Betaderm
Betaderm chiqarish shakllari

Betaderm qo'llanmasi
- Ikkilamchi bakterial infektsiya bilan asoratlangan va giperkeratoz, qichishish bilan kechuvchi terining namlanuvchi yallig'lanish holatlari (dermatozlar): — atopik dermatit; — seboreyali dermatit; — oddiy surunkali temiratki; — ekzema; — psoriaz; — allergik kontakt dermatit; — tizimli qizil yuguruk (teri ko'rinishlari); — polimorf eritema.
- — terining virusli va zamburug‘li infeksiyalari; — zaxm (sifilis)ning teri ko‘rinishlari; — teri tuberkulyozi; — pushti va o‘smirlik husnbuzarlari; — flebitlar va trofik yaralar; — emlash davri va emlashdan keyingi teri reaksiyalari; — 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — homiladorlik; — laktatsiya davri; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Keksa yoshdagi shaxslarda teri osti yog‘ qavati atrofiyasida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
- betametazon (dipropionat shaklida) 500 mkg gentamitsin (sulfat shaklida) 1 mg Yordamchi moddalar: xlorokrezol, tsetostearil spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%), vazelin, suyuq parafin, makrogol tsetostearati, natriy gidrofosfat, kaliy digidrofosfat, xemoderm 841 aromatizatori, propilenglikol, dinatriy edetat, suv. betametazon (dipropionat shaklida) 500 mkg gentamitsin (sulfat shaklida) 1 mg Yordamchi moddalar: suyuq parafin, lanolin spirti, tsetostearil spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%), butilgidroksitoluo, butilgidroksianizol, vazelin.
- Dermatologik reaktsiyalar: husnbuzarlar, steroid purpura, epidermis o'sishining susayishi, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, terining qurishi, depigmentatsiya yoki terining giperpigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va striyalar, teleangiektaziyalar, follikulit; ba'zida eshakemi yoki dog'-papulyoz toshma paydo bo'lishi mumkin; juda kamdan-kam hollarda - achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish; yuz terisida qo'llanilgandan so'ng - perioral dermatit. GKSga xos bo'lgan tizimli nojo'ya ta'sirlar: uzoq muddat qo'llanilganda yoki katta yuzaga surtilganda - buyrak usti bezi po'stlog'i funktsiyasining susayishi, tana vaznining oshishi, osteoporoz, AB oshishi, shishlar, OHT shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining kuchayishi, giperkaliemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi. Gentamitsinga xos bo'lgan tizimli nojo'ya ta'sirlar: shilliq qavatlarga yoki terining katta yuzasiga, ayniqsa patologik jarayon bilan shikastlangan joyga surtilganda - ototoksiklik simptomlari. Qovoq terisida qo'llanilgandan so'ng ba'zida glaukoma ko'rinishlarining kuchayishi yoki katarakta rivojlanishining tezlashishi mumkin. Bolalarda (nojo'ya ta'sirlar kattalardagi nojo'ya ta'sirlarga qo'shimcha hisoblanadi): gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi, o'sishning to'xtashi, tana vazni ortishining orqada qolishi, bosh miya ichki bosimining oshishi (betametazon).
- 0,05%+0,1% 0,05%+0,1,%
- Sirtga qo'llash uchun krem Sirtga qo'llash uchun maz
Uzoq muddat qo'llashdan qochish kerak, chunki bunda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi tez-tezligi ortadi va bakteriyalarning gentamitsinga rezistentligi rivojlanishi mumkin.
Hatto qisqa muddat qo'llangandan keyin ham teleangiektaziyalar paydo bo'lishi mumkinligi sababli, preparatni yuz terisiga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Betaderm® preparatini ko'zga va periorbital sohaga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Tananing ba'zi qismlari (chov burmalari, qo'ltiq osti va perianal soha) striyalar paydo bo'lish xavfiga ko'proq moyil. Shuning uchun tananing ushbu qismlarida preparatni qo'llash davomiyligi cheklangan bo'lishi kerak.
Betaderm® preparatini butunligi buzilgan katta teri sirtlarida uzoq muddat qo'llaganda gentamitsinning so'rilishi va mos ravishda ototoksiklik simptomlari rivojlanishi ehtimoli mavjud.
Preparatni okklyuzion bog'lam ostida qo'llash mumkin emas.
Agar bog'lam qo'yishga o'ta zarurat bo'lsa, u holda havo o'tkazadigan bog'lam qo'yish kerak va zichlovchi, kleyonkali bog'lamdan foydalanmaslik kerak.
Zamburug'li superinfeksiya hollarida qo'shimcha ravishda zamburug'larga qarshi dori vositasini qo'llash zarur.
Pediatriyada ishlatilishi
Bolalarga preparatni 2 yoshdan boshlab faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha va shifokor nazorati ostida tayinlashga ruxsat beriladi.
Bolalarda teri qoplamlari yuzasining tana vazniga nisbati kattaroq ekanligi, shuningdek epidermis yetarlicha rivojlanmaganligi sababli, preparat sirtga qo'llanilganda ta'sir etuvchi moddalarning mutanosib ravishda ko'proq miqdori so'rilishi mumkin va demak, tizimli nojo'ya hodisalar rivojlanishi xavfi kattaroq.
Preparatni bolalarda maksimal darajada qisqa muddat va barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qo'llash kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Dermatologik reaksiyalar: husnbuzarlar, steroid purpura, epidermis o'sishining susayishi, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, teri qurishi, teri depigmentatsiyasi yoki giperpigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va striyalar, teleangiektaziyalar, follikulit; ba'zida eshakemi yoki dog'li-papulyoz toshma paydo bo'lishi mumkin; juda kam hollarda - achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish; yuz terisiga qo'llanilgandan keyin - perioral dermatit.
GKS larga xos tizimli nojo'ya ta'sirlar: uzoq muddat qo'llanilganda yoki katta yuzaga surtilganda - buyrak usti bezi po'stlog'i funktsiyasining susayishi, tana vaznining oshishi, osteoporoz, qon bosimining oshishi, shishlar, OIT shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining zo'rayishi, giperkaliemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi.
Gentamitsinga xos tizimli nojo'ya ta'sirlar: shilliq qavatlarga yoki terining sezilarli yuzasiga, ayniqsa patologik jarayon bilan shikastlangan yuzaga surtilganda - ototoksiklik belgilari.
Qovoq terisiga qo'llanilgandan keyin ba'zida glaukoma ko'rinishlarining kuchayishi yoki katarakta rivojlanishining tezlashishi mumkin.
Bolalarda (nojo'ya ta'sirlar kattalardagi nojo'ya ta'sirlarga qo'shimcha hisoblanadi): gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi, o'sishning kechikishi, tana vazni qo'shilishining orqada qolishi, kalla ichi bosimining oshishi (betametazon).
Betaderm narxlari
Betaderm barcha rasmlari














