AKRIDERM GENTA maz 15g

AKRIDERM GENTA maz 15g o'xshash dorilari


AKRIDERM GENTA maz 15g qo'llanmasi
Preparat teriga terapevtik dozalarda qo'llanilganda faol moddalarning qonga transdermal so'rilishi juda oz. Okklyuzion bog'lovlarni qo'llash betametazon va gentamitsinning so'rilishini oshiradi, bu tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.
Juda kam hollarda Akriderm® GENTA surtmasi qo'llanilganda: achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish qayd etiladi.
Mahalliy GKS lar qo'llanilganda uchraydigan nojo'ya reaksiyalar: (ayniqsa okklyuzion bog'lovlar qo'llanilganda): achishish hissi, qichishish, teri qurishi, follikulit, gipertrixoz, husnbuzarlar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya rivojlanishi, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi.
Alohida hollarda (gentamitsinning tizimli so'rilishi sezilarli bo'lganda) eshitish nervi va vestibulyar apparatning shikastlanishi xavfi mavjud bo'lib, bu quloqlarda shovqin va eshitishning buzilishi bilan kechadi. Bunday nojo'ya hodisalar bemorlar bir vaqtning o'zida ototoksik yoki nefrotoksik preparatlarni qabul qilganda va buyrak funktsiyasi buzilganda rivojlanadi.
Uzoq vaqt davolanganda yoki katta yuzaga surtilganda — glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari rivojlanishi: tana vaznining oshishi, osteoporoz, arterial qon bosimining oshishi, shishlar, oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining zo'rayishi, giperglikemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi.
Bolalarda — gipofiz-gipotalamus-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Kushing sindromi, o'sishning kechikishi, tana vazni qo'shilishining orqada qolishi, kalla ichi bosimining oshishi (betametazon).
Akriderm® GENTA mazini yuz terisiga va boshning sochli qismiga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Mazni okklyuzion bog'lamlar ostida qo'llash tavsiya etilmaydi, bu zarur bo'lgan hollar bundan mustasno.
Akriderm® GENTA mazini ko'zga va periorbital sohaga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Sirtga qo'llash uchun Akriderm® GENTA mazini boldirning varikoz trofik yaralarini va ochiq jarohatlarni davolash uchun ishlatish mumkin emas.
Akriderm® GENTA mazini butunligi buzilgan katta teri sirtlarida uzoq muddat qo'llaganda gentamitsinning so'rilishi va mos ravishda ototoksiklik simptomlari rivojlanishi ehtimoli mavjud.
Tananing ba'zi qismlari (chov burmalari, qo'ltiq osti va perianal soha) striyalar paydo bo'lish xavfiga ko'proq moyil. Shuning uchun tananing ushbu qismlarida preparatni qo'llash davomiyligi cheklangan bo'lishi kerak. Zamburug'li superinfeksiya hollarida qo'shimcha ravishda zamburug'larga qarshi dori vositasini qo'llash zarur.
Betametazonga, gentamitsinga yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Teri tuberkulyozi, vaktsinatsiya, terining virusli infektsiyalari, perioral dermatit, rozatsea. Zaxmning teri ko'rinishlari, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, bolalar yoshi (2 yoshgacha).
Preparatning boshqa DVs bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan
Maz terining zararlangan sohasiga va atrofdagi to'qimalarga kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) yupqa qatlam bilan, aylanma harakatlar bilan engil ishqalab surtiladi. Epidermisi qalinroq bo'lgan teri sohalariga va preparat oson ketib qoladigan joylarga (kaft va tovonlar), mazni tez-tez surtish kerak. Davolash davomiyligi terapiya samaradorligi va o'zlashtirilishiga bog'liq va, qoida tariqasida, 2-4 haftadan oshmaydi.
Bolalar
Bolalarga preparatni ikki yoshdan boshlab faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha va shifokor nazorati ostida tayinlashga ruxsat beriladi.
Bolalarda teri qoplamlari yuzasi tana vazniga nisbatan kattaroq ekanligi, shuningdek epidermis yetarlicha rivojlanmaganligi sababli, preparat sirtga qo'llanilganda ta'sir etuvchi moddalarning proportsional ravishda ko'proq miqdori so'rilishi mumkin va shunga mos ravishda tizimli nojo'ya hodisalar rivojlanish xavfi katta. Bolalarda preparatni maksimal darajada qisqa muddat va barcha ehtiyot choralariga rioya qilgan holda qo'llash kerak.Dozani oshirib yuborishO'tkir dozani oshirib yuborish ehtimoli kam, ammo preparatlar haddan tashqari yoki uzoq muddat qo'llanilganda surunkali dozani oshirib yuborish mumkin, u giperkortitsizm belgilari bilan kechadi: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezi po'stlog'i funktsiyasining qaytuvchan susayishi, Kushing sindromi ko'rinishi.
Xususiyatlar AKRIDERM GENTA maz 15g
Akriderm boshqa chiqarish shakllari























