Apteka.uz
SavatKirish

Akriderm

Akriderm chiqarilish shakllari

Akriderm krem 0.05% 15g
Retseptsiz
Akriderm krem 0.05% 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AO «AKRIXIN»
•11 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
AKRIDERM SK maz 15g
Retseptsiz
AKRIDERM SK maz 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•104 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
AKRIDERM krem 15g 0,05%
Retseptsiz
AKRIDERM krem 15g 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
AKRIDERM GK krem 15g
Retseptsiz
AKRIDERM GK krem 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
Akriderm krem 15g
Retseptsiz
Akriderm krem 15g
Ishlab chiqaruvchi:
AO «AKRIXIN»
•22 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
- Akriderm qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Akridermning tarkibi
- Akriderm ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Akriderm narxi Toshkent dorixonalarida

Akriderm qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Glyukokortikosteroid terapiyaga beriladigan teri kasalliklari: atopik dermatit; allergik kontakt dermatit; ekzema (turli shakllari); kontakt dermatit (sh.j. professional) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari); hasharotlar chaqishiga reaktsiyalar; psoriaz; bullez dermatozlar; diskoid qizil yuguruk; qizil yassi temiratki; ekssudativ ko'p shaklli eritema; turli etiologiyali teri qichishishi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparatning biror-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, zaxm (sifilis)ning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, emlashdan keyingi teri reaksiyalari, ochiq yaralar, laktatsiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar; qo‘shimcha ravishda Akriderm® preparati uchun: boldir trofik yaralari, rozatsea, oddiy husnbuzarlar; qo‘shimcha ravishda Akriderm® GK preparati uchun: tashqi otitni davolashda — nog‘ora parda perforatsiyasi; qo‘shimcha ravishda Akriderm® SK preparati uchun: perioral dermatit

Tarkibi

  • 100 g betametazon dipropionati 64 mg klotrimazol 1 g gentamitsin (sulfat shaklida) 100 mg Yordamchi moddalar: vazelin - 15 g, propilenglikol - 10 g, suyuq parafin - 6 g, tsetostearil spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%) - 7.2 g, makrogol tsetostearati (makrogol-20 tsetostearil efiri) - 2.3 g, dinatriy edetat (trilon B) - 500 mg, natriy digidrofosfati digidrati - 260 mg, tozalangan suv - 100 g gacha. 100 g maz saqlaydi: faol moddalar: betametazon dipropionati 100 % moddaga qayta hisoblanganda - 0,064 g, klotrimazol 100 % moddaga qayta hisoblanganda - 1 g, gentamitsin sulfati gentamitsinga qayta hisoblanganda -0,1 g; yordamchi moddalar: propilparagidroksibenzoat (nipazol), suyuq parafin (vazelin moyi), izopropilmiristat, vazelin. betametazon dipropionati — 0,064 g, gentamitsin sulfati faol suvsiz moddaga qayta hisoblanganda — 0,1g; yordamchi moddalar: propilparagidroksibenzoat (nipazol), suyuq parafin (vazelin moyi), izopropilpalmitat, vazelin betametazon dipropionati 0,64 mg (0,5 mg betametazonga ekvivalent) salitsil kislotasi 30 mg yordamchi moddalar: vazelin; vazelin moyi betametazon dipropionati 640 mkg gentamitsin sulfati 1 mg Yordamchi moddalar: nipagin, propilenglikol, vazelin moyi, makrogol tsetostearil efiri, tsetostearil spirti, etilendiamintetrasirka kislotasi dinatriy tuzi, ikki o‘rinbosarli natriy fosfat, bir o‘rinbosarli kaliy fosfat, tozalangan suv. betametazon dipropionati 640 mkg klotrimazol 10 mg gentamitsin sulfati 1 mg Yordamchi moddalar: nipazol (propilparagidroksibenzoat), suyuq parafin (vazelin moyi), izopropilmiristat, vazelin. 100 g mazda: betametazon dipropionati 64 mg, bu betametazon 50 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: propilparagidroksibenzoat - 0.05 g, suyuq parafin (vazelin moyi) - 4 g, izopropilmiristat - 1 g, vazelin - 100 g gacha.

Farmakokinetikasi

Preparat teriga surtilganda terapevtik dozalarda ta'sir etuvchi moddalarning transdermal so‘rilishi juda kam. Teriga applikatsiya qilinganda betametazon so‘rilishining intensivligi epidermal to‘siq holatiga bog‘liq (yallig‘lanish va teri kasalliklari so‘rilishni oshiradi). Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazon va gentamitsinning transdermal so‘rilishini oshiradi, bu esa tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi, antibakterial vosita. Betametazon dipropionat — sintetik glyukokortikosteroid (GKS), yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Mahalliy qo'llanilganda tomirlarni toraytiradi, qichishishni yo'qotadi, yallig'lanish mediatorlari (eozinofillar va semiz hujayralardan), interleykinlar 1 va 2, gamma-interferon (limfotsitlar va makrofaglardan) ajralib chiqishini kamaytiradi, gialuronidaza faolligini tormozlaydi va tomir devori o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Hujayra sitoplazmasidagi o'ziga xos retseptorlar bilan o'zaro ta'sir qiladi, mRNK sintezini rag'batlantiradi, u hujayraviy samaralarni vositalovchi oqsillar, shu jumladan lipokortin hosil bo'lishini induktsiya qiladi. Lipokortin fosfolipaza A2 ni bostiradi, araxidon kislotasining ajralib chiqishini va endoperoksidlar, prostaglandinlar, leykotrienlar (yallig'lanish, allergiya va boshqa patologik jarayonlar rivojlanishiga yordam beruvchi) biosintezini bloklaydi. Gentamitsin — aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi va terining birlamchi va ikkilamchi bakterial infektsiyalarini yuqori samarali mahalliy davolashni ta'minlaydi. Grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae; va grammusbat bakteriyalar: Streptococcus spp. (sezgir shtammlar (A guruhi beta- va alfa-gemolitik streptokokk), Staphylococcus aureus (koagulazamusbat, koagulazamanfiy shtammlar va penitsillinaza ishlab chiqaruvchi ba'zi shtammlar) ga nisbatan faol.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Juda kamdan-kam hollarda Akriderm® GENTA mazi qo'llanilganda quyidagilar qayd etiladi: achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish. Mahalliy GKS qo'llanilganda uchraydigan nojo'ya reaktsiyalar: (ayniqsa okklyuzion bog'lamlar qo'llanilganda): achishish hissi, qichishish, terining qurishi, follikulit, gipertrixoz, husnbuzarlar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya rivojlanishi, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi. O'ta kamdan-kam hollarda (gentamitsinning sezilarli tizimli so'rilishi hollarida) eshitish nervi va vestibulyar apparatning shikastlanishi xavfi mavjud, bu quloqlarda shovqin va eshitishning buzilishi bilan kechadi. Bunday nojo'ya hodisalar bemorlar bir vaqtda ototoksik yoki nefrotoksik preparatlarni qabul qilganda va buyrak funktsiyasi buzilganda rivojlanadi. Uzoq muddat davolashda yoki katta yuzaga surtilganda — glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari rivojlanishi: tana vaznining oshishi, osteoporoz, arterial qon bosimining oshishi, shishlar, oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining kuchayishi, giperglikemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi. Bolalarda — gipofiz-gipotalamus-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Kushing sindromi, o'sishning to'xtashi, tana vazni ortishining orqada qolishi, bosh miya ichki bosimining oshishi (betametazon).

Dozirovkasi

  • 0,05 % + 0,1 % 0,05 % + 0,1 % + 1 % 0,05 % + 3 % 0,05%

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir doza oshib ketishining ehtimoli kam, ammo preparat haddan tashqari yoki uzoq muddat qo‘llanilganda giperkortitsizm belgilari bilan kechuvchi surunkali doza oshib ketishi mumkin: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasining qaytuvchan susayishi, Itsenko-Kushing sindromi ko‘rinishlari. Davolash: preparatni asta-sekin bekor qilish va zarurat bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun maz Krem Sirtga qo'llash uchun krem Sirtga qo'llash uchun 0.05% li krem oq yoki deyarli oq rangli. Sirtga qo'llash uchun krem oq yoki deyarli oq rangli maz Sirtga qo'llash uchun maz Sirtga qo'llash uchun 0.05% li maz oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha, yarim shaffof. Sirtga qo'llash uchun maz oq yoki deyarli oq rangli, yarim shaffof.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Akriderm® GK preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKRIDERM

AKRIDERM

Preparatning savdo nomi: Akriderm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem.

