AREPLEKS
AREPLEKS chiqarilish shakllari

AREPLEKS haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
−klopidogrelga yoki Arepleks preparatining boshqa komponentlariga allergik reaktsiya (o'ta yuqori sezuvchanlik) bo'lsa;
−faol qon ketishlari bilan kechuvchi holatlarda, shu jumladan me'da yara kasalligi yoki miyaga qon quyilishida; jigar faoliyatini og'ir buzilishlarida qo'llash mumkin emas.
Agar siz, sanab o'tilgan muammolardan biri sizda bor deb hisoblasangiz, shuningdek qandaydir savollar tug'ilsa, iltimos, Arepleks preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Farmakodinamikasi
Arepleks umumiy nomi "antiagregantlar" deb ataluvchi dori preparatlari guruhiga kiradi. Trombositlar - bu qizil (eritrositlar) yoki oq (leykositlar) qon xujayralaridan kichikroq bo'lgan, qon ivishi jarayonida yopishib oladigan mikroskopik qon plastinkalaridir. Xujayralarni yopishib qolishini oldini olib, antiagregant preparatlar tromblarni hosil bo'lish ehtimolini (tromboz deb ataluvchi jarayonni) susaytiradi.
Arepleks qon tomirlarni (arteriyalarni) aterosklerotik shikastlanishlarida, ya'ni aterosklerozda va unga bog'liq bo'lgan o'tkir holatlarga (miya insulti, yurak xuruji yoki o'lim kabilarga) olib kelishi mumkin bo'lgan trombozni (tromblarni hosil bo'lishini) oldini olish uchun qo'llanadi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi. 75 mg dozada klopidogrel bir martalik va kursli peroral qo'llanganda tez so'riladi. Klopidogrel tez so'riladi. Qon plazmasida (75 mg bir dozani peroral qo'llangandan keyin taxminan 2,2-2,5 mg/ml) klopidogrelni o'zgarmagan o'rtacha cho'qqi kontsentrasiyasi qabuldan keyin taxminan 45 minutdan keyin erishiladi. Klopidogrel metabolitlarining siydik bilan chiqarilishiga ko'ra uning so'rilishi taxminan 50% tashkil qiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmagan.
Agar siz homilador bo'lsangiz yoki homiladorman deb gumon qilayotgan bo'lsangiz, unda Arepleks preparatini qabul qilishdan oldin, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga albatta xabar bering. Agar Arepleks preparatini qo'llash davrida homilador bo'lib qolgan bo'lsangiz, zudlik bilan davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak, chunki homiladorlik vaqtida klopidogrelni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Arepleks preparatini qo'llash davrida bolani emizish mumkinligi to'g'risida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Har qanday boshqa preparatni qo'llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan bog'laning.
Dozani oshirib yuborilishi
Arepleks preparatini tavsiya etilganidan kattaroq dozasini qo'llanilishi, qon ketishini yuz berish xavfini nazarda tutib, davolovchi shifokor yoki yaqin oradagi tez yordam bo'limining shifokori bilan kelishilgan bo'lishi lozim.
Maxsus ko‘rsatmalari
Agar quyida sanab o'tilgan muammolardan biri sizda bor bo'lsa, unda Arepleks preparatini qo'llashdan oldin bu haqida o'z davolovchi shifokoringizga albatta xabar bering.
Agar sizda qon ketishini paydo bo'lish xavfi solayotgan bo'lsa, masalan:
qon ketishlarini rivojlanishiga moyillik bo'lgan kasalliklarda (masalan, me'da yara kasalligida);
ichki qon ketishlariga (yumshoq to'qimalar, a'zolari yoki bo'g'imlariga qon quyilishlari) moyillik mavjud bo'lgan qon tizimi tomonidan buzilishlarda;
o'tkazilgan og'ir jarohat oqibatida;
jarrohlik (shu jumladan stomatologik) aralashuvlari oqibatida;
rejali jarrohlik (shu jumladan stomatologik) aralashuvlarni o'tkazishdan etti kun davomida.
−agar sizda so'nggi etti kun davomida yuz bergan bosh miya qon tomirlari trombozi (bosh miyada qon aylanishini o'tkir buzilishida) aniqlangan bo'lsa
−agar siz boshqa dori preparatlarining qabul qilayotgan bo'lsangiz (Arepleks preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanishi" bo'limiga qarang),
−jigar yoki buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Arepleks preparatini qabul qilish vaqtida:
−Agar sizda jarrohlik aralashuvi (shu jumladan stomatologik aralashuvi) rejalashtirilgan bo'lsa, albatta shifokorga xabar bering.
−Siz shuningdek, quyidagi simptomlar: isitma va tushuntirib bo'lmaydigan kuchli toliqish hissi bilan yoki usiz, ongni chalkashishi, teri qoplamalari yoki skleralarni sarg'ayishi (sariqlik) bilan kechuvchi qizil nuqtalar ko'rinishidagi teri osti gematomalari bir vaqtda paydo bo'lgan hollarda xam darhol shifokorga xabar berishingiz kerak (4. punkt "nojo'ya ta'sirlar" ga qarang).
−Jarohatlar yoki yaralar paydo bo'lganida, qon ketishini to'xtatish uchun vaqt biroz oshadi. Bu dori preparatining qon laxtalarini hosil bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi ta'sir mexanizmiga bog'liq. Odatda, arzimagan jarohatlar yoki yaralarda (masalan, soqol olishda) bu xech qanday noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi. Biroq, agar siz yuz bergan qon ketishidan xavotir olayotgan bo'lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling (4. punkt "nojo'ya ta'sirlar" ga qarang).
−Davolovchi shifokor sizga qon tahlilini o'tkazilishini buyurishi mumkin.
−Agarda siz o'zingizda bu ma'lumot varaqasining "mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar" bo'limida ko'rsatilmagan qanday bo'lmasin nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, yoki siz noxush samara og'ir shakl olganini sezsangiz, o'zingizning davolovchi shifokoringiz yoki dorixona provizoriga xabar berishingiz kerak.
Arepleks pediatriyada va 18 yoshdan kichik pasientlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Turli dori vositalar Arepleks preparati birga qo'llanganda uning ta'sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda qabul qilinayotgan (yaqinda qabul qilingan) preparatlar, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalar to'g'risida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar berish kerak.
Arepleks preparatini peroral trombolitik preparatlar (qon ivishini pasaytirish uchun qo'llaniladigan preparatlar) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Siz tomondan qabul qilinayotgan, odatda og'riqlar va (yoki) mushaklar yoki bo'g'imlarning yallig'lanish holatlarini engillashtirish uchun qo'llaniladigan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar to'g'risida, shuningdek geparin yoki qon ivishini kamaytirish maqsadida qo'llaniladigan har qanday boshqa dori preparatini yoki me'da kasalligida qo'llaniladigan proton pompasi ingibitorini (masalan, omeprazolni) qabul qilinishi to'g'risida davolovchi shifokorga albatta xabar berish kerak.
Ko'krak qafasida kuchli og'riq (nostabil stenokardiya yoki miokard infarkti) paydo bo'lgan pasientlarga Arepleks preparati, og'riqni engillashtirish yoki tana haroratini pasaytirish uchun ishlatiladigan ko'pchilik dori vositalarning tarkibida saqlanuvchi modda - atsetilsalisil kislotasi bilan birga buyurishlari mumkin. Atsetilsalisil kislotasini sporadik (24 soat vaqt davomida ko'pi bilan 1000 mg) qabul qilish, odatda dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi, biroq atsetilsalisil kislotasini uzoq vaqt qo'llanishini davolovchi shifokor bilan kelishish kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Arepleks preparati shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi. Savollar yoki shubhalar tug'ilganda shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar sizda ko'krak qafasida kuchli og'riq (nostabil stenokardiya yoki miokard infarkti) bo'lsa, unda Arepleks preparati bilan davolashni 300 mg li bir martalik doza (75 mg dan 4 tabletka) dan boshlash mumkin, so'ngra esa, sutkaning aynan bir paytida peroral ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, sutkada 75 mg doza (1 tabletka) bilan davom ettirilishi mumkin.
Arepleks preparatini qo'llash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












