Apteka.uz
SavatKirish

TRIDERM krem 15g

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belgiya
Kategoriya:Dermatologik
Farmakoterapevtik guruh:

dermatologiyada sirtga qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi kortikosteroidlar

Ishlab chiqaruvchi:Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Teglar:Dermatitdan
ATX kodi:D07XC01 Бетаметазон в комбинации с другими препаратами
Barcha Triderm dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 84 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRIDERM krem 15g haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,5 mg betametazon (0,643 mg betametazon dipropionati koʼrinishida); 
10,0 mg klotrimazol; 1,0 mg gentamitsin (gentamitsin sulьfati koʼrinishida);
yordamchi moddalar: suyuq parafin, yumshoq oq parafin, setostearil spirti, propilenglikol, makrogol setostearil efiri, benzil spirti, natriy digidrofosfat digidrati, fosfat kislotasi, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli
15 g dan alyumin tubalarda. Bir tubadan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton kutida.

Farmakodinamikasi

Taʼsir etish mexanizmi 
Triderm oʼzida quyidagi taʼsir etish mexanizmlarini birlashtiradi: betametazon dipropionatining yalligʼlanishga qarshi taʼsiri, gentamitsinning antibakterial taʼsiri va klotrimazolning zamburugʼlarga qarshi taʼsiri.
Dipropionat shaklidagi Betametazon yalligʼlanishga qarshi, allergiya va qichishishga qarshi kuchli taʼsir etuvchi kortikosteroid (taʼsir etish sinfi III) hisoblanadi.
Gentamitsin-antibakterial taʼsirga ega aminoglikozid antibiotikdir. Uning taʼsiri sezgir mikroorganizmlarning oqsil sintezini susaytirishga asoslangan. 
Gentamitsin koʼpchilik aerob grammanfiy va baʼzi grammusbat bakteriyalarga taʼsir etadi. 
In vitro sharoitda gentamitsin 1-8 mkg/ml kontsentratsiyada Escherichia coli (ichak tayoqchasi) sezgir shtammlarining koʼpchiligini, Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalar), Moraxella lacunata (Moraks – Аksenfelьd tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy protey, Pseudomonas ning koʼpgina shtammlari (psevdomonad), jumladan Pseudomonas aeroginosa (koʼk yiring tayoqchalari), Staphilococcus aureus (tillarang stafilokokk), Staphilococcus epidermidis (epidermal stafilokokk) va Serratia larning oʼsishini soʼndiradi. In vivo sharoitida bir turning har xil turlari va har hil shtammlari gentamitsinga nisbatan sezgirlikning katta farqlarini namoyish qilishi mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitdagi sezgirlik in vivo sharoitdagi sezgirlikka har doim ham mos kelmaydi. 
Gentamitsin koʼpchilik anaerob bakteriyalar, zamburugʼlar va viruslarga nisbatan samarasiz. Gentamitsin streptokokklarga minimal taʼsir koʼrsatadi. 
Gentamitsinga nisbatan chidamlilik ham grammanfiy, ham grammusbat bakteriyalarda rivojlanishi mumkin.
Klotrimazol zamburugʼlarga qarshi qoʼllaniladigan sintetik imidazol hosilasi hisoblanadi. Taʼsir etish doirasiga odam va hayvonlar uchun patogen boʼlgan zamburugʼlar kiradi. 
Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mogʼorli zamburugʼlarga qarshi samarali hisoblanadi. 
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburugʼlariga va Candida, shu jumladan Candida albicans zamburugʼ turlariga qarshi samarali hisoblanadi.
Hozirgi kunlargacha olingan bilimlarga koʼra klotrimazolning zamburugʼlarga qarshi samarasi ergosterol sintezini soʼndirilishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburugʼlar hujayra membranasining hayotiy zarur komponenti hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Triderm preparatining farmakokinetikasi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq. 
Betametazon 
Normal sharoitlarda mahalliy qoʼllanilganda betametazonning bir qismi tizimli qon oqimiga oʼtadi. Kirib borishi va soʼrilish miqdori tananing sohasi, terining holati dori shakli, yoshi va surtish usuliga bogʼliq. 
Gentamitsin 
Gentamitsinni shikastlanmagan teri yuziga surtishda soʼrilishini kutish ehtimoli yoʼq. Kreatin qavat shikastlanganda, yalligʼlanishlarda, okklyuzion bogʼlam ostida qoʼllanilganda yoki katta yuzalarga surtilganda teri orqali soʼrilishning kuchayishini kutish mumkin. 
Klotrimazol 
Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox qavatida qoladi, tizimli qon oqimiga soʼrilishi esa ahamiyatli emas. 1% li radiofaol klotrimazolni sogʼ teriga, shuningdek oʼtkir yalligʼlangan teriga qoʼllashdan keyin quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin: shox qavati - 100 mkg/sm3, retikulyar qavat - 0,5-1 mkg/sm3, teri osti klechatkasi - 0,1 mkg/sm3.

Farmakoterapevtik guruh

dermatologiyada sirtga qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi kortikosteroidlar

Nojo'ya samaralari

Davolash boshlanishida
Teri:
Kam hollarda: taʼsirlanish, achishish hissi, teri qichishi, qurishi, preparatning biror-bir ingredientiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri rangini oʼzgarishi.
Katta yuzalarda, okklyuzion bogʼlam ostida va/yoki uzoq vaqt qoʼllanilganida
Katta yuzalarda, okklyuzion bogʼlam ostida va/yoki uzoq vaqt qoʼllanilganda terida mahalliy oʼzgarishlar kuzatilishi mumkin. 
Kremni katta yuzalarga ishlatilganda tizimli taʼsirlar (buyrak usti bezi faoliyatini bostirilishi) ehtimoli mavjud.
Infektsiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik kamaygani uchun, ikkilamchi infektsiya rivojlanishi xavfi mavjudligini hisobga olish kerak.
Teri:
Аtrofiyalar (ayniqsa yuzda), teleangiektaziyalar, striyalar, terining chiziqli atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne ogʼiz atrofidagi yoki rozatseasimon dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini oʼzgarishi kabi terini mahalliy oʼzgarishlari. Teri rangini oʼzgarishi asliga qaytishi mumkinligi nomaʼlum.
Baʼzida: gentamitsinga kontakt sezgirlik. 
Baʼzi patsientlarda yorugʼlikka nisbatan sezgirlik ehtimoli kuzatilgan, ammo gentamitsinni qayta surib, keyinchalik ulьtrabinafsha nurlanish taʼsir qilinganda, bu holat qaytalanmagan. 
Endokrin tizimi:
Endogen kortikosteroidlar sintezi susayadi, shishlar bilan kechuvchi giperkortitsizm.
Moddalar almashinuvi:
Qandli diabet (avval yashirin shaklini namoyon boʼlishi). 
Quloq, ichki quloq/buyrak:
Kremni katta yuzalarga qoʼllanganda yoki bir vaqtning oʼzida aminoglikozid antibiotiklar bilan davolanganda kumulyativ ototoksiklik nefrotoksiklikni kutish mumkin. 
Mushak-skelet tizimi 
Osteoporoz, bolalarda oʼsishni sekinlashishi.
Yuqorida sanab oʼtilgan nojoʼya reaktsiyalar, shuningdek qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomada koʼrsatilmagan reaktsiyalar paydo boʼlsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Triderm qoʼllanishi natijasida taʼsirlanish yoki sensibilizatsiya paydo boʼlganda, davolashni toʼxtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. 
Аgar Triderm katta yuzaga surtilsa, xususan uzoq vaqt qoʼllanilganda yoki shikastlangan teriga qoʼllanilganda, mahalliy qoʼllash uchun moʼljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga soʼrilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda faol moddalarni tizimli qoʼllashda kelib chiqadigan noxush samaralarga oʼxshash oʼzgarishlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda bolalarga qoʼllanilganda alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. 
Аminoglikozid antibiotiklarni bir vaqtda tizimli qoʼllanganda, teri orqali soʼrilish 
yuqori boʼlganda, kumulyativ toksik taʼsirni kuzatilishi mumkin (ototoksiklik va nefrotoksiklik). 
Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga nisbatan kesishgan allergiyani namoyon boʼlish ehtimolini ham hisobga olish kerak. 
Аntibiotik saqlovchi preparatlar bilan uzoq vaqt davolanganda sezgir boʼlmagan mikroorganizmlar paydo boʼlishi mumkin. Bunday holatlarda yoki superinfektsiya rivojlanganda tegishli davolashni boshlash kerak. 
Kuchli taʼsir etuvchi yoki juda kuchli taʼsir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozada, keng yuzaga surtilsa yoki okklyuzion bogʼlam ostida, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarishi bostirilishi yoki metabolik taʼsiri kelib chiqishini hisobga olgan holda shifokorning muntazam kuzatuvi olib borilishi kerak.
Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan joylarga qoʼllashdan saqlanish lozim.
Uzluksiz qoʼllash davomiyligi iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak. 
Juda kuchli, kuchli va oʼrtacha taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni yuzga va genitaliy sohasida juda ham ehtiyotkorlik bilan uzogʼi bilan 1 hafta davomida qoʼllash kerak. 
Koʼzga yaqin joylarda faqat kuchsiz taʼsir etuvchi kortikosteroidlar qoʼllaniladi (glaukoma). 
Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga boʼlgan allergik teri reaktsiyalarini niqoblashi mumkin.
Preparat yordamchi komponentlar sifatida propilenglikolь va setostearil spirti saqlaydi. Sirtga qoʼllanilganida propilenglikolь terini taʼsirlanishi, setostearil spirti esa teri reaktsiyalari (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.
Patsientga preparatni faqat terining aynan shu kasalligini davolash uchun qoʼllash va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik toʼgʼrisida koʼrsatma berish kerak. 
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan. 
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllanishi.
Homiladorlik 
Hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalarda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash teratogen taʼsir koʼrsatgan. Homiladorlarda qoʼllash boʼyicha maʼlumotlar yoʼq. Аgar homilador ayollar Аminoglikozidlarni qabul qilsa, ular yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtadi va homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tugʼilgan bolalarda qaytmas ikki tomonlama tugʼma toʼliq karlik rivojlangani toʼgʼrisida xabar berilgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qoʼllash toʼgʼrisida yetarli maʼlumotlar yoʼq. 
Homiladorlarda klotrimazolni qoʼllash toʼgʼrisida yetarli maʼlumotlar yoʼq.
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar natijalari homila uchun hech qanday xavf yoʼqligini koʼrsatgan. 
Tridermni faqat mutloq zarurati boʼlgan hollardagina qoʼllash mumkin.
Tridermni katta yuzalarga, katta miqdorda va uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas.
Emizish
Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarni koʼkrak suti bilan ajrashishi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, ammo tizimli qon oqimiga oʼtuvchi, kortikosteroidlar koʼkrak sutiga ham oʼtadi. 
Triderm koʼkrak bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.
Bolalar yoshidagi patsientlarda qoʼllanishi 
Bu dori vositasini 2 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash tavsiya etilmaydi. 
Bolalarda katta yoshli patsientlarga qaraganda gipotalamus –gipofiz-buyrak usti bezi oʼqi soʼndirilishi va mahalliy qoʼllaniladigan kortikosteroidlar taʼsirida ekzogen kortikosteroidlar faolligini pasayishiga sezgirligi yuqori boʼlishi mumkin, chunki bolalarda teri qoplamasi yuzasi maydoni tana vazniga nisbatan katta boʼlgani uchun, soʼrilish tezligi yuqoriroq boʼladi. 
Bolalarda topik kortikosteroidlar qoʼllanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi oʼqi soʼndirilishi, Kushing sindromi, boʼy oʼsishi, tana vazni oshishini susayishi va bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini soʼndirilish belgilariga qon plazmasida kortizol miqdorining kamligi va adrenokortikotrop (АKTG) gormoni bilan ragʼbatlantirishga javob reaktsiya kuzatilmasligi kiradi. 
Bosh miya ichki bosimini oshishi simptomlariga liqildoqni boʼrtishi, bosh ogʼrigʼi, koʼruv nervi diskining ikki tomonlama shishi paydo boʼlishi kiradi. 
Аvtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga taʼsir etish qobiliyati
Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga taʼsir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Triderm bakteriyalar va/yoki zamburugʼlar chaqirgan infektsiya mavjud yoki uning rivojlanishiga xavf paydo boʼlgandagi kortikosteroidlar bilan davolashga sezgir dermatozlarni davolashda qoʼllanadi. Eng avvalo preparat kasallikning namlanuvchi shikastlanishlarida qoʼllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Teri infektsiyalari (virusli, bakterial [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburugʼli), vaktsinaga reaktsiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qoʼllash uchun moʼljallangan kortikosteroidlarni qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar hisoblanadi. 
Rozatsea yoki perioral dermatit boʼlganida kremni yuzga surtishdan voz kechishi lozim. 
Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga, boshqa aminoglikozid antibiotiklari (gentamitsin bilan kesishgan allergiya) yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) nisbatan oʼta sezuvchanlikda qilish mumkin emas. 
Triderm okklyuzion bogʼlam ostida qoʼllash uchun moʼljallanmagan.
Tridermni shilliq qavatlarga, koʼz atrofi va yaqinidagi teriga surtish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Triderm bilan davolash paytida terining anal va chov qismlarida, yumshoq oq parafin va suyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarni yirtilishiga boʼlgan chidamliligini kamayishiga olib kelib va natijada uning ishonchliligini buzilishiga olib keladi.
Klotrimazol mahalliy qoʼllanganda amfoteretsin va boshqa polien antibiotiklarga nisbatan antagonistik taʼsir koʼrsatishi mumkin.

Ta'rifi

yumshoq konsistentsiyali, oq yoki deyarli oq rangli, yot kiritmalarsiz, bir xil krem

Dozirovkasi

Oʼsmirlar va kattalar
Bir kunda ikki marta (ertalab va kechqurun) terini shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib surtiladi va yengil ishqalanadi; bunda terining hamma shikastlangan yuzasidan tashqari, atrofidagi sogʼ yuzalarini ham qamrab olish kerak.
Davolash davomiyligi klinik koʼrik, mikrobiologik tekshiruvlar natijalari, shuningdek davolashga javobga bogʼliq. 
Tovon mikozida uzoqroq vaqt (2-4 hafta) davolash zarur boʼlishi mumkin. 
2 yoshdan 16 yoshgacha boʼlgan bolalar
Terining faqat shikastlangan sohalariga oz miqdorda surtilib, ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni surtishlar orasida kamida 6-12 soat tanaffus bilan kuniga 2 martadan oshirmasdan qoʼllaniladi. 
Kremni yuzga, boʼyinga, bosh terisiga, chov aʼzolariga, rektal sohaga, terining intertriginoz sohalariga shifokor kuzatuvida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi. 
“Maxsus koʼrsatmalar” va “Bolalarda qoʼllanishi” boʼlimlariga qarang.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt va haddan ziyod qoʼllanilganda gipofizar – adrenal faoliyatini soʼndirilishi va ikkilamchi adrenal yetishmovchiligi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi kelib chiqishi mumkin.
Gentamitsin dozasining bir martalik oshirib yuborilishi natijasida biron-bir simptomlar rivojlanmaydi deb taxmin qilinadi.
Gentamitsinni haddan ziyod yoki uzoq muddat qoʼllanilishi antibiotikka sezgir boʼlmagan mikroorganizmlarni oʼsishi va koʼpayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Klotrimazolni 6 soat davomida okklyuzin bogʼlam ostida qoʼllash, dozani oshirib yuborilishi simptomlari rivojlanishiga olib kelmagan.
Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. 
Oʼtkir giperkortitsizm simptomlari odatda qaytuvchan boʼladi. Zarurati boʼlganida elektrolit muvozanatini muvofiqlashtiradi. Surunkali toksik taʼsir boʼlgan holatda asta-sekin kortikosteroidlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Chidamli mikroorganizmlar Triderm bilan davolash toʼxtatiladi va kerakli terapiya buyuriladi. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik 
Hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalarda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash teratogen taʼsir koʼrsatgan. Homiladorlarda qoʼllash boʼyicha maʼlumotlar yoʼq. Аgar homilador ayollar Аminoglikozidlarni qabul qilsa, ular yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtadi va homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tugʼilgan bolalarda qaytmas ikki tomonlama tugʼma toʼliq karlik rivojlangani toʼgʼrisida xabar berilgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qoʼllash toʼgʼrisida yetarli maʼlumotlar yoʼq. 
Homiladorlarda klotrimazolni qoʼllash toʼgʼrisida yetarli maʼlumotlar yoʼq.
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar natijalari homila uchun hech qanday xavf yoʼqligini koʼrsatgan. 
Tridermni faqat mutloq zarurati boʼlgan hollardagina qoʼllash mumkin.
Tridermni katta yuzalarga, katta miqdorda va uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas.
Emizish
Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarni koʼkrak suti bilan ajrashishi toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, ammo tizimli qon oqimiga oʼtuvchi, kortikosteroidlar koʼkrak sutiga ham oʼtadi. 
Triderm koʼkrak bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.

Yaroqlilik muddati (oy)

2 yil. 
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TRIDERM krem 15g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TRIDERM krem 15g o'xshash dorilari

LEVOMEKOL maz 40g
Retseptsiz
LEVOMEKOL maz 40g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
14 400 so'm dan
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Retseptsiz
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vladeles registrasionnogo udostovereniya Sandoz Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Proizvoditel Lek Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
223 000 so'm dan
METILURASIL maz 25g 10%
METILURASIL maz 25g 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
7 000 so'm dan
SINAFLAN maz 15g 0,025%
SINAFLAN maz 15g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 100 so'm dan

TRIDERM krem 15g xususiyatlari

Triderm boshqa chiqarish shakllari

TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan

TRIDERM krem 15g analoglari

AKRIDERM GK krem 15g
Retseptsiz
AKRIDERM GK krem 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
Narxi
35 000 so'm dan
VEGADERM maz 15g N1
Retseptli
VEGADERM maz 15g N1
Bolgariya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Balkanpharma–Razgrad AD
Narxi
63 000 so'm dan
TRIDOKS krem 15g
Retseptli
TRIDOKS krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narxi
40 000 so'm dan
TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan

TRIDERM krem 15g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
78 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
78 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
79 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
79 000 so'm
Bron qilish

TRIDERM krem 15g haqida savollar

TRIDERM krem 15g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil