ARTRA MSM FORTE tabletkalari N60

ARTRA MSM FORTE tabletkalari N60 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda glyukozaminning biologik kira olishligi - 25% (jigardan «birinchi o'tish» effekti). To'qimalarda taqsimlanadi: eng yuqori kontsentratsiyalar jigar, buyraklar va bo'g'im tog'ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to'qimasida uzoq vaqt saqlanib turadi. Asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda; qisman - ichak orqali chiqariladi.
Xondroitin sulfatning plazmadagi kontsentratsiyasi: ichga bir marta 0,8 g (yoki sutkada 2 marta 0,4 g) dozada qabul qilinganda 24 soat davomida keskin ortadi. Mutlaq biologik kira olishligi - 12 %. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% va 20% mos ravishda yuqori molekulyar va past molekulyar hosilalar ko'rinishida so'riladi. Desulfatlanish orqali metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi. T1/2 - 310 daqiqa. Eksperimental modellarda gialuron kislotasi peroral yuborilganda ma'lum bir biologik kira olishlik ko'rsatilgan.
Farmakologik ta'siri
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi Regeneratsiya qiluvchi
Nojo'ya samaralari
- allergik reaksiyalar;
- epigastriyada og'riqlar, meteorizm, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi, qusish
Maxsus saqlash sharoitlari
Ushbu toifadagi bemorlar uchun ilmiy ma'lumotlar yo'qligi sababli 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta'sir ko'rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum. Ko'p miqdordagi preparat (10 kapsuladan ortiq) qabul qilinganda ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gemorragik toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Davolash simptomatik: me'dani yuvish.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— homiladorlik, laktatsiya davri;
— 15 yoshgacha bo'lgan bolalar;
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: qon ivishining buzilishi, qandli diabet, bronxial astma, dengiz mahsulotlarini o'zlashtiraolmaslik (qisqichbaqalar, mollyuskalar).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tetratsiklinlar so'rilishini oshiradi, yarim sintetik penitsillinlar ta'sirini kamaytiradi. Preparat NYAQV (nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar) va GKS (glukokortikosteroidlar) bilan mutanosib. Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklar ta'siri kuchayishi mumkin.
Dozirovkasi
ARTRA MSM FORTE tabletkalari N60 o'xshash dorilari


ARTRA MSM FORTE tabletkalari N60 xususiyatlari
ARTRA boshqa chiqarish shakllari
1[]