Tarkibi:

100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:  betametazon dipropionati 100% moddaga qayta hisoblaganda – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalentdir;

yordamchi moddalar:

metilparagidroksibenzoati          – 0,2 g,

qattiq parafin                                – 9 g,

vazelin                                             – 3 g;

propilenglikol                            – 5 g;

suyuq parafin                                  – 18 g;

emulsiyalangan mum                       – 7 g;

dinatriy ededati                            – 0,1 g;

natriy sulfiti                             – 0,05 g;

tozalangan suv                                 – 100 g gacha.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli krem.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Akriderm  – sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudasiyaga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta‘sir ko‘rsatadi. Leykositlarni to‘planishini, lizosomal fermentlar va yallig‘lanish mediatorlarini yallig‘lanish o‘chog‘ida ajralib chiqishini tormozlaydi, fagositozni susaytiradi, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish shishini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Teri yuzasiga surtilganda, preparat ob‘ektiv simptomlarni (eritema, shish, lixenifikasiya) yaqqollligini kamaytirib, yallig‘lanish o‘chog‘ida tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparatni terapevtik dozalarda teri ustiga qo‘llanganida, qonga ta‘sir qiluvchi moddaning transdermal so‘rilishi juda oz. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazonni transdermal so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

  • atopik dermatit;
  • allergik kontakt dermatit;
  • ekzema (turli shakllari);
  • kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari);
  • hasharotlar chaqqandagi reaksiyalar;
  • psoriaz;
  • bullyoz dermatozlar;
  • diskoidli qizil yugurik;
  • qizil yassi temiratki;
  • ekssudativ ko‘p shaklli eritema;
  • turli etiologiyali teri qichishishlarida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Akriderm terining shikastlangan sohasiga yupqa  qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo‘yiladi, biroz ishqalanadi. Terining qalinroq sohalariga (masalan bilak, kaft va tovonga), hamda preparat yengil artiladigan joylarda, Akriderm kremini ko‘proq surtish xam mumkin. Davolashning davomiyligi samaradorligi va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq va odatda kamida 4 haftani tashkil qiladi. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash  mumkin.

Akriderm krem kasallikning o‘tkir yallig‘lanish bosqichini, shu jumladan terining xo‘llanadigan shikastlanishini davolash uchun ham qo‘llaniladi.

Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda, kuchsiz namoyon bo‘ladigan xarakterga ega.

Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida achishish, ta‘sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, striyalar, aknesimon toshmalar (“steroidli” xusnbuzar), gipopigmentasiya, terini qichishishi, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit kuzatilishi mumkin. Davomli qo‘llashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida – terining maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, ko‘p terlash, purpura kuzatiladi. Tananing katta yuzalariga qo‘yilganida, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarini (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari) paydo bo‘lishi mumkin.

Yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaksinasiyadan keyingi teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, boldirning trofik yaralari, rozasea, oddiy xusnbuzar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktasiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Uzoq muddat qo‘llanganida yoki katta yuzalarga qo‘yilganida: katarakta, qandli diabet, glaukoma, tuberkulyoz.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yuz terisiga, uzoq muddat sirtga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sababi rozasea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Akriderm kremi oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘zning shilliq qavatiga tushsa, katarakta, glaukoma, ko‘zning zamburug‘li infeksiyalari va gerpetik infeksiyalarning xurujlari rivojlanishi mumkin.

Davomli davolashda, preparatni terining katta yuzalariga, shuningdek qo‘ltiq osti chuqurchasiga va chov burmalariga qo‘yilganida, okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, glyukokortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin.

Bolalarga 1 yoshdan boshlab, preparat faqat qat‘iy ko‘rsatmalar va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Preparat katta yuzalarga va/yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi faoliyatini susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasini pasayishi, bosh miya  ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potensial foydasi, mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.

Emizish davrida preparatni qat‘iy ko‘rsatmalar asosida qo‘llash mumkin, biroq bunda preparatni emizish oldidan sut bezining terisiga qo‘yish mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va yuqori konsentrasiyali e‘tiborni va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan boshqa potensial xavfli turdagi faoliyat bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo‘llanganida giperkortisizm belgilari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

0,05% li sirtga qo‘llash uchun krem.

15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

15oS dan 25oS gacha haroratda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Akriderm preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Akriderm narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
23 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
23 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
23 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
23 000 so'm
Bron qilish

Akriderm barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Akriderm haqida savollar

Akriderm haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.5, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil