Apteka.uz
SavatKirish

TRIDERM maz 15g

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belgiya
Kategoriya:Dermatologik
Farmakoterapevtik guruh:

teri kasalliklarini davolash uchun qoʼllanadigan kortikosteroidlar boshqa dori vositalari bilan majmuada

Ishlab chiqaruvchi:Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Teglar:Dermatitdan
ATX kodi:D07XC01 Бетаметазон в комбинации с другими препаратами
Barcha Triderm dorilari
94 ta dorixonada bor
Narxi 83 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 94 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRIDERM maz 15g haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,5 mg betametazonga ekvivalent betametazon dipropionati, 10 mg klotrimazol va 1 mg gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulьfati; 
yordamchi moddalar: suyuq parafin, oq vazelin.

Chiqarilish shakli 
15 g dan alyumin tubalarda. Bir tubadan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Taʼsir mexanizmi 
Triderm quyidagi taʼsir koʼrsatish mexanizmlarini oʼzida jamlaydi: 
Betametazon dipropionatning yalligʼlanishga qarshi taʼsiri, gentamitsinning antibakterial taʼsiri va klotrimazolning zamburugʼlarga qarshi taʼsiri oʼzaro mujassam boʼladi.
Betametazon dipropionati koʼrinishida yalligʼlanishga, allergiyalarga qarshi va qichishishga qarshi taʼsirga ega boʼlgan kuchli taʼsir koʼrsatuvchi kortikosteroid (taʼsir koʼrsatish sinfi III) hisoblanadi. 
Gentamitsin antibakterial taʼsirga ega boʼlgan aminoglikozid antibiotik hisoblanadi. Uning taʼsiri sezgir mikroorganizmlar oqsillari sintezini bostirishga asoslanadi. Gentamitsin koʼpgina aerob grammanfiy va ayrim grammusbat bakteriyalarga taʼsir koʼrsatadi. In vitro sharoitlarda gentamitsin 1-8 mkg/ml kontsentratsiyalarda Escherichia coli (ichak tayoqchasi), Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalari), Moraxella lacunata (Moraks-Аksenfelьd tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy proteylar, Pseudomonas (psevdomonas) (jumladan Pseudomonas aeruginosa ni koʼpchilik shtammlari (koʼk yiring tayoqchasi)), Staphylococcus aureus (tillasimon stafilokokk), Staphylococcus epidermidis (epidermalь stafilokokk) va Serratia (serratsiy) shtamlari) sezgir shtammlarini oʼsishini bostiradi. Bitta turning turli turlari va turli shtammlari in vitro sharoitlarda sezgirligida katta farqlarni namoyish qilishlari mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitlardagi sezuvchanlik har doim ham in vivo sharoitlardagi sezuvchanlik bilan bir xil boʼlavermaydi. Gentamitsin koʼpchilik anaerob bakteriyalar, zamburugʼlar va viruslarga qarshi samarali emas. Gentamitsin streptokokklarga faqat minimal darajada taʼsir koʼrsatadi. 
Gentamitsinga nisbatan rezistentlik grammanfiy bakteriyalarda ham, grammusbat bakteriyalarda ham rivojlanishi mumkin.
Klotrimazol zamburugʼlarga qarshi sintetik vosita – imidazolning hosilasi hisoblanadi. Taʼsir doirasi odam va hayvonlar uchun patogen boʼlgan bir qator zamburugʼlarni qamrab oladi. 
Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mogʼor zamburugʼlariga qarshi samarali hisoblanadi. In vitro sharoitlarda oʼtkazilgan tahlillar vaqtida klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburugʼlari va Candida turiga mansub zamburugʼlar, jumladan Candida albicans ga qarshi samarali boʼlgan. Bugungi kunda mavjud boʼlgan bilimlarga koʼra, klotrimazolning zamburugʼlarga qarshi samarasi ergosterol sintezini bostirishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburugʼ hujayralari membranasining hayotiy muhim komponenti hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Triderm preparatining farmakokinetikasi toʼgʼrisida maʼlumotlar mavjud emas.
Betametazon
Normal sharoitlarda mahalliy qoʼllanganida tizimli qon oqimiga betametazonning faqat bir qismigina tushadi. Toʼqimalarga oʼtishi va soʼrilishi tana sohasiga, terining holatiga, dori shakliga, preparatning yoshiga va surtish usuliga bogʼliq boʼladi. 
Gentamitsin
Gentamitsin jarohatlanmagan teriga surtilganda soʼrilishi kuzatilmaydi. Keratin qavati shikastlanganida, yalligʼlanishlarda, okklyuzion bogʼlovlar ostiga qoʼllanganida yoki terining katta yuzalariga surtilganida teri orqali kuchli soʼrilishini kutish mumkin.
Klotrimazol
Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox qavatida qoladi, tizimli qon oqimiga esa juda oz soʼriladi. 1% radioaktiv klotrimazol sogʼlom teriga, shuningdek oʼtkir yalligʼlangan teriga surtilgandan keyin 6 soat oʼtgach quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin boʼldi: shoh qavatda – 100 mkg/sm³, retikulyar qavatda – 0,5-1 mkg/sm³, teri osti kletchatkasida – 0,1 mkg/sm³.

Farmakoterapevtik guruh

teri kasalliklarini davolash uchun qoʼllanadigan kortikosteroidlar boshqa dori vositalari bilan majmuada

Nojo'ya samaralari

Davolash boshlanishida
Teri
Kam hollarda: terini taʼsirlanishi, achishishi, terini qichishishi, quruqligi, preparatning ingradientlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri rangini oʼzgarishi.
Terining katta sohalarga, okklyuzion bogʼlovlar ostiga qoʼllanganida va/yoki uzoqroq vaqt davomida qoʼllanganida
Terining katta sohalarga, okklyuzion bogʼlovlar ostiga va/yoki uzoqroq vaqt qoʼllanganida terida mahalliy oʼzgarishlari yuz berishi mumkin. Surtma terining katta sohalariga surtilganida tizimli taʼsir koʼrsatish (buyrak usti bezi poʼstloq qavati faoliyatini susayish) ehtimoli mavjud. 
Infektsiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik pasayishi tufayli ikkilamchi infektsiyalarni rivojlanish havfi mavjudligini hisobga olish lozim. 
Teri
Аtrofiyalar (ayniqsa yuzdagi), teleangiektaziyalar, striyalar, terining yoʼl-yoʼlsimon atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne, rozatseaga oʼxshash yoki perioral dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini oʼzgarishi kabi mahalliy oʼzgarishlar kuzatilishi mumkin. Teri rangini oʼzgarishini orqaga qaytishi nomaʼlum.
Baʼzida: gentamitsinga nisbatan kontakt sezuvchanlik. 
Аyrim patsientlarda yorugʼlikka sezuvchanlik kuzatilgan, biroq keyinchalik gentamitsin qayta surtilganida ulьtrabinafsha nurlanishning taʼsiri ostida yorugʼlikka sezuvchanlik qaytalanmagan.
Endokrin tizimi
Endogen kortikosteroidlarning sintezini susayishi, shishlar bilan kechuvchi giperkortitsizm. 
Moddalar almashinuvi
Qandli diabet (avvalgi yashirin shakli namoyon boʼladi).
Quloq, ichki quloq/buyraklar
Preparatni terining katta maydonlariga surtish bilan davolash vaqtida yoki preparatni terining shikastlangan sohalariga aminoglikozid antibiotiklar bilan bir vaqtda tizimli qoʼllanganida, ototoksiklik/nefrotoksiklikni kuzatilishi mumkin. 
Skelet-mushak tizimi 
Osteoporoz, oʼsishni sekinlashishi (bolalarda).
Sanab oʼtilgan nojoʼya reaktsiyalar, shuningdek qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomasida qayd etilmagan reaktsiyalar paydo boʼlganida shifokorga murojaat qilish kerak. 
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Triderm preparatini qoʼllash oqibatida terini qichishishi yoki sezuvchanlik paydo boʼlganida davolashni toʼxtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. 
Аgar Triderm preparati terining katta sohasiga surtilsa, xususan uzoq vaqt yoki shikastlangan teriga qoʼllanganida, mahalliy qoʼllash uchun moʼljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga soʼrilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda nojoʼya samaralar, faol moddalar tizimli qoʼllanganidan soʼng namoyon boʼlganidek koʼrinishda rivojlanishi mumkin. Bolalarda qoʼllanganida bunday holatlarda alohida eʼhtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. 
Аminoglikozid antibiotiklar bir vaqtda tizimli qoʼllangan hollarda teri orqali soʼrilishi kuchayganida, organizmda toʼplanishi oqibatida toksik taʼsirini (ototoksiklik, neftrotoksiklik) kutish mumkin. 
Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga kesishgan allergiyani paydo boʼlishi mumkinligini hisobga olish kerak. 
Tarkibida anibiotiklar saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolanganda sezgir boʼlmagan mikroorganizmlar paydo boʼlishi mumkin. 
Bunday hollarda yoki superinfektsiya rivojlanganida tegishli davolashni boshlash lozim.
Kuchli taʼsir yoki juda kuchli taʼsir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozalarda va katta yuzalarga qoʼllash yoki okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllash, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishini bostirilishi va metabolik taʼsir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda, faqat shifokorning muntazam nazorati ostida amalga oshirish kerak. 
Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan sohalarida qoʼllashdan saqlanish kerak. 
Uzluksiz qoʼllash muddati, iloji boricha, 2-3 haftadan oshmasligi kerak. 
Juda kuchli, kuchli va oʼrtacha taʼsirga ega boʼlgan kortikosteroidlarni yuzga va jinsiy aʼzolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan koʼp boʼlmagan muddat davomida qoʼllash kerak.
Koʼz atrofiga odatda faqat kuchsiz taʼsirga ega boʼlgan kortikosteroidlar qoʼllanadi (glaukoma). 
Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga nisbatan allergik teri reaktsiyalari simptomlarini yashirishi mumkin. 
Patsientga preparatni terining faqat joriy kasalligini davolash uchun qoʼllash kerakligi va dori vositasini boshqa shaxslarga bermaslik kerakligi toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish kerak.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan. 
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllanishi
Homiladorlik
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar vaqtida kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllanishi teratogen taʼsir koʼrsatgan. Homiladorlarda qoʼllash toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq.
Аminoglikozidlar yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va agar ularni homilador ayollar qabul qilishsa, homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tugʼilgan bolalarda ortga toʼliq qaytmaydigan ikki tomonlama tugʼma karlik kuzatilganligi toʼgʼrisida xabarlar tushgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qoʼllanishi toʼgʼrisida yetarlicha maʼlumotlar yoʼq. 
Homilador ayollarda klotrimazolni qoʼllash toʼgʼrisida yetarlicha maʼlumotlar yoʼq. 
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarning natijalarida homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan. 
Triderm preparatini faqat mutloq zarurat boʼlgan hollarda qoʼllash kerak.
Triderm preparatini terining katta yuzalariga, koʼp miqdorda yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas. 
Emizish
Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarning koʼkrak suti bilan ajralib chiqishi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, biroq tizimli qon oqimiga oʼtuvchi kortikosteroidlar koʼkrak sutiga ham oʼtadilar. 
Triderm sut bezlariga surtilganda emizish mumkin emas. 
Bolalarda qoʼllanishi
Bu dori vositasini 2 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash tavsiya etilmaydi. Patsient bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga sezuvchanlik va mahalliy qoʼllanadigan kortikosteroidlar chaqirgan ekzogen kortikosteroidlarning faolligi, kattalarga nisbatan koʼproq darajada namoyon boʼlishi mumkin, chunki teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbatining kattaligi tufayli soʼrilishi jadalroq boʼladi. 
Bolalarda mahalliy kortikosteroidlar qoʼllanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, Kushing sindromi, oʼsishni sekinlashishi, tana vaznini oshishini sekinlashishi va bosh miya ichki bosimini oshishi toʼgʼrisida xabarlar berilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini susayishi simptomlari boʼlib, yuqoridagilar bilan birga, qon plazmasida kortizolning darajasini pastligi va adrenokortikotrop gormon (АKTG) qoʼzgʼatilgandan keyin reaktsiyalarning yoʼqligi hisoblanadi. Bosh miya ichki bosimini oshish simptomlari boʼlib, yuqoridagilar bilan birga liqildoqlarni boʼrtishi, bosh ogʼriqlari va koʼruv nervi diskini ikki tomonlama shishi hisoblanadi.
Аvtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir qilish hususiyati
Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir koʼrsatmaydi.

Qo'llanilishi

Triderm kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan bakteriyalar va/yoki zamburugʼlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar allaqachon mavjud boʼlganda, yoki ularni rivojlanish havfidan saqlanish kerak boʼlgandagi dermatozlarni davolash uchun qoʼllanadi. Preparat, eng avvalo, kasallik namlanuvchi jarohatlar bosqichida boʼlganda qoʼllash uchun toʼgʼri keladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Teri infektsiyalari (viruslar, bakteriyalar [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburugʼlar keltirib chiqargan), vaktsinalarga nisbatan reaktsiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qoʼllash uchun moʼljallangan kortikosteroidlarni qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar hisoblanadi. Rozatsea yoki perioral dermatit mavjud boʼlganida surtmani yuzga surtmaslik kerak.
Preparatning faol yoki yordamchi moddalaridan biriga, boshqa aminoglikozid antibiotiklarga (gentamitsin bilan kesishgan allergiya) ga yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.
Triderm ni okklyuzion bogʼlovlar ostida qoʼllash koʼzda tutilmagan. 
Triderm surtmasini shillik qavatlarga, koʼz atrofidagi teriga yoki koʼzga yaqin sohalarga surtish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jinsiy aʼzolar yoki anal teshik sohalaridagi teri Triderm bilan davolanish vaqtida oq vazelin va suyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarning yirtilishga qarshi mustahkamligini pasayishiga va demak, ularning ishonchliligini yoʼqolishiga olib kelishi mumkin. 
Mahalliy qoʼllanganida klotrimazol amfoteritsin va boshqa polien antibiotiklarga nisbatan antagonistik taʼsir koʼrsatishi mumkin.

Ta'rifi

yumshoq konsistentsiyadagi, oqdan och sariq ranggacha boʼlgan yot kiritmalarsiz bir xil surtma

Dozirovkasi

Oʼsmirlar va kattalar
Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib suritiladi va yengil ishqalanadi, ayni paytda terining butun shikastlangan sohasini, hamda uning atrofidagi sogʼlom terining yuzasini xam qamrab olishi kerak. 
Davolash davomiyligi ham klinik kuzatish va mikrobiologik tadqiqotlarning natijalariga, shuningdek davolashga nisbatan javob reaktsiyasiga bogʼliq. 
Oyoq panjalari mikozida uzoqroq muddat (2-4 hafta) davolash zarurati koʼrib chiqilishi mumkin.
2 yoshdan 12 yoshgacha boʼlgan bolalar
Surtmaning katta boʼlmagan miqdori terining faqat shikastlangan sohalariga qoʼyiladi va ehtiyotlik bilan ishqalanadi. Kuniga ikki martadan koʼp qoʼllash mumkin emas, surtmani surtishlar orasidagi tanaffus kamida 6-12 soat boʼlishi kerak. Surtmani yuz, boʼyin, bosh terisi, jinsiy aʼzolar sohasi, rektal soha va terining intertriginoz sohalariga shifokor nazorati ostida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi.
«Maxsus koʼrsatmalar» va «Bolalarda qoʼllanishi» boʼlimlariga qarang.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlar uzoq muddat yoki xaddan ziyod qoʼllanganida ikkilamchi adrenal yetishmovchilikni rivojlanish bilan birga gipofizar-adrenal tizim faoliyatini susayishi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi paydo boʼlishi mumkin. 
Ushbu simptomlarni gentamitsinning bir martalik dozasini oshirib yuborilishi chaqiradi deb hisoblash mumkin emas. 
Klotrimazolni okklyuzion bogʼlov ostiga 6 soat davomida qoʼllash, dozani oshirib yuborilishi simptomlarini rivojlanishiga olib kelmagan. 
Gentamitsinni xaddan ziyod yoki uzoq muddat qoʼllanishi antibiotika nisbatan sezgir boʼlmagan mikroorganizmlarni ortiqcha oʼsishiga olib kelishi mumkin. 
Davolash: Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. Oʼtkir giperkortitsizm simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurat boʼlganida elektrolitlar muvozanatini korrektsiya qilinadi. Preparat surunkali toksik taʼsir qilganida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Rezistent mikroorganizmlarni ortiqcha oʼsishi yuz berganida Triderm preparati bilan davolashni toʼxtatish va kerakli davolashni buyurish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar vaqtida kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllanishi teratogen taʼsir koʼrsatgan. Homiladorlarda qoʼllash toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq.
Аminoglikozidlar yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va agar ularni homilador ayollar qabul qilishsa, homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tugʼilgan bolalarda ortga toʼliq qaytmaydigan ikki tomonlama tugʼma karlik kuzatilganligi toʼgʼrisida xabarlar tushgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qoʼllanishi toʼgʼrisida yetarlicha maʼlumotlar yoʼq. 
Homilador ayollarda klotrimazolni qoʼllash toʼgʼrisida yetarlicha maʼlumotlar yoʼq. 
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarning natijalarida homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan. 
Triderm preparatini faqat mutloq zarurat boʼlgan hollarda qoʼllash kerak.
Triderm preparatini terining katta yuzalariga, koʼp miqdorda yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas. 
Emizish
Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarning koʼkrak suti bilan ajralib chiqishi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, biroq tizimli qon oqimiga oʼtuvchi kortikosteroidlar koʼkrak sutiga ham oʼtadilar. 
Triderm sut bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TRIDERM maz 15g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TRIDERM maz 15g o'xshash dorilari

LEVOMEKOL maz 40g
Retseptsiz
LEVOMEKOL maz 40g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
14 400 so'm dan
METILURASIL maz 25g 10%
METILURASIL maz 25g 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
7 000 so'm dan
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Retseptsiz
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vladeles registrasionnogo udostovereniya Sandoz Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Proizvoditel Lek Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
223 000 so'm dan
EKZODERIL® eritmasi 10ml 1% N1
Retseptsiz
EKZODERIL® eritmasi 10ml 1% N1
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
VLADELES REGISTRASIONNOGO UDOSTOVERENIYA I PROIZVODITEL Sandoz GmbX , Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya; proizvedeno Globofarm farmasoytishe Produktons und Xandelsgezellshaft mbX, Avstriya
•18 ta dorixonada bor
Narxi
65 130 so'm dan

TRIDERM maz 15g xususiyatlari

Triderm boshqa chiqarish shakllari

TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan
TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan

TRIDERM maz 15g analoglari

BETASPAN DEPO suspenziya 1ml N1
Retseptli
BETASPAN DEPO suspenziya 1ml N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
Narxi
45 000 so'm dan
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Retseptsiz
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
85 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan

TRIDERM maz 15g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
85 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
89 000 so'm
Bron qilish

TRIDERM maz 15g haqida savollar

TRIDERM maz 15g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil