Apteka.uz
SavatKirish

Metronidazol

Metronidazol chiqarilish shakllari

METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Elfa, ZAO NPS, Rossiya proizvedeno: Elfa Laboratoriez
•6 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL suppozitorii 500mg N10
METRONIDAZOL suppozitorii 500mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim, OOO
•50 ta dorixonada bor
Narxi
9 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•114 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•114 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•114 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•114 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL DENTA gel 20g
METRONIDAZOL DENTA gel 20g
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed
•22 ta dorixonada bor
Narxi
16 400 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•114 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
- Metronidazol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Metronidazolning tarkibi
- Metronidazol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Metronidazol narxi Toshkent dorixonalarida

Metronidazol qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi vositalar, kortikosteroidlar bilan birikmalar bundan mustasno. Imidazol hosilalari

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Belarusiya,
Xitoy,
Hindiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Moldova,
Armaniston

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — protozoy infektsiyalar: ichakdan tashqari amebiaz, shu jumladan jigar amebli xo'ppozi, ichak amebiazi (amebli dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, teri leyshmaniozi, trixomonadli vaginit, trixomonadli uretrit; — Bacteroides spp. (sh.j. V. fragilis, V. distasonis, V. ovatus, V. thetaiotaomicron, V. vulgalus) chaqirgan infektsiyalar: suyak va bo'g'imlar infektsiyalari, MNS infektsiyalari (sh.j. meningit, miya xo'ppozi), bakterial endokardit, pnevmoniya, o'pka empiemasi va xo'ppozi; — Bactеroides turlari, sh.j. V. fragilis guruhi, Clostridium, Peptococcus va Peptostrеptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo'shlig'i infektsiyalari (peritonit, jigar xo'ppozi), tos a'zolari infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar xo'ppozi, jarrohlik operatsiyalaridan keyin qin gumbazi infektsiyalari), teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari; — Bacteroides turlari, sh.j. V. fragilis guruhi va Clostridium turlari chaqirgan infektsiyalar: sepsis; — psevdomembranoz kolit (antibiotiklar qo'llash bilan bog'liq); — gastrit yoki yara

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezda), markaziy nerv tizimining (MNT) organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya), jigar yetishmovchiligi (katta dozalar tayinlangan hollarda), homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik (II-III trimestrlar), buyrak/jigar yetishmovchiligi. Bolalarda qo‘llanilishi: Qo‘llash dozalash rejimiga muvofiq mumkin. Amoksitsillin bilan kombinatsiyada ushbu preparatni 18 yoshdan kichik bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tarkibi

  • 1 ml 1 fl. metronidazol 5 mg 500 mg Yordamchi moddalar: etilendiamintetrasirka kislotasi dinatriy tuzi, in'ektsiya uchun suv. 1 ml 1 fl. metronidazol 5 mg 500 mg Yordamchi moddalar: etilendiamintetrasirka kislotasi dinatriy tuzi, in'ektsiya uchun suv. 1 sup. metronidazol 500 mg yarimsintetik glitseridlar , 2000 mg massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor 1 tab. metronidazol 250 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, talk. 1 tab. metronidazol 250 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, talk. 1 tab. metronidazol 250 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, talk. 1 tab. metronidazol 250 mg Yordamchi moddalar: povidon 2.5 mg, kartoshka kraxmali 36.4 mg, saxaroza 8.1 mg, stearin kislotasi 3 mg. 1 tabletka saqlaydi: Faol modda: Metronidazol 500 mg. Yordamchi moddalar: magniy stearati; propilenglikol; titan dioksidi; talk; gipromelloza (metilgidroksipropiltsellyuloza); jelatin; laktoza monogidrati; mikrokristall tsellyuloza; kartoshka kraxmali. Faol modda: metronidazol 250 mg; Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polividon, stearin kislotasi. Har bir tabletka saqlaydi: faol modda: metronidazol 250 mg; yordamchi moddalar: polivinilpirrolidon, kraxmal, qand, stearin kislotasi. har bir tabletka saqlaydi: ta'sir etuvchi modda – metroni-dazol - 250 mg; yordamchi moddalar -stearin kislotasi, povidon K 29/32, makkajo‘xori kraxmali. mikrokristall tsellyuloza. metronidazol - 5,0 mg; Yordamchi moddalar: dinatriy edetat (etilendiamin-N,N,N`,N`-tetrasirka kislotasi dinatriy tuzi 2-suvli [trilon B]) - 0,1 mg, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. metronidazol 250mg; Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, povidon, magniy stearati Metronidazol 5mg/ml; Yordamchi moddalar: natriy xlorid, suv

Farmakokinetikasi

Absorbtsiya - yuqori (biokiraolishligi kamida 80%). Yuqori o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarda, jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsess bo‘shliqlari, vaginal sekret, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid konsentratsiyalarga yetadi, gemato-ensefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: kattalar - taxminan 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar - 0,54-0,81 l/kg. Maksimal konsentratsiya dozaga qarab 6 dan 40 mkg/ml gacha tashkil qiladi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 1-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 10-20%. 20 daqiqa davomida 500 mg vena ichiga yuborilganda, qon zardobida 1 soatdan keyin maksimal konsentratsiya - 35,2 mkg/ml, 4 soatdan keyin - 33,9 mkg/ml, 8 soatdan keyin - 25,7 mkg/ml; keyingi yuborishda minimal konsentratsiya - 18 mkg/ml. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 30-60 daqiqa, terapevtik konsentratsiya 6-8 soat davomida saqlanib turadi. Safro hosil bo‘lishi normal bo‘lganda vena ichiga yuborilgandan so‘ng safrodagi metronidazol konsentratsiyasi plazmadagi konsentratsiyadan sezilarli darajada oshishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksimetronidazol) ham protozoyga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Yarim chiqarilish davri jigar funktsiyasi normal bo‘lganda - 8 soat (6 dan 12 soatgacha), alkogolli jigar shikastlanishida - 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlik muddati 28-30 haftada tug‘ilganlarda - taxminan 75 soat, mos ravishda 32-35 haftada - 35 soat, 36-40 haftada - 25 soat. Buyraklar orqali 60-80% (20% o‘zgarmagan holda), ichak orqali - 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi - 10,2 ml/daqiqa. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda takroriy yuborilgandan so‘ng qon zardobida metronidazolning kumulyatsiyasi kuzatilishi mumkin (shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qabul qilish chastotasini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metabolitlar gemodializda qondan tez chiqariladi (yarim chiqarilish davri 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda arzimas miqdorda chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Protozoyaga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda jonivorlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan 5-nitro guruhining biokimyoviy tiklanishidan iborat, tiklangan 5-nitro guruhi mikroorganizmlar hujayrasining dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) bilan o'zaro ta'sir qilib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu bakteriyalarning nobud bo'lishiga olib keladi. Trihomonas vaginalis, Entamoeba histolica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P. bivia, P. buccae, P. disiens) va ba'zi grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) nisbatan faol. Ushbu shtammlar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiya 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksitsillin bilan birgalikda Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (Amoksitsillin metronidazolga rezistentlik rivojlanishini bostiradi). Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora (aeroblar va anaeroblar) mavjudligida metronidazol antibiotiklar bilan sinergik ta'sir qiladi, oddiy aeroblarga qarshi samarali. O'smalarning nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizatsiyani (disulfiramsimon ta'sir) keltirib chiqaradi, reparativ jarayonlarni rag'batlantiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Jiddiy reaktsiyalar: tirishish xurujlari, entsefalopatiya, aseptik meningit, optik va periferik neyropatiya (oyoq-qo'llarning uvishishi yoki paresteziyasi bilan). Har qanday nevrologik simptomlar paydo bo'lganda, metronidazol qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Tez-tez uchraydigan nojo'ya reaktsiyalar: oshqozon-ichak trakti buzilishlari (12% bemorlarda ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diareya, epigastral sohada noqulaylik, qorinda spastik og'riqlar, qabziyat) bosh og'rig'i. Shuningdek quyidagi nojo'ya reaktsiyalar bo'lishi mumkin: Og'iz bo'shlig'i: og'izda o'tkir, yoqimsiz metall ta'mi, tilning «notekisligi» hissi, glossit, stomatit. Ushbu simptomlar terapiya vaqtida Candida turidagi zamburug'larning o'sishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Gemopoetik buzilishlar: qaytuvchan neytropeniya (leykopeniya); turg'un trombotsitopeniya. Yurak-qon tomir buzilishlari: EKGda T-tishining yassilanishi. Markaziy asab tizimi buzilishlari: entsefalopatiya, aseptik meningit, tirishish xurujlari, optik neyropatiya, periferik neyropatiya, bosh aylanishi, koordinatsiya buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, dizartriya, ta'sirlanuvchanlik, depressiya, holsizlik, uyqusizlik. Yuqori sezuvchanlik: eshakemi, eritematoz toshma, Stiven-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, qizib ketish hissi, burun bitishi, og'iz (qin yoki vulva) qurishi, isitma. Buyrak funktsiyasining buzilishi: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydik tuta olmaslik, tos sohasida taranglik hissi. Siydikning to'q rangi, ehtimol, metabolit bilan bog'liq (tez-tezlik: 100000 dan 1 holat). Boshqalar: qinda Candida turidagi zamburug'larning o'sishi, dispareuniya, libido pasayishi, proktit va bo'g'imlarda qisqa muddatli og'riqlar. Metronidazol bilan alkogolli ichimliklar iste'mol qilinganda qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, teri qoplamalarining qizarishi yoki bosh og'rig'i bo'lishi mumkin. Alkogolli ichimliklar ta'mining o'zgarishi, kamdan-kam hollarda – pankreatit rivojlanishi mumkin. Kalamushlar va sichqonlarda o'tkazilgan tajribalarda metronidazol kantserogen ta'sir ko'rsatgan. Kron kasalligi bo'lgan bemorlarda gastrointestinal saraton va ekstraintestinal saratonning boshqa variantlari rivojlanishi mumkin (metronidazol uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda qo'llanilganda sut bezi va yo'g'on ichak saratoni rivojlanishi mumkin). Metronidazol Kron kasalligi bo'lgan bemorlarda qo'llash uchun tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

  • 250 mg 250mg 5 mg/ml 500 mg 5mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish - bu tavsiya etilgan dozadan oshib ketish, shuning uchun tavsiya etilgan dozalar qabul qilinganda odatda kuzatilmaydi. Tavsiya etilgan dozalar oshib ketganda quyidagi belgilar paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya, qichishish, og‘izda metall ta’mi, ataksiya, bosh aylanishi, paresteziyalar, tirishishlar, leykopeniya, siydikning to‘q rangga bo‘yalishi. Davolash: simptomatik va tutib turuvchi terapiya, tasodifan ichga qabul qilinganda - me’dani yuvish.

Dori shaklining ta'rifi

  • oq yoki sarg'ish-yashil tusli oq rangli, yassi-tsilindrik shaklli tabletkalar Dumaloq yassi tabletkalar oqdan sarg'ish tusli oq yoki yashil tusli oq ranggacha, bir tomonida chiziqchasi va ikki tomonida faskalari bo'lgan. Infuziya uchun eritma Infuziya uchun eritma 0.5% tiniq, yashil tusli. tsilindrokonik shaklli, oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha bo'lgan suppozitoriylar. Kesimda havo o'zagi yoki voronkasimon chuqurcha bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Tabletkalar Oq yoki sarg'ish-yashil tusli oq rangli, yassi-tsilindrik, chiziqchali va faskali tabletkalar. Oq yoki sarg'ish-yashil tusli oq rangli, yassi-tsilindrik, chiziqchali va faskali tabletkalar. Oq yoki sarg'ish-yashil tusli oq rangli, yassi-tsilindrik shaklli tabletkalar. oq yoki sarg'ish-yashil tusli oq rangli tabletkalar. yashil-sariq tusli oq rangli, yassi-tsilindrik, chiziqchali va faskali tabletkalar. Oq rangli, oval shaklli, parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alyuminiy gidroksid saqlovchi antatsidlar, kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazolning MGTdan so‘rilishi biroz kamayadi. Bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanilganda o‘tkir psixozlar rivojlanishi va ong buzilishi mumkin. Metronidazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasi oshishi va toksik ta’sir rivojlanish xavfi oshishini istisno qilib bo‘lmaydi. Lansoprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda glossit, stomatit va/yoki tilning to‘q rangga bo‘yalishi bo‘lishi mumkin; litiy karbonat bilan — qon plazmasida litiy konsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin; prednizon bilan — prednizon ta’siri ostida jigarda metabolizm tezlashishi oqibatida metronidazolning organizmdan chiqarilishi ortadi. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin. Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazolning organizmdan klirensi oshadi; fenitoin bilan — qon plazmasida fenitoin konsentratsiyasi biroz oshishi mumkin, toksik ta’sir rivojlanishi holati ta’riflangan. Fenobarbital bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazolning organizmdan chiqarilishi sezilarli darajada oshadi, aftidan, fenobarbital ta’siri ostida uning jigardagi metabolizmi tezlashishi oqibatida. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin. Ftoruratsil bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ftoruratsilning toksik ta’siri kuchayadi, ammo samaradorligi emas. Metronidazol olayotgan bemorda xloroxinning bir martalik dozasidan keyin o‘tkir distoniya rivojlanishi holati ta’riflangan. Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda jigarda metronidazol metabolizmi ingibitsiya qilinishi mumkin, bu uning chiqarilishi sekinlashishiga va qon plazmasida konsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin. Metronidazol olayotgan bemorlarda etanol bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METRONIDAZOL

METRONIDAZOLE

Preparatning savdo nomi:  Metronidazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol – 500 mg.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: yashil tusli biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita.

ATX kodi: J01XD01.

Farmakologik xususiyatlari

Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy jihatdan qaytarilishiga bog‘liq. Biokimyoviy qaytarilgan 5-nitroguruh mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibisiya qiladi, bu bakteriyaning nobud bo‘lishiga olib keladi.

Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) nisbatan faol. Ushbu shtammalar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Amoksisillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan faollikni namoyon etadi (amoksisillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini susaytiradi).

Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta‘sir qiladi.

O‘smalarni nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizasiya (disulfiramsimon ta‘sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.

 

Farmakokinetikasi

Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abssesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalariga erishiladi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα): kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54–0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi.

Qondagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal konsentrasiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi konsentrasiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi konsentrasiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Jigarning me‘yoriy faoliyatida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 soatdan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan – taxminan 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soat. Buyrak orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi.

Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit. Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi.

Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a‘zolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operasiyalaridan keyingi qin ravog‘i infeksiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalari, sepsis.

Soxtamembranoz kolitda (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq) qo‘llaniladi.

Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi.

Operasiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operasiyalar) oldini olish.

O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizasiyalovchi  vositasi sifatida) qo‘llaniladi.

Alkogolizmda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa, har 8 soatda 500 mg dan minutiga     5 ml tezlikda yuboriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi – 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 marta erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi.

Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.

Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i tomchilab operasiya arafasida 0,5-1 g dan, operasiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta.

Radiosensibilizasiyalovchi vosita sifatida v/i tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlanishni boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi.

Nur bilan davolashning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatidagi intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta‘mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.

Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (og‘riq, in‘eksiya qilingan joyda qizarish va shish).

Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vena ichiga yuboriladigan Metronidazolni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.

Bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi.

Disulfiramga o‘xshab, etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin (buyurishlar orasidagi interval – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak).

Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibisiya qiladi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini oshishiga va nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish, metronidazolning eliminasiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgisining plazmadagi konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi yuz berishi mumkin). 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda amoksisillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Uzoq muddat davolanishda qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq.

Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab qiladi.

Treponemalarni immobilizasiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin.

Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi.

Ayollardagi trixomonadali vaginitni va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli davomida xayz ko‘rish oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim.

Laktasiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘ram: 100 ml eritma infuzion eritmalar uchun rangsiz plastik (RR) flakonda.

Ikkilamchi o‘ram: 1 flakon karton qutida (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga).

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Metronidazol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Metronidazol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
3 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
3 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
3 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
3 500 so'm
Bron qilish

Metronidazol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Metronidazol haqida savollar

Metronidazol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.6, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil