Ташкент
logo
SavatKirish

Kardiomagnil

Kardiomagnil chiqarish shakllari

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100
KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100
Daniya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Osteurope Holding GmbH
•101 ta dorixonada bor
Narxi
49 900 so'm dan
KARDIOMAGNIL tabletkalari 75mg+15,2mg N100
Retseptsiz
KARDIOMAGNIL tabletkalari 75mg+15,2mg N100
Daniya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Osteurope Holding GmbH
•128 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
- Kardiomagnil qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kardiomagnilning tarkibi
- Kardiomagnil ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kardiomagnil narxi Toshkent dorixonalarida

Kardiomagnil qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Daniya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Og'iz bo'shlig'i yallig'lanishi (stomatit, gingivit, paradontit), aftalar, og'iz bo'shlig'ining yarali shikastlanishlari (tish protezlari chaqirgan), parodontozi yordamchi vosita sifatida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Moychechak, arnika va Asteracae (Compositae) oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, ko‘krak suti bilan boqish davri, yosh (18 yoshgacha).

Tarkibi

  • Eman po‘stlog‘i 1625mg  Moychechak gullari 1625mg  Mavrak barglari 1625mg  Arnika gullari 812mg  Igir ildizpoyalari 812mg  Yalpiz barglari 812mg  Anestezin 500mg

Farmakokinetikasi

ASK oshqozon-ichak traktidan deyarli to'liq so'riladi. ASK ning yarim chiqarilish davri taxminan 15 daqiqani tashkil qiladi, chunki fermentlar ishtirokida ASK ichak, jigar va qon plazmasida salitsil kislotasigacha (SK) tez gidrolizlanadi. SK ning yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil qiladi, ammo ASK ning katta dozalari (3,0 g dan ortiq) bir vaqtda yuborilganda ferment tizimlarining to'yinishi natijasida sezilarli darajada uzayishi mumkin.

ASK ning biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi, ammo bu qiymat sezilarli darajada

o'zgarib turadi, chunki ASK fermentlar ta'sirida SK gacha presiztem gidrolizga (oshqozon-ichak trakti shilliq qavati, jigar) uchraydi. SK ning biokiraolishligi 80-100% ni tashkil qiladi.

Ishlatiladigan magniy gidroksidi dozalari atsetilsalitsil kislotasining biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.

Farmakologik ta'siri
Preparat tarkibiga kiruvchi o'simlik xomashyosi komponentlari (eman po'stlog'i, moychechak gullari, mavrak bargi, tog'jambil o'ti, arnika o'ti, yalpiz bargi, igir ildizpoyasi) tufayli yallig'lanishga qarshi, burishtiruvchi va antiseptik ta'sir ko'rsatadi. Benzokain mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Stomatofit A tarkibidagi quyuqlashtiruvchilar preparatning shikastlangan sohada ushlanib qolishiga yordam beradi, bu esa uning uzoqroq ta'sirini ta'minlaydi.
Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Tishlar va og'iz shilliq qavatining biroz bo'yalishi mumkin, bu ularni har kuni tozalash bilan bartaraf etiladi. Qabul qilingandan darhol shilliq qavatda qisqa muddatli achishish hissi preparat tarkibiga kiruvchi glitserin bilan bog'liq.

Dozirovkasi

Tabletkalar butunligicha, suv bilan yutib yuboriladi. Xohishga ko'ra tabletkani yarmiga bo'lish, chaynash yoki oldindan maydalash mumkin.

Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semizlik, chekish, keksa yosh) mavjud bo'lganda yurak-qon tomir kasalliklari, masalan tromboz va o'tkir yurak yetishmovchiligining birlamchi profilaktikasi

Birinchi sutkada 150 mg ASK saqlagan 1 tabletka Kardiomagnil, keyin 75 mg ASK saqlagan 1 tabletka Kardiomagnil sutkasiga 1 marta.

Takroriy miokard infarkti va qon tomirlar trombozi profilaktikasi

75-150 mg ASK saqlagan 1 tabletka Kardiomagnil sutkasiga 1 marta.

Tomirlardagi jarrohlik amaliyotlaridan (aortokoronar shuntlash, teri orqali transluminal koronar angioplastika) keyingi tromboemboliya profilaktikasi

75-150 mg ASK saqlagan 1 tabletka Kardiomagnil sutkasiga 1 marta.

Nostabil stenokardiya

75-150 mg ASK saqlagan 1 tabletka Kardiomagnil sutkasiga 1 marta.

Dori shaklining ta'rifi

  • Mahalliy qo'llash uchun suyuq ekstrakt.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni shifokor tayinlagandan keyin qo'llash kerak.

ASK bronxospazmni qo'zg'atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va boshqa o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezida bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, teri reaksiyalari, qichishish, eshakemi) mavjudligi hisoblanadi.

ASK jarrohlik aralashuvlari vaqtida va undan keyin turli darajadagi qon ketishlarni chaqirishi mumkin. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvidan bir necha kun oldin ASK past dozalarini qabul qilayotgan bemorlarda qon ketish rivojlanish xavfi ishemik asoratlar rivojlanish xavfiga nisbatan baholanishi kerak. Agar qon ketish rivojlanish xavfi sezilarli bo'lsa, ASK qabul qilish vaqtincha to'xtatilishi kerak.

ASK antikoagulyantlar, trombolitiklar va antitrombotsitar preparatlar bilan birga kelganda qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi.

ASK past dozalarda moyilligi bo'lgan (siydik kislotasi ekskretsiyasi pasaygan) bemorlarda podagra rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin.

ASK metotreksat bilan birga kelganda qon yaratish organlari tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi chastotasi ortishi bilan kechadi.

ASK yuqori dozalarda gipoglikemik samaraga ega, buni uni qandli diabeti bo'lgan, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar va insulin olayotgan bemorlarga tayinlashda nazarda tutish kerak.

Tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) va salitsilatlar birgalikda qo'llanilganda shuni yodda tutish kerakki, davolash vaqtida qonda salitsilatlar konsentratsiyasi pasaygan bo'ladi, tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) bekor qilingandan keyin esa salitsilatlar dozasi oshirib yuborilishi mumkin.

Yurak-qon tomir kasalliklari yuqori xavfi bo'lgan bemorlarda ASK ni ibuprofen bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi: ibuprofen bilan bir vaqtda qo'llanilganda ASK ning 300 mg gacha dozalarda antiagregant ta'siri kamayishi kuzatiladi, bu ASK ning kardioprotektor effektlari pasayishiga olib keladi.

ASK dozasini tavsiya etilgan terapevtik dozalardan oshirish oshqozon-ichakdan qon ketish xavfi bilan bog'liq.

ASK past dozalarda agregant terapiya sifatida uzoq muddat qabul qilinganda keksa bemorlarda oshqozon-ichakdan qon ketish rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

ASK alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganda oshqozon-ichak trakti shilliq qavati shikastlanishi va qon ketish vaqti uzayishi xavfi ortadi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llanilishi

Salitsilatlarning katta dozalarini homiladorlikning birinchi 3 oyida qo'llash homila rivojlanish nuqsonlari chastotasi ortishi bilan assotsiatsiyalanadi. Homiladorlikning II trimestrida salitsilatlarni faqat xavf va foydani qat'iy baholashni hisobga olgan holda tayinlash mumkin.

Homiladorlikning oxirgi trimestrida salitsilatlar yuqori dozada (kuniga 300 mg dan ortiq) tug'ruq faoliyatini tormozlash, homilada arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishi, ona va homilada qon oqishi ortishini chaqiradi, bevosita tug'ruqdan oldin tayinlash esa kalla ichi qon quyilishini chaqirishi mumkin, ayniqsa chala tug'ilgan bolalarda. Homiladorlikning oxirgi trimestrida salitsilatlarni tayinlash qarshi ko'rsatilgan.

Mavjud klinik ma'lumotlar preparatni emizish davrida qo'llash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash uchun yetarli emas. Atsetilsalitsil kislotasini emizish davrida tayinlashdan oldin preparat bilan terapiyadan kutilayotgan potensial foydani emizikli yoshdagi bolalar uchun potensial xavfga nisbatan baholash kerak.

Transport vositalarini va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

ASK preparatlari bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanilganda ASK quyidagi dori preparatlarining ta’sirini kuchaytiradi:

·    metotreksatning - buyrak klirensini pasaytirish va uni oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga

·    geparin va bilvosita antikoagulyantlarning - trombotsitlar funksiyasini buzish va bilvosita antikoagulyantlarni oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga

·    trombolitik va antiagregant va antikoagulyant preparatlarning (tiklopidinning)

·    digoksinning - uning buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida

·    ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar (sulfanilkarbamid hosilalari) va insulinning - yuqori dozalarda ASK ning o‘zining gipoglikemik xususiyatlari va sulfanilkarbamid hosilalarini qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga

·    valproat kislotasining - uni oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga

ASK ni ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llash ASK ning kardioprotektiv ta’sirlarining pasayishiga olib keladi.

ASK ni etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qabul qilganda additiv ta’sir kuzatiladi.

ASK urikozurik vositalarning (benzbromaronning) ta’sirini siydik kislotasining raqobatli tubulyar eliminatsiyasi oqibatida susaytiradi.

Tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) salitsilatlar eliminatsiyasini kuchaytirib, ularning ta’sirini susaytiradi.

Antatsidlar va kolestiramin preparatning so‘rilishini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo'ya reaksiyalar chastotasi quyidagicha aniqlangan:

-     juda tez-tez  ³ 1/10;  

-     tez-tez > 1/100, <1/10;

-     ba'zida > 1/1000, <1/100;

-     kamdan-kam > 1/10000, <1/1000;

-     juda kam < 1/10000, shu jumladan alohida xabarlar.

Allergik reaksiyalar: eshakemi (tez-tez), Kvinke shishi (tez-tez).

Immun tizimi: anafilaktik reaksiyalar (ba'zida).

Oshqozon-ichak trakti: ko'ngil aynishi (tez-tez), zarda qaynashi (juda tez-tez), qusish (tez-tez), qorin sohasida og'riqlar, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavati yaralari (ba'zida), shu jumladan perforativ (kamdan-kam), oshqozon-ichakdan qon ketishlar (ba'zida), «jigar» fermentlari faolligining oshishi (kamdan-kam), stomatit (juda kam), ezofagit (juda kam), oshqozon-ichak traktining yuqori qismlari eroziv shikastlanishlari (juda kam), strikturalar (juda kam), kolit (juda kam), ichak ta'sirlanishining zo'rayishi (juda kam).

Nafas olish tizimi: bronxospazm (tez-tez)

Qon yaratish tizimi: qonashning kuchayishi (juda tez-tez), anemiya (kamdan-kam), gipoprotrombinemiya (juda kam), trombotsitopeniya (juda kam), neytropeniya, aplastik anemiya (juda kam), eozinofiliya (juda kam), agranulotsitoz (juda kam).

Markaziy asab tizimi: bosh aylanishi (ba'zida), bosh og'rig'i (tez-tez), uyqusizlik (tez-tez), uyquchanlik (ba'zida), quloqlarda shovqin, miya ichiga qon quyilishi (kamdan-kam).

Dori shakli
Таблетки, покрытые пленочной оболочкой

Kardiomagnil narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Kardiomagnil barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Kardiomagnil haqida savollar

Kardiomagnil haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil