Fenistil
Fenistil chiqarilish shakllari


Fenistil haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Preparatning savdo nomi: Fenistil
Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): dimetinden
Dori shakli: tashqi qo‘llash uchun gel 1 mg/g
Farmakoterapevtik guruhi: Qichishishga qarshi vositalar, shu jumladan, antigistamin, anestezik va boshqa vositalar. Tashqi qo‘llash uchun antigistamin vositalar.
Chiqarilish shakli: 30 g dan polietilen qopqoqcha bilan yopilgan alyumin tyubiklarda. Tyubik tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Yaroqlilik muddati: 2 yil. O‘rama idishda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi: Retseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
Hasharotlar chaqqanida va teri kasalliklarida qichishishni kamaytirish uchun: yengil darajadagi va uncha katta bo‘lmagan teri sohasining quyoshdan kuyishlari, shu jumladan, terining mahalliy allergik kasalliklari.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi biron-bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Preparatni oldindan ma’lum bo‘lgan hasharotlarning chaqishiga allergiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas (ushbu maqsadda tizimli qo‘llanilishi ruxsat berilgan dori shakllari qo‘llaniladi).
Tarkibi
faol modda: 1 mg dimetinden maleati.
1 g gel 1 mg dimetinden maleatini saqlaydi.
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy edetati, karbomer 974R, propilenglikol, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Farmakodinamikasi
Fenistil geli turli sabablarga ko‘ra kelib chiqqan qichishishga qarshi samarali bo‘lib, qichishishni tez yengillashtiradi va ta’sirchanlikni kamaytiradi. Preparatning ta’siri gistamin N1-retseptorlarning antagonisti bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, dimetinden N1 retseptorlarga yuqori o‘xshashlikka ega va o‘ta yuqori sezuvchanlikning sekin turi reaktsiyalari bilan bog‘liq kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Mahalliy qo‘llanganda dimetinden maleati mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparatning gelli asosi faol tarkibiy qismining teriga kirib o‘tishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda preparat bir necha daqiqa o‘tgandan keyin ta’sir qilishni boshlaydi. Maksimal ta’siriga 1-4 soat o‘tgandan keyin erishiladi. Mahalliy qo‘llangandagi tizimli bioo‘zlashtirilishi qabul qilingan dozaning taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Klinik oldi tadqiqot ma’lumotlari
Dimetindenning farmakologik xavfsizligi, takroriy qo‘llashdagi toksikligi va genotoksikligiga doir klinik oldi tadqiqotlarida, preparatning odam tomonidan qo‘llanishida o‘ziga xos xavflar aniqlanmadi. Preparatni kalamush va quyonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida tekshirganda, teratogen ta’sirlar kuzatilmadi. Kalamushlarda 15 mg/kg va 25 mg/kg dozada peroral yuborilganda fertillik qobiliyati yoki perinatal va tug‘ruqdan keyingi avlodning rivojlanishiga ta’siri kuzatilmadi.
Farmakologik ta'siri
Antigistamin, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi vosita. H1-gistamin retseptorlari blokatori, gistaminning raqobatli antagonisti hisoblanadi. Preparat allergik reaktsiyalar bilan bog'liq kapillyarlarning oshgan o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Teriga surtilganda Fenistil® emulsiya teri-allergik reaktsiyalari keltirib chiqargan qichishish va ta'sirlanishni kamaytiradi, bu preparatning antikinin va antixolinergik ta'siri bilan bog'liq. Fenistil® emulsiya shuningdek yaqqol mahalliy og'riqsizlantiruvchi samaraga ega. Mahalliy qo'llanilganda preparat teriga tez kirib boradi va tez ta'sir boshlanishini ta'minlaydi — bir necha daqiqa ichida. Preparatning emulsiya asosi sovutuvchi, yumshatuvchi va namlovchi xususiyatlarni ta'minlaydi.
Nojo'ya ta'sirlar
Nojo‘ya ta’sirlari
Nomaqbul reaktsiyalar haqidagi ma’lumotlar tizim-organli tasniflar va rivojlanish sur’atlari bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000) va sur’ati noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholab bo‘lmaydi).
Nojo‘ya ta’sirlarga, ko‘p hollarda, preparat surtilgan joyda yengil va qisqa muddatli reaktsiyalar kiradi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:
Tez-tez emas – terining qurishi, achishishi
Juda kam – allergik dermatit.
Nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori preparati qayd qilinganidan keyin taxmin qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish muhim hisoblanadi, bu dori preparatining “foyda-xavf” nisbati monitoringini davom ettirish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlaridan milliy hisobot tizimi orqali taxmin qilinayotgan har qanday nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish tavsiya qilinadi.
Agar bemorda biron bir nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiya barcha mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarga, shu jumladan, yo‘riqnomada ko‘rsatilmaganlarga, nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, siz mazkur nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida nojo‘ya reaktsiyalar (harakatlar) bo‘yicha ma’lumotlar axborot bazasiga, shu jumladan, dori preparatlarining samarasizligi to‘g‘risida xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish orqali siz preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olishga yordam berasiz.
Bolalar uchun qo'llanilishi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat faqat shifokorning buyrug‘i bilan qo‘llaniladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Hayvonlarni tadqiq qilishda teratogen ta’sir aniqlanmadi va dimetindenning homiladorlik va homilaning rivojlanishiga, yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’siri namoyon bo‘lmadi. Homilador ayollar ishtirokidagi klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik paytida ehtiyot bo‘lish kerak va Fenistil gelni terining katta sohalarida, ayniqsa yallig‘lanish yoki terining shikastlanishi bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Homiladorlik davrida bo‘lgani kabi ehtiyot choralariga rioya qilish lozim. Emizish paytida preparatni sut bezlarining uchlariga surtish ham taqiqlanadi.
Dozirovkasi
1 mg/ml 0,1%; 1 mg/g
Dozani oshirib yuborilishi
Fenistil gelining ko‘p miqdori tasodifan yutilganida quyidagi, tizimli qo‘llash uchun N1-antigistamin vositalarining oshirib yuborilgan dozasiga xos bo‘lgan, belgilar kuzatilishi mumkin: uyquchanlik bilan kechuvchi markaziy nerv tizimining (MNT) susayishi (asosan kattalarda), MNT qo‘zg‘atilishi va antixolinergik ta’sir (asosan bolalarda), qo‘zg‘alish, ataksiya, gallyutsinatsiyalar, tonik yoki klonik tutqanoq, midriaz, og‘izning qurishi, yuz giperemiyasi, siyishning buzilishi, tana haroratining ko‘tarilishi. Arterial gipotenzia rivojlanishi mumkin.
Maxsus antidot noma’lum. Tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha umumiy choralarni qo‘llash darkor, masalan, faollashtirilgan ko‘mir yoki tuzli surgi vositalarni qo‘llash, shuningdek, nafas olish va qon tomirlar tizimlarini barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish shart. Qo‘zg‘atuvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas, qon bosimini me’yorlashtirish uchun vazopressor vositalarni qo‘llash kerak.
Dori shaklining ta'rifi
tiniq yoki biroz tuslanuvchi (opalesent), rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan gomogen gel.
Maxsus ko‘rsatmalari
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat faqat shifokorning buyrug‘i bilan qo‘llaniladi
Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarda preparatni terining katta sohalarida qo‘llash mumkin emas.
Fenistil geli qo‘llangandan keyin gel surtilgan sohalarga quyosh nurining ta’siridan saqlanish kerak.
Propilenglikol: terining mahalliy ta’sirlanishiga olib kelishi mumkin.
Benzalkoniy xloridi: qo‘zg‘atuvchi modda bo‘lib, teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Dori vositasi avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan.
Saqlash sharoitlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar va 2 yoshdan katta bolalarga gel terining zararlangan sohasiga kuniga 2-4 marta ingichka qatlam qilib surtiladi va sekin uqalandi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dori vositasini faqat shifokor maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














