logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dermatologik  / FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Shveytsariya
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Dimetinden
Ishlab chiqaruvchi:Novartis Consumer Health S.A.
Teglar:Qichimadan
ATX kodi:D04AA13
Barcha Fenistil dorilari
129 ta dorixonada bor
Narxi 66 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 129 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda tez va yetarlicha to'liq so'riladi. Biokiraolishligi taxminan 70 %. Antigistamin samarasi ichga qabul qilingandan 30 daqiqa o'tgach namoyon bo'la boshlaydi, 5 soat davomida maksimal darajaga etadi. Tomchilar oral qabul qilingandan so'ng qon plazmasida dimetindenning maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti - 2 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 90 %. To'qimalarga yaxshi o'tadi. Jigarda gidroksillanish va metoksillanish yo'li bilan metabollanadi. Yarim chiqarilish davri - 6 soat. Safro va siydik bilan (90 % metabolit ko'rinishida va 10 % o'zgarmagan holda) chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya reaksiyalar yuzaga kelish chastotasi tasnifi: juda tez-tez (1/10 dan katta yoki teng), tez-tez (1/100 dan katta yoki teng dan
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan yuz shishi, halqum shishi, toshma, mushak spazmlari va hansirash.

Ruhiy buzilishlar:

Kamdan-kam hollarda: bezovtalik.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: toliqish.

Tez-tez: uyquchanlik, asabiylik.

Kamdan-kam hollarda: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Ovqat hazm qilish trakti tomonidan buzilishlar:

Kamdan-kam hollarda: me'da-ichak buzilishlari, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi, hiqildoq qurishi.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kichik yoshdagi bolalarda, xususan 6 yoshgacha bo'lganlarda antigistamin preparatlar yuqori qo'zg'aluvchanlikni chaqirishi mumkin.

Fenistil® tomchilarini yuqori harorat ta'siriga uchratmaslik kerak; emizikli bolalarga tayinlanganda ularni bevosita ovqatlantirishdan oldin iliq bolalar ovqati bo'lgan shishaga qo'shish kerak. Agar bola allaqachon qoshiqdan ovqatlantirilsa, tomchilarni suyultirmasdan berish mumkin. Tomchilar yoqimli ta'mga ega. Tavsiya etilgan dozadan oshirmang. Xolestaz bilan bog'liq qichishishda samarasiz.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Boshqa antigistamin vositalar kabi Fenistil® preparati diqqatni susaytirishi mumkin, shuning uchun uni avtomobil boshqarishda, mexanizmlar bilan ishlashda yoki yuqori diqqat talab qilinadigan boshqa ish turlarida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dimetindenga va preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma, bronxial astma, prostata bezi giperplaziyasi, 1 oylikkacha bo'lgan bolalar, homiladorlikning I trimestri, emizish davri.

Ehtiyotkorlik bilan:

O'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, epilepsiyada. 1 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda, chunki sedativ ta'sir tungi apnoe xurujlari bilan kechishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya:

Fenistil®ni homiladorlik davrida (II-III trimestr) shifokor nazorati ostida, faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo'lgan holdagina qo'llash mumkin. Fenistil® preparatini emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Anksiolitiklar, uxlatuvchi vositalar va MAT funktsiyasini susaytiruvchi boshqa preparatlar (opioid analgetiklar, tirishishga qarshi preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, antigistamin vositalar, qusishga qarshi vositalar, neyroleptiklar, skopolamin, etanol) ta'sirini kuchaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar va m-xolinoblokatorlar (bronxodilatatorlar, oshqozon-ichak spazmolitiklari va h.k.) ko'z ichi bosimi oshishi yoki siydik tutilishi xavfini oshiradi. Shuningdek antigistamin vositalar va prokarbazinni birga qo'llashdan qochish kerak.

Dozirovkasi
DozalashIchga.

1 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: tavsiya etilgan sutkalik doza tana vaznining har kg uchun 0,1 mg hisobidan, bu tana vaznining har kg uchun 2 tomchiga teng. Sutkalik dozani 3 qabulga bo'lish kerak.

1 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar preparatni faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha va H1-gistamin retseptorlari blokatorlarini qo'llashga ko'rsatmalar mavjud bo'lganda qabul qilishlari kerak.

12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: tavsiya etilgan sutkalik doza 3-6 mg dimetindenni (60 - 120 tomchi) tashkil qiladi, 3 qabulga bo'lingan holda, ya'ni kuniga 3 marta 20-40 tomchidan. 20 tomchi = 1 ml = 1 mg dimetinden.

Keksa bemorlar uchun (65 yoshdan katta) dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Uyquchanlikka moyil bemorlarga uyqudan oldin 40 tomchi va ertalab 20 tomchi qo'llash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: markaziy asab tizimini (MAT) tormozlanishi va uyquchanlik (asosan kattalarda), MAT stimulyatsiyasi va m-xolinoblokada qiluvchi ta'sirlar (ayniqsa bolalarda), shu jumladan qo'zg'alish, ataksiya, taxikardiya, gallyutsinatsiyalar, tonik-klonik tirishishlar, midriaz, og'iz qurishi, yuzga qon «quyilishi», siy

Xususiyatlar FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%

Fenistil boshqa chiqarish shakllari

FENISTIL gel 30g N1
Retseptsiz
FENISTIL gel 30g N1
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•125 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% haqida savollar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%
Retseptsiz
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Consumer Health S.A.
•129 ta dorixonada bor
Narxi
66 400 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil