy edetat, natriy gidroksidi, suv. metronidazol 5 mg/ml Yordamchi moddalar: natriy xlorid, limon kislotasi (monogidrat), suvsiz natriy gidrofosfat, in'ektsiya uchun suv. metronidazol benzoati 16 mg, bu metronidazol 10 mg miqdoriga mos keladi xlorgeksidin glyukonati 20% eritmasi 2.5 mg, bu xlorgeksidin glyukonati 500 mkg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: propilenglikol, karbomer-940, dinatriy edetat, natriy saxarinat, levomentol, natriy gidroksidi, suv.
Farmakodinamikasi
Адапален – Acne vulgaris ривожланишининг патологик механизмига таъсир кўрсатувчи ретиноид метаболитидир, хужайра диффиренциацияси ва кератиназациянинг кучли модулятори бўлиб ҳисобланади ва комедонолитик ва яллиғланишга қарши фаолликка эга. Адапаленнинг таъсир механизми терининг эпидермал хужайраларидаги специфик γ-рецепторлар билан ўзаро таъсирига асосланган. Адапаленнинг таъсири натижасида ёғ-соч фолликуласи учида эпителиал хужайраларнинг “ёпишқоқлиги”ни пасайиши ва микрокомедонларни ҳосил бўлишини камайиши юз беради. Адапален in vivo ва in vitro шароитларда яллиғланиш ўчоғида лейкоцитлар миграциясини ингибиция қилиш йўли орқали яллиғланиш омилларига таъсир кўрсатиб, яллиғланишга қарши таъсир кўрсатади, одам полиморфядроли лейкоцитларнинг хемотактик ва хемокинетик жавобларини бостиради ва арахидон кислотасининг яллиғланиш медиаторлари, АР-1 факторларгача метаболизмини ва Toll-симон 2 рецепторлар экспрессиясини бостиради.
Метронидазол – протозойларга қарши ва микробларга қарши препарат, 5-нитроимидазол ҳосиласидир. Таъсир механизми анаэроб микроорганизмлар ва содда хайвонларнинг хужайра ичидаги транспорт протеинлари томонидан метронидазолнинг 5-нитрогуруҳини биокимёвий қайтарилишидан иборат. Метронидазолнинг қайтарилган 5-нитрогуруҳи микроорганизмларнинг нуклеин кислоталари синтезини ингибиция қилиб, микроорганизмлар хужайра ДНК си билан ўзаро таъсирлашади, бу бактерияни нобуд бўлишига олиб келади.
Trichomonas vaginalis, Entamaeba histolytica, шунингдек грамманфий анаэроблар Bacteroides spp. (шу жумладан Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp. ва айрим граммусбат анаэроблар (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus spp. нинг сезгир штаммлари) га нисбатан фаол. Ушбу штаммлар учун минимал бостирувчи концентрацияси (МБК) 0,125-6,25 мкг/мл ни ташкил қилади.
Аэроб микроорганизмлар ва факультатив анаэроблар метронидазолга нисбатан сезгир эмас, аммо аралаш флора (аэроблар ва анаэроблар) бўлганида метронидазол одатдаги аэробларга қарши самарали бўлган антибиотиклар билан синергик таъсир кўрсатади.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, ichak sanchig'i, qabziyatlar, og'izda metall ta'mi, og'iz qurishi, glossit, stomatit, pankreatit. Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, ta'sirlanuvchanlik, depressiya, yuqori qo'zg'aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og'rig'i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik nevropatiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, teri giperemiyasi, burun bitishi, isitma, artralgiyalar. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydik tuta olmaslik, kandidoz, siydikning qizil-jigarrang rangga bo'yalishi. Mahalliy reaktsiyalar: tromboflebit (in'ektsiya joyida og'riq, giperemiya yoki shish). Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKGda T tishining yassilanishi.
Dozirovkasi
- 1 % 10mg/g 5mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Vaginal gel oq yoki deyarli oq rangli, tovlanuvchi, bir xil Vaginal gel oq yoki deyarli oq rangli, tovlanuvchi, bir xil. Vaginal gel bir xil, rangsizdan och-sariq ranggacha. Sirtga qo'llash uchun gel Stomatologik gel Vena ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsizdan och-sariq ranggacha.
Maxsus ko‘rsatmalari
Davolash davrida alkogol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: abdominal spazmatik xarakterdagi og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi).
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Uzoq muddatli terapiyada qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infektsion jarayon rivojlanishi xavfiga bog'liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlar nevrologik statusining har qanday boshqa yomonlashuvi paydo bo'lishi davolashni to'xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
Siydikni to'q rangga bo'yaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - boshlang'ich dozada 0,5-1 g v/i tomchilab (infuziyalar davomiyligi - 30-40 daqiqa), so'ngra - har 8 soatda 500 mg dan 5 ml/min tezlikda. Yaxshi o'zlashtirilganda dastlabki 2-3 infuziyadan so'ng oqim bilan yuborishga o'tiladi. Davolash kursi - 7 kun. Zarurat bo'lganda v/i yuborish uzoqroq vaqt davomida davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza - 4 g. Ko'rsatmalarga ko'ra ichga tutib turuvchi qabulga 400 mg dan 3 o'tiladi
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga xuddi shu sxema bo'yicha bir martalik dozada – 7,5 mg/kg tayinlanadi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o'tkaziladi.
Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga operatsiyadan oldin, operatsiya kuni va ertasi kuni v/i tomchilab 0,5-1 g dan – 1,5 g/ (har 8 soatda 500 mg dan) tayinlanadi. 1-2 kundan keyin ichga tutib turuvchi terapiyaga o'tiladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi va KK 30 ml/min dan kam bo'lgan va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga maksimal sutkalik doza - 1 g dan ko'p emas, qabul qilish chastotasi - 2
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)























