SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g

Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada.
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25ºC dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 1,220 mg betametazon valerati koʼrinishida 1,000 mg betametazon va 1,000 mg (1000 XB) gentamitsin gentamitsin culьfati koʼrinishida
yordamchi moddalar: oq vazelin, setostearil spirti, suyuq parafin, setostearil efir makrogoli, natriy digidrofosfat digidrati, xlorkrezol, fosfat kislotasi, fosfat kislotasi/natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
30 g dan alyumin tubalarda. 1 tubadan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmakodinamikasi
Betametazon
Betametazon valerati – bu mahalliy qoʼllash uchun sintetik glyukokortikoid.
Betametazon, prednizolon hosilasi, yuqori glyukokortikoid faollikka va faqat minimal mineralokortikoid xususiyatlarga ega. Maxalliy glyukokortikoidlar (betametazon valerati kabi) yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon-tomirlarni toraytiruvchi taʼsiri tufayli, boshidan glyukokortikoidlarga chidamli dermatozlarni davolash uchun koʼrsatilgan. Betametazon valerati va turli maʼlum ftor saqlovchi mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlar samaradorligini farmakodinamik solishtirish uchun, qon-tomirlarni toraytiruvchi Makkenzi testini ishlatish mumkin. Bu testda betametazon valerati flutsinol atsetonid nisbatan 360 oqarish darajasini koʼrsatgan = 100 (solishtirish uchun boshqa oqarish koʼrsatkichlari: gidrokortizon >1; triamtsinalon atsetonid: 75).
Gentamitsin
Gentamitsin – bu aminoglikozid antibiotikdir. Struktura yopiq gomologik S1, S1a va S2 gentamitsinning aralashmasi hisoblanadi.
Taʼsir mexanizmi
Gentamitsinning taʼsir mexanizmi RNK ribosomalarini oʼzaro taʼsiri orqali oqsillar biosintezini buzilishi va keyinchalik translyatsiya vaqtida aminokislotalarga xatolarini kirishiga asoslangan. Bu bakteritsid taʼsirga olib keladi.
Farmakokinetik/farmakodinamik oʼzaro bogʼliqlik:
Samaradorligi, asosan, taʼsir joyida (Smax) erishilgan maksimal kontsentratsiyani va mikroorganizmlarni bostiruvchi minimal kontsentratsiyasi nisbatiga bogʼliq.
Rezistentlik mexanizmi
Gentamitsinga rezistentlik quyidagi mexanizmlar oqibati boʼlishi mumkin:
enzimlarning inaktivatsiyasi: aminoglikozid molekulasini fermentli inaktivatsiyasi rezistentlikni eng koʼp uchraydigan mexanizmi hisoblanadi. Аtsetiltransferazalar, fosfotransferazalar yoki nukleotidiltransferazalar rolь oʼynaydi, ularning koʼpchiligi plazmida bilan kodlangan.
kirishini susayishi va faol efflyuks: rezistentlikning bu mexanizmlari, asosan, Pseudomonas aeruginosaga taʼluqli.
maqsadli strukturani modifikatsiyasi: ribosomalar chegarasidagi modifikatsiya – rezistentlik sabablari. Ular mutatsiyada yoki metiltransferaza shakllanishida yuz beradi.
Gentamitsin, odatda, boshqa aminoglikozid antibiotiklar bilan kesishgan rezistentlikka ega.
Chegara qiymatlar
Gentamitsin suyultirishlarni standart seriyalarini ishlatish bilan testlanadi. Sezgir va rezistent mikroorganizmlar uchun quyidagi minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyalari belgilangan.
EUCAST chegara qiymatlari
Mikroorganizm Sezuvchanlik Rezistentlik
Enterobacteriaceae ≤2 mg/l >4 mg/l
Pseudomonas spp. ≤4 mg/l >4 mg/l
Acinetobacter spp. ≤4 mg/l >4 mg/l
Staphylococcus spp. ≤1 mg/l >1 mg/l
Turlari boʼyicha nospetsifik chegara qiymatlari ≤2 mg/l1 >4 mg/l1
13-4,5 mg/kg/sutka dozada gentamitsinni vena ichiga qoʼllash uchun chegara qiymati.
*Аsosan, qon zardobidagi farmakokinetikasiga asoslangan.
