AMOKSISILLIN SANDOZ tabletkalari 1,0g N12

AMOKSISILLIN SANDOZ tabletkalari 1,0g N12 o'xshash dorilari


AMOKSISILLIN SANDOZ tabletkalari 1,0g N12 qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda amoksitsillin MITYdan tez va to'liq so'riladi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. Qon plazmasida amoksitsillinning Cmax siga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Doza 2 baravar oshirilganda kontsentratsiya ham 2 baravar ortadi. Me'dada ovqat mavjudligi umumiy so'rilishni kamaytirmaydi. V/i, m/i yuborilganda va ichga qabul qilinganda qonda amoksitsillinning o'xshash kontsentratsiyalariga erishiladi.
Amoksitsillinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 20% ni tashkil qiladi.
Organizm to'qimalari va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Jigarda amoksitsillinning yuqori kontsentratsiyalari haqida xabar berilgan.
Plazmadan T1/2 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 60% kalavalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi orqali siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi; 250 mg dozada siydikdagi amoksitsillin kontsentratsiyasi 300 mkg/ml dan ortiqni tashkil qiladi. Amoksitsillinning bir qismi axlatda aniqlanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va keksa yoshdagi shaxslarda T1/2 uzoqroq bo'lishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida T1/2 7-20 soatni tashkil qilishi mumkin.
Yumshoq miya qobig'i yallig'lanishida amoksitsillin oz miqdorda GEB orqali o'tadi.
Amoksitsillin gemodializ yo'li bilan chiqariladi.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon'yunktivit; kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya; ayrim hollarda - anafilaktik shok.
Kimyoterapiya ta'siri bilan bog'liq effektlar: superinfektsiyalar rivojlanishi mumkin (ayniqsa surunkali kasalliklari bo'lgan yoki organizm qarshiligi pasaygan bemorlarda).
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanilganda: bosh aylanishi, ataksiya, ongning chalkashishi, depressiya, periferik nevropatiyalar, tirishishlar.
Asosan metronidazol bilan kombinatsiyada qo'llanilganda: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diareya, qabziyat, epigastriyada og'riq, glossit, stomatit; kam hollarda - gepatit, soxtamembranoz kolit, allergik reaksiyalar (eshakemi, angionevrotik shish), interstitsial nefrit, gemopoezning buzilishi.
Asosan klavulan kislotasi bilan kombinatsiyada qo'llanilganda: xolestatik sariqlik, gepatit; kam hollarda - ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, eksfoliativ dermatit
Allergik reaksiyalarga moyilligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Amoksitsillinni metronidazol bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi; jigar kasalliklarida qo'llash mumkin emas.
Metronidazol bilan majmuaviy terapiya fonida alkogol iste'mol qilish tavsiya etilmaydi
Infektsion mononukleoz, limfoleykoz, diareya yoki qusish bilan kechuvchi og'ir me'da-ichak infektsiyalari, respirator virusli infektsiyalar, allergik diatez, bronxial astma, pichan isitmasi, penitsillinlar va/yoki tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Metronidazol bilan majmuada qo'llash uchun: nerv tizimi kasalliklari; qon yaratishning buzilishi, limfoleykoz, infektsion mononukleoz; nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Klavulan kislotasi bilan majmuada qo'llash uchun: anamnezda amoksitsillinnni klavulan kislotasi bilan majmuada qabul qilish bilan bog'liq jigar faoliyatining buzilishi va sariqlik.
Amoksitsillin ichga qabul qilish uchun kontratseptivlar samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Amoksitsillin bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomitsin, rifampitsin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda sinergizm namoyon bo'ladi; bakteriostatik antibiotiklar (shu jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) bilan - antagonizm.
Amoksitsillin bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi ichak mikroflorasini bostirib, K vitamini sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi.
Amoksitsillin metabolizm jarayonida PABK hosil bo'ladigan dori vositalari ta'sirini kamaytiradi.
Probenetsid, diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, NYAQV amoksitsillinning naychalar sekretsiyasini kamaytiradi, bu qon plazmasida uning konsentratsiyasi oshishi bilan kechishi mumkin.
Antatsidlar, glyukozamin, surgilar, aminoglikozidlar amoksitsillin so'rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi, askorbin kislotasi esa oshiradi.
Parenteral qo'llanilganda kattalarga m/o - 1 g dan 2 marta/sut, v/i (buyrak funktsiyasi normal bo'lganda) - 2-12 g/sut. Bolalarga m/o - 50 mg/kg/sut, bir martalik doza - 500 mg, yuborish chastotasi - 2 marta/sut; v/i - 100-200 mg/kg/sut. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarga doza va yuborishlar orasidagi intervalni KK qiymatlariga muvofiq to'g'irlash zarur.
Amoksitsillin boshqa chiqarish shakllari




AMOKSISILLIN SANDOZ tabletkalari 1,0g N12 analoglari



















