Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g
Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g o'xshash dorilari


Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g qo'llanmasi
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: betametazon dipropionat (betametazon dipropionat mikronlashtirilgan) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalent; salisil kislotasi (salisil kislotasi mikronlashtirilgan) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 3 g;
Sirtga qo'llash uchun surtma 0,05 % + 3 %.
15 yoki 30 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir Tuba tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Akriderm SK – ta'sir etuvchi moddalar – betametazon dipropionat va salisil kislotasini o'zida saqlaydigan kombinasiyalangan preparat.
Betametazon dipropionat – sintetik ftorlangan glyukokortikosteroid (GKS) bo'lib, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirini toraytiruvchi ta'sir etadi.
Salisil kislotasi keratolitik ta'sirga ega bo'lib, betametazonning teriga singishiga yordam beradi. Bakteriostatik va ayrim fungisid ta'sirlarga ega.
Faol tarkibiy moddalarining birgalikdagi ta'siri qichishish, yallig'lanish, eritema va og'riq kabi simptomlar ifodalanishining tez pasayishiga olib keladi.
Preparat terapevtik dozalarda teriga qo'llanilganida moddaning qonga transdermal so'rilishi kam bo'ladi. Okklyuziya bog'ichlari qo'llanilishi, yallig'lanish va teri kasalliklari betametazonning transdermal so'rilishini oshiradi, bu tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
Teri va teri osti to'qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez – achitish, qichishish, yallig'lanish, og'iz qurishi, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, husnbuzar, gipopigmentasiya, teleangiektaziyalar, perioral dermatit, allergik kontaktli dermatit, teri maserasiyasi, teri qurishi, ko'p terlash, ikkilamchi infektsiyalar.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: ko'rish noaniqligi.
Endokrin tizim tomonidan buzilishlar: uzoq muddat qo'llanilganida va terining katta sohalariga surtilganida, asosan, bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari – gipokaliemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari qobig'i funktsiyalarining qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromi belgilari paydo bo'lishi mumkin.
Agar sizda yo'riqnomada qayd etilgan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa yoki ular og'irlashsa yoxud siz yo'riqnomada qayd etilmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga ma'lum qiling.
Agar Akriderm SK preparati qo'llanilganida teri yallig'lanishi yoki allergik reaktsiyalar belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak. Zamburug'li yoki bakterial infektsiya birga paydo bo'lgan holatda tegishli terapiya buyurilishi kerak.
Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan, shuningdek anogenital sohada, terining keng shikastlangan, ayniqsa, terining butunligi buzilgan sohalarida qo'llanilishidan saqlanish kerak. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda faqat tibbiy kuzatuv ostida qo'llanilishi mumkin. Bolalar mahalliy GKS qo'llanilganida tana yuzasi maydonining bola vazniga nisbatan katta o'lchamga egaligi, buning oqibatida preparatning yuqori absorbtsiyasi tufayli gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari susayishi xavfiga kattalarga nisbatan ko'proq moyil bo'ladilar. Mahalliy qo'llanilish uchun GKS qabul qilgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari pasayishi, Itsenko-Kushing sindromi, o'sish kechikishi, tana vazni o'sishining etarlicha emasligi va bosh miya ichki bosimining oshishi haqida ma'lum qilingan. Bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari susayishi plazmada kortizol darajasi pastligi va adrenokortikotrop gormoni stimulyasiyasiga javob yo'qligi bilan aniqlanadi. Bosh miya ichki bosimining oshishi liqildoqning do'ppayib qolishi, bosh og'riqlari, ko'rish nervi diskining ikki tomonlama shishishi bilan namoyon bo'ladi. Preparat bolalarda qo'llanilganida yoki yuz
terisi shikastlanishlarini davolash uchun foydalanilganda davolanish 5 kundan oshirilmasligi kerak. Preparatning okklyuziya bog'ichlari ostida qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Uzoq muddatli qo'llanilganda, terining keng yuzalariga surtilganida yoki okklyuziya bog'ichlari ostida foydalanilganda GKS va salisil kislotasining tizimli absorbtsiyasi bo'lishi mumkin. Preparat bilan uzoq muddatli davolanilganda uning bekor qilinishini asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi.
Akriderm SK oftalmologiyada qo'llanilish uchun mo'ljallanmagan. GKS tashqi qo'llanilganida ko'rish qobiliyati buzilishi paydo bo'lishi mumkin.
Agar pasientda ko'rish noaniqligi yoki ko'rish qobiliyatining boshqa buzilishlari kabi simptomlar bo'lsa, pasient ko'rish qobiliyati buzilishi ehtimoliy sabablarini baholash uchun oftalmologga yo'naltirilishi kerak, ushbu sabablar orasida katarakta, glaukoma va Markaziy seroz xorioretinopatiyasi (MSX) kabi kam hollarda uchraydigan kasalliklar bo'lishi mumkin, bu kasalliklar haqida tizimli va tashqi ta'sirli GKS qo'llanilganidan so'ng ma'lum qilingan.
Giperkeratoz bilan birga kechuvchi dermatozlarni mahalliy davolash: psoriaz, cheklangan va diffuz neyrodermit, qizil yassi temiratki, ekzema, disgidrotik dermatit, ixtioz va ixtiozoform o'zgarishlar.
Betametazonga, salisil kislotasiga, preparatning boshqa tarkibiy moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Pushti rang husnbuzarlar, akne, perioral dermatit.
Bakterial, virusli yoki zamburug'li teri infektsiyalari.
Surunkali vena etishmovchiligi holatida trofik yazvalar, jarohatlar.
Teri o'smalari.
Postvaktsinal teri reaktsiyalari.
Perianal va genital qichishish.
2 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik (katta dozalarda uzoq muddat davolash).
Ko'krakdan emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan
12 yoshgacha bo'lgan bolalar, jigar etishmovchiligi, uzoq muddat davolash, terining katta sohalariga qo'llash, okklyuziya bog'ichlari qo'llanilishi.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Yarim tiniq, oqdan sarg'ish tusli oq rangligacha bo'lgan surtma. Kuchsiz o'ziga xos hidi bo'lishi mumkin.
Sirtga qo'llanadi. Akriderm SK terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo'yiladi.
Qo'llashning boshqacha tez-tezligi kasallikning og'irligiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.
Engil hollarda surtmani odatda kuniga bir marta qo'llash etarli; og'irroq shikastlanishlarda tez-tez qo'llash kerak bo'lishi mumkin.
O'tkir dozaning oshirib yuborilish ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo'llanganida giperkortisizm belgilari bilan birga kechuvchi surunkali doza oshirib yuborilishi mumkin: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po'stlog'i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromini paydo bo'lishi. Davolash: Muvofiq simptomatik davolash ko'rsatilgan. Surunkali toksik ta'siri holida preparatni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.
Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potentsial foydasi xavf ehtimolidan yuqori bo'lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo'llash mumkin emas. Glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo'llash ularning ona sutida paydo bo'lishiga sababchi bo'lishi mumkinligi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak. Preparatning transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari Preparatning transport vositasini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan.
Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g boshqa chiqarish shakllari















