Apteka.uz
SavatKirish

DIPROSALIK maz 30g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belgiya
Kategoriya:Dermatologik
Farmakoterapevtik guruh:

dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar boshqa preparatlar bilan majmuada

Ishlab chiqaruvchi:Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Teglar:Dermatitdan
ATX kodi:D07XC01
Barcha Diprosalik dorilari
72 ta dorixonada bor
Narxi 69 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 72 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DIPROSALIK maz 30g haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°С dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: 0,5 mg betametazon (dipropionat shaklida) va 30 mg salitsil kislotasi; 
yordamchi moddalar: suyuq parafin, oq yumshoq vazelin.

Chiqarilish shakli
30 g dan tubada, 1 tubadan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Betametazon dipropionati
Dipropionat shaklidagi betametazon yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega boʼlgan kuchli taʼsir qiluvchi (taʼsir qilish sinfi III) kortikosteroid hisoblanadi.
Shunday boʼlsada, kortikosteroidlar bilan mahalliy davolash kazual hisoblanmaydi; kasallikni qaytalanishi davolash toʼxtatilganda xam boʼlishi mumkin.
Salitsil kislotasi
Salitsil kislotasi oʼzining keratolitik xususiyatlari tufayli, quyida joylashgan qavatlarga betametazon dipropionatini oʼtishini taʼminlaydi va uni soʼrilishini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Diprosalik® preparatining farmakokinetikasi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq.
Kortikosteroid mahalliy qoʼllanganida soʼrilishi va teri orqali soʼrilish koʼrsatkichi tana sohasi, terining holati, dori shakli, patsientning yoshi va qoʼllash usuliga bogʼliq boʼladi.
Normal sharoitlarda mahalliy qoʼllanganda betamezonning juda ozgina qismi tizimli qon oqimiga tushadi. Shuni taʼkidlash kerakki, dori vositasidagi salitsil kislotasi kortikosteroidni teri orqali soʼrilishini kuchaytiradi.
Salitsil kislotasining teri orqali soʼrilish koʼrsatkichi terining holatiga bogʼliq boʼladi. Teri orqali soʼrilishi, boshqalar qatori, psoriatik eritrodermiya yoki terining yalligʼlanishli va eroziv oʼzgarishlari bilan kechuvchi dermatozlarda kuchayadi.
Salitsil kislotasining metabolizmi jigarda kechadi. Normal sharoitlarda yarim chiqarilish davri 2 soatdan 3 soatgachani tashkil qiladi. 

Farmakoterapevtik guruh

dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar boshqa preparatlar bilan majmuada

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan mahalliy nojoʼya taʼsirlar mahalliy qoʼllaniladigan kortikosteroidlar uchun xos hisoblanadi, shuning uchun ham ular Diprosalik® dori vositasidan foydalanilganda yuz berishi mumkin. 
Noxush samaralarni yuz berish tez-tezligini koʼrsatib boʼlmaydi, chunki ushbu holatlar faqat dori vositasi bozorga chiqarilgandan keyingina qayd qilingan.
Davolashning boshida
Immun tizimi: oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Teri: terini taʼsirlanishi, achishish, teri qichishishi, terini qurishi.
Uzoqroq vaqt qoʼllanishi
Teri: teri atrofiyasi, teleangiektaziyalar, terida gemorragiyalar, striyalar, akne, rozatseaga oʼxshash (perioral) dermatit.
Keng sohalarda qoʼllanganda va/yoki okklyuzion bogʼlovlar ostiga uzoqroq muddat qoʼllanganda 
Infektsiyalar: infektsiyalar
Endokrin tizim: endogen kortikosteroidlar sintezini susaytirilishi, shishlar bilan kechuvchi Itsenko–Kushing sindromi.
Moddalar almashinuvi: qandli diabet (avval yashirish boʼlgan shakllarini namoyon boʼlishi).
Teri: striyalar.
Skelet-mushak- tizimi: osteoporoz, oʼsishni sekinlashishi (bolalarda).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar: shishlar 
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi. 
Sanab oʼtilgan nojoʼya reaktsiyalar, shuningdek qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomada koʼrsatilmagan reaktsiyalar paydo boʼlganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Аgar preparatni qoʼllash vaqtida terini taʼsirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik paydo boʼlsa, davolashni toʼxtatish kerak. Infektsiya qoʼshilgan hollarda muvofiq davolashni buyurish kerak. 
Tizimli kortikosteroidlar uchun xos boʼlgan nojoʼya samaralar, shu jumladan buyrak usti bezi poʼstlogʼining faoliyatini susayishi, kortikosteroidlar haddan tashqari va davomli qoʼllanganida, ayniqsa pediatriya amaliyotida kuzatilishi mumkin. 
Mahalliy kortikosteroidlar va salitsil kislotasini tizimli soʼrilishi terining katta sohalarini davolashda, shuningdek okklyuzion bogʼlovlar qoʼllanganida oshadi. 
Salitsil kislotasini ochiq jarohatlarga yoki shikastlangan teriga qoʼyishdan saqlanish kerak. Bu ehtiyotkorlik choralariga, shuningdek davomli qoʼllashda, ayniqsa bolalarni davolashda amal qilish kerak.
Terini taʼsirlanishi paydo boʼlgan hollarda, shu jumladan uni haddan tashqari quruqligida, preparatni qoʼllashni toʼxtatish kerak.
Uzluksiz qoʼllash muddati iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak.
Juda kuchli, kuchli va oʼrtacha taʼsir qiluvchi kortikosteroidlarni yuz va jinsiy aʼzolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq boʼlmagan muddat davomida qoʼllash kerak.
Koʼz atroflariga asosan faqat kuchsiz taʼsir qiluvchi kortikosteroidlar (glaukomani rivojlanish xavfi tufayli) qoʼllaniladi.
Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga nisbatan teri reaktsiyalarini yashirishlari mumkin.
Patsientga preparatni faqat terining joriy xastaligini davolash uchun qoʼllashi va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish lozim.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan. 
Pediatriyada qoʼllanishi. Bolalarda katta patsientlarga qaraganda, mahalliy kortikosteroidlarning taʼsiri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayish belgilari va tashqi kortikosteroid samaralarni paydo boʼlishi koʼproq kuzatiladi. Bu bolalarda teri yuzasi maydonining tana vazniga nisbati qiymatini kattaligi tufayli, preparatni koʼproq soʼrilishi bilan bogʼliq. Topik (mahalliy) kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayishi, Kushing sindromi, oʼsishni bir tekis kechikishi, tana vaznini oshishini kechikishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda adrenal supressiyaning koʼrinishlari: qon plazmasida kortizolni past darajasi va АKTG-stimulyatsiyaga javobning yoʼqligi kuzatiladi. Bosh miya ichki bosimini oshishi tepachani boʼrtishi, bosh ogʼrigʼi, koʼruv nervlarining disklarini bilateral shishi bilan namoyon boʼladi.
Homiladorlik va laktatsiya. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qoʼllash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni, faqat ayol uchun potentsial foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgan holdagina buyurish mumkin. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarini katta dozalarda va uzoq vaqt qoʼllash mumkin emas.
Kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash tizimli soʼrilish yoʼli bilan ularni koʼkrak sutida paydo boʼlishiga olib kelishini mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni toʼxtatish yoki preparatni qoʼllashni toʼxtatish haqidagi qaror, ona uchun preparatni qoʼllash zaruratini hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Qo'llanilishi

Kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan quruq va giperkeratik dermatozlar: psoriaz, surunkali atopik dermatit, neyrodermit (surunkali oddiy temiratki), yassi temiratki, ekzema (shu jumladan tangasimon ekzema, qoʼl ekzemasi, ekzematoz dermatit), disgidroz (“vodyanka”), boshning sochli qismini seboreyali dermatiti, oddiy ixtioz va boshqa ixtiozli holatlarning yalligʼlanish simptomlarini kamaytirish uchun qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik.
- Terining bakteriyali, virusli (gerpes, suvchechak, temiratki) yoki zamburugʼli infektsiyalari; tuberkulyoz, sifilis, terining postvaktsinal reaktsiyalari.
- Oddiy husnbuzarlar, akne, rozatsea, perioral dermatit 
Preparatni jaroharlar, yaralar va shilliq qavatga tegishiga yoʼl qoʼymaslik kerak. 
Diprosalik® ning koʼzga tushishiga yoʼl qoʼymaslik va okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Salitsil kislotasi boshqa mahalliy qoʼllaniluvchi dori vositalarining oʼtish qobiliyatlarini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun terining ishlov berilgan sohalariga bir vaqtda boshqa dori vositalari yoki pardoz vositalarini surtmaslik kerak.

Ta'rifi

deyarli oq rangli, yot qoʼshimchalarsiz, bir xil, yumshoq konsistentsiyali surtma

Dozirovkasi

Kattalar va bolalarga surtma yupqa qavat qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun terining shikastlangan joylarini toʼliq qoplagan holda qoʼyiladi. Аyrim bemorlarda, preparatni kamroq qoʼllanganida ham qoniqarli samaraga erishish mumkin. Davolash davomiyligi kasallikning ogʼirligi va kechishi bilan belgilanadi.
Sutkalik maksimal dozani simptomlarni nazorat qilish mumkin boʼladigan darajadagi eng past dozagacha asta-sekin pasaytirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: mahalliy kortikosteroidlarni haddan ziyod va davomli qoʼllash gipofizar-adrenal tizimining faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi va giperkortitsizm simptomlarini, shu jumladan Kushing kasalligini paydo boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin.
Salitsil kislotasini saqlovchi mahalliy preparatlarni haddan tashqari va davomli qoʼllash salitsilizm simptomlarini paydo boʼlishini chaqirishi mumkin.
Davolash: Tegishli simptomatik davolashni oʼtkazish kerak. Giperkortitsizmning oʼtkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati boʼlganida elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish koʼrsatilgan. Surunkali toksik taʼsiri boʼlgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi. 
Salitsilizmni davolash simptomatik. Organizmdan salitsilatlarni tezroq chiqarish uchun tegishli choralar koʼriladi. Siydikni ishqoriylashtirish va diurezni kuchaytirish uchun natriy gidrokarbonati peroral qoʼllanadi.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil. 
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DIPROSALIK maz 30g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

DIPROSALIK maz 30g o'xshash dorilari

SINAFLAN maz 10g 0,025%
SINAFLAN maz 10g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 500 so'm dan
METROGIL A gel 20g
Retseptsiz
METROGIL A gel 20g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikal Laboratoriz
Narxi
91 990 so'm dan
LEVOMEKOL maz 40g
Retseptsiz
LEVOMEKOL maz 40g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
14 400 so'm dan
GERPEVIR maz 5g 2,5%
GERPEVIR maz 5g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan

DIPROSALIK maz 30g xususiyatlari

DIPROSALIK maz 30g analoglari

NOVOSALIK maz 30g N1
Retseptsiz
NOVOSALIK maz 30g N1
Makedoniya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegafarm LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Replek Farm Ltd, Skopje
Narxi
80 000 so'm dan
AKRIDERM SK maz 15g
Retseptsiz
AKRIDERM SK maz 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
Narxi
27 000 so'm dan

DIPROSALIK maz 30g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
69 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
69 900 so'm
Bron qilish

DIPROSALIK maz 30g haqida savollar

DIPROSALIK maz 30g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil