Ташкент
logo
SavatKirish

Belosalik

Belosalik chiqarish shakllari

BELOSALIK LOSON eritma 100ml
BELOSALIK LOSON eritma 100ml
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
BELUPO, pharmaceuticals and cosmetics d.d.
BELOSALIK LOSON eritma 50ml
BELOSALIK LOSON eritma 50ml
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
BELUPO, pharmaceuticals and cosmetics d.d.
BELOSALIK sprey 20ml
BELOSALIK sprey 20ml
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
BELOSALIK sprey 50ml
BELOSALIK sprey 50ml
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
BELOSALIK 15,0 maz
BELOSALIK 15,0 maz
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
BELOSALIK 30,0 maz
BELOSALIK 30,0 maz
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
BELOSALIK 40,0 maz
BELOSALIK 40,0 maz
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
BELOSALIK sprey 100ml
BELOSALIK sprey 100ml
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belupo, lekarstva i kosmetika d.d
- Belosalik qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Belosalikning tarkibi
- Belosalik ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Belosalik narxi Toshkent dorixonalarida

Belosalik qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Xorvatiya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

BELOSALIK®

BELOSALIC®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

 

PREPARATNING PATENTLANGAN SAVDO NOMI: BELOSALIK®

 

DORI SHAKLI: sirtga qo‘llash uchun surtma.

 

TARKIBI:

Sirtga qo‘llash uchun 1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: betametazon (dipropionati shaklida) – 0,640 mg, bu 0,500 mg betametazonga to‘g‘ri keladi, salisil kislotasi – 30 mg;

yordamchi moddalar: mineral moyi, vazelin.

 

TA‘RIFI

Oq, yarimtiniq, gomogen surtma.

 

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikoid + keratolitik vosita.

ATX kodi [D07XC01]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

BELOSALIK® yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiproliferativ, keratolitik va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega.

Betametazon yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiproliferativ va qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Teri yuzasiga qo‘yilganda betametazon yallig‘lanish o‘chog‘ida ob‘ektiv simptomlar (eritema, shish, lixenifikasiya) va sub‘ektiv tuyg‘ular (qichishish, ta‘sirlanish, og‘riq) yaqqolligini kamaytirib, tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

Salisil kislotasi keratolitik ta‘siri xisobiga shikastlanish sohasini tangachalardan tozalaydi, betametazonni teriga singishiga yordam beradi, bakterial va zamburug‘li infeksiya rivojlanishini oldini oladi.

QO‘LLANILISHI

BELOSALIK® giperkeratoz va kepaklanish bilan birga kechuvchi, tashqi kortikosteroid davolashga sezgir nimo‘tkir va surunkali dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Psoriaz, ekzema (disgidrotik, seboreyali, tilotik), neyrodermatit, qizil yassi temiratki, surunkali diskoid qizil yugirik, ixtioz va terini ixtioz shikastlanishi va boshqalarda qo‘llanadi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Betametazon, salisil kislotasi yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, terining virusli infeksiyalari, postvaksinal teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, trofik yaralar, rozasea, oddiy xusnbuzar, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

EHTIYOTKORLIK BILAN

Jigar yetishmovchiligi, bolalar, uzoq muddatli davolash, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlarni ishlatish bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRI

BELOSALIK® preparatini homiladorlarda mahalliy qo‘llashga, ona uchun taxmin qilingan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llash qisqa muddatli va teri qoplamasining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklangan bo‘lishi kerak.

BELOSALIK® preparatini emizish davrida qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin bunda preparatni emizish oldidan sut bezi terisiga qo‘yish mumkin emas.

Pediatriyada ishlatilishi

Bolalarda BELOSALIK® preparatini qo‘llash ehtiyotkorlikning qat‘iy choralariga rioya qilingan holda qisqa muddatli bo‘lishi kerak, chunki bolalarda teri qoplamalari maydonini tana massasiga nisbatan yuqoriligi va epidermisni yetarlicha yetilmaganligi tufayli, faol komponentlarni proporsional katta miqdorda tizimli so‘rilishining xavfi mavjud.

Preparatni bolalarda bog‘lov ostida va, ayniqsa plastifikasiya qilingan tagliklar ostida qo‘llash mumkin emas, bu noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

BELOSALIK® preparati sirtga qo‘llash uchun surtma shaklida silliq terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

BELOSALIK® surtmasi kuniga ikki marta qo‘llanadi. Surtmaning katta bo‘lmagan miqdori yengil ishqalanib, teri yuzasida birtekis taqsimlanadi. Yengil hollarda bir marta ishlatish yetarli bo‘ladi.

Davolash kursi, odatda, 3-4 haftani tashkil qiladi. Davomliroq davolash kursining zarurati bo‘lganda, preparatni kamroq, masalan, kunora ishlatish tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolashda, kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun barcha simptomlar yo‘qolganidan keyin shifokorning kuzatuvi ostida davolashni yana ma‘lum vaqt davom ettirish kerak. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.

NOJO‘YA TA‘SIRI

Nojo‘ya ko‘rinishlari, odatda, kuchsiz ifodalangan xarakterga ega.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda, boshqa glyukokortikoidlarni qo‘llashdagi kabi, ankesimon o‘zgarishlar, gipopigmentasiya, striyalar, terini atrofiyasi, gipertrixoz, teleangioektiaziyalar, terining ikkilamchi infeksiyalari rivojlanishi mumkin.

Davomli uzluksiz va terining katta sohalarida qo‘llashda betametazonni mahalliy qo‘llash, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i funksiyani bostirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya ko‘rinishlar chaqirishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi yoki nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan holda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISH

Betametazon va salisil kislotasi majmuasini davomli uzluksiz ishlatishda, ayniqsa bolalarda, terining katta yuzalarida, butunligi buzilgan teriga qo‘yilganda yoki okklyuzion bog‘lov ostida ishlatilganida, faol komponentlarning so‘rilishini kuchayishi va tizimli samaralarini (ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, giperkortisizm, Kushing sindromi) namoyon bo‘lishi istisno qilinmaydi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Boshqa dori vositalari bilan klinik ishonchli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Akneni davolash uchun kosmetik va dermatologik vositalar, etanol saqlovchi vositalar yoki yaqqol qurutuvchi samarali tibbiy sovun va shunga o‘xshashlarini bir vaqtda ishlatish, ayrim xollarda terining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

BELOSALIK® surtmasi teri va/yoki boshning sochli qismida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozasea turi bo‘yicha dermatit, perioral dermatit, terining atrofiyasi va akne rivojlanishi mumkinligi tufayli, yuz terisida surtmani uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohasida qo‘llashdan saqlanish kerak.

Zarurati bo‘lgan hollardan tashqari, preparatni okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug‘li yoki bakterial mikroflora rivojlanganida, qo‘shimcha antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘llash kerak.

TRANSPORT VOSITALARI VA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI

BELOSALIK® preparatini transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

10 g, 15 g, 20 g, 30 g va 40 g dan preparat alyumin tubalarda. Tubaning teshigi membrana bilan himoyalangan. Tuba kesgich va teshuvchi polietilan qopqoq bilan bekitilgan. 10 g,
20 g va 40 g dan 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 15 g va 30 g 1 yoki 2 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

SAQLASH SHAROITI

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

 

YAROQLILIK MUDDATI

4 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin!

 

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:
Sotuvi

Belosalik barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Belosalik savollari

Belosalik fikr-mulohazalari

Reyting 4.4, 7 ta sharh asosida
Азимшер
31.10.2020 21:44
5
Себорейный дерматит (сильнейшая перхоть, ничего не помогало) привел меня к дерматологу, а его назначение в аптеку за “Белосалик лосьон”. Зуд и перхоть изводили меня. Комплексное решение о врача выглядело так: “Низорал” (шампунь) и “Белосалик лосьон” два раза в день. В составе есть гормон глюкокортикостероид, что может привести к побочных эффектам. Видимо, если этот лосьон пить. Но при местном применении ничего не будет, как мне объяснила врач. Но противопоказаний у него достаточно. Если что, то Белосалик лосьон можно применять и при лечении псориаза. Лосьон прозрачный, им легко пользоваться, из-за узкого горлышка выливается необходимое количество лосьона. Зуд прошел сразу, но курс я прошла до конца, чтобы не возвращаться потом к этому. Хороший и эффективный препарат. Советую! Но только по назначению врача.
Минурахон
18.02.2021 13:24
5
Себорейный дерматит – проблема которая вызывает как эстетический дискомфорт так и неприятные ощущения (зудит вся голова). Зуд был настолько у меня сильно, что на некоторых участках расчесывала даже до крови. На протяжении нескольких лет знакомства с этим диагнозом мной было перепробовано много разных мазей, которые давали только положительный эффект в момент их нанесения. А мазями на регулярной основе пользоваться нельзя, потому что они гормональные.Я настолько устала бороться, что просто опускались руки. Когда мое доверие к дерматолагам исчезло (за за 6 лет у меня их было несколько, и в частной клинике и в государственной),я решила сама искать средство. Стала много читать информации в интернете: в ход пошли сначала и народные средства, а потом я наткнулась на лосьон Белосалик. Цена его меня не смутила,мне главное видеть результат. Курс применения этого лосьона всего две недели, и за это время я полностью избавилась от зуда и корочки полностью!Ни разу не пожалела что решила купить. Жалею только что раньше не приняла такое решение.
Бибисоро
10.01.2021 08:45
5
Белосалик лосьон мне сказал купить врач дерматолог,у которого я побывала на приеме. Поставили мне диагноз псориаз. Купить лосьон я смогла в первой удобной для меня аптеке, цена немного не по мне ,но куда деваться. Сейчас к сожалению цены такие на все.. Что мне нравится в данном средстве что оно не вызывает привыкания и на протяжении года уже им пользуюсь и всегда помогает. Я сначала использовала раз в день ежедневно,а теперь прибегаю к нему когда появляются первые сиптомы моей болезни - смазываю им кожу, втираю средство, но использую самую малость средства (не злоупотребляю). Вот такая у меня история, надеюсь что в дальнейшем использовании меня лосьон не подведет.
Гулхандахон
01.04.2021 02:14
4
Цена на лосьон Белосалик высокая, а с себорейным дерматитом полностью не справляется, на время. Нохоть есть возможность чувствовать себя человеком, когда пользуешься средством. Купить можно без проблем.
Файёза
08.09.2019 22:01
3
Лосьон Белосалик не вылечивает кожу, а лишь убирает симптомы. После прекращения использования препарата, спустя какое-то время, всё у меня вернулось на круги своя. Лишь потому что я не могу ничего найти больше подходящего, приходиться платить такую высокую цену. Для поддержания эффекта мне хватает использовать его 3-4 раза в месяц.Зато хорошо убирает зуд и псориазную корку. Если будет возможность купить что то более стоящее, то однозначно переключусь.
Мухаммадхужа
20.05.2020 12:24
4
Белосалик лосьон- мой спаситель, ранее я пользовался низоралом,то от него получал не такой хороший результат.Купить лосьон мне посоветовала фармацевт в аптеке, я пришел целенаправленно с вопросом-что могут предложить вместо низорала. Цена меня не особо интересовала, мне главное здоровье и внешний вид моей головы. Мне было достаточно попользоваться лосьоном 5 дней, чтоб исчезли зуд и краснота. Кожа перестала шелушится, вокруг носа пропало воспаление. Сейчас я пользуюсь белосаликом раз в день по две - три капли на всё лицо. Хоть цена на флакон и высокая, то хватает его на длительный срок. Но как только перестаю пользоваться, через недельку другую все по новой. Задумался, что надо обследоваться хорошо. Но сейчас нет такой возможности. Хотя этот вопрос стоит на повестке каждого дня.
Мехринисо
22.10.2020 01:40
5
Белосалик (лосьон, а не мазь) отличное средство против псориаза! Те, кто его придумал и выпустил - большие молодцы! Он реально быстро работает. Псориаз у меня очень давно был. Усиливался на фоне стресса. Теперь пользуюсь лосьоном Белосалик. Это одно из самых действенных средств, которые я встречала. Жидкий, прозрачный и хорошо распределяется по голове, в отличие от мази. В составе есть спирт, поэтому все ранки на голове, даже если вы их не видите и думаете, что нет, будет щипать, но недолго. Это терпимо и длится несколько секунд, ну максимум минута. Через три дня можно наблюдать первый и очень показательный положительный результат. Потом, чтобы избавиться от псориаза надолго, нужно два раза в день в течение 2-3 недель пользоваться им ежедневно. Так что мой опыт говорит, что средство стоящее. Рекомендую!

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil