Klopidogrelning xavfsizligi 42000 dan ziyod pasientlarda baholangan. Ushbu pasientlarning 9000 dan ortig'i 1 yil va undan ko'p vaqt davomida preparat bilan davolangan. Nazoratli klinik tadqiqotlarda (CAPRIE, CURE i CLARITY) klinik ahamiyatli nojo'ya reaktsiyalarini rivojlanishi kuzatilgan. Birinchi tadqiqotda klopidogrel faqat sutkada 325 mg dozada qo'llangan ask bilan taqqoslangan. Qolgan tadqiqotlarda klopidogrel sutkada 75-325 mg dozada qo'llangan ask bilan birga qo'llangan va faqat ask ni qabul qilish bilan taqqoslangan. Qon ketishi, ko'p hollarda davolashning birinchi oyi davomida, klinik va postmarketing sinovlardagi keng tarqalgan reaktsiya hisoblanadi.
Ma'lumki, CAPRIE tadqiqotida sutkada 75 mg dozadagi klopidogrel yoshi, jinsi yoki etnik mansubligidan qat'iy nazar, sutkada 325 mg qo'llangan ask ga nisbatan yaxshi o'zlashtirilgan. Klopidogrelni qabul qilgan pasientlarda qon ketishlarni rivojlanishining umumiy soni 9,3% bo'lgan. Jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi 1,4%, me'da-ichakdan qon ketishlar - 2,0% bo'lgan, kasalxonaga yotqizish zarurati 0,7% hollarda yuzaga kelgan. Bosh miya ichiga qon quyilishlar soni 0,4% bo'lgan.
CURE: Plasebo+ask qabul qilishga qaraganda klopidogrel va ask majmuasi jiddiy qon ketishlarning ahamiyatli oshishi bilan bog'liq bo'lgan (3,7% 2,7% ga qarshi, 95% II 1,13-1,67), ammo hayot uchun xavfli holatlarni yoki o'limga olib keluvchi qon ketishlarni statistik ahamiyatli oshishi bilan emas (xodisalarning tez-tezligi: 2,2% 1,8% ga qarshi va 0,2% 0,2% ga qarshi). Bosh miya ichiga qon kuyilishlarning tez-tezligi 0,1% yoki 0,1%, hayotga xavf tug'diruvchi jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi 1,6% 1,0% ga qarshi, me'da-ichakdan qon ketishlar - 1,3% 0,7%ga qarshi yoki arterial punktsiya sohasidagi qon ketish - 0,6% 0,3% ga qarshi tashkil etgan, shuningdek ahamiyatsiz qon ketishlarning paydo bo'lish tez-tezligi - 5,1% 2,4% ga qarshi bo'lgan.
Koronar shuntirlash operasiyasidan keyin 7 kun mobaynida, operasiyadan kamida 5 kun oldin antitrombotik davolashni to'xtatgan pasientlarda (4,4% 5,3%ga qarshi) qo'shimcha jiddiy qon quyilishlar aniqlanmagan. Shuntirlash operasiyasidan oxirgi 5 kun mobaynida davolashni davom etgan pasientlarda qon kuyilishlar tez-tezligi 9,6% 6,3% ga qarshi tashkil etgan.
CLARITY tadqiqotida klopidogrel bilan ask plasebo bilan ask ga qarshi qabul qilinishida qon ketishning tez-tezligi oshgan bo'lgan (17,4% 12,9%ga qarshi). Biroq, jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi ikkala guruhda ham deyarli bir hil bo'lgan (1,3% 1,1% ga qarshi). O'limga olib keluvchi qon ketishlar (0,8% 0,6% ga qarshi) va miya ichiga qon quyilishlar (0,5% 0,7% ga qarshi) tez-tezligi past bo'lgan va ikkala guruhda ham o'xshash bo'lgan.
Quyida nojo'ya ta'sirlari a'zolar tizimi va yuz berish tezligiga qarab sanab o'tilgan. Rivojlanish tez-tezligi quyidagi toifada keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 − <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 − <1/100); kam hollarda (≥1/10000 − <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).
Juda kam hollarda rivojlanadigan nojo'ya samaralar postmarketing tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan; paydo bo'lish tez-tezligi yanada yuqoriroq bo'lgan nojo'ya ta'sirlar klinik tadqiqotlarda kuzatilgan.
Immun tizim tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - anafilaktik reaktsiyalar, zardobli kasallik, Kvinke shishi; rivojlanish tez-tezligi noma'lum - boshqa tienopiridinlarga (masalan, tiklopidin, prasugrel) bo'lgan yuqori sezuvchanlik natijasida qarama-qarshi reaktsiyalar ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - leykopeniya, eozinofiliya, uzoq muddatli qon ketish va trombositlar sonini kamayishi; kam hollarda - neytropeniyaning og'ir shakli (<0,45 x 109/l), trombositopeniya (<80x 109/l); juda kam hollarda - aplastik anemiya, agranulositoz, pantsitopeniya, og'ir trombositopeniya (≤30x 109/l), trombotik trombositopenik purpura (TTP) ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang); rivojlanish tez-tezligi noma'lum - orttirilgan gemofiliya A.
Gemostazning buzilishlari: tez-tez - qon ketishi va me'da-ichakdan qon ketishning jiddiy holatlari (bir qator holatlarda kasalxonaga yotqizishni talab qilgan), purpura, ko'karishlar va gematoma; juda kam hollarda - terida qon ketishning jiddiy holatlari (purpura), mushaklar va bo'g'imlarda qon ketishi (gemartroz, gematoma), ko'zdan qon ketishi (kon'yuktival, ko'z ichida, retinal), burundan qon ketishi, nafas yo'llaridan qon ketishi (qon tupurish, o'pkadan qon ketishi), shuningdek gematuriya va jarrohlikdan keyin yaralardan qon ketish. O'lim bilan tugagan bir necha holatlar qayd etilgan (ayniqsa bosh miyadan, me'da-ichakdan va qorindan qon ketish natijasida).
Yurak tomonidan buzilishlar: yagona holatlar - klopidogrelga bo'lgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi fonida Kounis sindromi (vazospastik allergik stenokardiya yoki alergik miokard infarkti)
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - bosh og'rig'i, uyquchanlik va paresteziya; kam hollarda - bosh aylanishi; juda kam hollarda - ta'm buzilishi.
Psixika tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - xushning chalkashligi, gallyusinasiyalar.
Tomir tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - vaskulit, gipotenziya.
Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - bronxospazm, interstisial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez - dispepsiya, qorindagi og'riq va diareya; tez-tez emas - ko'ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me'da yoki o'n ikki barmoqli ichakning yarali kasalligi; juda kam hollarda - kolit, pankreatit, stomatit.
Jigar va safro chiqaruvchi yo'llar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - gepatit, o'tkir jigar etishmovchiligi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez - teri toshmasi; tez-tez emas - qichishish; juda kam hollarda - bullezli toshma (multiformali eritema, Stiven-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz), o'tkir generalizasiyalangan ekzantematozli pustulez (O'GEP), eritematozli toshma, terini sho'ralashi, makulezli toshma, eshakemi, eozinofiliya yoki tizimli ko'rinishlari bilan medikamentozli toshma (DRESS-sindrom) yoki doriga yuqori sezuvchanlik sindromi (Dyus), toshma, qizil yassi temiratki.
Tayanch-harakat va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - artralgiya, artrit, mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: juda kam hollarda - glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi.
Reproduktiv organlar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - ginekomastiya.
Yuborish joyida umumiy buzilishlar va o'zgarishlar: juda kam hollarda - bezgak.