Ташкент
logo
SavatKirish

VEGADERM maz 15g N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:Vegapharm LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Balkanpharma–Razgrad AD
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:D07CC01
Barcha VEGADERM dorilari
52 ta dorixonada bor
Narxi 38 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 52 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VEGADERM maz 15g N1 o'xshash dorilari

BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•136 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan
BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•128 ta dorixonada bor
Narxi
71 847 so'm dan
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
Retseptsiz
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Retseptsiz
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•125 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan

VEGADERM maz 15g N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: betametazon dipropionati (0,5 mg betametazonga ekvivalent), Klotrimazol 10,0 mg, gentamisin sulfati (1,0 mg gentamisinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: suyuq parafin, oq yumshoq parafin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

15 g dan preparat pastki partida lateks paychalarining, yurak bilan berkitilgan ichki tomonlangan lachlangan kobik bilan koplangan alyuminiy tubalarga joylanadi bilan plastik vida.

1. Tubadan davlat va rus tilarididzh medicza yuriknama bilan karton kutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Betametazon mahalliy qo'llanilganda tez davomli yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Allergiyaga qarshi ta'siri allergiya mediatorlarni sintezini va sekresiyasini kamayishi, sensibilizasiyalangan semiz xujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik faol moddalarni ajralib chiqishini tormozlanishi, aylanib yuruvchi bazofillar sonini kamayishi, limfoid va biriktiruvchi to'qimaning proliferasiyasini susayishi, T - va V-limfositlar, semiz xujayralar sonini kamayishi, effektor xujayralarning allergiya mediatorlariga sezgirligini pasayishi, antitela hosil bo'lishini susayishi, organizmning immun javobini o'zgarishi oqibatida rivojlanadi. Uning kimyoviy tuzilishida ftorni mavjudligi, uning yallig'lanishga qarshi faolligini kuchaytiradi, u gidrokortizonning faolligidan taxminan 30 marta yuqori, lekin mineralokortikoid faollikka ega emas. Mahalliy qo'llanilganda teri shikastlanishlarini bitishini sekinlashtirmaydi.

Klotrimazol keng doiradagi zamburug'larga qarshi ta'sirga ega. U achitqilar, dermatofitlar, Aspergilus, Scopulariopsis, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton guinckeanum, Trichophyton rubrum, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans ga qarshi faollikka ega.

Gentamisin bakterisid ta'sir etuvchi keng ta'sir doirasiga ega antibiotik hisoblanadi. Antibakterial vosita sifatida yuqori samaradorlikka ega. Uning ta'siriga Streptococci guruhi bakteriyalari (A guruhi: β-gemolitik va -gemolitik), Staphylococcus aureus (koagulaza-musbat, koagulaza-manfiy va penisillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar) va Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus vulgaris, Klebsiella rpeimopіae kabi grammanfiy bakteriyalar sezgir.

Farmakokinetikasi

Vegaderm surtmasi – majmuaviy preparat bo'lib, ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog'liq. Teri orqali so'rilish darajasi yordamchi moddalarning sifati va tarkibi, epidermisning butunligi va okklyuzion bog'lamning mavjudligiga bog'liq. Mahalliy kortikosteroidlar shikastlanmagan teri orqali ham so'riladi. Yallig'lanish va boshqa og'riqli jarayonlar, ayniqsa terining atrofik o'zgarishlari so'rilishni yaxshilaydi. Mahalliy kortikosteroidlar tizimli qon oqimiga tushganida tizimli qo'llash uchun mo'ljallangan preparatlarga o'xshab ta'sir ko'rsatadi (plazma oqsillari bilan bog'lanadi va asosan jigarda metabolizmga uchraydi). Chiqarilishning asosiy yo'li – buyrak orqali chiqariladi. Teriga mahalliy qo'llanilganda klotrimazolning tizimli so'rilish darajasi ahamiyatsiz va qondagi kontsentrasiyasi klinik ahamiyatga ega emas. Shikastlanmagan teriga surtilganda gentamisin so'rilmaydi, lekin davomli va terining katta sohalarida qo'llanilganda, shuningdek butunligini buzilishi bo'lgan teriga surtilganda u qonga tushishi mumkin. O'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan chiqariladi.

 

Nojo'ya samaralari

-achishishni his qilish;

-terini ta'sirlanishi;

-qichishish, terini qurishi;

-terini o'ta yuqori sezuvchanligi, toshma, terini rangsizlanishi;

-gipopigmentasiya;

-follikulit;

-gipertrixoz;

-husnbuzarsimon toshma;

-perioral dermatit;

-allergik kontakt dermatit;

-terini maserasiyasi;

-ikkilamchi infektsiya;

-teri atrofiyasi;

-striyalar;

-issiqlik toshishi;

-terini ta'sirlanishi: qichishish, eritematoz toshma (gentamisinning ta'siri).

Bolalarda qo'llanishi

-gipofiz-gipotalamus-buyrak usti bezi tizimini susayishi;

-Kushing sindromi;

-o'sishni sekinlashishi, tana vaznini oshishini orqada qolishi;

-liqildoqni shishi, bosh og'rig'i, ko'ruv nervi diskini ikki tomonlama shishi (dimlangan so'rg'ich simptomi) bilan kechuvchi bosh miya ichki bosimini oshishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Vegaderm surtmasi oftalmologiyada qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Ko'z olmasining ochiq yuzalariga preparatni tushishidan saqlanish uchun uni ko'z atrofiga ehtiyotkorlik bilan surtish kerak, chunki bu glaukoma rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Mahalliy kortikosteroidlarni uzoq vaqt qo'llash, ularni yuqori dozalarda va terining katta sohalarida ishlatish ahamiyatli tizimli so'rilishiga va giperkortisizmning klinik ko'rinishlari bilan kechuvchi gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga olib kelishi mumkin. Bu ko'rinishlar ko'pincha kichik bolalarda yoki okklyuzion bog'lamlarni tez-tez qo'llaganda (tagliklar shunday bog'lam sifatida ta'sir ko'rsatishi mumkin) yuzaga keladi. Yuqori faollikka ega kortikosteroidlar bilan davomli va jadal davolaganda terining mahalliy atrofik o'zgarishlari va yuzaki qon tomirlarni kengayishi rivojlanishi mumkin. Buni yuz terisida uzoq vaqt qo'llaganda, xususan psoriaz, eritematoz yugurik va ekzemaning og'ir shakllarini davolaganda e'tiborga olish kerak. Mahalliy antibiotiklarni, shu jumladan gentamisin va klotrimazolni uzoq vaqt qo'llaganda chidamlilik va superinfektsiyaga moyillik rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday infektsiyaga gumon qilinganda preparat bilan davolashni to'xtatish va boshqa antibakterial preparat bilan muvofiq davolashni boshlash kerak. Okklyuzion bog'lamlarni ishlatish terining shikastlangan sohalarida infektsiyani rivojlanishiga olib keladi. Turli aminoglikozidlar o'rtasida kesishgan chidamlilik mavjud. Oddiy psoriazni davolash uchun mahalliy kortikosteroid preparatlarni qo'llaganda jarayonni surunkali tus olishi, ko'nikib qolish, tarqalgan pustulyoz psoriazni rivojlanishi xavfini oshishi va terining himoya funktsiyasini buzilishi oqibatida mahalliy va tizimli toksiklik kuzatilishi mumkin. O'ta yuqori sezuvchanlik yoki superinfektsiya simptomlari namoyon bo'lganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Preparatni ochiq yaralar yoki butunligini buzilishi bo'lgan teriga surtish mumkin emas. Gentamisinni terining katta sohalariga yoki uni butunligini buzilishi bo'lganida uzoq vaqt qo'llash, u ahamiyatliroq so'rilishi va bu bilan bog'liq tizimli samaralarga olib kelishi mumkin.

Gentamisin bilan davolash terining tranzitor ta'sirlanishi (qichishish, eritema) bilan kechishi mumkin, bu ko'pgina holatlarda davolashni to'xtatishni talab etadi.

Лечение гентамицином может сопровождаться транзиторным раздражением кожи (зуд, эритема), что в большинстве случаев не требует прекращения терапии.

Qo'llanilishi

kortikosteroid davolashga sezgir va Klotrimazol va gentamisinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ikkilamchi infektsiyalar bilan asoratlangan teri kasalliklarini (kattalarda va 3 yoshdan oshgan bolalarda) mahalliy davolash uchun qo'llanadi.

 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;

-ayrim teri infektsiyalari (oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes, suvchechak, teri sifilisi va tuberkulyozi, oddiy husnbuzar, rozatsea);

-perioral dermatit;

-perianal va genital qichishish;

-3 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vegaderm surtmasini boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Ammo uni boshqa surtmalar yoki kremlar, xususan anion sirt-faol moddalar saqlovchi vositalar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Vegaderm surtmasini yurak glikozidlari bilan birga qo'llanilganda ularning ta'siri kuchayadi, diuretiklar bilan birga qo'llanilganda kaliyni chiqarilishi kuchayadi, gipoglikemik preparatlar, peroral antikoagulyantlar bilan birga qo'llanilganda ularning ta'siri susayadi. Vegaderm preparati bilan bir vaqtda yoki davolash kursi yakunlanishi bilanoq mikroblarga qarshi va otonefrotoksik ta'sir ko'rsatuvchi boshqa preparatlarni buyurish mumkin emas.

Ta'rifi

oq yoki deyarli oq rangdagi bir xil kremsimon massa.

Dozirovkasi

Vegaderm surtmasini terining shikastlangan sohasiga kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun yupqa qavat qilib (engil uqalovchi harakatlar bilan) surtish kerak. Qo'llash tezligi va davolash davomiyligi kasallikning og'irlik darajasiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi. Davolash davomiyligi shikastlanish darajasi, joylashishi va o'tkazilayotgan davolashga pasientning reaktsiyasiga bog'liq. Engil holatlarda kuniga bir marta qo'llash etarli bo'ladi, og'irroq shikastlanish holatlarida tez-tez qo'llash talab etilishi mumkin. 3-4 xafta davolash samarasiz bo'lganida davolashga tuzatish kiritish kerak.

Kattalar

Surtmaning oz miqdori terining shikastlangan sohasiga va uning bevosita atrofiga sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun) surtiladi.

3 yoshdan oshgan bolalar va o'smirlar

Preparatni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya reaktsiyalar ko'pincha bolalarda yuzaga keladi, shuning uchun uni faqat shifokor ko'rsatmalariga muvofiq qo'llash kerak.

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda dozani o'zgartirish talab etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: mahalliy glyukokortikosteroidlarni haddan tashqari ko'p yoki uzoq vaqt qo'llash gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funktsiyasini susayishini chaqirishi va buyrak usti bezi po'stloq qismini ikkilamchi etishmovchiligini rivojlanishi va giperkortisizm simptomlarini, shu jumladan Kushing sindromi paydo bo'lishi sababchisi bo'lishi mumkin. Gentamisinning dozasini bir marta oshirib yuborilishi biron-bir simptomlar bilan kechmaydi. Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llash sezgir bo'lmagan florani, shu jumladan zamburug'li florani ahamiyatli o'sishiga olib kelishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash, o'tkir giperkortisizmning simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati bo'lganida elektrolit disbalansni davolash kerak. Surunkali toksik ta'sir rivojlangan hollarda glyukokortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.

Sezgir bo'lmagan florani, shu jumladan zamburug'li florani ahamiyatli o'sgan hollarda tegishli antibakterial yoki zamburug'larga qarshi davolashni o'tkazish kerak.

 

Bolalar uchun qo'llanilishi

Tana yuzasining maydoni va tana vazni nisbati ko'rsatkichini kattaligi oqibatida so'rilishni yuqoriligi tufayli, bolalar kattalarga nisbatan mahalliy kortikosteroidlar chaqirgan gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga va kortikosteroidlarning samaralariga sezgirroqdirlar. Pasientlarning bu guruhida preparatni qo'llash davomiyligi cheklanishi (4-5 kundan oshmasligi) kerak. Mahalliy kortikosteroidlar bilan davolangan bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, Kushing sindromi, o'sishni sekinlashishi, tana vaznini oshishini sekinlashishi va bosh miya ichki bosimini oshishi holatlari haqida xabarlar mavjud.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Mahalliy kortikosteroidlarni hayvonlarda qo'llash homilani rivojlanish nuqsonlariga olib kelishi mumkin. Homiladorlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Bu guruhdagi preparatlarni homiladorlik vaqtida faqat agar ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina qo'llash mumkin. Homiladorlik vaqtda bu guruhdagi preparatlarni tez-tez, yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt qo'llash mumkin emas.
Laktasiya davri
Yangi tug'ilgan chaqaloq va emizikli bola yuzasidan dori vositasini qo'llashning xavfsizligi aniqlangan va shuning uchun uni emizish davrida qo'llash alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Kortikosteroidlarni mahalliy qo'llash tizimli so'rilish orqali uni ko'krak suti bilan ajralishi mumkinligi haqida ma'lumotlar yo'q. Preparat bilan davolash vaqtida emizishni to'xtatish yoki imkoni bo'lsa davolashni to'xtatish tavsiya etiladi.

VEGADERM maz 15g N1 analoglari

AKRIDERM GK maz 30g
Retseptsiz
AKRIDERM GK maz 30g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
AKRIDERM GK krem 15g
Retseptsiz
AKRIDERM GK krem 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
Narxi
35 000 so'm dan
AKRIDERM GK maz 15g
Retseptsiz
AKRIDERM GK maz 15g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
TRIDOKS krem 15g
Retseptli
TRIDOKS krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narxi
40 000 so'm dan
SILKRON DERM krem 10g
Retseptsiz
SILKRON DERM krem 10g
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
Dongkwang Pharm. Co. Ltd
TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan
TRIDERM krem 15g
TRIDERM krem 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
84 000 so'm dan
Triderm
Triderm
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.

VEGADERM maz 15g N1 savollari

VEGADERM maz 15g N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil