ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50

ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50 o'xshash dorilari



ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50 qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozaning taxminan 90% so'riladi, ammo jigar orqali "birinchi o'tish" metabolizmi tufayli biokiraolishligi past. Qon plazmasidagi Cmax ga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi. Oqsillar bilan bog'lanishi 93%. T 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali asosan metabolitlar ko'rinishida, o'zgarmagan holda - 1% dan kam chiqariladi.
Neselektiv beta-adrenoblokator. Antigipertenziv, antianginal va antiaritmik ta’sir ko‘rsatadi. β-adrenoretseptorlar blokadasi oqibatida katexolaminlar bilan rag‘batlantirilgan ATF dan tsAMF hosil bo‘lishini kamaytiradi, buning natijasida kalsiy ionlarining hujayra ichiga kirishini pasaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo- va inotrop ta’sir ko‘rsatadi (YuKChni kamaytiradi, o‘tkazuvchanlik va qo‘zg‘aluvchanlikni susaytiradi, miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi). Beta-adrenoblokatorlar qo‘llanilishining boshida UTQQ birinchi 24 soat ichida ortadi (α-adrenoretseptorlar faolligining retsiprok ortishi va skelet mushaklari tomirlari β-adrenoretseptorlari stimulyatsiyasining bartaraf etilishi natijasida), ammo 1-3 sutkadan keyin dastlabki holatga qaytadi, uzoq muddat qo‘llanilganda esa pasayadi.
Gipotenziv samara qonning daqiqalik hajmining, periferik tomirlar simpatik stimulyatsiyasining kamayishi, renin-angiotenzin tizimi faolligining (dastlabki renin gipersekretsiyasi bo‘lgan bemorlarda ahamiyatga ega), aorta yoyi baroretseptorlari sezgirligining pasayishi (AQB pasayishiga javoban ularning faolligi kuchayishi sodir bo‘lmaydi) va MNS ga ta’siri bilan bog‘liq. Gipotenziv samara kursli buyurishning 2-haftasi oxiriga kelib barqarorlashadi.
Antianginal ta’sir miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining pasayishi bilan bog‘liq (manfiy xronotrop va inotrop samara hisobiga). YuKCh kamayishi diastola uzayishiga va miokard perfuziyasi yaxshilanishiga olib keladi. Chap qorinchada oxirgi diastolik bosimning oshishi va qorinchalar mushak tolalari cho‘zilishining ortishi hisobiga kislorodga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda.
Antiaritmik samara aritmogen omillarni (taxikardiya, simpatik nerv tizimi faolligining oshishi, tsAMF miqdorining oshishi, arterial gipertenziya) bartaraf etish, sinusli va ektopik ritm boshqaruvchilari spontan qo‘zg‘alish tezligining kamayishi va AV-o‘tkazuvchanlikning sekinlashishi bilan bog‘liq. Impulslar o‘tkazilishining susayishi asosan antegrad va kamroq darajada retrograd yo‘nalishlarda AV-tugun orqali va qo‘shimcha yo‘llar bo‘ylab qayd etiladi. Antiaritmik vositalarning II sinfiga kiradi. Miokard ishemiyasi yaqqolligining kamayishi - miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining pasayishi hisobiga, infarktdan keyingi o‘lim ham antiaritmik ta’sir tufayli kamayishi mumkin.
Tomir genezli bosh og‘rig‘i rivojlanishining oldini olish qobiliyati tomir retseptorlari beta-adrenoblokadasi oqibatida serebral arteriyalar kengayishi yaqqolligining kamayishi, katexolaminlar chaqiradigan trombotsitlar agregatsiyasi va lipolizning ingibitsiya qilinishi, trombotsitlar adgezivligining pasayishi, adrenalin ajralib chiqishi vaqtida qon ivish omillari faollashuvining oldini olish, to‘qimalarga kislorod kelishini rag‘batlantirish va renin sekretsiyasini kamaytirish bilan bog‘liq.
Propranolol fonida tremorning kamayishi asosan periferik β-adrenoretseptorlar blokadasi bilan bog‘liq.
Qonning aterogen xususiyatlarini oshiradi. Bachadon qisqarishlarini kuchaytiradi (spontan va miometriyni stimulyatsiya qiluvchi vositalar chaqirgan). Bronxlar tonusini oshiradi. Yuqori dozalarda sedativ samara chaqiradi.
Infantil gemangiomada propranolol ta’sirining potensial mexanizmlari quyidagi o‘zaro bog‘liq davolash samaralarini o‘z ichiga oladi: mahalliy gemodinamik samara (beta-adrenergik blokada va gemangioma o‘chog‘iga qon oqimining kamayishi oqibatida vazokonstriksiya); antiangiogen samara (endotelial hujayralar migratsiyasining asosiy omili - matriksli metalloproteinaza MMP-9 faolligining pasayishi hisobiga endotelial hujayralar proliferatsiyasi, neovaskulyarizatsiyasi va tubulogenezining kamayishi); β-adrenoretseptorlar blokadasi hisobiga endotelial hujayralarda apoptoz induksiyasi samarasi. Ma’lumki, β-adrenoretseptorlar stimulyatsiyasi tomirlar endoteliyi o‘sish omillari VEGF va bFGF ajralib chiqishiga olib kelishi va endotelial hujayralar proliferatsiyasini induktsiya qilishi mumkin. Propranolol β-adrenoretseptorlarni bloklab, VEGF va bFGF ekspressiyasini bostiradi va angiogenezni ingibitsiya qiladi. Propranololning terapevtik samaradorligi gemangiomaning to‘liq yoki deyarli to‘liq involyutsiyasi (so‘rilib ketishi) sifatida aniqlangan. Klinik tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, propranolol qo‘llanilishining samaradorligi yosh (35-90 kun/91-150 kun), jins va gemangioma joylashuvi (bosh/tana) bo‘yicha ajratilgan kichik guruhlarda sezilarli darajada farq qilmagan; propranolol bilan 5 haftalik davolashdan keyin ijobiy dinamika 88% bemorlarda qayd etilgan.
Asab tizimi tomonidan: charchoqning kuchayishi, holsizlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik yoki uyqusizlik, yorqin tushlar ko'rish, depressiya, bezovtalik, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, tremor, asabiylik.
Sezgi organlari tomonidan: ko'z yosh suyuqligi ajralishining kamayishi (ko'zlarning qurishi va og'rishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: sinusli bradikardiya, AV-blokada (to'liq ko'ndalang blokada rivojlanishi va yurak to'xtashigacha), aritmiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligining rivojlanishi (kuchayishi), AB pasayishi, ortostatik gipotenziya, angiospazm ko'rinishlari (periferik qon aylanishi buzilishining kuchayishi, pastki oyoq-qo'llarning sovushi, Reyno sindromi), ko'krak qafasida og'riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada noqulaylik, qabziyat yoki diareya, jigar funksiyasining buzilishi (quyuq siydik, sklera yoki terining sarg'ayishi, xolestaz), ta'mning o'zgarishi, jigar transaminazalari, LDG faolligining oshishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: burun bitishi, bronxospazm.
Endokrin tizimi tomonidan: qonda glyukoza kontsentratsiyasining o'zgarishi (gipo- yoki giperglikemiya).
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya (g'ayrioddiy qon ketishlar va qon quyilishlar), leykopeniya.
Dermatologik reaksiyalar: terlashning kuchayishi, psoriazsimon teri reaksiyalari, psoriaz simptomlarining kuchayishi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, teri toshmasi, eshakemi.
Boshqalar: bel og'rig'i, artralgiya, potensiyaning pasayishi, bekor qilish sindromi (stenokardiya xurujlarining kuchayishi, miokard infarkti, AB oshishi).
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarda
Asab tizimi tomonidan: uyqusizlik, uyqu sifatining pastligi, giperosomiya, dahshatli tushlar, ajitatsiya, ta'sirchanlik, uyquchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AV-blokada, bradikardiya, AB pasayishi, angiospazm, Reyno kasalligi.
Nafas olish tizimi tomonidan: bronxit, bronxiolit, bronxospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning pasayishi, diareya, qusish, qabziyat, qorinda og'riq.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: eritema, eshakemi, alopesiya.
Boshqalar: oyoq-qo'llarning sovushi, qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasining pasayishi, giperkaliyemiya, agranulotsitoz, gipoglikemik talvasalar.
Bronxial astmasi, O'SOK, bronxit, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, gipertireoz, depressiya, miasteniya, psoriaz, periferik tomirlarning okklyuzion kasalliklari bo'lgan bemorlarda, homiladorlikda, laktatsiya davrida, keksa yoshdagi bemorlarda, bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarda ehtiyotkorlik bilan: yurak-qon tomir kasalliklari, yurak yetishmovchiligi; qandli diabet; respirator kasalliklar; psoriaz; RNASYe-sindromi; giperkaliemiya; anamnezida allergik reaksiyalar.
Davolash davrida psoriaz zo'rayishi mumkin.
Feoxromotsitomada propranololni faqat alfa-adrenoblokator qabul qilingandan keyin qo'llash mumkin.
Uzoq muddatli davolash kursidan so'ng propranololni shifokor nazorati ostida asta-sekin bekor qilish kerak.
Propranolol bilan davolash fonida verapamil, diltiazem v/i yuborilishidan saqlanish kerak. Narkoz o'tkazishdan bir necha kun oldin propranolol qabul qilishni to'xtatish yoki minimal salbiy inotrop ta'sirga ega narkoz vositasini tanlash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Faoliyati yuqori diqqatni talab qiluvchi bemorlarda propranololni ambulator qo'llash masalasini faqat bemorning individual reaksiyasini baholagandan keyin hal qilish kerak.
II va III darajali AV-blokada, sinoatrial blokada, bradikardiya (YUR 55 urish/daq. dan kam), STZS, arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim.ust. dan past, ayniqsa miokard infarktida), surunkali yurak yetishmovchiligi IIB-III bosqich, o'tkir yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok, propranololga yuqori sezuvchanlik.
Yangi tug'ilgan va ko'krak yoshidagi bolalar uchun: jigar yetishmovchiligi; buyrak yetishmovchiligi; bronxial astma, anamnezdagi bronxospazm; II-III darajali AV-blokada; STZS, shu jumladan sinoatrial blokada; YUR ning quyidagi chegaralardan pastga tushishi: 0 dan 3 oylikkacha - 100 urish/daq, 3 oydan 6 oylikkacha - 90 urish/daq, 6 oydan 12 oylikkacha - 80 urish/daq; AB ning quyidagi chegaralardan pastga tushishi: 0 dan 3 oylikkacha - 65/45 mm sim.ust., 3 oydan 6 oylikkacha - 70/50 mm sim.ust., 6 oydan 12 oylikkacha - 80/55 mm sim.ust.; nazorat qilinmaydigan yurak yetishmovchiligi; Prinsmetal stenokardiyasi; periferik arterial qon aylanishining yaqqol buzilishlari (Reyno kasalligi); gipoglikemiyaga moyillik; feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan); agar ona propranolol bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydigan dori vositalarini qabul qilayotgan bo'lsa, ko'krak suti bilan oziqlanayotgan bolalar; davolash boshlangan kuni 5 haftalikka yetmagan bolalar; davolash boshlangan kuni 5 oylikdan katta bolalar.
Gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gipoglikemik vositalar ta’sirining kuchayishi hisobiga gipoglikemiya rivojlanish xavfi yuzaga keladi.
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda dori vositalari o‘zaro ta’sirining istalmagan ko‘rinishlari rivojlanishi ehtimoli mavjud.
Digitalis preparatlari chaqirgan aritmiya sababli propranolol qo‘llanilganda yaqqol bradikardiya rivojlanishi holatlari tasvirlangan.
Ingalyatsion narkoz vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda miokard funksiyasining susayishi va arterial gipotenziya rivojlanish xavfi ortadi.
Amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llanilganda arterial gipotenziya, bradikardiya, qorinchalar fibrillatsiyasi, asistoliya bo‘lishi mumkin.
Verapamil bilan bir vaqtda qo‘llanilganda arterial gipotenziya, bradikardiya, dispnoe bo‘lishi mumkin. Verapamil ta’sirida jigarda propranolol metabolizmining susayishi oqibatida qon plazmasida propranololning Cmax oshadi, AUC ortadi, klirensi kamayadi.
Propranolol verapamil farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi.
Galoperidol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda og‘ir arterial gipotenziya va yurak to‘xtashi rivojlanishi holati tasvirlangan.
Gidralazin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida propranololning Cmax va AUC oshadi. Gidralazin jigar qon oqimini kamaytirishi yoki jigar fermentlari faolligini ingibitsiya qilishi mumkin deb hisoblanadi, bu esa propranolol metabolizmining sekinlashishiga olib keladi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda propranolol glibenklamid, gliburid, xlorpropamid, tolbutamid ta’sirlarini ingibitsiya qilishi mumkin, chunki noselektiv beta-adrenoblokatorlar oshqozon osti bezining insulin sekretsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan β-adrenoretseptorlarini bloklashga qodir.
Sulfanilkarbamid hosilalari ta’siri tufayli oshqozon osti bezidan insulin ajralib chiqishi beta-adrenoblokatorlar tomonidan ingibitsiya qilinadi, bu gipoglikemik ta’sir rivojlanishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qiladi.
Diltiazem bilan bir vaqtda qo‘llanilganda diltiazem ta’sirida propranolol metabolizmi ingibitsiya qilinishi oqibatida qon plazmasida uning konsentratsiyasi oshadi. Diltiazem chaqiradigan impulsning AV-tugun orqali o‘tishining sekinlashishi bilan bog‘liq holda yurak faoliyatiga additiv susaytiruvchi ta’sir kuzatiladi. Yaqqol bradikardiya rivojlanish xavfi yuzaga keladi, zarb va daqiqalik hajm sezilarli darajada kamayadi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida varfarin va fenindion konsentratsiyasining oshishi holatlari tasvirlangan.
Doksorubitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda eksperimental tadqiqotlarda kardiotoksiklikning kuchayishi ko‘rsatilgan.
Bir vaqtda qo‘llanilganda propranolol izoprenalin, salbutamol, terbutalinning bronxodilatatsiyalovchi ta’siri rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida imipramin konsentratsiyasining oshishi holatlari tasvirlangan.
Indometatsin, naproksen, piroksikam, atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda propranololning antigipertenziv ta’siri kamayishi mumkin.
Ketanserin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda additiv gipotenziv ta’sir rivojlanishi mumkin.
Klonidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda antigipertenziv ta’sir kuchayadi.
Propranolol qabul qilayotgan bemorlarda klonidin keskin bekor qilingan taqdirda og‘ir arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin. Bu qon aylanishida katexolaminlar miqdorining oshishi va ularning vazokonstriktor ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi.
Kofein bilan bir vaqtda qo‘llanilganda propranolol samaradorligi pasayishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘llanilganda lidokain va bupivakainning ta’siri (shu jumladan toksik ta’siri) kuchayishi mumkin, bu, ehtimol, jigarda mahalliy anestetiklar metabolizmining sekinlashishi bilan bog‘liq.
Litiy karbonati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda bradikardiya rivojlanishi holati tasvirlangan.
Bir vaqtda qo‘llanilganda maprotilinning nojo‘ya ta’siri kuchayishi holati tasvirlangan, bu, ehtimol, uning jigarda metabolizmi sekinlashishi va organizmda to‘planishi bilan bog‘liq.
Mefloxin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda QT oralig‘i uzayadi, yurak to‘xtashi holati tasvirlangan; morfin bilan – morfin chaqiradigan MNS ga susaytiruvchi ta’sir kuchayadi; natriy amidotrizoat bilan – og‘ir arterial gipotenziya holatlari tasvirlangan.
Nizoldipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida propranolol va nizoldipinning Cmax va AUC oshishi mumkin, bu og‘ir arterial gipotenziyaga olib keladi. Beta-bloklovchi ta’sirning kuchayishi haqida xabar mavjud.
Nikardipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda propranololning Cmax va AUC oshishi, arterial gipotenziya va yurak urish tezligining kamayishi holatlari tasvirlangan.
YIK bo‘lgan bemorlarda nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yaqqol arterial gipotenziya rivojlanishi, yurak yetishmovchiligi va miokard infarkti rivojlanish xavfining oshishi mumkin, bu nifedipinning manfiy inotrop ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Propranolol qabul qilayotgan bemorlarda prazozinning birinchi dozasi qabul qilingandan so‘ng yaqqol arterial gipotenziya rivojlanish xavfi mavjud.
Prenilamin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda QT oralig‘i uzayadi.
Propafenon bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida propranolol konsentratsiyasi oshadi va toksik ta’sir rivojlanadi. Propafenon propranololning jigarda metabolizmini ingibitsiya qiladi, uning klirensini kamaytiradi va zardobdagi konsentratsiyasini oshiradi deb hisoblanadi.
Rezerpin, boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda arterial gipotenziya va bradikardiya rivojlanish xavfi ortadi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda rizatriptanning Cmax va AUC oshadi; rifampitsin bilan – qon plazmasida propranolol konsentratsiyasi kamayadi; suksametoniy xlorid, tubokurarin xlorid bilan – miorelaksantlar ta’siri o‘zgarishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘llanilganda jigarda teofillin metabolizmi sekinlashishi oqibatida uning klirensi kamayadi. Bronchial astma yoki SOO‘K bo‘lgan bemorlarda bronxospazm rivojlanish xavfi yuzaga keladi. Beta-adrenoblokatorlar teofillinning inotrop ta’sirini bloklashi mumkin.
Fenindion bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon ivish ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan holda qonashning biroz oshishi holatlari tasvirlangan.
Flekainid bilan bir vaqtda qo‘llanilganda additiv kardiodepressiv ta’sir bo‘lishi mumkin.
Fluoksetin CYP2D6 izofermentini ingibitsiya qiladi, bu propranolol metabolizmining susayishiga va uning to‘planishiga olib keladi va kardiodepressiv ta’sirni (shu jumladan bradikardiyani) kuchaytirishi mumkin. Fluoksetin va, asosan, uning metabolitlari uzoq T bilan tavsiflanadi, shuning uchun dori vositalari o‘zaro ta’siri ehtimoli fluoksetin bekor qilingandan keyin bir necha kun o‘tgach ham saqlanib qoladi.
Xinidin CYP2D6 izofermentini ingibitsiya qiladi, bu propranolol metabolizmining susayishiga olib keladi, bunda uning klirensi kamayadi. Beta-adrenobloklovchi ta’sirning kuchayishi, ortostatik gipotenziya bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida propranolol, xlorpromazin, tioridazin konsentratsiyalari oshadi. AB ning keskin kamayishi mumkin.
Simetidin jigar mikrosomal fermentlari (shu jumladan CYP2D6 izofermenti) faolligini ingibitsiya qiladi, bu propranolol metabolizmining susayishiga va uning to‘planishiga olib keladi: manfiy inotrop ta’sirning kuchayishi va kardiodepressiv ta’sir rivojlanishi kuzatiladi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda epinefrinning gipertenziv ta’siri kuchayadi, hayot uchun xavfli og‘ir gipertenziv reaksiyalar va bradikardiya rivojlanish xavfi yuzaga keladi. Simpatomimetiklarning (epinefrin, efedrin) bronxlarni kengaytiruvchi ta’siri kamayadi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda ergotamin samaradorligining pasayishi holatlari tasvirlangan.
Etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda propranololning gemodinamik ta’sirlari o‘zgarishi haqida xabarlar mavjud.
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
Anaprilin boshqa chiqarish shakllari


ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50 analoglari










