ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50

ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50 o'xshash dorilari

ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50 qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda tez va yetarlicha to'liq (90%) so'riladi va organizmdan nisbatan tez chiqariladi. Peroral qabul qilingandan so'ng biologik kira olishligi - 30-40% (jigardan "birinchi o'tish" effekti, mikrosomal oksidlanish), uzoq muddat qabul qilinganda - ortadi (jigar fermentlarini ingibitsiya qiluvchi metabolitlar hosil bo'ladi), uning kattaligi ovqat xususiyatiga va jigar qon oqimi intensivligiga bog'liq. Jigarda glyukuronizatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi. Yuqori lipofillikka ega, o'pka to'qimasi, bosh miya, buyraklar, yurakda to'planadi. Gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali, ko'krak sutiga o'tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 90-95%. Taqsimlanish hajmi - 3-5 l/kg.
Safro bilan ichakka tushadi, deglyukuronizatsiyalanadi va reabsorbtsiyalanadi. Yarim chiqarilish davri - 3-5 soat, kursli yuborish fonida 12 soatgacha uzayishi mumkin. Buyraklar orqali - 90%, o'zgarmagan holda - 1% dan kamroq chiqariladi. Gemodializda chiqarilmaydi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: sinusli bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, yurak urishi, miokard o'tkazuvchanligining buzilishi, aritmiyalar, qon bosimining pasayishi, ortostatik gipotenziya, ko'krakda og'riq, periferik arteriyalar spazmi, oyoq-qo'llarning sovushi.
Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, epigastral sohada og'riqlar, jigar funktsiyasining buzilishi, ta'mning o'zgarishi.
Asab tizimi tomonidan: kam hollarda - bosh og'rig'i, uyqusizlik, "dahshatli" tushlar, astenik sindrom, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalari qobiliyatining pasayishi, qo'zg'alish, depressiya, paresteziyalar, yuqori toliqish, holsizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi yoki xotiraning qisqa muddatli yo'qolishi, gallyutsinatsiyalar, tremor.
Nafas olish tizimi tomonidan: rinit, burun bitishi, hansirash, bronxospazm, laringospazm.
Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (I-tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda), giperglikemiya (II-tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda).
Sezgi a'zolari tomonidan: ko'z shilliq qavatining qurishi (ko'z yoshi suyuqligi sekretsiyasining kamayishi), ko'rish o'tkirligining buzilishi, keratokon'yunktivit.
Reproduktiv tizim tomonidan: libidoning pasayishi, potentsiyaning pasayishi.
Teri qoplamalari tomonidan: alopetsiya, psoriaz kechishining kuchayishi, terlashning kuchayishi, teri giperemiyasi, ekzantema, psoriazsimon teri reaksiyalari.
Endokrin tizim tomonidan: qalqonsimon bez funktsiyasining pasayishi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.
Laboratoriya ko'rsatkichlari: agranulotsitoz, «jigar» transaminazalari faolligi va bilirubin darajasining oshishi.
Homilaga ta'siri: homila o'sishining bachadon ichi kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya.
Boshqalar: mushak kuchsizligi, belda yoki bo'g'imlarda og'riq, ko'krak qafasida og'riq, leykopeniya, trombotsitopeniya va "bekor qilish" sindromi
Anaprilin qabul qilayotgan bemorlarni nazorat qilish YuK va AB ni kuzatish (davolash boshida - har kuni, keyin 3-4 oyda 1 marta), EKG ni o'z ichiga olishi kerak.
Keksa yoshdagi bemorlarda buyrak funksiyasini kuzatib borish tavsiya etiladi (4-5 oyda 1 marta).
Keksa yoshdagi bemorlarda o'sib boruvchi bradikardiya (50 zarba/daq dan kam), arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam), atrioventrikulyar blokada, bronxospazm, qorinchalar aritmiyalari, jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari paydo bo'lganda, preparat dozasini kamaytirish yoki davolashni to'xtatish kerak.
Bemorni YuK sanash usuliga o'rgatish va YuK 50 zarba/daq dan kam bo'lganda shifokor maslahati zarurligi haqida yo'riqnoma berish kerak.
Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilish chaqirgan depressiya rivojlanganda terapiyani to'xtatish tavsiya etiladi.
Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar davolash fonida ko'z yoshi suyuqligi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.
Anaprilinni yurak yetishmovchiligi (erta bosqichlar) bo'lgan bemorlarga tayinlashdan oldin digitalis va/yoki siydik haydovchi vositalarni qo'llash zarur.
Yurak ishemik kasalligi va turg'un arterial gipertenziyani davolash uzoq muddatli bo'lishi kerak - Anaprilinni qabul qilish bir necha yil davomida mumkin.
Davolashni to'xtatish shifokor nazorati ostida asta-sekin amalga oshiriladi: keskin bekor qilish miokard ishemiyasini, anginoz sindromni keskin kuchaytirishi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni yomonlashtirishi mumkin.
Bekor qilishni asta-sekin, 2 hafta va undan ortiq vaqt davomida dozani kamaytirish bilan o'tkazadilar (har 3-4 kunda dozani 25% ga kamaytiradilar).
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llash qonda glyukoza miqdori nazorati ostida o'tkaziladi (4-5 oyda 1 marta).
Tireotoksikozda Anaprilin gipertireozning ma'lum klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Tireotoksikoz bo'lgan bemorlarda keskin bekor qilish qarshi ko'rsatilgan, chunki simptomatikani kuchaytirishi mumkin.
Gipoglikemik preparatlarni olayotgan bemorlarga beta-adrenoblokatorlar tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ovqat qabul qilishdagi uzoq tanaffuslar vaqtida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Bunda uning taxikardiya yoki tremor kabi belgilari preparat ta'siri hisobiga niqoblangan bo'ladi. Bemorlarga beta-adrenoblokatorlar bilan davolash vaqtida gipoglikemiyaning asosiy belgisi ko'p terlash ekanligi haqida yo'riqnoma berish kerak.
Gipoglikemik vositalar bilan birga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak (insulin terapiyasi fonida gipoglikemiya va peroral gipoglikemik vositalarni qabul qilish fonida giperglikemiya yuzaga kelish xavfi).
Klonidin bir vaqtda qabul qilinganda uning qabuli Anaprilin bekor qilingandan keyin faqat bir necha kun o'tgach to'xtatilishi mumkin.
Feoxromotsitomada faqat alfa-adrenoblokatorlar bilan birgalikda tayinlanadi.
Homiladorlik vaqtida qabul qilish faqat ona uchun foyda homila va bola uchun nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfidan ustun bo'lgan holdagina mumkin. Homiladorlik vaqtida qabul qilish zarurati bo'lganda - homila holatini sinchkov kuzatish, tug'ruqdan 48-72 soat oldin - bekor qilish kerak.
Antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) va trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Katexolaminlar zaxirasini kamaytiruvchi preparatlar (masalan, rezerpin) beta-adrenoblokatorlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun preparatlar birikmasini qabul qilayotgan bemorlar arterial gipotenziya va bradikardiyani aniqlash yuzasidan shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak.
Anaprilin bilan davolash fonida verapamil, diltiazemni vena ichiga yuborishdan saqlanish kerak. Psixotrop vositalar, masalan, MAO ingibitorlari bilan birga, ular 2 haftadan ortiq kursli qo'llanilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Xloroform yoki efir bilan umumiy anesteziya o'tkazishdan bir necha kun oldin preparat qabul qilishni to'xtatish zarur (miokard funksiyasi susayishi va arterial gipotenziya rivojlanish xavfining oshishi).
Davolash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
«Chekuvchilarda» beta-adrenoblokatorlar samaradorligi pastroq.
Davolash vaqtida etanol qabul qilish tavsiya etilmaydi (AB ning keskin pasayishi mumkin).
Qon va siydikda katexolaminlar, normetanefrin va vanilinbodom kislotasi; antinuklear antitelalar titrlarini tekshirishdan oldin preparatni bekor qilish kerak.
Davolash vaqtida tabiiy qizilmiyani ishlatishdan saqlanish kerak; oqsilga boy ovqat biologik kiraolishlikni oshirishga qodir.
Dozani oshirib yuborish.
Simptomlari: bradikardiya, bosh aylanishi yoki hushdan ketish, AB pasayishi, aritmiyalar, nafas olishning qiyinlashishi, tirnoqlar, barmoqlar yoki kaftlarning ko'karishi yoki tirishishlar.
Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir tayinlash, atrio-ventrikulyar o'tkazuvchanlik buzilganda - v/i 1-2 mg atropin, epinefrin yuboriladi, samaradorligi past bo'lganda vaqtinchalik kardiostimulyator o'rnatish amalga oshiriladi; qorinchalar ekstrasistoliyasida - lidokain (1A sinf preparatlari qo'llanilmaydi); arterial gipotenziyada - bemor Trendelenburg holatida bo'lishi kerak. Agar o'pka shishi belgilari bo'lmasa, v/i plazma o'rnini bosuvchi eritmalar, samarasizlikda - epinefrin, dopamin, dobutamin yuboriladi; tirishishlarda - v/i diazepam; bronxospazmda ingalyatsion yoki parenteral – beta-adrenostimulyatorlar.
Preparatga yuqori sezuvchanlik, II-III darajali atrioventrikulyar blokada, sinoaurikulyar blokada, sinusli bradikardiya, arterial gipotenziya, nazorat qilib bo'lmaydigan IIB-III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir yurak yetishmovchiligi, o'tkir miokard infarkti (sistolik arterial bosim - 100 mm sim. ust. dan kam), kardiogen shok, o'pka shishi, sinus tuguni zaifligi sindromi, Printsmetal stenokardiyasi, kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligi belgilarisiz), vazomotor rinit, periferik tomirlarning okklyuzion kasalliklari, qandli diabet, metabolik atsidoz (shu jumladan diabetik ketoatsidoz), bronxial astma, bronxospastik reaktsiyalarga moyillik, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (shu jumladan anamnezda), feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan), spastik kolit, antipsixotik vositalar va anksiolitiklar (xlorpromazin, trioksazin va b.), MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo'lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan - jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, gipertireoz, miasteniya, yurak yetishmovchiligi, feoxromotsitoma, psoriaz, homiladorlik, anamnezda allergik reaktsiyalar, Reyno sindromi, keksa yosh
Propranololning gipotenziv samarasi diuretiklar, rezerpin, gidralazin va boshqa gipotenziv vositalar, shuningdek etanol bilan birikmada kuchayadi.
Gipotenziv samarani nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (natriy ushlanib qolishi va buyraklar tomonidan prostaglandin sintezi bloklanishi), estrogenlar (natriy ushlanib qolishi) va MAO ingibitorlari susaytiradi.
Simetidin biokiraolishlikni oshiradi.
Qon plazmasida lidokain konsentratsiyasini oshiradi, teofillin klirensini kamaytiradi.
Fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda tayinlash qon plazmasida ikkala preparat konsentratsiyasini oshiradi.
Tireostatik va uterotonizatsiya qiluvchi preparatlar ta'sirini kuchaytiradi; antigistamin vositalar ta'sirini kamaytiradi.
Immunoterapiya uchun yoki teri sinamalari uchun ishlatiladigan allergenlar kiritilishi fonida og'ir tizimli reaksiyalar (anafilaksiya) rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
Amiodaron, verapamil va diltiazem - propranololning manfiy xrono-, iono- va dromotrop ta'siri yaqqolligi kuchayishi.
Tomir ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari anafilaktik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Fenitoin tomir ichiga yuborilganda, ingalyatsion umumiy anesteziya uchun dori vositalari (uglevodorod hosilalari) kardiodepressiv ta'sir yaqqolligini va AB pasayishi ehtimolini oshiradi.
Insulin va peroral gipoglikemik dori vositalari samaradorligini o'zgartiradi, rivojlanayotgan gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, AB oshishi) niqoblaydi.
Ksantinlar (difillindan tashqari) klirensini kamaytiradi.
Antigipertenziv samarani glukokortikosteroidlar susaytiradi.
Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfatsin, antiaritmik dori vositalari bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak to'xtashi va yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki chuqurlashishi xavfini oshiradi.
Nifedipin AB sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar ta'sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.
Tri- va tetratsiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uxlatuvchi dori vositalari MNT susayishini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash gipotenziv ta'sirning sezilarli kuchayishi tufayli tavsiya etilmaydi, MAO ingibitorlari va propranolol qabul qilish o'rtasidagi davolashdagi tanaffus kamida 14 kunni tashkil etishi kerak.
Gidrogenlanmagan sporinya alkaloidlari periferik qon aylanishi buzilishlari rivojlanish xavfini oshiradi.
Sulfasalazin qon plazmasida propranolol konsentratsiyasini oshiradi (metabolizmni tormozlaydi), rifampitsin yarim chiqarilish davrini qisqartiradi.
Stenokardiya, yurak ritmi buzilishlarida - boshlang'ich 20 m g dozada sutkasiga 3 marta, keyin dozani 2 - 3 qabulda 80 - 120 mg gacha oshiradilar. Maksimal sutkalik doza - 240 mg.
Migren profilaktikasi uchun, shuningdek essentsial tremorda - boshlang'ich 40 mg dozada sutkasiga 2 - 3 marta, zarurat bo'lganda doza 160 mg/sut gacha asta-sekin oshiriladi.
Jigar funktsiyasi buzilganda preparat dozasini kamaytirish zarur.
Buyrak funktsiyasi buzilganda boshlang'ich dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilish oralig'ini oshirish zarur.
Takroriy miokard infarkti profilaktikasi - terapiyani o'tkazilgan miokard infarktidan keyingi 5- va 21-kunlar orasida 2-3 kun davomida sutkasiga 4 marta 40 mg dozada boshlash kerak. Keyin sutkasiga 2 marta 80 mg dozada.
Feoxromotsitomada - faqat alfa-adrenoreseptorlar blokatorlari bilan qo'llaniladi.
Operatsiyadan oldin 3 kun davomida sutkasiga 60 mg tayinlanadi.
Xususiyatlar ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50
Anaprilin boshqa chiqarish shakllari


ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50 analoglari













