TRIDOKS
TRIDOKS chiqarilish shakllari

TRIDOKS qo'llanmasi
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- teri sili, zaxmning teri ko'rinishlari;
- suvchechak, oddiy gerpes va terining boshqa virusli kasalliklari;
- emlashdan keyingi teri reaktsiyalari;
- ochiq yaralar;
- flebitlar, trofik yaralar;
- teri o'smalari;
- pushti va o'smirlik davridagi husnbuzarlar;
- qandli diabet;
- glaukoma, katarakta;
- 7 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Betametazon dipropionat
Sirtqi qo'llanilganda betametazon dipropionatning so'rilish darajasi turli omillarga, shu jumladan vosita asosi, epidermal to'siqning butunligi, okklyuzion bog'lov ishlatilishiga bog'liq. Betametazon dipropionat terining shox qavati orqali oson so'riladi, biotransformatsiyaga uchramaydi. Absorbsiya epidermisi shikastlangan teriga, tana burmalari sohasidagi teriga surtilganda, terining katta yuzasiga surtilganda ortadi. Terida sodir bo'layotgan yallig'lanish jarayonlari preparat so'rilishining kuchayishiga olib keladi. Okklyuzion bog'lovlarni qo'llash ham preparatning teri orqali so'rilishini sezilarli darajada oshiradi. Bolalarda betametazon dipropionatning absorbsiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq.
Preparat sirtqi surtilgandan so'ng teri orqali so'rilganda uning farmakokinetikasi kortikosteroidlar tizimli yuborilgandagi farmakokinetikaga o'xshash. Betametazon dipropionat glyukuron kislotasi bilan birikmalar ko'rinishida metabolizmga uchraydi va asosan buyraklar orqali, kamroq miqdorda – safro bilan chiqariladi.
Klotrimazol
Klotrimazol teriga surtilganda yuqori kirib borish qobiliyatiga ega. Preparat sirtqi qo'llanilganda konsentratsiyasi epidermisda dermadagiga va teri osti kletchatkasidagiga qaraganda yuqori. Tizimli ta'sir deyarli ko'rsatmaydi.
Gentamitsin sulfat
Shikastlangan terining katta qismlarida (masalan, kuyishlarda) qo'llanilganda preparat so'rilishi mumkin, bunda tizimli nojo'ya samaralar yuzaga kelishi mumkin. Gentamitsin sulfat organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi va siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Majmuaviy preparat, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antibakterial va zamburug'larga qarshi (fungitsid) ta'sir ko'rsatadi.
Betametazon dipropionati – sintetik ftor saqlovchi glyukokortikosteroid (GKS). Yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi, tomir toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparat lipokortin sintezini induktsiya qiladi, bu fosfolipaza A2 faolligini susaytirishga va prostaglandinlar, leykotrienlar kabi yallig'lanish va allergiya mediatorlari biosintezini kamaytirishga olib keladi. Shikastlanish sohasida tomirlarning yuqori o'tkazuvchanligi va kengayishini bartaraf etadi, buning natijasida ekssudativ reaktsiyalarni kamaytiradi. Oqsil sintezini, kollagen yotqizilishini kamaytiradi, teridagi proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
Klotrimazol - imidazol hosilalari guruhidan zamburug'larga qarshi vosita. Zamburug'lar hujayra membranasining tarkibiy qismi bo'lgan ergosterol sintezini buzish hisobiga ta'sir ko'rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega. Dermatofitlar, mog'or zamburug'lari, Candida turkumi zamburug'lari, shuningdek kepaklanuvchi temiratki qo'zg'atuvchisi - Malassezia furfurga nisbatan samarali. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Corynebacterium minutissimum, Streptococcus spp., Staphylococcus spp., shuningdek Trichomonas vaginalisga nisbatan.
Gentamitsin - aminoglikozidlar guruhidan keng ta'sir doirasiga ega antibiotik, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Bakteritsid ta'siri sitoplazmatik membrana o'tkazuvchanligining buzilishi va ribosomalar darajasida oqsil sintezining susayishi bilan bog'liq. Preparatga yuqori sezgir grammanfiy bakteriyalar: Proteus spp. (indolmusbat va indolmanfiy), Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Campylobacter spp.; grammusbat bakteriyalar: Staphylococcus spp. (metitsillinga rezistent). Sezgir: Enterococcus faecalis, Serratia spp., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Citrobacter spp. Rezistent: Neisseria meningitidis, Treponema pallidum, Streptococcus spp. (Streptococcus pneumoniae dan tashqari), Providencia rettgeri.
Kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalar
Kremning oz miqdori zararlangan teri sohalariga yengil ishqalab, sutkasiga 2 marta surtiladi. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi va nozologik shakli hamda kasallikning og'irligiga bog'liq. Preparatni okklyuzion bog'lam ostida qo'llash, shuningdek tanaffussiz 2 haftadan ortiq davolashni o'tkazish kerak emas, takroriy kurslar orasida kamida 20 kunlik tanaffus bo'lishi zarur. Oyoq panjalari dermatomikozida o'rtacha davolash davomiyligi - 2-4 hafta.
Bolalar va yuzi zararlangan bemorlarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Preparat oftalmologiyada qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparatni uzoq muddat qo'llashdan saqlanish kerak, chunki bunda nojo'ya ta'sir paydo bo'lish chastotasi ortadi va mikroorganizmlar rezistentligi rivojlanishi mumkin. Chidamli bakterial yoki zamburug'li mikroflora paydo bo'lganda preparatni bekor qilish va tegishli davolashni tayinlash kerak.
Teleangiektaziyalar, perioral dermatit paydo bo'lishi mumkinligi sababli preparatni yuz terisiga qo'llash mumkin emas. Qo'ltiq osti va chov sohasidagi teriga preparatni faqat o'ta zarur bo'lgan hollarda qo'llash kerak. Preparatni okklyuzion bog'lov ostiga qo'llash mumkin emas. Teri osti kletchatkasi atrofiyasida, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Tizimli so'rilish natijasida gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funktsiyasining qaytuvchan bostirilishi, shuningdek preparat bekor qilingandan keyin buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi simptomlari yuzaga kelishi mumkin.
Preparatning transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
Immunodepressantlar ta'sirini kuchaytiradi, immunostimulyator preparatlar ta'sirini kamaytiradi.
- qichishish, achishish, ta'sirlanish;
- terining quruqligi, follikulit, gipertrixoz, steroid husnbuzarlar, gipo- yoki giperpigmentatsiya;
- allergik reaksiyalar;
- perioral dermatit, teleangiektaziyalar;
- matseratsiya, infektsiyalanish, teri atrofiyasi, striyalar, isitma toshmasi (okklyuzion bog‘lamlar qo‘llanilganda).
Uzoq vaqt davolanganda yoki katta yuzaga surtilganda tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin:
- tana vaznining oshishi, osteoporoz, qon bosimining oshishi, shishlar, giperglikemiya;
- me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatining yaralanishi;
- yashirin infektsiya o‘choqlarining kuchayishi;
- qo‘zg‘alish, uyqusizlik;
- gipofizar-buyrak usti bezi tizimining susayishi, dismenoreya;
- ototoksik ta'sir.
TRIDOKS narxlari
TRIDOKS barcha rasmlari













