ASESOL infuziya uchun eritma 400ml

Tuzli eritma
ASESOL infuziya uchun eritma 400ml qo'llanmasi
Sotish shartlari
Retsept bo‘yicha.
Tarkibi
faol moddalar: natriy atsetati trigidrati – 2,0 g, natriy xloridi – 5,0 g, kaliy xloridi – 1,0 g. yordamchi modda: in’eksiya uchun suv -1 l gacha
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: faol moddalar: natriy atsetati trigidrati – 2,0 g, natriy xloridi – 5,0 g, kaliy xloridi – 1,0 g. yordamchi modda: in’eksiya uchun suv -1 l gacha Chiqarilish shakli Infuziya uchun eritma 250, 400 ml dan flakonlarda.
Farmakodinamikasi
Gemodinamik va dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi: Gipovolemiyani kamaytiradi, qonning quyuqlashishini va metabolik atsidozni oldini oladi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni ko‘paytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat qonda qisqa vaqt ushlanadi. Qondan tez chiqariladi va interstitsial va xujayra ichi bo‘shliqqa o‘tadi. Diurezni kuchaytirib, buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakoterapevtik guruh
Tuzli eritma
Dori shakli
Infuziya uchun eritma
Nojo'ya samaralari
Giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Preparatning xar qanday komponentlariga alohida yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolash gematokrit va elektrolitlar konsentratsiyasi nazorati ostida o‘tkaziladi. Buyrakning ajratib chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash, agar onada kutilayotgan davo ta’siri, homila va bolaga bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganda mumkin (homilador va emizikli ayollarda foydalanish xavfsizligini adekvat va qat’iy nazorat qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan). Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatning transport vositalarini boshqarish va psixomotor reaksiyalarning tezligini va e’tiborning yuqori konsentratsiyasini talab qiladigan boshqa xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo'llanilishi
Turli kasalliklarda (o‘tkir dizenteriya, ovqat toksikoinfeksiyalari, xolera va b.) paydo bo‘ladigan organizmning degidratatsiyasi va intoksikatsiyasida qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik - giperkaliyemiya, gipernatriyemiya; - alkaloz; - surunkali buyrak va jigar yetishmovchiligi; - Organizmga katta miqdorda suyuqlik yuborishga qarshi ko‘rsatma bo‘lganda (gipergidratatsiya, o‘pkalar, miya shishi va boshqalar) qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Giperkaliyemiya xavfi (qonda kaliy darajasining oshishi) rivojlanishi tufayli kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi diuretiklar bilan “Atsesol” eritmasini buyurish tavsiya etilmaydi. Atsesol eritmasi gemodinamik kolloid qon o‘rnini bosuvchilar bilan mos keladi (o‘zaro davolash ta’sirini oshiradi).
Ta'rifi
Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Dozirovkasi
Vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Eritmani qo‘llashdan oldin +36-380S gacha isitiladi. Kasallikning og‘ir shakllarida 1 soat davomida bemorning tana vazniga 7-10% miqdorda, oqim bilan yuboriladi, so‘ngra oqim bilan yuborishni minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga almashtiriladi. Kasallikning yengilroq shakllarida preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin. Eritma suyuqlik hajmini tiklanishi uchun yetarli miqdorda yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning muvozanati har 6 soatda aniqlanadi. Yuborilgan eritmaning umumiy miqdori, najas, qusiq massasi, siydik va ter bilan ajralgan suyuqlik xajmi bilan mos kelishi kerak. Bolalar Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklovlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Rejimni laboratoriya ko‘rsatkichlari va bolaning tana vazniga qarab moslash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: surunkali buyrak kasalligi yoki organizmdan kaliy ajralishining buzilishi bilan kechadigan har qanday kasalliklarda yoki preparatni v\i ga juda tez yuborilganda giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Giperkaliyemiyaning erta klinik ko‘rinishlari (R-tishining o‘tkirlashishi,U tishininig yo‘qolishi, ST segmentining pasayishi va QT intervalining cho‘zilishi) odatda zardobda kaliy konsentratsiyasi 7 dan 8 mekv/l gacha bo‘lganda paydo bo‘ladi. O‘limga olib keladigan giperkaliyemiya tez rivojlanishi va simptomsiz kechishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Davolash: preparatni bekor qilish, giperkaliyemiya holatlarida - preparat elektrolit muvozanati normallashguncha "Disol" eritmasi bilan almashtiriladi. Zarur bo‘lganda gemodializ va peritoneal dializ amalga oshiriladi.
Hajm/og'irlik
ASESOL infuziya uchun eritma 400ml o'xshash dorilari




Atsesol boshqa chiqarish shakllari

ASESOL infuziya uchun eritma 400ml analoglari

{
"data": {
"id": 74242,
"stores_apteka_id": 357434,
"slug": "atsesol-jurabek-rastvor-dlya-infuziy-400-ml",
"stores_apteka_slug": "atsesol-r-r-400ml",
"name": "ASESOL infuziya uchun eritma 400ml",
"brand_name": "ASESOL",
"image": "uploads/iblock/de1/mgi50sokalhxlkbwc42lidu9szoyokve.webp",
"atx_code": "B05BB",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": {
"id": 13145,
"slug": "jurabek-laboratories-sp-ooo",
"name": "Jurabek Laboratories OT MChJ"
},
"manufacturer_plain": "SP OOO Jurabek Laboratories",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 485,
"slug": "krov-i-krovoobrashchenie",
"name": "Qon va qon aylanishi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 5031,
"slug": "atsesol",
"name": "Atsesol"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5910,
"slug": "natriya-atsetat",
"name": "Natriya asetat"
},
{
"id": 7435,
"slug": "kaliya-khlorid",
"name": "Kaliya xlorid"
},
{
"id": 8194,
"slug": "natriya-khlorid",
"name": "Natriya xlorid"
}
],
"tags": []
}
}










