Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Qon va qon aylanishi  / ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:Baxter AG
Teglar:Qon uchun
ATX kodi:B05AA01
Barcha Albumin dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 990 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% o'xshash dorilari

EVAMOKS eritma 250ml N1
Retseptli
EVAMOKS eritma 250ml N1
Xitoy
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdong Litai Pharmaceutical Co Ltd
Narxi
82 800 so'm dan
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

faol modda:odam alьbumini
Eritma 200 g/l odam plazmasidan ishlab chiqilgan umumiy oqsilni (kamida 95% alьbumin) saqlaydi.
bitta flakonda 10 g oqsil (50 ml li flakon) yoki 20 g oqsil (100 ml li flakon) saqlanadi.
yordamchi moddalar: natriy kaprilati; natriy atsetiltriptofani; natriy xlorid i; in'ektsiya uchun suv.
Eritma giperonkotik bo'lib hisoblanadi va 100-130 mmolь/l umumiy natriyni saqlaydi.

Farmakodinamikasi

Odam alьbumini miqdor nisbatida plazmadagi umumiy oqsilning yarmidan ortig'ini tashkil etadi, jigar faolligini sintezlovchi taxminan 10% oqsil uning hisobiga to'g'ri keladi.
Alьbumin chelovecheskiy tegishli giperonkotik ta'sirga ega.
Alьbuminning eng muhim fiziologik faoliyati qonning onkotik bosimini tartibga solishga uning qo'shgan hissasi, shuningdek transport faoliyati bilan bog'liq. Alьbumin aylanmada bo'lgan qonning hajmini barqarorlashtiradi va gormonlar, fermentlar, dori preparatlari va toksinlarning tashuvchilari bo'lib hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Alьbuminning umumiy almashinuvchi puli (to'plami) normada tana vaznining har bir kilogrammiga 4-5 g ni tashkil etadi, bunda 40-45 foizi tomir ichida, 55-60 foizi esa to'qimalarda bo'ladi. Organizmning og'ir kuyishlar yoki septik shok kabi og'ir holatlarida kapillyarlarning yuqori o'tkazuvchanligi alьbumin kinetikasini o'zgartiradi va uning anomal taqsimlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Normada alьbuminning o'rtacha yarim chiqarilishi davri taxminan 19 kunni tashkil etadi. Alьbuminning sintezi va parchalanishi o'rtasidagi balans odatda qaytar bog'lanishi mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Eliminatsiya jarayoni lizosomal proteazalar ta'siri ostida afzal ravishda hujayra ichida amalga oshiriladi.
Sog'lom odamlarda vena ichiga yuborilgan alьbuminning 10% dan kamrog'i hujayra ichki bo'shlig'ini dastlabki ikki soat davomida tark etadi. Alьbumin infuziyasining plazma hajmiga ta'sirining sezilarli individual o'zgaruvchanligi mavjud. Ayrim patsiyentlarda qon plazmasining hajmi bir necha soat davomida ortiq bo'lib qolishi mumkin. Biroq patsiyentlarda kritik holatlarda alьbumin tomirdagi oqimni sezilarli miqdorda va
taxmin qilib bo'lmaydigan tezlikda tark etishi mumkin. Xavfsizligi bo'yicha klinika oldi ma'lumotlari
Odamalьbuminiodam plazmasining tabiiy komponenti bo'lib hisoblanadi va fiziologik alьbuminga o'xshash tarzda ta'sir qiladi.
Hayvonlarda bir martalik dozaning toksikligini o'rganishga doir tadqiqot katta ahamiyatga ega emas va toksik yoki o'limga olib keluvchi dozani yoki doza va ta'sirning o'zaro bog'liqligini baholashga imkon bermaydi. Hayvonlarda ko'p martalik dozalarning toksikligini o'rganishga doir tadqiqotni geterogen oqsilga nisbatan antijismlarning hosil bo'lishi natijasida amalga oshirish mumkin emas.
Hozirgi vaqtda alьbuminning embrional va fetal toksikligiga, kantserogen va mutagen ta'siriga doir ma'lumotlar yo'q.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda shuningdek o'tkir toksikligiga doir belgilar ham aniqlanmagan.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlangan:


juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam hollarda (≥1/10000 - <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) vatez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).



Жуда тез-

тез

Тез-тез

Тез-тез

эмас

Кам

ҳолларда

Жуда кам ҳолларда

Иммун тизими томонидан

бузилишлар





Анафилактик шок

Меъда-ичак йўллари томонидан

бузилишлар




Кўнгил айнаши


Тери ва

тери ости тўқималари томонидлан

бузилишлар




Гиперемия, тери тошмаси


Юборилиш

жойида умумий бузилишлар




Иситмали

қалтираш


Og'ir reaktsiyalar rivojlanganida infuziyani to'xtatish va tegishli davolashni o'tkazish zarur.

Preparatni ro'yxatdan o'tkazilganidan keyingi qo'llanilishi davrida quyidagi nomaqbul holatlar haqida xabar berilgan (holatlar tizim-a'zo sinfi (MedDRA tasnifi bo'yicha) ko'proq termin va og'irligi darajasi kesimida sanab o'tilgan).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaktsiya, allergik reaktsiyalar/yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og'rig'i, disgevziya (ta'm sezishni buzilishi). Yurak tomonidan buzilishlar: miokard infarkti, yurak oldi bo'lmalarining fibrillyatsiyasi, taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: gipotenziya.

Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar: o'pkaning shishishi, hansirash.

MIY tomonidan buzilishlar: qusish.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar : eshakemi, qichishish.

Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar: badan uvushishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Allergik reaktsiyalar/anafilaktik shok
Allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarga nisbatan har qanday shubha preparat yuborilishini darhol to'xtatishni talab qiladi. Shok rivojlangan taqdirda shokka qarshi standart davolashni qo'llash lozim.
Alьbumin chelovecheskiy giprevolemiya va uning oqibatlari yoki gemodilyutsiya patsiyent uchun alohida xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, gipertenziya, venalarning varikozli kengayishi, o'pkaning shishishi, gemorragik diatez, og'ir anemiya, buyrak va postrenal
yetishmovchiligi kabi holatlar bunga misol bo'la oladi.
Odam alьbuminning 40-50 g/l kontsentratsiyali eritmalariga nisbatan 200-250 g/l kontsentratsiyali eritmalarida elektrolitlarning nisbiy miqdori pastroq. Alьbuminni patsiyentlarga yuborilganida elektrolitlar darajalarini nazorat qilish va suv-tuz muvozanatini tiklash yoki qo'llab-quvvatlash yuzasidan kerakli choralarni qo'llash zarur.
200 g/l kontsentratsiyali odamalьbumini natriyni 100-130 mmolь/l kontsentratsiyad a saqlaydi, buni natriy miqdor inazorat qilinadigan parhezda bo'lgan patsiyentlarga alьbuminni buyurishda hisobga olish lozim.
Alьbumin eritmalarini in'ektsiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas, bu retsipiyentlarda gemolizni keltirib chiqarishi mumkin. 20% va undan yuqori kontsentratsiyali alьbuminni suyultirishda in'ektsiya uchun steril suvdan foydalanilganida potentsial ravishda o'limga olib keluvchi gemoliz xavfi, shuningdek o'tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi mavjud. Agar nisbatan katta hajmdagi plazmani o'rnini almashtirish talab qilinsa, koagulyatsiya va gematokrit parametrlarini nazorat qilish zarur. Shuningdek qonning boshqa komponentlarini (qon ivishi omillari, elektrolitlar, trombotsitlar va eritrotsitlar) o'rnini mos ravishda almashtirishni ta'minlash zarur.
Agar aniq bir patsiyentda qon aylanishi parametrlaridan kelib chiqqan holda infuziya dozasi va tezligiga tuzatish kiritilmagnan bo'lsa, bu gipervolemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yurak-qon tomir zo'riqishi (bosh og'rig'i, hansirash, bo'yinturuq venasida qonning dimlanib qolishi), yuqori qon bosimi, markaziy venaning yuqori bosimi va o'pka shishishining dastlabki belgilari paydo bo'lganida infuziyani darhol to'xtatish lozim.
Odam qonidan yoki plazmasidan hosil qilingan dori preparatlaridan foydalanish bilan bog'liq yuzaga keladigan infektsiyalarni oldini olish bo'yicha standart choralariga donorlarni tanlab olish, ayrim donorlardan olingan donor qonini va plazma pullarini (to'plamlarini) infektsiyalarning o'ziga xos markerlari mavjudligi yuzasidan skrining qilish, shuningdek texnologik jarayonga viruslarni inaktivatsiya/yo'q qilish bosqichlarini kiritish taalluqlidir. Ushbu choralarga qaramay, odam qoni yoki plazmasidan hosil qilingan dori preparatlarini patsiyentlarga yuborilganida infektsiya qo'zg'atuvchilarini o'tkazish ehtimolini to'liq istisno etib bo'lmaydi. Ushbu holat shuningdek noma'lum yoki yaqin orada paydo bo'lgan viruslar va boshqa patogenlarga ham taalluqlidir.
Hozirgi paytga qadar Yevropa farmakopeyasi spetsifikatsiyalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan texnologik jarayon yordamida ishlab chiqilgan alьbumin preparatlaridan foydalanilganida viruslar o'tgani haqidagi xabarlar qayd eilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Odam alьbumini homiladorlik davrida qo'llanilganida uning xavfsizligi nazorat ostidagi klinik tadqiqotlar doirasida o'rganilmagan. Ayni vaqtda, alьbuminni qo'llashning klinik tajribasi homiladorlikning kechishiga, homilaga yoki yangi tug'ilgan chaqaloqlarga zararli ta'sirining ehtimoli kam darajada ekanligini ko'rsatadi.
Nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarda odam alьbuminining fertillikka ta'siri aniqlanmagan.
Odam alьbumini hayvonlarda reproduktiv faoliyatni o'rganishga doir tadqiqotlar doirasida o'rganilmagan.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv faoliyat, embriofetal rivojlanish , homiladorlikning kechishi, perinatal va postnatal rivojlanishi nuqtai nazaridan preparatning xavfsizligini yetarli darajada baholashga imkon bermaydi.
Ayni vaqtda, odam alьbumini odam qonining standart komponenti bo'lib hisoblanadi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Alьbuminchelovecheskiyniavtomobilniboshqarishva mexanizmlarbilan ishlash qobiliyatiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.

Qo'llanilishi

Hajm yetarlicha bo'lmaganida va kolloidlarniqo'llash maqsadga muvofiq bo'lganida aylanmada bo'lgan qon hajmini tiklash va ushlab turishda qo'llaniladi.
Sintetik kolloid o'rniga alьbuminning tanlanishi har bir aniq patsiyentdagi klinik vaziyatga bog'liq va rasmiy tavsiyalarga asoslanadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alьbumin chelovecheskiyni boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirini o'rganishga doir tadqiqotlar o'tkazilmagan (klinik tadqiqotlarda, tibbiy adabiyotlarda va xavfsizlik haqidagi hisobotlarda tegishli ma'lumotlarning yo'qligi natijasida noma'lum).

Dozirovkasi

Dozalari
Alьbumin preparatiningkontsentratsiyasi,dozasi va infuziyatezligi har bir aniq patsiyentning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanalanadi.
Talab qilinadigan doza patsiyentningo'lchamlariga, shikastlanishi yoki kasalligining
og'irligi darajasiga va suyuqlik yoki oqsilning joriy yo'qotilishiga bog'liq. Zarur bo'lgan dozani aniqlash uchun plazmada alьbumin darajalaridan emas, balki aylanmada bo'lgan qon hajmi ko'rsatkichlaridan foydalanish lozim.
Agar patsiyentga odamalьbumini yuborish talab qilinsa, gemodinamika ko'rsatkichlarini, shu jumladan:
arterial bosim va pulьs tez-tezligini
markaziy vena bosimini
o'pka arteriyasidagi bosimni
diurezni
elektrolitlar kontsentratsiyasini
gematokritni/gemoglobinni
yurak/nafas olish yetishmovchiligining klinik simptomlarini (masalan, hansirashni)
bosh miyada ichki yuqori bosimning klinik simptomlarini (masalan, bosh og'rig'ini) muntazam ravishda kuzatib borish zarur.

Xususiyatlar ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% boshqa chiqarish shakllari

ALBUMIN eritma 50ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dorojnaya stansiya perelivaniya krovi, AO Uzbekiston temir yullari
ALBUMIN eritma 50ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NII gematologii i perelivaniya krovi MZ RUz
ALBUMIN eritma 50ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Qon preparatlari, NPP
ALBUMIN eritma 100ml 20%
Retseptli
ALBUMIN eritma 100ml 20%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MZ RUz Respublikanskiy sentr perelivaniya krovi
•1 ta dorixonada bor
Narxi
990 000 so'm dan
ALBUMIN eritma 100ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 100ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dorojnaya stansiya perelivaniya krovi, AO Uzbekiston temir yullari
ALBUMIN eritma 50ml 20%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 20%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MZ RUz Respublikanskiy sentr perelivaniya krovi
•1 ta dorixonada bor
Narxi
621 100 so'm dan

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% analoglari

FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 50 ml 200 g/l
FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 50 ml 200 g/l
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Baxter AG, Avstriya po lisenzii: Baxter Healthcare Ltd
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5%
Retseptli
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5%
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Octapharma Pharmazeutika Produktionsges m.b.H.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
356 700 so'm dan
ALBUREKS infuziya uchun eritma 100ml 20% N1
Retseptli
ALBUREKS infuziya uchun eritma 100ml 20% N1
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
CSL Behring AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 480 000 so'm dan
FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 100 ml 200 g/l
FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 100 ml 200 g/l
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Baxter AG, Avstriya po lisenzii: Baxter Healthcare Ltd
ALBUMIN eritma 50ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NII gematologii i perelivaniya krovi MZ RUz
ALBUMIN eritma 50ml 10%
Retseptli
ALBUMIN eritma 50ml 10%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Qon preparatlari, NPP

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% savollari

ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil