Gerpevir
Gerpevir chiqarish shakllari
Gerpevir qo'llanmasi
Viruslarga qarshi vositalar.
Atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek valatsiklovirga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Gerpevir® surtmasini takroran mahalliy qo'llangandan so'ng atsiklovirning tizimli so'rilishi minimal darajada.
Atsiklovir -in vivo sharoitlarida odam gerpesi virusi (HSv), shu jumladan I va II tip oddiy gerpes viruslariga qarshi yuqori faollikka ega bo'lgan viruslarga qarshi preparat. Xo'jayin organizmidagi xujayralarga nisbatan zaharli ta'siri minimal darajada. Gerpes virusi bilan infektsiyalangan hujayraga tushib, atsiklovir fosforlanib, faol birikma- atsiklovir trifosfati hosil bo'ladi. Bu jarayonlarning birinchi bosqichi virusga kodlashtirilgan timidinkinaza borligiga bog'liq. Atsiklovir trifosfati virus DNK- polimeraza ingibitori va substrati sifatida ta'sir etib, odatdagi xujayra jarayonlariga ta'sir etmagan holda, virus DNK si sintezini bartaraf etadi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash xavfsizligi to'g'risida etarli ma'lumotlar mavjud, shuning uchun preparatni 12 yoshdan oshgan bolalarda qo'llash tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Atsiklovirni homiladorlik davrida xar qanday dori shaklini qo'llanilgan ayollarda, homiladorlikni kechishi, xomilaga salbiy ta'sirini xujjat bilan tasdiqlovchi biron ma'lumot aniqlanmagan.
Umumiy populyatsiyaga nisbatan onalari homiladorlik davrida atsiklovir qabul qilgan bolalarda tug'ma nuqsonlar sonini ortishi aniqlanmagan.
Terotagenligi
Klinik qo'llashga aloqasi bo'lmagan, insonga qo'llash mumkin bo'lgan yuqori dozalarni ekspozitsiyasi klinikagacha bo'lgan davirda aniqlangan.
Emizish davri
Kam ma'lumotlar preparat tizimli qo'llanilganida ko'krak sutiga o'tishini ma'lum qiladi. Atsiklovir surtmasini ona qo'llaganida ko'krak sutiga tushadigan va chaqaloq qabul qiladigan doza sezilarsiz. Preparatni xomiladorlik va ko'krak bilan emizish davrida ona uchun davolashdan kutilgan potentsial foyda homila uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan xolatdagina qabul qilish kerak.
Preparat faqat sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan.
Bolalar va kattalarga Gerpevir® surtmasi 4 soatlik interval bilan tungi vaqitdan tashqari, kuniga 5 marta suritish kerak. Davolashni infektsiyani boshlanishida, yaxshisi prodromal davrida iloji boricha tezroq boshlash muhimdir.
Davolashni keyinroq (papula yoki pufakchalar) davrida xam qo'llash mumkin.
Davolash kamida 4 kun davom etishi kerak. Agar jarohatni bitishi kuzatilmasa, 10 kun davom ettirish mumkin. Agar kasallik simptomlari 10 kundan keyin ham yo'qolib ketmasa, bemor shifokorga murojaat etishi kerak.
Surtma uzoq vaqt suritilgan joylarda eritema, po'st tashlash, achishish hissi va kuyish kuzatilib, preparat bekor qilinganidan keyin tezda yo'qolib ketadi.
Tasodifan 10 g surtma saqlovchi tarkibida 500 mg atsiklovir saqlagan tubadagi surtma preoral ichga yutilganda sezilarli ko'ngilsiz holatlar kuzatilmagan. Ammo tasodifan bir necha kun ichida atsiklovir dozasini oshirib yuborish oshqozon ichak tizimida buzilishlar ( ko'ngil aynishi qusish) va nevrologik samaralar ( bosh og'rishi, ong chalg'ishi) yuzaga keltirgan. Atsiklovir gemodializ orqali chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Atsiklovirni homiladorlik davrida xar qanday dori shaklini qo'llanilgan ayollarda, homiladorlikni kechishi, xomilaga salbiy ta'sirini xujjat bilan tasdiqlovchi biron ma'lumot aniqlanmagan.
Umumiy populyatsiyaga nisbatan onalari homiladorlik davrida atsiklovir qabul qilgan bolalarda tug'ma nuqsonlar sonini ortishi aniqlanmagan.
Terotagenligi
Klinik qo'llashga aloqasi bo'lmagan, insonga qo'llash mumkin bo'lgan yuqori dozalarni ekspozitsiyasi klinikagacha bo'lgan davirda aniqlangan.
Emizish davri
Kam ma'lumotlar preparat tizimli qo'llanilganida ko'krak sutiga o'tishini ma'lum qiladi. Atsiklovir surtmasini ona qo'llaganida ko'krak sutiga tushadigan va chaqaloq qabul qiladigan doza sezilarsiz. Preparatni xomiladorlik va ko'krak bilan emizish davrida ona uchun davolashdan kutilgan potentsial foyda homila uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan xolatdagina qabul qilish kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan
Dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
15 g dan tubada – retsept bo'yicha, 5 g dan tubada – retseptsiz.
1 surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 25 mg atsiklovir;
yordamchi moddalar: proksanol 268-F, propilenglikol', polietilenoksid 400, emul'gator №1.
Сhiqarilish shakli
5 g yoki 15 g dan tubada, 1 tuba o'ramd
Viruslarga qarshi vositalar.
Surtma
Nojo'ya samaralar yuzaga kelishi a'zolar va tizimlarda yuzaga kelishi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: o'ta avj oluvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.
Teri va teri osti klechatkasi tomonidan: tez-tez emas: Gerpevir® surtmasi qo'llanilganidan keyingi vaqtincha, tezda o'tib ketuvchi o'tkir yoki achituvchi og'riq, teri qurishi va po'st tashlash.
Kam hollarda: eritema, qo'llanilganidan so'ng aloqaviy dermatit. O'tkazilgan test sinovlari joylarida atsiklovirga emas, balki ko'p hollarda surtmaning boshqa tarkibiga sezuvchanlik kuzatilgan.
Oddiy gerpes virusi (HSv) chaqirgan lab va yuz gerpisi (varicella zoster), shu jumladan birlamchi va qaytalanuvchi genital gerpesni davolashda qo'llaniladi.
Oq rangli kuchsiz spetsifik hidli bir xil surtma.
Surtmani behosdan ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Gerpevir® ma'lum darajada yallig'lanishga olib kelishini inobatga olib og'iz bo'shlig'i, ko'z va jinsiy a'zo shilliq qavatiga ishlatish tavsiya etilmaydi.
Immun tansiqligi bo'lgan patsientlarda ( OITS bilan yoki suyak iligi kasallanganda) atsiklovirni peroral qabul qilinishi kerak. Bunday patsientlar har qanday infektsiyani davolash yuzasidan shifokorning maslahatini talab etadi.
Dori vositasi tarkibida propilenglikol' saqlagani sababli terida yallig'lanish yuzaga kelishi mumkin.
Gerpevir® surtmasi tarkibi maxsus ishlab chiqilgan asosga ega bo'lib, boshqa dori vositalariga asos yoki suyultirishga ishlatish mumkin emas.
Gerpevir narxlari
Gerpevir barcha rasmlari