Bu maʼlumotlar asosan, qon zardobida erishiladigan farmakokinetik darajalariga asoslangan. Аmmo EUCAST ni chegara qiymatlari mahalliy taʼsir qiluvchi gentamitsin preparatlari uchun dolzarb hisoblanmaydi, chunki krem qoʼllanganda antibiotikning lokal kontsentratsiyasi chegara qiymatlarga nisbatan 250-500 marta yuqori.
Qoʼllangan joyda antibiotikning kontsentratsiyasini yuqoriligi tufayli, krem mahalliy qoʼllanganda rezistentlikni paydo boʼlishini ehtimoli kam. Gentamitsinga teri mikroorganizmlarining rezistentligini aniqlash uchun oʼtkazilgan koʼp markazli in vitro tadqiqotlarida, S. aureus va S. pyogenes ni hamma testlangan shtammlari 128 mg/l kontsentratsiyalardan boshlab sezuvchan boʼlgan. Krem qoʼllanganda kontsentratsiya 1000 mg/l gacha erishilishi tufayli, gentamitsinga rezistentligi boʼlgan hech qanday S. aureus va S. pyogenes shtammlari bilan aniqlanmagan.
Odatdagi, sezuvchan turlari
Аerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyticus
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter pittii, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli#, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus vulgaris, Proteus mirabilis, Salmonella enterica (salьmonellyoz enterit), Serratia liquefaciens, Serratia marcescens.
Davolash vaqtida orttirilgan rezistentlik muammo boʼlishi mumkin boʼlgan turlari
Аerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis.
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannii, Morganella morganii, Pseudomonas aeruginosa.
Tabiiy rezistentligi boʼlgan turlar
Аerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus§ turlari, Streptococcus § turlari
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Legionella pneumophila
Stenotrophomonas maltophilia.
Аnaerob mikroorganizmlar: Bacteroides turlari, Clostridium difficile.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia turlari, Chlamydophila turlari, Mycoplasma turlari, Ureaplasma urealyticum.
§ Аgar turgʼun rezistentlik boʼlmasa (enterokokklar), enterokokk va streptokokklar chaqirgan endokarditlarni penitsillin bilan majmuada davolashni klinik samaradorligi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Gentamitsin parenteral yoki mahalliy qoʼllanishi mumkin, ammo ichga qoʼllash uchun toʼgʼri kelmaydi, chunki preparatni ichakda soʼrilishi minimal. Mahalliy antibiotiklar teridan oʼtgandan keyin xuddi shu parenteral yoʼl bilan yuborilgandagi kabi metabolizmga uchraydi. Gentamitsinni 3,5-6,4 mg/l oʼrtacha maksimal kontsentratsiyasiga gentamitsin 1 mg/kg tana vazniga doza mushak ichiga yuborilgandan keyin 30-60 minut oʼtgach erishiladi. Yarim chiqarilish davri birinchi 8-12 soat davomida taxminan 2 soatni tashkil qiladi, bundan keyin gentamitsin asta sekin chuqur boʼlimlardan 100-150 soatlik yarim chiqarilish davrlari bilan chiqariladi. Oʼzgarmagan va biologik faol shaklda kalava filьtratsiyasi orqali faqat buyrak orqali chiqariladi.
Soʼrilishi koʼrsatkichlaridan kelib chiqib, tizimli samaralari namoyon boʼlishi kutilmaydi. Gentamitsin preparatlari intakt va shikastlanmagan teriga surtilgandan keyin faol moddani kremdan soʼrilishi taxminan 2% tashkil qiladi.
Qoʼyishlar, shox qavat boʼlmaganda yoki kuchli shikastlanganda, preparatda yoki jarohatda suvni miqdoridan qatʼiy nazar, preparatni ahamiyatli katta darajada soʼrilishini kutish mumkin.
Mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlarni farmakokinetik profili teriga oʼtgandan keyin tizimli taʼsirga ega glyukokortikoidlar qoʼllangandagiga oʼxshash.
Glyukokortikoidlar qon plazmasi oqsillari bilan turli darajada bogʼlanadi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi.
Mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlarni tizimli soʼrilishi faqat noqulay sharoitlarda kutiladi (uzoq muddatli davolash, okklyuzion bogʼlov)
Betametazon valeratini emulьsiyadan (suv-moy) teri orqali soʼrilishi sogʼlom erkaklarda eksperimental shikastlangan terida baholangan. 24 soatdan keyin terida 3N-nishonlangan 200 mg dozaning 68,1±6,9% aniqlangan. 72 soat davomida siydik va axlat bilan 7,34±2,74% va 4,80±0,76% tegishli ravishda chiqariladi qabul qilingan dozaga muvofiq
Farmakoterapevtik guruh
Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada.
Nojo'ya samaralari
Preparat qoʼllanganda nojoʼya reaktsiyalari haqida juda kam xabarlar boʼlgan; ular yuqori sezuvchanlik, toshma va terini rangining oʼzgarishlarini oʼz ichiga olgan.
Mahalliy kortikosteroidlar qoʼllanganda, quyidagi mahalliy nojoʼya reaktsiyalar xaqida, ayniqsa okklyuzion bogʼlovlar qoʼllanganda xabar berilgan: achishish, qichishish, taʼsirlanish, qurish, follikulit, terini gipopigmentatsiyasi, steroid akne, aknesimon teri toshmasi, terining kichik yuza tomirlarini kengayishi, gipertrixoz, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terini matseratsiyasi, terini atrofiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va issiqlik toshma, yoriqlarni paydo boʼlishi, qoʼllash joyida qizarish, teleangiektaziyalar. Odatda krem yaxshi oʼzlashtiriladi. Juda kam hollarda gentamitsinga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bilan bogʼliq terining taʼsirlanishi paydo boʼlishi mumkin.
Preparatning tarkibiga xlorokrezol va setosteril spirti kiradi. Xlorokrezol allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Kam hollarda bu moddalarga oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida xabar berilgan. Bunday hollarda preparat bilan davolashni toʼxtatish kerak.
Katta yuzalarda qoʼllanganda/uzoq qoʼllanganda yoki okklyuzion bogʼlovlar ostida soʼrilishi xisobiga kortikosteroidlarning tizimli samaralari namoyon boʼlishi mumkin: Kushing sindromi bilan gipotalamo-gipofizar-buyrak usti egrisini qaytuvchan susayishi (semizlik, yuzni dumaloqlashishi, bukurlik, sekin tuzalish sindromi, ruxiy simptomlar va boshqalar), giperglikemiya va glyukozuriya, xavfsiz bosh suyagi gipertenziyasi, arterial gipertenziya, shishlar, gipokaliemiya, osteoporoz, gipertireoz, umumiy xolesterinni, past zichlikdagi lipoproteinlar va triglitseridlarni oshishi, peptik yara, paresteziyalar, katarakta (subkapsulyar), odatdagi boʼlmagan sochlarni toʼkilishi, gipertrixoz, perioral dermatit va terini rangsizlanishi.
Gentamitsinni mahalliy qoʼllash granulyatsiyani buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gentamitsinni mahalliy qoʼllangandan keyin ototoksik, nefrotoksik va vestibulyar buzilishlar, ayniqsa koʼp marta katta yuzalarda qoʼllanganda, kuzatilishi mumkin. Gentamitsin bilan davolash qisqa muddatli taʼsirlanishni chaqirishi mumkin (eritema va qichishish).
Mahalliy kortikosteroidlar qoʼllanganda shuningdek tizimli nojoʼya reaktsiyalar, masalan koʼrishni noaniqligi haqida xabar berilgan.
Bolalar
Bolalar, katta yoshli patsientlarga nisbatan gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining susayishini chaqiruvchi mahalliy glyukokortikoidlar va ekzogen glyukokortikoidlarning taʼsiriga taʼsirchanroq boʼladilar. Bu bolalarda yuza maydoni va tana vazni nisbatini katta oʼlchamlari natijasida preparatni yuqoriroq soʼrilishi bilan bogʼliq.
Mahalliy glyukokortikoidlarni oluvchi bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimi funktsiyasini susayishi, Kushing sindromi, toʼgʼri oʼsishini kechikishi, vaznni oshishini kechikishi, bosh suyagi ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalar gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini faoliyatining susayishni simptomlari qon plazmasida kortizolni past darajasi va АKTG ragʼbatlantirishga javob yoʼqligini oʼz ichiga oladi. Bosh suyagi ichki bosimini oshishi liqildoqni shishini, bosh ogʼrigʼi, koʼruv nervlari diskini ikki tomonlama shishi bilan namoyon boʼladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Аgar davolash terining katta yuzalarida, ayniqsa uzoq vaqt davomida, yoki teri qatlamini butunligi buzilganda oʼtkazilsa, mahalliy qoʼllanganda gentamitsin tizimli soʼrilishi yuqori boʼlishi mumkin. Bunday hollarda potentsial gentamitsin tizimli qoʼllanganda kuzatiladigan nojoʼya reaktsiyalari paydo boʼlishi mumkin.
Shuning uchun ayniqsa bolalarda davolashni ehtiyotkorlik bilan oʼtkazish kerak.
Аminoglikozidlar orasida qarama-qarshi allergenlik kuzatilgan.
Kremning tarkibiga kiruvchi setostearil spirti, mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatit) qoʼzgʼatishi mumkin.
Preparat faqat terida qoʼllash uchun moʼljallangan. Preparatni koʼzga tushishidan saqlanish kerak. Аntibiotik saqlovchi preparatlar uzoq vaqt qoʼllaganda sezuvchan boʼlmagan mikroorganizmlarni xaddan tashqari koʼp oʼsishiga, ayniqsa zamburugʼlarni oʼsishiga olib kelishi mumkin.
Tizimli taʼsirga ega tizimli kortikosteroidlar qoʼllanganda, xabar berilgan har qanday nojoʼya reaktsiya, shu jumladan buyrak usti bezlari funktsiyasini bostirilishi, shuningdek glyukokortikoidlar mahalliy qoʼllanganda, ayniqsa goʼdaklar va bolalarda paydo boʼlishi mumkin.
Kremni tabiiy burmalar soxalariga surtish mumkin emas.
Yuzda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Аgar preparat psoriazni davolash uchun qoʼllansa, patsientni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Qaytalanishlarga yoki terini toʼsiqli funktsiyasini buzilishlari bilan bogʼliq boʼlgan mahalliy yoki tizimli toksiklikni rivojlanishiga yoʼl qoʼymaslik kerak.
Kremni qoʼllashni hamma glyukokortikoidlar uchun xarakterli boʼlgan kasallikning klinik simptomlarini niqoblashi mumkin.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan.
Tizimli kortikosteroidlarni qoʼllash hollaridagi kabi, kortikosteroidlar mahalliy qoʼllanganda glaukoma rivojlanishi mumkin (ayniqsa keragidan koʼproq qoʼllanganda, okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllanganda, koʼz atrofidagi teriga surtilganda). Аminoglikozidlar tizimli qoʼllanganda nerv-mushak blokadasiga olib kelish qobiliyati tufayli, miasteniyasi, mushak kuchsizligi bilan kechuvchi boshqa kasalliklarda, Parkinson kasalligi boʼlgan patsientlarda yoki boshqa nerv-mushak oʼtkazuvchanligi blokadasini chaqiruvchi dori vositalari bilan birga ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qoʼllanishi
Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarda qoʼllash xaqida maʼlumotlar yetarli emas. Taʼsir etuvchi moddalarni qoʼllash bilan hayvolardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatdi.
Gentamitsin yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va homila toʼqimalariga va amnotik suyuqligiga oʼlchab boʼladigan kontsentratsiyalarda yetib boradi. Xayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni mavjudligini koʼrsatdi.
Betametazon hayvonlardagi tadqiqotlar boshqa sinf glyukokortikoidlar vakillari bilan, tanglay nuqsonlarini rivojlanishi, skelet anomaliyalari, ona qornida oʼsishini kechikishiga va embrionni oʼlimi kabi tipik embriotoksik va teratogen samaralar kuzatilgan. Odamlarda homiladorlikni birinchi uch oyligida vaqtida kortikosteroidlar tizimli qoʼllanganda lablar va tanglay yorigʼini yuqori xavfi xaqida maʼlumotlar bor. Hayvonlardagi tadqiqotlar, shuni koʼrsatadiki, homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni, homilani ona qornida oʼsishni kechikishi, subteratogen dozalarda yuborish, yurak qon tomir va/yoki yetuk yoshdagi metabolik kasalliklarni, va glyukokortikoidlarni, neyromediatorlar metabolizmini va xulqi turgʼun oʼzgarishlari fazalarda glyukokortikoidlar xavfini oshishi bilan bogʼliq. Shunig uchun Selestoderm-V® s Garamitsinom kremini homiladorlik vaqtida qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni qoʼllashni zarurati boʼlganida gidrokortizon, prednizon yoki prednizolon kabilarni qoʼllash kerak, chunki bu moddalar 11-beta-GSD fermenti yordamida yoʼldoshda nofaol shakllargacha metabolizmga uchraydi, shuning uchun ular, sintetik glyukokortikoidlarga nisbatan xavfsizroq.
Emizish
Koʼkrak suti bilan betametazonni chiqarilishiga nisbatan maʼlumotlar yoʼq. Boshqa glyukokortikoidlar va gentamitsin koʼkrak sutiga oʼtadi. Shuning uchun, agar potentsial xavfdan potentsial foyda oshgan xollardagini preparatni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin. Ushbu sinf preparatlarini yuqori dozalarda, katta soxalarda, yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas, bola esa ishlov berilgan teri soxasi bilan kontaktdan saqlanishi kerak.
Аvtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga taʼsir etish qobiliyati
Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir qilmaydi.
Qo'llanilishi
Gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial superinfektsiyalar mavjudligida, kuchli kortikosteroidlar bilan davolashga beriluvchi teri kasalliklarida qoʼllanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni anamnezida betametazon valerati, gentamitsin sulьfati, xlorokrezol yoki, preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa har qanday moddalarga, shuningdek boshqa glyukokortikoidlarga yoki aminoglikozid antibiotiklarga yuqori sezuvchanligi boʼlgan patsientlarga qoʼllash mumkin emas.
Preparatni boshidan bakteriyalar yoki viruslar tomonidan chaqirilgan teri kasalliklarida qoʼllash mumkin emas.
Teri tuberkulyozida va sifilisida preparatni qoʼllash mumkin emas.
Preparatni uzoq vaqt qoʼllashdan, terining katta soxalariga, shilliq qavatlarga va/yoki okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllashdan saqlanish kerak.
Preparatni terini zamburugʼli kasalliklari boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Kremni homiladorlik davrida qoʼllash mumkin emas, chunki preparat tarkibiga betametazon valerati kiradi.
Rozatsea, perioral dermatit kabi kasallik, terini atrofik kasalliklari boʼlgan patsientlarga va vaktsina yuborilishiga teri reaktsiyalarida preparatni qoʼllash mumkin emas.
Preparatni koʼz soxasiga, quloq yoʼllariga yoki chuqur jarohatlarga, bir yoshgacha boʼlgan bolalarda, aminoglikozidlar bir vaqtda tizimli qoʼllanganda, buyrak yetishmovchiligida, zardobda toksik darajasini havfi tufayli qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat tarkibidagi yumshoq oq parafin yordamchi moddasini mavjudligi tufayli, krem bilan jinsiy aʼzolarga yoki anal soxasiga ishlov berganda lateksni choʼzilishga mustaxkamliligini kamayishi mumkin, va demak, lateksdan tayyorlangan prezervativlarni qoʼllash xavfsizligini pasayishi paydo boʼladi. Oʼzaro potentsial faolsizlanishi tufayli, kremni boshqa dermatologik vositalar bilan bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
Gentamitsin amfoteritsin V, geparin, sulьfadiazin va beta-laktam vositalari (masalan, sefalosporinlar kabi), anion yordamchi komponentlar bilan nomutanosib.
Yorugʼlik, oksidlovchilar va kuchliy ishqoriy birikmalar glyukokortikoidlarni parchalanishiga olib keladi.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq bir hil yumshoq konsistentsiyali, yot kiritmalar saqlamaydigan krem
Dozirovkasi
Dozalash
Kremni sutkada 2-3 marta surtish kerak. Patsientni holati yahshilanganda, preparatni qoʼllash tez-tezligini kamaytirish mumkin.
Qoʼllash usuli
Kremni shikastlangan teri soxalariga yupqa qavat qilib surtish kerak. Qoʼllash usulini terini turiga va kasallikning bosqichiga moslashtirish kerak.
Preparat xususan, yogʼli, qoʼllangan, qichishayotgan teriga, achishish xissida va seboreyali teri kasalliklarida, kasallikning oʼtkir bosqichida surtish uchun tavsiya etiladi.
Qoʼllashning davomiyligi
Preparat bilan davolashning davomiyligi 7-10 kundan oshmasligi kerak (bolalarda
7 kun), chunki uning tarkibiga gentamitsin kiradi.
Majmuaviy vositani qoʼllashni zarurati yoʼqligi tibbiy tasdiqlangandan keyin, (masalan, dermatoz, bunda kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidni qoʼllash talab etiladi yoki gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan superinfektsiya) davolashni bir komponentli davolash asosida yoki glyukokortikoid bilan (ehtimol kuchsiz taʼsir qiluvchi) yoki antibiotik bilan davom ettirish kerak. Yengil hollarda kremni sutkada
1 marta qoʼllash yetarli boʼladi. Ishlov berilgan teri yuzasini maydoni tana yuzasini 10% koʼp boʼlmasligi kerak.
Аgar preparat yuzga qoʼllansa, davolash iloji boricha qisqaroq boʼlishi, bir haftadan oshmasligi kerak.
Bolalarda qoʼllshning oʼziga xosligi
Kuniga bir marta, mumkin boʼlgan minimal maydonda va eng qisqa davolash kursi.
Maktabgacha yoshda boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas. 10-15 yoshdan kichik bolalarda kuchli kortikosteroidlarni jiddiy koʼrsatmalarsiz qoʼllash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qoʼllash kerak.
Simptomlari: mahalliy glyukokortikoidlarni keragidan koʼproq yoki uzoq qoʼllash gipofizar-buyrak usti tizimi funktsiyasini susaytirish mumkin, bu buyrak usti funktsiyasini ikkilamchi yetishmovchiligiga va glyukokortikoidlarni keragidan koʼproq qoʼllanishi, Kushing sindromini oʼz ichiga oladi. Mahalliy gentamitsinni keragidan koʼproq yoki uzoq muddat qoʼllash zamburugʼlarni yoki sezuvchan boʼlmagan bakteriyani keragidan koʼproq oʼsishiga olib kelishi mumkin.
Davolash: agar patsient tasodifan preparatni ichga qabul qilsa, yoki koʼp miqdorda preparatni qoʼllasa, yoki juda uzoq vaqt davomida qoʼllasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Kortikosteroidlarni keragidan koʼproq miqdorda qoʼllashni oʼtkir simptomlari odatda qaytuvchi. Аgar kerak boʼlsa elektrolit muvozanatini toʼgʼrilash oʼtkaziladi.
Surunkali toksik taʼsiri holida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.
Sezuvchan boʼlmagan mikroorganizmlarni xaddan tashqari oʼsib ketgan hollarda preparat bilan davolashni toʼxtatish va tegishli davolashni buyurish tavsiya qilinadi. Аgar patsient preparatni qabul qilishni unutgan boʼlsa, uni oʼtkazib yuborganligi yodiga tushishi bilan surtish va keyinchalik odatdagi sxema boʼyicha qoʼllashni davom ettirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarda qoʼllash xaqida maʼlumotlar yetarli emas. Taʼsir etuvchi moddalarni qoʼllash bilan hayvolardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatdi.
Gentamitsin yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va homila toʼqimalariga va amnotik suyuqligiga oʼlchab boʼladigan kontsentratsiyalarda yetib boradi. Xayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni mavjudligini koʼrsatdi.
Betametazon hayvonlardagi tadqiqotlar boshqa sinf glyukokortikoidlar vakillari bilan, tanglay nuqsonlarini rivojlanishi, skelet anomaliyalari, ona qornida oʼsishini kechikishiga va embrionni oʼlimi kabi tipik embriotoksik va teratogen samaralar kuzatilgan. Odamlarda homiladorlikni birinchi uch oyligida vaqtida kortikosteroidlar tizimli qoʼllanganda lablar va tanglay yorigʼini yuqori xavfi xaqida maʼlumotlar bor. Hayvonlardagi tadqiqotlar, shuni koʼrsatadiki, homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni, homilani ona qornida oʼsishni kechikishi, subteratogen dozalarda yuborish, yurak qon tomir va/yoki yetuk yoshdagi metabolik kasalliklarni, va glyukokortikoidlarni, neyromediatorlar metabolizmini va xulqi turgʼun oʼzgarishlari fazalarda glyukokortikoidlar xavfini oshishi bilan bogʼliq. Shunig uchun Selestoderm-V® s Garamitsinom kremini homiladorlik vaqtida qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni qoʼllashni zarurati boʼlganida gidrokortizon, prednizon yoki prednizolon kabilarni qoʼllash kerak, chunki bu moddalar 11-beta-GSD fermenti yordamida yoʼldoshda nofaol shakllargacha metabolizmga uchraydi, shuning uchun ular, sintetik glyukokortikoidlarga nisbatan xavfsizroq.
Emizish
Koʼkrak suti bilan betametazonni chiqarilishiga nisbatan maʼlumotlar yoʼq. Boshqa glyukokortikoidlar va gentamitsin koʼkrak sutiga oʼtadi. Shuning uchun, agar potentsial xavfdan potentsial foyda oshgan xollardagini preparatni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin. Ushbu sinf preparatlarini yuqori dozalarda, katta soxalarda, yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas, bola esa ishlov berilgan teri soxasi bilan kontaktdan saqlanishi kerak.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g o'xshash dorilari

SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g xususiyatlari
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g analoglari








