Apteka.uz
SavatKirish

Aktilize

- Aktilize qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Aktilizening tarkibi
- Aktilize ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Aktilize narxi Toshkent dorixonalarida

Aktilize qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMASI

AKTILIZE®

ACTILYSE®

 

Preparatning savdo nomi: Aktilize®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): alteplaza

Dori shakli: infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

faol modda:              1 flakon                    Suyultirilganidan keyin 1 ml eritmada

alteplaza                   20,0 mg yoki                            1,0 mg

50,0 mg

yordamchi moddalar: L-arginin, fosfat kislotasi, polisorbat 80;

erituvchi: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: liofilizat: oq yoki och-sariq massa;

                  erituvchi: rangsiz tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: fibrinolitik vosita.

ATX kodi: B01AD02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

AKTILIZE® ning faol ingredienti rekombinant odam plazminogenining to‘qima aktivatori, glikoprotein, alteplaza bo‘lib, plazminogenni plazminga aylanishini bevosita faollashtiradi. Vena ichiga yuborilganidan keyin alteplaza qon aylanish tizimida nisbatan faol bo‘lmagan holda qoladi. U fibrin bilan bog‘langanidan keyin faollashadi, plazminogenni plazminga aylanishini chaqiradi va fibrin quyqasini erishiga olib keladi.

Fibringa nisbatan o‘zining nisbiy spesifikligi tufayli, alteplaza 100 mg dozada         4 soatdan keyin fibrinogenning qondagi darajasini o‘rtacha 60% ga pasayishiga olib keladi, u odatda 24 soatdan keyin 80% gacha tiklanadi. Plazminogen va alfa-                   2-antiplazminning darajasi 4 soatdan keyin muvofiq ravishda 20% va 35% gacha pasayadi, so‘ngra esa, 24 soatdan keyin yana 80% dan ko‘proqqacha oshadi. Qon tomir tizimidagi fibrinogenning darajasini ahamiyatli va davomli pasayishi faqat bir necha pasientlarda aniqlangan.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan 40000 dan ko‘p pasientlarni o‘z ichiga olgan tadqiqotlarda (Custo) 100 mg AKTILIZE® ni geparin bilan vena ichiga yondosh 90 minut davomida yuborish streptokinazani (60 minut davomida  1,5 mln. birlikda) yuborish bilan solishtirilganda o‘lim darajasini 30 kundan keyin (6,3%), geparinni teri ostiga yoki vena ichiga yuborish bilan solishtirilganda (7,3%) pasayishiga olib kelgan. AKTILIZE® ni davolash uchun qo‘llangan pasientlarda trombolizisdan keyin preparatni 60 va 90 minut davomida yuborilganda streptokinaza bilan davolangan pasientlarga qaraganda qon tomirlarni o‘tkazuvchanligini yuqori darajasi aniqlangan. Preparatni 180 minut va undan ko‘p vaqt davomida yuborilganda qon tomirlarni o‘tkazuvchanligida farqlar aniqlanmagan.

Trombolitiklar yuborilmagan pasientlar bilan solishtirilganda o‘lim darajasi 30 kundan keyin past bo‘lgan. Alfa-gidroksibutiratdegidrogenazani ajralib chiqishi pasayadi. Qorinchalarning umumiy faoliyati, shuningdek devorlarining regionar harakati trombolitiklar yuborilmagan pasientlar bilan solishtirilganda kamroq hollarda buziladi.

Miokard infarkti

Simptomlar paydo bo‘lganidan keyingi 6-24 soatlik davrda 100 mg AKTILIZE® ni 3 soat davomida yuborilgan plasebo-nazoratlangan tadqiqotlarda (LATE) plasebo bilan solishtirilganda o‘lim ko‘rsatkichini 30 kun davomida kamayishi kuzatilgan. Miokard infarktining aniq simptomlari bo‘lgan hollarda simptomlar paydo bo‘lganidan keyingi 24 soatgacha bo‘lgan vaqt davomida boshlangan davolash samarali bo‘lishi mumkin.

O‘pka arteriyasining emboliyasi

O‘pka arteriyasining o‘tkir massiv gemodinamik nostabil emboliyasi bo‘lgan pasientlarda AKTILIZE® bilan bo‘lgan trombolitik davolash tromb o‘lchamini va o‘pka arteriyasida bosimni tezda kamayishiga olib keladi. O‘lim to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Bosh miyani o‘tkir infarkti

AQSH da o‘tkazilgan ikkita tadqiqotda (NINDS A/V) sezilarli katta miqdordagi pasientlarda alteplazani plasebo bilan solishtirib qo‘llanganda ijobiy yakun kuzatilgan (samarani yo‘qligi yoki  minimal samara). Bu natijalar ECASS III tadqiqotlarida tasdiqlangan (quyida pastdagi xat boshiga qarang) bo‘lib, ikkita Yevropa davlatlarida va qo‘shimcha AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlardan keyin dori vositasini YeH davlatlarida mavjud bo‘lgan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatilganidan sezilarli farqlanadigan sharoitlarda muvofiq natijalarni  namoyish qilmagan.

Plasebo-nazoratlangan ikki yoqlama yashirin ECASS III tadqiqoti Yevropada bosh miyani o‘tkir infarkti bo‘lgan pasientlar ishtirokida 3-4,5 soatlik terapevtik oraliq doirasida o‘tkazilgan.

Dori vositasini ECASS III tadqiqotlarida AKTILIZE® ni ko‘rsatma bo‘yicha bosh miya infarkti uchun terapevtik oraliqdan, ya‘ni 4,5 soat tashqari hollarda qo‘llanilishi Yevropa qisqacha xarakteristikasiga muvofiq kelgan. Birlamchi yakuniy nuqta – ijobiy (Renkinning modifikasiyalangan shkalasi (mRS 0-1) yoki salbiy (mRS 2-6) yakunlarga bo‘linishi ifodalangan 90 kundan keyingi layoqatsizlik hisoblangan. Hammasi bo‘lib 821 pasientlar guruhlarga randomizasiya qilingan: (418 alteplaza/403 plasebo). Alteplaza guruhidagi pasientlarning ko‘p qismida (52,4%) plaseboga nisbatan ijobiy natijalar kuzatilgan (45,2%; imkoniyatlar nisbati: 1,34; 95%-ishonchli interval: 1,02-1,76; p = 0,038). Simptomlar bilan kechuvchi bosh miyaga qon quyilishlarining soni plasebo guruhiga nisbatan alteplaza guruhida ko‘proq bo‘lgan (17,6% bilan solishtirilganda 27,0%, p = 0,0012); o‘lim darajasi past bo‘lgan va alteplaza (7,7%) va plasebo (8,4%) guruhlarida farq qilmagan (p = 0,681). ECASS III tadqiqoti guruhi tomonidan olingan natijalar davolashni boshlashdan oldin uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa, bu o‘lim xavfini va bosh miya ichiga qon quyilishlari simptomlarini oshishini tasdiqlaydi.

ECASS III tadqiqotining natijalari AKTILIZE® ni 3 va 4,5 soatlar oralig‘ida qo‘llanilishi ijobiy sof klinik foydadan dalolat beradi, shu bilan bir vaqtda umumiy ma‘lumotlar tahlili alteplazani 4,5 soatdan keyin qo‘llanganda sof klinik foydani bo‘lmaslini namoyish qilgan.

Bosh miyani o‘tkir infarktining simptomlari paydo bo‘lganidan keyin 4,5 soat davomida preparat yuborilganda AKTILIZE® bilan davolashning xavfsizligi va samaradorligi bosh miyani o‘tkir infarktining registri (SITS-ISTR: The Safe Implementation of Thrombolysis in Stroke registry) ning ma‘lumotlariga muvofiq baholangan. Ushbu tadqiqotlarda 0-3 soat davomida preparat yuborilgan 21566 pasientlarda xavfsizlik bo‘yicha olingan natijalar bosh miyani o‘tkir infarkti boshlangandan keyin preparatni terapevtik oralig‘i 3-4,5 soatni tashkil qilgan 2376 pasient bilan solishtirilgan. Bosh miya ichiga simptomli qon quyilish hollari soni (SITS-MOST ta‘rifiga muvofiq) preparatni 3-4,5 soat davomida yuborilgan pasientlarda (2,2%), davolash birinchi 3 soat davomida boshlangan pasientlar (1,7%) bilan solishtirilganda yuqori bo‘lgan.

3 oydan keyin o‘lim darajasi preparatni 3-4,5 soatlik terapevtik oralig‘i davomida yuborilgan (12,0%) va 0-3 soatlik terpevtik oralig‘i davomida (12,3%) yuborilgandagi bilan imkoniyatlarni nisbati to‘g‘rilanmaganda 0,97 (95% CL: 0,84-1,13; r=0,70), imkoniyatlarni nisbati to‘g‘rilanganda-1,26 (95% CL: 1,07-1,49; r=0,05) bir xil darajada bo‘lgan. SITS kuzatuvi ma‘lumotlari bosh miyani o‘tkir infarkti simptomlarini paydo bo‘lganidan keyin preparatning yuborish vaqti alteplaza bilan davolash natijalarini olindan etuvchi muhim omil ekanligini to‘g‘risidagi klinik tadqiqotlari xulosasini tasdiqlaydi.

Farmakokinetikasi

AKTILIZE® qon oqimidan tez chiqariladi va asosan jigarda (preparatning plazmadagi klirensi minutiga 550-680 ml ni tashkil qiladi) metabolizmga uchraydi. Plazmadan ahamiyatli yarim chiqarilish davri (T½α) 4-5 minutni tashkil qiladi. Bu 20 minutdan keyin plazmada preparatning dastlabki miqdoridan 10% dan kamrog‘i qolishini bildiradi. Preparatning qolgan miqdori uchun (T½α) taxminan 40 minutni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir miokard infarktini trombolitik davolash

  • 90 minutli (tezkor) dozalash tartibi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang): davolash simptomlar paydo bo‘lganidan keyin 6 soat davomida boshlanishi mumkin bo‘lgan pasientlar uchun;
  • 3 soatli dozalash tartibi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang): davolash simptomlar paydo bo‘lganidan keyin 6 va 12 soatlar orasida boshlanishi mumkin bo‘lgan pasientlar uchun;

O‘tkir miokard infarktida AKTILIZE® infarkt boshlanganidan keyin birinchi 30 kun ichida o‘lim darajasini pasaytirishi isbotlangan.

Nostabil gemodinamika bilan kechuvchi o‘pka arteriyasining o‘tkir massiv emboliyasini trombolitik davolash

Bu tashhis iloji boricha ob‘ektiv, masalan, o‘pka arteriyasining angiografiyasi yoki  noinvaziv usullar, masalan, o‘pka tomografiyasi yordamida tasdiqlanishi kerak.

O‘lim va o‘pka emboliyasini davolashning keyingi natijalariga ijobiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Bosh miyani o‘tkir infarktini trombolitik davolash

Davolash, faqat agar bosh miya infarktining simptomlari rivojlanganidan keyin birinchi 4,5 soat davomida boshlansa va agar tegishli vizualizasiya usullari, masalan, bosh miyaning kompyuter tomografiyasi (KT) yordamida bosh miya ichiga qon quyilishi istisno qilinsagina qo‘llanadi. Davolashning samaradorligi vaqtga bevosita bog‘liq, davolash qanchalik erta boshlangan bo‘lsa, uning natijasi shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

AKTILIZE® ni simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha tezroq qo‘llash kerak. Quyidagi dozalari qo‘llaniladi.

AKTILIZE® saqlovchi flakon ichidagini (20 mg yoki 50 mg), steril sharoitlarda in‘eksiya uchun suvda quyidagi jadvalda ko‘rsatilganiga muvofiq shunday eritiladiki, alteplazaning yakuniy konsentrasiyasi 1 mg alteplaza/ml ni yoki 2 mg alteplaza/ml ni tashkil qilsin.

AKTILIZE® flakoni 20 mg 50 mg
Quruq kukunga qo‘shiladigan in‘eksiya uchun suv
Yakuniy konsentrasiya:

1 mg altepaza/ml (ml)

 

20 50
Yakuniy konsentrasiya:

2 mg altepaza/m (ml)

10 25

Eritmani suyultirilgandan keyin vena ichiga yuborish lozim. Eritmani keyinchalik steril 9 mg/ml (0,9%) natriy xloridi eritmasi bilan altepazani minimal 0,2 mg/ml konsentrasiyasigacha suyultirish mumkin. Birlamchi tayyorlangan eritmani keyinchalik in‘eksiya uchun suv bilan, uglevod asosli in‘eksiya uchun eritmalar, masalan dekstroza bilan suyultirish tavsiya qilinmaydi. AKTILIZE® ni boshqa dori vositalari (xatto geparin bilan), infuziya uchun flakonda, vena ichiga yuborish uchun umumiy tizimida aralashtirish mumkin emas. Alteplazani 1 mg/ml konsentrasiyadagi eritmasini tayyorlash uchun, erituvchini hamma hajmini AKTILIZE® kukunini saqlagan flakonga o‘tkaziladi.

Alteplazani 2 mg/ml konsentrasiyadagi eritmasini tayyorlash uchun, erituvchini faqat yarmini ishlatish lozim. Bunday holatlarda erituvchini kerakli hajmini AKTILIZE® li flakonga o‘tkazish uchun har doim shpris ishlatilishi kerak.

Kukun erituvchi bilan eritilganida aralashma to‘liq erib ketgunicha asta-sekin aralashtirib turish kerak. Jadal aralashtirish ko‘pik hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Eritma suyultirilgandan keyin faqat bir martalik qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ishlatilmagan eritmani tashlab yuborish lozim.

Bolalar va o‘smirlar uchun qo‘llash tajribasi yo‘q. AKTILIZE® bolalarda va o‘smirlarda bosh miyani o‘tkir infarktini davolash uchun qo‘llanmaydi.

Miokard infarkti

a) miokard infarkti bo‘lgan pasientlar uchun 90 minutli (tezkor) dozalash tartibi, ularda davolash simptomlar paydo bo‘lganidan keyin 6 soat davomida boshlanishi mumkin:

Alteplazani konsentrasiyasi
1 mg/ml 2 mg/ml
ml ml
15 mg dan  vena ichiga (v/i) oqim bilan 15 7,5
50 mg dan v/i infuziyasi, birinchi 30 minut davomida 50 25
keyinchalik 35 mg dan maksimal 100 mg dozaga erishguncha infuziya, 60 minut davomida 35 17,5

Tana vazni 65 kg dan kam bo‘lgan pasientlarda dozaga tana vaznidan kelib chiqqan holda jadvalga muvofiq tuzatish kiritish lozim:

Alteplazani konsentrasiyasi
1 mg/ml 2 mg/ml
ml ml
15 mg dan  vena ichiga (v/i) oqim bilan 15 7,5
ml/kg tana vazniga ml/kg tana vazniga
0,75 mg/kg tana vazniga, birinchi 30 minut davomida

(maksimal 50 mg)

0,75 0,375
keyinchalik 0,5 mg/kg tana vaznigadan, 60 minut davomida (maksimal 35 mg) 0,5 0,25

b) simptomlar rivojlanganidan keyin 6 va 12 soatlar oralig‘ida boshlanishi mumkin bo‘lgan pasientlar uchun 3-soatlik dozalash tartibi:

Alteplazani konsentrasiyasi
1 mg/ml 2 mg/ml
ml ml
10 mg dan  vena ichiga (v/i) oqim bilan 10 5
50 mg dan infuziya, birinchi soat davomida 50 25
30 minutda 1 ml 30 minutda 1 ml
keyinchalik 10 mg dan 30 minut davomida, maksimal 100 mg dozaga erishgunicha 3 soat davomida 10 5

Tana vazni 65 kg dan kam bo‘lgan pasientlarda yig‘indi doza 1,5 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Alteplazaning maksimal dozasi 100 mg ni tashkil qiladi.

Yordamchi davolash:

Joriy xalqaro standartlarga muvofiq ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda yordamchi qon ivishiga qarshi davolash o‘tkaziladi.

Simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha  tezroq asetilsalisil kislotasini qabul qilishni boshlash va qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa uni butun hayoti davomida davom ettirish lozim.

O‘pka arteriyasining emboliyasi

100 mg ni tashkil qiluvchi alteplazaning yig‘indi dozasini 2 soat davomida yuborish kerak. Eng katta tajriba dozalashning quyidagi tartibda qo‘llanganda olingan:

Alteplazani konsentrasiyasi
1 mg/ml 2 mg/ml
ml ml
10 mg dan vena ichiga (v/i) oqim bilan 1-2 minut davomida 10 5
keyinchalik 90 mg dan 2 soat davomida 90 45

Tana vazni 65 kg dan kam bo‘lgan pasientlarda preparatning umumiy dozasi 1,5 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Yordamchi davolash

AKTILIZE® qo‘llanganidan keyin agar qisman faollashtirilgan tromboplastin vaqti (QFTV) normaning yuqori chegarasidan kamida ikki marta ortiq bo‘lsa, geparinni qo‘llashni boshlash (yoki davom ettirilishi) lozim. Infuziya QFTV ko‘rsatkichini 50-70 sekundlar orasida tutib turish uchun to‘g‘rilanishi kerak (ko‘rsatkichlar dastlabki darajadan 1,5-2,5 marta ortiq bo‘lishi kerak).

Bosh miyaning o‘tkir infarkti

Davolash va keyingi kuzatuvlarni trombolitik davolashni o‘tkazish bo‘yicha tajribasi bo‘lgan shifokor amalga oshirishi kerak.

Tavsiya qilingan 0,9 mg/kg tana vazniga dozani (maksimal 90 mg), preparatning yig‘indi dozasini 10% ni tashkil qiluvchi dozani dastlabki v/i oqim bilan yuborilganidan keyin 60 minut davomida infuzion yuboriladi.

Simptomlar boshlanganidan keyin AKTILIZE® bilan davolashni iloji boricha tezroq 4,5 soat davomida boshlash kerak.

Simptomlar boshlanganidan keyin 4,5 soatdan ko‘p vaqtda qo‘llanganda xavf-foyda nisbatlari salbiy, chunki AKTILIZE® ni qo‘llash mumkin emas.

Yordamchi davolash:

Bosh miyani o‘tkir infarktining simptomlari boshlanganidan keyin birinchi 24 soat davomida geparin va asetilsalisil kislotasi bilan birga qo‘llanayotgan davolashning yuqorida ko‘rsatilgan tartibini xavfsizligi va samaradorligi yetarlicha o‘rganilmagan. Shuning uchun davolash boshlanganidan keyin birinchi 24 soatda asetilsalisil kislotasini qo‘llashdan yoki geparinni vena ichiga yuborishdan saqlanish kerak. Agar geparinni boshqa ko‘rsatmalar yuzasidan (masalan, chuqur venalar trombozini oldini olish uchun) qo‘llash talab qilinsa, uning dozasi kuniga 10 000 XB dan oshmasligi kerak, bunda preparat teri ostiga yuboriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar tizim-a‘zolarni sinflari va paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan. Tez-tezligi bo‘yicha guruhlash quyidagi toifalarga muvofiq ishlab chiqilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha  baholash mumkin emas).

Nojo‘ya samaralari sifatida bosh miya infarktida bosh miya ichiga qon quyilishlarini va miokard infarktida reperfuzion aritmiyalarini istisno qilgan holda o‘pka arteriyasininig emboliyasida va bosh miyani o‘tkir infarktida AKTILIZE® dan bo‘ladigan nojo‘ya samaralarning sifat va miqdoriy profili miokard infarktidagi nojo‘ya samaralarning profilidan farqlanishini  taxmin qiluvchi tibbiy sabablari mavjud emas.

Qon ketishi

AKTILIZE® ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samara, gematokrit va/yoki gemoglobinni pasayishiga olib keluvchi qon ketishidir:

juda tez-tez: shikastlangan qon tomiridan qon ketishi (masalan, gematoma);

in‘eksiya qilish joyidan qon ketishi (punksiya qilish joyidan qon ketishi, kateterni qo‘yish joyida gematoma, kateterni qo‘yish joyidan qon ketishi);

tez-tez:            bosh miyaning o‘tkir infarktini davolashda bosh miya ichiga qon ketishi (masalan, bosh miyaga qon quyilishi, serebral gematoma, gemorragik insult, insultni gemorragik transformasiyasi, bosh miya ichida gematoma, subaraxnoidal qon quyilishi). Bosh miyani o‘tkir infarktini davolashda klinik yaqqol bosh miya ichiga qon quyilishlar asosiy nojo‘ya samaralar bo‘lib hisoblanadi (pasientlarni 10% gachasida umumiy o‘limni va turg‘un mehnatga layoqatsizlikni oshirmagan holda, ya‘ni mRS 5 va 6);

nafas yo‘llaridan qon ketishlar (masalan, halqumdan qon ketishlar, burundan qon ketishlar, qon tupurish);

me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar (masalan, me‘dadan qon ketishi, me‘da yarasidan qon ketishi, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi, qon aralash qusish, melena, og‘iz bo‘shlig‘idan qon ketishi, milklarni qonashi);

ekximozlar;

urogenital qon ketishlari (masalan, gematuriya, siydik-chiqarish yo‘llaridan qon ketishlar);

tez-tez emas:  o‘tkir miokard infarktini va o‘pka arteriyasining o‘tkir emboliyasini davolashda bosh miya ichiga qon ketishlar (masalan, bosh miyaga qon quyilishlar, serebral gematoma, gemorragik insult, insultni gemorragik transformasiyasi, bosh miya ichida gematoma, subaraxnoidal qon quyilishi); quloqdan qon ketishi;

gemoperikard;

qorin ichida qon ketishi (masalan, qorin ichida gematoma);

kam hollarda:

parenximatoz a‘zolardan qon ketishi (masalan, jigardan qon ketishi, o‘pkadan qon ketishi);

juda kam hollarda: ko‘z soqqasiga qon quyilishi. Bosh miya infarktidan keyin pasientlarda o‘lim va uzoq mehnatga layoqatsizlik (shu jumladan bosh miya ichiga qon ketishi to‘g‘risida) va boshqa jiddiy qon ketishlari to‘g‘risida xabar qilingan.

Potensial qon ketishini, ayniqsa serebral qon ketish paydo bo‘lish hollarida, fibrinolitik davolashni darhol to‘xtatish kerak. Ammo yarim chiqarilishini qisqaligi va umumiy qon ivishi omillariga minimal ta‘siri sababli qon ivishi omillarini almashtirishga zarurat yo‘q. Ko‘pchilik pasientlarda qon ketishini trombolitik va antikoagulyant davolashni to‘xtatib, qon hajmini to‘ldirib va qon tomirini qo‘l orqali siqib to‘xtatish mumkin. Agar qon ketishi boshlanganidan keyin 4 soat davomida geparin yuborilgan bo‘lsa protaminni qo‘llashni ko‘rib chiqish lozim. Bunday konservativ choralarga nisbatan reaksiyalar bo‘lmagan bir necha pasientlar uchun qon preparatlarni rasional qo‘llash ko‘rsatilgan. Kriopresipitatni, yangi muzlatilgan qon plazmasini va trombositlarni har bir yuborishdan keyin qayta aniqlanadigan klinik va laborator ko‘rsatkichlarga muvofiq transfuzion buyurish mumkin. Kriopresipitat infuziyasini fibrinogenni 1 g/l konsentrasiyaga erishgunicha o‘tkazish maqsadga muvofiq. Antifibrinolitik vositalarini oxirgi muqobil davolash sifatida qo‘llash  imkonini qayta ko‘rib chiqish mumkin.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas:   o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari/anafilaktoid reaksiyalar (masalan, allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, eshakemi, bronxospazm, angionevrotik shish, gipotenziya, shok yoki har qanday boshqa allergik reaksiyalar);

juda kam hollarda:  og‘ir anafilaktoid reaksiyalar.

Kam hollarda AKTILIZE® ga (past titrlarda) antitelalarni tranzitor hosil bo‘lishi kuzatilgan, ammo buni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda:  nerv tizimi bilan bog‘liq buzilishlar (masalan, tutqanoq xuruji, tirishishlar, afaziya, nutqni buzilishi, deliriy, o‘tkir bosh miya sindromi, ajitasiya, ongni chalkashishi, depressiya, psixoz) ko‘pincha yondosh ishemik yoki gemorragik serebrovaskulyar buzilishlari bilan bog‘liq buzilishlar.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Boshqa trombolitik vositalarini qo‘llangandagi kabi miokard infarktining va/yoki trombolitiklarni qo‘llash oqibatida uchraydigan quyidagi buzilishlar to‘g‘risida xabar qilingan:

juda tez-tez:  qaytalanuvchi ishemiya/stenokardiya, gipotenziya va yurak yetishmovchiligi/o‘pka shishi, reperfuzion aritmiyalar (masalan, aritmiya, ekstrasistoliya, I darajadan to‘liq blokadagacha bo‘lgan atrioventrikulyar blokada, bo‘lmachalarni fibrillyasiyasi/titrashi, bradikardiya, taxikardiya/fibrillyasiya, elektromexanik dissosiasiya (EMD));

tez-tez:           yurakni to‘xtashi, kardiogen shok va qayta infarkt;

tez-tez emas:   mitral regurgitasiya, o‘pka emboliyasi, boshqa tizimli emboliya/serebral emboliya, qorinchalararo to‘siq nuqsoni.

Yurak tomonidan buzilishlar hayot uchun xavf tug‘diruvchi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Qon tomir tomonidan buzilishlar

tez-tez emas:   emboliya, (trombolitik embolizasiya), u jalb qilingan a‘zolarda muvofiq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

tez-tez:           ko‘ngil aynishi, qusish;

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

juda tez-tez:  arterial bosimini pasayishi;

tez-tez:           tana haroratini oshishi;

Dori vositasini qo‘llanishish bilan bog‘liq muolajalar oqibatidagi shikastlanishlar, toksik holatlar va asoratlar

kam hollarda:  yog‘li emboliya (xolesterin kristallari bilan embolizasiya qilinishi), u jalb qilingan a‘zolari tomonidan muvofiq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

AKTILIZE®ni alteplazaga, gentamisinga (qoldiq qismi, faol ingredientni ishlab chiqarishda ishlatiladi), shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga yuborish mumkin emas.

Boshqa trombolitik vositalar kabi, AKTILIZE®ni qon ketishlarini yuqori xavfi bo‘lgan hollarda, shu jumladan:

  • hozirgi vaqtda yoki ilgarigi 6 oy davomida sezilarli qon ketishi;
  • gemorragik diatez;
  • peroral antikoagulyantlarni, masalan, varfarin samarali davolanayotgan pasientlarga;
  • yaqqol yoki yaqindagi yoki xavfli qon ketishlar;
  • hozirda yoki anamnezida bosh miya ichiga qon quyilishlar;
  • bosh miya ichki qon quyilishiga shubha qilinganda yoki anevrizma bilan bog‘liq subaraxnoidal qon ketishidan keyingi holat;
  • anamnezda markaziy nerv tizimining kasalliklari (shu jumladan, o‘smalar, bosh yoki orqa miyadagi jarrohlik aralashuvlar);
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi bosh miya ichki qon quyilishi (shu jumladan subaraxnoidal);
  • yaqinda (10 kundan kam) yurakni travmatik tashqi massaji, tug‘ruqlar, kompressiya bo‘lmagan qon tomirini yaqinda o‘tkazilgan punksiyasi (masalan, o‘mrov osti yoki bo‘yinturuq venalari);
  • og‘ir nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya;
  • bakterial endokardit, perikardit;
  • o‘tkir pankreatit;
  • oxirgi uch oy davomida tasdiqlangan me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
  • qizilo‘ngach venalarini varikoz kengayishi, arterial anevrizmalar, arteriyalar/venalarning rivojlanish nuqsonlari;
  • qon ketishini rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan o‘smalar;
  • jigarning og‘ir kasalliklari, shu jumladan jigar yetishmovchiligi, sirroz, portal gipertenziya (shu jumladan qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi) va faol gepatit;
  • oxirgi 3 oy davomida o‘tkazilgan yirik jarrohlik aralashuvi yoki kuchli jarohat.

Preparat o‘tkir miokard infarkti va o‘pka arteriyasining emboliyasini davolash uchun qo‘llangan hollarda qo‘shimcha quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni ham hisobga olish lozim:

  • bosh miya ichki qon quyilishi yoki anamnezdagi noma‘lum etiologiyali insult;
  • 3 soat davomida kechgan bosh miya infarktidan tashqari bo‘lgan so‘nggi 6 oy davomidagi o‘tkir miya infarkti yoki tranzitor ishemik hurujlar;

Preparat bosh miyani o‘tkir infarktini davolash uchun qo‘llangan hollarda qo‘shimcha quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni ham hisobga olish lozim:

  • bosh miya infarktining simptomlarini infuziya boshlanishidan 4,5 soat oldin boshlanishi yoki simptomlarni boshlanish vaqti to‘g‘risida aniq ma‘lumotlarning yo‘qligi;
  • bosh miyaning o‘tkir infarktida holatni tez yaxshilanishi yoki infuziya boshlangan vaqtda simptomlarni kuchsiz namoyon bo‘lishi;
  • klinik ma‘lumotlar (masalan, agar NIHSS ko‘rsatkichi >25 (AQSH Milliy salomatlik institutining (NIHSS) insultni og‘irlik darajasini baholash shkalasi)) asosida va/yoki tegishli vizualizasiya usullarining natijalari bo‘yicha og‘ir kechuvchi bosh miya infarkti;
  • bosh miya infarktining boshidagi tirishishlar;
  • kompyuter tomografiyasi yordamida tasdiqlangan bosh miya ichiga qon quyilishlar;
  • subaraxanoidal qon ketishi taxmin qilinadigan simptomlar, xatto agar kompyuter tomografiyasi natijalari normada bo‘lsa ham;
  • o‘tkazilgan bosh miya infarkti yoki avvalgi 3 oy davom
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Aktilize preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Aktilize barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Aktilize haqida savollar

Aktilize haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil